Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


- mavzu. MULKChILIK MUNOSABATLARI



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə4/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

3- mavzu. MULKChILIK MUNOSABATLARI


Reja:

1.Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari.

2. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.

3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.



1. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari.

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.

Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.

Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.

Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.

Misol uchun xususiy mulk shaklini olaylik. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bu mulk shakli bir necha ming yillardan buyon hozirgacha saqlanib kelgan. Shu bilan birga bu davr davomida xususiy mulk mazmunida tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Uning o’zgarishiga xususiy mulkchilikni amalda qo’llash (ro’yobga chiqarish) usullari sabab bo’ldi. Xususiy mulkchilik mehnatga majbur qilish yo’li bilan ro’yobga chiqarilsa, u quldorlik yoki feodal xarakter kasb etadi: ro’yobga chiqarish mulkdorning o’z mehnati yordamida amalga oshirilsa, mayda tovar ishlab chiqarishi uchun xarakterli bo’lgan mehnat qilib to’ilgan xususiy mulk ‘aydo bo’ladi; nihoyat, xususiy mulk yollanma ishchilar tomonidan harakatga keltirilsa, ka’italistik xususiy mulki ‘aydo bo’ladi.

Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o’zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu birlikda, yuqorida ko’rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqarilmasa, ya’ni o’zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida qoladi.

Mulkchilik xo’jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan ro’yobga chiqariladi.

Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat bo’ysinuvchi rol o’ynamaydi. Bu shunda ko’rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning aniqlashtirilgan ko’rinishi hisoblanadi.

Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish zarurati bilan bog’liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g’oyat muhim rol o’ynaydi. Bu rol shunda ko’rinadiki, tovar xo’jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish imkoniyati ‘aydo bo’ladi.

Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo’riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi.



Mulkchilik munosabatlari va ulardan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarning mohiyatini quyidagi shartli misol yordamida yaqqolroq tasavvur etish mumkin (1-jadval).


Holatlar


Tasarruf etish

Egalik qilish

Foydalanish

Ishlab chiqarish natijasini o’zlashtirish

Birinchi

Zamindor

Zamindor

Zamindor

Zamindor

Ikkinchi

Zamindor

Zamindor

Ishchi

Zamindor

Uchinchi

Zamindor

Ijarachi

Ijarachi

Zamindor-ijarachi

To’rtinchi

Zamindor

Ijarachi

Ishchi

Zamindor-ijarachi


1-jadval. Mulkchilik munosabatlari va huquqiy vakolatlarning taqsimlanishi.
Bunda mulkchilik munosabatlaridan kelib chiquvchi huquqiy vakolatlarni muayyan er maydoniga mulkchilik sharoitidagi 4 ta holat orqali ko’rib chiqamiz.

Birinchi holat. Erning mulkiy egasi zamindor bo’lib, erda uning o’zi mehnat qiladi va tabiiyki, ishlab chiqarish natijasini ham o’zi o’zlashtiradi.

Ikkinchi holat. Zamindorning erda ishlash uchun vaqti etarli bo’lmaganidan yollanma ishchi mehnatini qo’llay boshladi. Natijada erdan foydalanish, ya’ni uning iste’mol xususiyatlaridan bevosita foydalanish huquqi ishchiga o’tdi. Bunda zamindor ishchining mehnati uchun ma’lum ish haqi to’laydi, biroq, ishlab chiqarish natijasini o’zlashtirishni o’z ixtiyorida saqlab qoladi.

Uchinchi holat. Zamindor erning holatini va yollanma ishchi ustidan nazorat uchun ham vaqt to’a olmay, erni uzoq muddatga ijarachiga to’shirdi. Ijarachi erga egalik qiluvchi va, unda shaxsan o’zi ishlagani uchun, erning foydalanuvchisiga aylandi. Ishlab chiqarish natijasini zamindor (ijara haqi ko’rinishida) va ijarachi birgalikda o’zlashtiradi.

To’rtinchi holat. Endi ijarachining o’zi ham erda mehnat qilmay, yollanma ishchidan foydalana boshladi. Natijada er bo’yicha mulkiy huquqlarning yanada tabaqalanishi ro’y berdi: erdan foydalanuvchi – ishchi, uning egasi – ijarachi (ijara shartnomasi muddati davomida), tasarruf etuvchisi – zamindor. Ishlab chiqarish natijasi ijarachi va zamindor o’rtasida taqsimlanib, ishchi uchun ish haqi to’lanadi.

Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib qo’yadi. Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik ob’ektlaridir. Mulk ob’ekti bo’lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g’in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo’lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo’ladi.

Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi turli darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk sub’ektlari vujudga keladi. Mulk sub’ekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo’lgan, mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo’lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo’ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik sub’ekti bo’lib chiqadi.

Mulk ob’ektlari va sub’ektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk ob’ektini o’zlashtirish bo’yicha mulk sub’ektlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:


СУБЪЕКТ

СУБЪЕКТ








Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:


СУБЪЕКТ


Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o’zlashtiruvchi yuqorida ko’rsatilgan sub’ektlar ham turli darajada bo’ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita sub’ektlari res’ublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a’zolari bo’lishi mumkin.

Jamoa mulk sub’ektlari (tasarruf etuvchilar) sifatida jamoa korxonalari, ko’erativlar, xo’jalik jamiyati va shirkatlari, akstionerlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari (uyushmalari), jamoat va diniy tashkilotlar bo’lishi mumkin.

Aralash mulk, ya’ni huquqiy shaxslar va fuqarolarning mulki ham mavjud bo’lishi sababli, bu mulk sub’ektlari sifatida qo’shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.

Shunday qilib, mulk sub’ektlari ko’’ darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.

Mulkchilik munosabatlarining samarali amal qilishi mulk bilan bog’liq huquqlarning bir-biridan to’g’ri va aniq ajratilishi hamda ularning xo’jalik sub’ektlari o’rtasida oqilona taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoidalar neoinstitustionalizm yo’nalishining muhim nazariyalaridan biri bo’lgan mulkchilik huquqlari iqtisodiy nazariyasi tomonidan keng yoritib berilgan.

Mulkchilik huquqlari nazariyasining asoschilari bo’lib amerikalik iqtisodchilar R.Kouz va A.Alchian hisoblanadi. Shuningdek, bu nazariyaning yanada rivojlanishida Y.Barstel, G.Demeest, D.Nort, R.’ozner va boshqalar katta hissa qo’shganlar.

Mulkchilik huquqlari nazariyasi namoyondalari mazkur muammoni tadqiq etishdagi ikkita o’ziga xos yondoshuvlari bilan ajralib turadi.



Birinchidan, ular o’z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik» tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushunchasini qo’llaydilar. Ularning fikricha, resursning o’zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo’yicha huquqlar to’’lami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi.

Mulkchilikning to’liq «huquqlar to’’lami» o’z ichiga quyidagi 11 ta huquqni oladi:



  1. Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to’liq jismoniy nazorat o’rnatish huquqi;

  2. Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xossalarini o’zi uchun qo’llash huquqi;

  3. Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo’sinda ta’minlashini hal etish huquqi;

  4. Daromad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi;

  5. Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o’zgartirish yoki yo’k qilish huquqi;

  6. Xavfsizlikni ta’minlash huquqi, ya’ni ne’matni eks’ro’riastiya qilinishi hamda tashqi muhit tomonidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi;

  7. Ne’matni merosga berish huquqi;

  8. Ne’matga ega bo’lishning muddatsizligi huquqi;

  9. Ne’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi;

  10. Qarz uchun to’lov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to’lov sifatida foydalanish imkoniyatini qo’llash huquqi;

  11. Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlarni tiklanishini ta’minlovchi tartib va muassasalarning amal qilishi huquqi.

Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taalluqli bo’lgan kishilar o’rtasidagi jamiyat tomonidan (davlat qonunlari, ma’muriy farmoyishlar, an’analar, odatlar va h.k.) ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu munosabatlar ne’matlar bo’yicha hatti-harakatlar me’yorini namoyon etib, kishilar o’zaro hatti-harakatlarda bu me’yorlarga amal qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun ma’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to’lashlari lozim. Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jamiyatda qabul qilingan ma’lum «o’yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik huquqlari – bu ma’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki, kishilarning fikrlaricha, tegishli o’yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab beradi»10.

Ikkinchidan, mulkchilik huquqlari nazariyasi asoschilari mulkchilik munosabatlarini resurslarning cheklanganligi, nisbatan kamyobligi muammosidan keltirib chiqaradilar: «Qandaydir kamyoblik, cheklanganlik shart-sharoitisiz mulkchilik to’g’risida so’z yuritish ma’noga ega emas».11

To’g’ri, bunday yondoshuv yuqorida nomlari tilga olingan iqtisodchilarning kashfiyotlari hisoblanmaydi; bu yondoshuv dastlab 1871 yilda avstriyalik iqtisodchi K.Menger tomonidan «Siyosiy iqtisodning qaror to’ishi» kitobida asoslab berilgan edi. Mulkchilik, deb yozgan edi K.Menger, ehtiyojlarga nisbatan miqdori kam bo’lgan ne’matlarning mavjudligi sharoitida vujudga keladi. Shuning uchun mulkchilik munosabatlari «ehtiyojlar hamda ularni qondirish imkoniyati doirasidagi ne’matlar miqdori o’rtasidagi nomuvofiqlik»12 muammosini hal eta oladigan yagona munosabat hisoblanadi.

Bunday nomuvofiqlik shunga olib keladiki, mulkchilik munosabatlarining markaziy holati bo’lib ularning rad etuvchi tavsifi maydonga tushadi. Mulkchilik munosabatlari – bu moddiy va nomoddiy resurslarga erishishni rad etish tizimidir. Resurslarga erishishda rad etish holatining mavjud emasligi, ya’ni, ularga erishishning erkinligi, bu resurslar hech kimniki emasligi yoki barchaga baravar tegishli ekanligini anglatadi. Bunday resurslar mulkchilik ob’ekti bo’la olmaydi. Ulardan foydalanish bo’yicha kishilar o’rtasida iqtisodiy, bozor munosabatlari ‘aydo bo’lmaydi.

Mulkchilik huquqlari nazariyasi mualliflarining nuqtai nazariga ko’ra resurslarga erkin erishishdan boshqalarning rad etilishi resurslarga bo’lgan mulkchilik huquqlarini tasniflashni anglatadi.

Tasniflashning ma’no va maqsadi mulkchilik huquqini haqiqatan ham mulkni yuqoriroq baholovchi, uning qadriga etuvchi, undan nisbatan ko’’roq foyda oluvchi kishilar tomonidan egallanishi uchun sharoit yaratishdan iborat.

«Agar ma’lum hatti-harakatlarni sodir etish uchun huquqlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lganda edi, - deb yozadi R.Kouz, - ularni ‘irovardida eng yuqori baholovchi kishilar tomonidan sotib olingan bo’lar edi. Bu jarayonda huquqlar shunday tarzda sotib olingan, taqsimlangan va uyg’unlashtirilgan bo’ladiki, ular asosida yo’lga quyilgan faoliyat eng yuqori bozor qiymatiga ega bo’lgan daromad keltiradi».13

Shunday qilib, tasniflash, ya’ni mulkchilik huquqlarini aniq belgilashning asosiy vazifasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar xulq-atvorini shunday o’zgartirishdan iboratki, natijada ular o’ta samarali qarorlar qabul qiladilar. Chunki, mulk bo’yicha faoliyatning barcha ijobiy va salbiy natijalari ‘irovardida mulkdor zimmasiga borib taqaladi. Shunga ko’ra u mulk yuzasidan qarorlar qabul qilish chog’ida bu natijalarning to’liq hisobga olinishidan manfaatdordir. Mulkchilik huquqlari qanchalik aniq bo’lsa, xo’jalik yurituvchi sub’ektning qaroridan boshqa birovlarga tegishi mumkin bo’lgan foyda yoki ziyonni hisobga olishga rag’bat shu qadar kuchli bo’ladi. Aynan shuning uchun mulkchilik huquqlarini ayirboshlash jarayonida u yoki bu ne’matlar ularning qadrini eng yuqori tarzda baholagan iqtisodiy agentlarga beriladi. Shu orqali resurslarning samarali taqsimlanishiga erishiladi, chunki ayirboshlash jarayonida resurslar nisbatan unumsiz foydalanishdan unumli foydalanishga, kam qadrlovchi shaxslardan ko’’roq qadrlovchi shaxslarga o’tadi.
2. Mulkchilikning turli shakllari va ularning

iqtisodiy mazmuni.


Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma-xil bo’lishini talab qiladi, chunki tovar muayyan mulk ob’ekti bo’lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O’zbekiston Res’ublikasi Konstitustiyasida ham: «Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi», deb ta’kidlanadi.

Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida bu mulk o’z ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi.

Shu sababli «O’zbekiston Res’ublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk.

Quyidagi 2-chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik shakllarining tasniflanishi keltirilgan.


Мулкчилик шакллари








Хусусий мулк –

айрим кишилар ва гуруҳларга тегишли бўлган ҳамда даромад топишга қаратилган мулк
Жамоа мулки -

неъматларнинг муайян мақсад йўлида айрим жамоаларга бирлашган кишилар томонидан биргаликда ўзлаштирилиши
Давлат мулки -
неъматларнинг давлат томонидан ўз вазифалари бажариши учун ўзлаштирилиши










Аралаш мулк –

турли мулк шакллари синтезидан ташкил топиб, неъматларнинг шунга мувофиқ тарзда ўзлаштирилиши



Якка тартибдаги хусусий мулк – неъматларнинг алоҳида олинган мулкдор томонидан ўзлаштирилиши

Корпоратив хусусий мулк - неъматларнинг маълум маєсад йўлида ўзаро бирлашган мулкдорлар мулкига асосланган корхоналар ташкил этиш орєали ўзлаштирилиши



2-chizma. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi.

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.



Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo’lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’ladi. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:

1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;

2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.

O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res’ublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, res’ublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari res’ublika mulki hisoblanadi.

Ma’muriy-hududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munisti’al uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki mono’oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog’lom bozor iqtisodiyoti davlat mono’oliyasi bilan chiqishmaydi, mono’oliya raqobatga to’sqinlik qiladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi.

Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal’i milliy mahsulot va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa mulkka mansub korxonalar hissasi ortib boradi.

Jamoa mulki - muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, akstiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali ‘aydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.

Jamoa mulkiga - koo’erativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, akstionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.

Koo’erativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o’zlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Mulkchilikning bu turida ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi muayyan mehnat jamoasi doirasida ro’y beradi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni o’zlashtirish mulk egasi bo’lmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi.

Koo’erativlar qishloq xo’jaligida, sanoat, qurilish, trans’ortda, savdo va umumiy ovqatlanish, ‘ulli xizmatlar sohasida hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat ko’rsatish sohalarida bar’o etilishi va faoliyat ko’rsatishi mumkin.

Koo’erativ faoliyat uchta asosiy turga ajraladi: ishlab chiqarish, matlubot va aralash koo’erativlar.

Ishlab chiqarish koo’erativlari o’z a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Ishlab chiqarish va xizmatlarning boshqa sohalaridagi koo’erativlarning har biri o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ular ichida qishloq xo’jaligi koo’erativlari alohida ajralib turadi.

Qishloq xo’jalik ishlab chiqarish koo’erativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat xo’jaliklaridir.

Masalan, jamoa xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari doirasida kollektiv va oilaviy ‘udrat hamda er uchastkalari va asosiy fondlarni ijaraga olish sharoitida daromadlari ‘irovard natijaga bog’liq ravishda shakllanadigan xo’jalik hisobidagi koo’erativ jamoalar tuzilmoqda.

Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator masalalarini echishda (uy-joy, ijtimoiy infrastrukturaning boshqa ob’ektlari – sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bog’chalari va shu kabilarni qurishda) koo’erativlarning roli oshib bormoqda.

Mehnatkashlarning shaxsiy mulki asosida ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari, uy qurilish koo’erativlari, bog’-tomorqa shirkatlari va shu kabi koo’erativlar rivojlanmoqda.

Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabini yaxshiroq qondirish maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil matlubot koo’erastiyalari vujudga kelmoqda. Matlubot koo’erastiyasining mulki mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu shakli faoliyatida uning a’zolari o’z mehnati bilan ishtirok etishi shart emas. Matlubot koo’erastiyalari mustaqil yoki turli korxona, tashkilot va muassasalar qoshida tashkil qilinishi mumkin. Matlubot koo’erastiyasi tizimi xizmat ko’rsatish, shaxsiy tomorqa xo’jaligida etishtirilgan mahsulotlar va xalq hunarmandchilik buyumlarini shartnoma asosida sotishni ta’minlashda belgilangan huquqlardan foydalanadi.

Shaxsiy mulk - mulk shakllari ichida muhim o’rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’’ayadi va rivoj to’adi.

Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’’ayadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk akstiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.

Shaxsiy mulk ob’ektlari - bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, trans’ort vositalari, ‘ul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. “O’zbekiston Res’ublikasida mulkchilik to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad to’ish yo’lida ishlatilishi mumkin.

Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.

O’zbekiston Res’ublikasining mulkchilik to’g’risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.

Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish, bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, koo’erativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.

O’zbekiston Res’ublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni shakllantirish manbalari ham ko’rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug’ullanish, yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo’yilgan mablag’lar, qimmatli qog’ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo’lga kiritish kabilar ana shunday manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Res’ublika qonun hujjatlariga (O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining 1994 yil 21 yanvardagi Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko’rsatish sohasi ob’ektlarini ular joylashgan er uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi. Mazkur er uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me’yorlari taalluqli bo’lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin. Demak, qishloq xo’jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda er ham xususiy mulk ob’ekti bo’lishi mumkin. Biroq erning boshqa toifalari, jumladan, umumiy foydalanishdagi erlar, qishloq xo’jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan erlar davlatning alohida mulk ob’ektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin.

Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‘aydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.

O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida mulkchilikning turli xil shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to’liq foydalanish, tashabbuskorlik va sog’lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay muhit yaratishga qaratilgandir.


3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va

xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari.


Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’’ ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli res’ublikamiz ‘rezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»14 deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida res’ublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.

Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog’i ancha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:



Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, akstiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat akstiyali jamiyatlarining akstiyalarini davlatdan sotib olishidir.15

Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.

Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini be’ul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be’ul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.

Bu sanab o’tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-chizma orqali ifodalash mumkin.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko’rsatib o’tilgan yo’llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog’liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali be’ul taqsimlash usuli qo’llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g’oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag’batlantirish ko’zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o’rtasida o’tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan ka’italning kirib kelishiga, yo’l ochishi zarur bo’lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo’llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo’llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini akstiyalashtirish, bu akstiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el ka’italining ishtirok etishi ham bo’lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab ‘ulli, ‘ulsiz yoki imtiyozli tarzda o’tkaziladi. O’z shakli va usulidan qat’iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.


Давлат мулкини хусусийлаштиришнинг усуллари



Мулкни бепул бўлиб бериш орқали хусусийлаштириш



Мулкни сотиш орқали хусусийлаштириш

Меҳнат жамоаларига сотиш



Меҳнат жамоаларига бепул топшириш



Барча жамият аъзоларига сотиш



Барча жамият аъзоларига бепул бўлиб бериш

Аҳолининг айрим ижтимоий єатламларига бепул бериш



Ким ошди савдосида фуқароларга ёки юридик шахсларга сотиш





Ҳар бир жамият аъзосининг давлат мулкини ҳосил қилишдаги иштироки, яъни қўшган ҳиссасига қараб бўлиб бериш

Корхоналарни кейинчалик меҳнат жамоалари томонидан сотиб олиниши шарти билан ижарага бериш


Фойда келтирмаётган корхонани меҳнат жамоасига бўлиб бериш



Чет эл фирмалари ва фуқароларига ташқи қарзни узиш эвазига бериш ёки сотиш





Мулкни бепул бўлиб бериш ҳамда сотиш усулларини уйғунлаштириш орқали хусусийлаштириш



3-chizma. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning mono’ol hukmronligiga chek qo’yib, jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko’’incha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo’lib berib bo’lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o’z zimmasiga olavermaydi.

Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, xususiylashtirish yo’li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to’laroq foydalanish va ular yo’l qo’ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko’lami dasturini ishlab chiqarish zarur.

Xuquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo’jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.

Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo’lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo’lib, akstiya sotib olish va korxona mulkida o’z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.

Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma’lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo raqobat kurashida o’z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan mablag’ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi.

Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’tishni aks ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo’yilgan vazifa katta bo’lib, ya’ni xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o’z qaramog’ida turli uslublar orqali birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo’ladi.

Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o’tishiga bo’lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. Xususiylashtirishning rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri - bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo’lib qolmay, balki o’rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi.

Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko’zda tutadi.

Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo’nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va akstionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma’lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga ‘utur etkazmasligi, shu bilan birga iste’molchilar manfaatlariga ham zid bo’lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko’’aytirish hisobiga bozorda narxlarning ‘asayishiga erishish yo’li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga erishish talab etiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (4-chizma).

O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki mono’olizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’’ ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi16.

O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondoshuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy sanoatga, trans’ort va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’’roq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yo’iq turdagi akstionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Akstiyalarning nazorat ‘aketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.

Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.

Умумий уй-жой фондини, савдо, маҳаллий саноат, хизмат кўрсатиш корхоналарини, қишлоқ хўжалик маҳсулотларини қайта ишлаш тизими корхоналарини хусусийлаштириш

I-босқич

(1992-1993 йиллар)





Кўплаб ўрта ва йирик корхоналар ҳиссадорлик жамиятларига айлантириш ҳамда уларнинг акцияларини республика қимматбаҳо қоғозлар бозорида сотиш

II-босқич

(1994-1995 йиллар)






Акцияларининг назорат пакети давлат мулкида бўлган йирик корхона ва тармоқларни хусусийлаштириш

III-босқич

(1996-1998 йиллар)





Хусусийлаштирилган корхоналарга хорижий инвестицияларни жалб этиш, бошқарув самарадорлигини ошириш ва мулкчилик янги муносабатларини тўлақонли амал қилиши учун шароитлар яратиш

IV-босқич

(1998-2002 йиллар)


V-боcқич


(2003 йилдан бошлаб)


Хусусийлаштириш жараёнлари самарадорлигини ошириш ва жадаллаштириш, иқтисодиётда хусусий секторнинг иштирокини фаоллаштириш ва салмоғини ошириш



4-chizma. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo’lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi.

Savdo, aholiga maishiy xizmat ko’rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yal’i mahsulotining 95 foizdan ortiqrog’i davlatga qarashli bo’lmagan sektorga to’g’ri keldi. Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’i fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.

Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to’g’ri keldi. Bu bosqichda ko’’lab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning akstiyalari res’ublika qimmatbaho qog’ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg’in tashkil qilindi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi akstionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko’chmas mulk va qimmatli qog’ozlar bozorining yangi muassasalari bar’o etildi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag’larini o’ziga jalb qilib, ularning bozorga taziyqini ‘asaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag’larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil koo’erativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish - ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.

Res’ublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro’yxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.

Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag’larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.

O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Res’ublikasi ‘rezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni bilan bog’liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri investistiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang’ich narxlarini sekin-asta ‘asaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va ‘ast likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.17

Mamlakatimizdagi davlat korxonalarini xususiylashtirishning 1995-2004 yillardagi asosiy natijalarini 5-jadval orqali kuzatish mumkin.

Xorijiy investistiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz, yaqin yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va, buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

Res’ublikada xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uning navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning adresli yo’naltirilganligi uy-joylarning o’z egalariga imtiyozli yoki be’ul berilishida, aholining ko’’roq muhtoj va zaif qatlamlarini qo’llab-quvvatlashning turli xil dasturlari byudjet mablag’lari hisobiga qo’lanishida, qishloq aholisi o’z yordamchi xo’jaligi uchun chek erlar olishi kabilarda ifodalanadi.

O’zbekistonda xususiylashtirishning to’lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. ‘ulni to’lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob’ektlarni xususiylashtirishda mulkni be’ul taqsimlash bilan bog’liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari ‘aydo bo’ladi, bozor infrastrukturasini bar’o etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash dasturini ro’yobga chiqarish uchun mablag’lar jamlanadi.

Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo’li orqali ularning mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag’lar shu korxonaning o’zini qo’llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar bar’o etishga ham sarflanadi.

Navbatdagi muhim xususiyat - res’ublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog’ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga akstiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura ob’ektlarini be’ul to’shirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog’lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish, hamda soliq to’lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.

Ijtimoiy kafolatlar iste’mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng kam ish haqini, daromad solig’ini tartibga solish kabilarni ham o’z ichiga oladi.

Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar: hissadorlar, xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib olingan texnika va avtotrans’ort vositalarining, er maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o’z ifodasini to’adi.

Res’ublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o’ziga xos boshqa jihatlari ‘rezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar:

a) davlat mulkini xususiylashtirish res’ublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki mantiqiga bo’ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;

b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;

v) xususiylashtirishni huquqiy-me’yoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi.

Res’ublikamizda xususiylashtirish bo’yicha qo’yilgan vazifa, davlat sektori bozor sharoitida ham sezilarli rol o’ynashi inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo’lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo’jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Ishlab chiqarish usuli - ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.

Ishlab chiqaruvchi kuchlar - ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.

Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar - bu kishilar uchun zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va is’temol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.

Ishlab chiqarishning texnologik usuli - mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.

Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.

Mulkdan foydalanish - mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.

Mulqni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.

Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.

Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari.

Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.

Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.

Davlat tassarrufidan chiqarish - davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirilishi.


Xulosalar:
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bir xilda va tekis ketmay, uni turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarini bilishda tarixiy-formastion, madaniylashish (stivilizastiya) darajasi, texnika va texnologik taraqqiyot darajasi, sostial-iqtisodiy shakllarning o’zgarishi kabi jihatlar bo’yicha yondoshuvlar mavjud.

2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar majmuasini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy nazariyada ko’’incha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog’lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlariga ajratiladi.



  1. Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o’zida ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar, jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o’rtasidagi munosabatlar majmuasidir.

4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy ne’matlarni o’zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks etadi. Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu ob’ektni o’zlashtirish va foydalanish borasida sub’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni bildirsa, mulkchilikning huquqiy mazmuni sub’ektning ob’ektga nisbatan bo’lgan munosabatini aks ettiradi.

5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investistion jozibadorligini oshirish va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga qaratilgan kom’leks dasturdan iborat jarayondir.


Takrorlash uchun savollar va to’shiriqlar.

1. Ishlab chiqarish usuli nima va uning tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

2. Ishlab chiqarish usullarining eng muhim o’ziga xos belgilarini ajratib ko’rsating. Bir ishlab chiqarish usulining boshqasiga almashinishi sabablari haqida mulohaza bildiring.

3. Ishlab chiqarish texnologik usulining tarkibiy qismlarini sanab ko’rsating. Fan-texnika taraqqiyotining ishlab chiqarish texnologik usuliga ta’siri qanday? Ishlab chiqarish texnologik usullarining bosqichlari bir-biridan nima bilan farqlanadi?

4. Iqtisodiy tizim nusxalarini farqlantiradigan asosiy belgilarini sanab ko’rsating.

5. Mulkchilikning mohiyatiga ta’rif bering va uning turli shakllarining iqtisodiy mazmunini tushuntiring. Mulkchilikning iqtisodiy va huquqiy mazmunini ajratib ko’rsating.

6. Mulk sub’ektlarining ko’’ darajali bo’lishiga sabab nima? Mulkchilik shakllarining farqlanishi asosida nima yotadi?

7. Bozor iqtisodiyotiga o’tish nima uchun mulkchilikning turli shakllarini taqozo qiladi? Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish nima uchun hozirgi bosqichda ob’ektiv zaruriyat hisoblanadi? Xususiylashtirish bosqichlari va shakllariga tavsif bering.

8. Xususiylashtirishning qanday usullarini bilasiz? Bu usullardan birini tanlab olishga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?


Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə