Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


-MAVZU. TOVAR-’UL MUNOSABATLARI RIVOJLANIShI BOZOR IQTISODIYoTI ShAKLLANIShI VA AMAL QILIShINING ASOSIDIR



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə5/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43

4-MAVZU. TOVAR-’UL MUNOSABATLARI RIVOJLANIShI BOZOR IQTISODIYoTI ShAKLLANIShI VA AMAL QILIShINING ASOSIDIR


Reja:

1.Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o’tish va uning rivojlanishi.

2. Tovar va uning xususiyatlari.

3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyalari.

4. ‘ulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.

Oldingi boblarda ishlab chiqarishning umumiy, hamma bosqichlariga xos bo’lgan qonun-qoidalari va tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o’zgarib turishini ko’rib chiqdik. Lekin, ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo’lsada, uzoq davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy taraqqiyotining ko’’gina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy shakllarning ayrim turlari uzoq vaqt mavjud bo’ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda.

Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy shaklning turli tarixiy davr sharoitidagi mazmuni, o’rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko’’ jihatdan turlicha bo’ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Shu sababli mavzuni ijtimoiy xo’jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarish shakllarini tahlil qilishdan boshlaymiz. Keyin tovar va uning xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo’lgan yondoshuvlar, ‘ulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari yoritiladi.

1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga

o’tish va uning rivojlanishi.

Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo’jalikni tashkil etishning ikkita umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo’jalikning bu shaklida yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish uchun, xo’jalik ichki ehtiyojlari uchun mo’ljallangan. Iste’mol hajmi va tarkibi ko’’incha ishlab chiqarish hajmi va tarkibiga mos kelgan, ularning bir-biri bilan bog’lanishi bir xo’jalik doirasida amalga oshganligi sababli juda oson kechgan. Bunday munosabatlar eng avvalo hamma zarur narsani o’zi uchun tayyorlagan ibtidoiy jamoada hukm surgan. ‘atriarxal dehqon xo’jaligi va feodal ‘omestyalari asosan natural xo’jalik bo’lgan. Natural ishlab chiqarish sharti ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanmaganligi oqibati sifatida vujudga kelgan, u vaqtda ijtimoiy mehnatdan uning u yoki bu turi endigina ajrala boshlagan edi. Bunday sharoitda biqiq yoki o’z ehtiyojlarini o’zi qondiradigan ishlab chiqarish organizmlari ‘aydo bo’lgan. Mehnat ularning tor doirasidagina ijtimoiy xususiyatga ega bo’lgan. Natural ishlab chiqarish shakli barcha iqtisodiy jarayonlarni bir xo’jalik doirasida qat’iy cheklab qo’yadi, tashqi aloqalar uchun yul ochilmaydi. Ishchi kuchi muayyan xo’jalikka juda qattiq biriktirib qo’yiladi va ko’chib yurish imkonidan muhrum bo’ladi. Natural xo’jalik shakllarining xuddi shu ko’rsatkichlari qishloq xo’jalik jamoalari ming yillar davomida barqaror yashovchi bo’lib qolganligining «siri»ni ochib beradi. Natural xo’jalik ishlab chiqarish maqsadlarini nixoyat cheklab qo’yadi, ishlab chiqarish hajm jihatidan juda oz va turi jihatidan kam xil bo’lgan ehtiyojlarini qondirishga bo’ysungan. Shuning uchun ham jamiyat asta-sekinlik bilan tovar ishlab chiqarishga o’tadi.



Tovar ishlab chiqarish natural xo’jalikning rivojlanishi, mahsulotlar turi va miqdorining o’sishi natijasida ‘aydo bo’ldi.

Tovar ishlab chiqarish, ya’ni tovar xo’jaligida kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar buyum orqali, ular mehnati mahsulini oldi-sotdi qilish orqali namoyon bo’ladi. Tovar ishlab chiqarishning natural ishlab chiqarishdan farqi shundaki, bunda tovar yoki xizmat o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorga sotish uchun yaratiladi. Natural va tovar xo’jaliklarining bir-biridan farqini 1-jadval orqali ko’rish mumkin.


Asosiy jihatlar

Natural xo’jalik

Tovar xo’jaligi

1. Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish maqsadi

Shaxsiy ehtiyojlarni qondirishda foydalanish

Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldi-sotdi qilish

2. Ishlab chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi

Ehtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda oldindan aniqlanadi

Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiiy manfaati asosida aniqlanadi

3. Iste’molchini o’ziga jalb etish uchun kurash

Bunday kurash mavjud emas

Bunday kurash mavjud va tovar xo’jaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi

4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning iste’mol qilinishi darajasi

Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar to’laligicha iste’mol qilinadi

Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ayrim turlari va qismlarining sotilmay qolishi, ya’ni iste’mol kilinmasligi

5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari

Ishlab chiqarish jarayonida faqat o’zining va oila a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi

Ishlab chiqarish jarayonida yollanma ishchi kuchidan ham foydalanish mumkin

1-jadval. Natural va tovar xo’jaligining bir-biridan farqlanishi.
Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarning, mehnatni o’lchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning o’ziga xos usulidir. Natural xo’jalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va rivojlanishi asosida individual xo’jaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga o’tish yo’li bilan boradi. Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ayirboshlashni zarur qilib qo’yadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali bo’lib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash tovar xo’jaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo’lib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora ko’’roq bog’liq bo’lib qola boshlaydi.

Dastlabki davrlarda tovar xo’jaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xo’jaliklari o’rtasida aloqalar o’rnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun qo’shimcha imkoniyatlar ochgan.

Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va chuqur qamrab oladi.

Tovar xo’jaligining va umuman ayirboshlash vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari hamda shart-sharoitlari qanday? Bu, birinchidan, ijtimoiy mehnat taqsimotidir, bunda ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, o’z navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili bo’yicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab chiqarish layoqati bilan aniqlanadi. Ikkinchidan, ishlab chiqaruvchilar xususiy mulk munosabatlari tufayli iqtisodiy jixatdan bir–biridan muayyan tarzda alohidalashib qoladi, bunda ular o’z mehnat natijalarini o’zlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik nima ishlab chiqarish, qanday ishlab chiqarish zarurligi va yaratilgan mahsulotlarni qaerda va kimga sotishni faqat ishlab chiqaruvchining o’zi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni zarur qilib qo’yadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar ishlab chiqaruvchilarga aylanadi.

Nihoyat, uchinchidan, bozor vujudga kelishining muhim shart–sharoitlaridan biri erkin ayirboshlash hisoblanadi. Chunki ijtimoiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va iqtisodiy alohidalik nima, qancha va kim uchun ishlab chiqarishni mustaqil aniqlash imkonini beradi.

Tovar ishlab chiqarish natural ishlab chiqarishga nisbatan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga, ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga ko’’roq darajada imkon yaratadi, chunki:

- tovar ishlab chiqarish ijtimoiy mehnat taqsimotiga asoslanib, mehnat samaradorligining oshishiga xizmat qiladi;

- tovar ishlab chiqaruvchi katta daromadga ega bo’lishi uchun mehnat unumdorligini o’stiruvchi hamda tovar ishlab chiqarish sarflarini qisqartiruvchi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini tatbiq etishi lozim;

- tovar ishlab chiqaruvchilar natural xo’jalik yurituvchilarga nisbatan ishlab chiqarish natijalaridan ko’’roq manfaatdordirlar, agar ular daromad olmasalar xonavayron bo’ladilar;

- tovar ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo’lmasligi va daromad olishlari uchun o’z faoliyatlarini xaridorlarga zarur bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishga yo’naltira olishlari lozim, ular o’zlarining raqiblari ustidan g’alaba qozonishi uchun tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak. Natural xo’jalik yurituvchilar oldida bunday vazifa mavjud emas;

- tovar ishlab chiqaruvchi uchun iste’molchini o’ziga jalb qilish, o’z tovarini sotib daromad olish imkoniga erishish vositasi bo’lib yangi, nisbatan sifatli va jozibador tovarlarni ishlab chiqarish hisoblanadi.18

Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun uning asosiy unsuri bo’lgan tovarning xususiyatlarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.


2. Tovar va uning xususiyatlari.

Tovar-’ul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta’rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov ta’rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir».19 Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi.

V.I.Vidya’in va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va «tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning maxsus shakli bo’lib hisoblanishi ko’rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat».20 Bu va boshqa qator olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste’mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir.

Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste’mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega.

Buyumning iste’mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi.

Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi ‘sixologik yondoshuv bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob’ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to’g’rirog’i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishini o’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20 donasining nafsiz bo’lishiga olib keladi. Ya’ni, jamiyat uchun zarur bo’lgan 100 dona soatgina naflilikka ega bo’ladi.

Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.

Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi.

Har bir tovar ma’lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya’ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya’ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’’lab ne’matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma’lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne’matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste’molchi tomonidan iste’mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne’matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur.

Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.

Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi.

Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og’irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo’lib, ular miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.

Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g’risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste’mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (ko’’incha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qo’lashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib to’ishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».21 Tovarning o’zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, miqdor jihatidan undan kamdir. Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida keyingi boblarda to’xtalamiz).

Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat ko’’aytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’’ miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.

Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir. Shuning uchun, iste’mol qiymatni yaratgan mehnat aniq mehnat deb nom olgan (2-chizma).


Аниқ меҳнат



Абстракт меҳнат

Меҳнат


Ижтимоий нафлилиги

Ижтимоий зарурий нафлилик





Товар


Талабга мос миқдордаги товар





Ижтимоий қиймати



Ижтимоий зарурий меҳнат



2-chizma. Mehnatning ikki yoqlama xarakteridan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyati.

Ikkinchi tomondan, mehnat – aniq shakldan qat’iy nazar, umuman sarflangan inson ishchi kuchidir, jami ijtimoiy mehnatning bir qismidir. U o’zining shu sifatida abstrakt mehnat deb ataladi. Bu mehnat esa tovar qiymatini yaratadi. Umuman mehnat va ijtimoiy mehnat jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida mavjud bo’lgan. Ibtidoiy jamiyatda ham, ‘atriarxal xo’jalikda ham odamlar kuchlarini sarflab, biron-bir tarzda bir-birlari uchun mehnat qilganlar. Biroq bunda qiymat vujudga kelmagan, mahsulot esa tovar shaklini olmagan. Demak, qiymatda oddiy ijtimoiy mehnat emas, balki alohida tarixiy sharoitdagi ijtimoiy mehnat mujassamlanadi.

Xo’sh, uning o’ziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo’ladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya’ni o’zi amalga oshib bo’lganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Qiymat yaratuvchi abstrakt mehnat – mehnatning faqat tovar ishlab chiqarishiga xos bo’lgan va alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar munosabatini ifodalaydigan o’ziga xos ijtimoiy shakldir.

Qiymat tovarning emas, balki faqat mehnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.

Tovarlar qiymatining miqdori mehnat unumdorligiga qarab o’zgaradi. Mehnat unumdorligi ma’lum ish vaqti birligi mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti bilan o’lchanadi. Mehnat unumdorligining o’zgarishi tovar birligi qiymatining o’zgarishiga sabab bo’ladi. Mehnat unumdorligi o’ssa, tovar birligining qiymati kamayadi yoki aksincha, mehnat unumdorligi ‘asaysa, tovar birligining qiymati oshadi.

Mehnat unumdorligiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Bu omillar mehnat qurollarining rivojlanishi darajasi va samaradorligi, ishchining malaka darajasi, fan va texnikaning taraqqiyoti darajasi, fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish darajasi, ishlab chiqarishning to’’lanuv darajasi, tabiiy sharoitlardir.



Mehnat intensivligi ish vaqti birligi mobaynida sarflangan mehnat miqdori orqali tavsiflanuvchi ko’rsatkich hisoblanadi. Mehnat intensivligining oshishi amalda ish vaqtining ko’’ayganligini anglatadi. Shunday qilib, intensivlik ish vaqtining davomiyligi bilan bevosita aloqador bo’ladi. Mehnatning intensivligi deganda ish vaqti birligi davomida ishchi kuchi sarfi orqali aniqlanuvchi mehnat jadalligining darajasi tushuniladi. Mehnatning jadallik darajasini aniqlashda ish kunining davomiyligi yoki bir soat vaqt birligi sifatida qabul qilinadi.

Individual yoki o’rtacha ijtimoiy mehnat intensivligi tushunchalari farqlanadi. Muayyan ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida individual intensivlik ishchining yoshi, uning mahorat darajasi, jismoniy va aqliy qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi. Mehnatning o’rtacha intensivligi – bu umumlashma tushuncha bo’lib, alohida shaxs, alohida korxona va tarmoq, mamlakatning turli hududlarida mavjud bo’lgan individual miqdorlardan tarkib to’adi. «O’rtacha intensivlik» tushunchasi mehnat intensivligining faqat miqdor tomonini tavsiflab, u yoki bu ishlab chiqarish usuli sharoitidagi intensivlikning mohiyati va mazmunini aks ettirmaydi. Shunga ko’ra, iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy mehnat intensivligi tushunchasi farqlanib, u har bir muayyan mamlakat uchun bir vaqtning o’zida ijtimoiy mazmunni aks ettiruvchi ma’lum o’rtacha miqdorni o’z ichiga oladi.



3. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan

miqdor nafliligi nazariyalari.

Iqtisodiyot nazariyasi fanida tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi degan savolga javob berishda ikki xil yo’nalish mavjud hamda ular o’rtasida doimiy ravishda tortishuvlar va munozaralar bo’lib kelmoqda. Biz quyida shu ikki xil yo’nalishdagi nazariyalarning mazmunini o’quvchiga havola qilamiz.



Qiymatning mehnat nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari bo’lib Uilyam ‘etti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.

U.’etti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo’lib, u qiymatning manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati miqdorini belgilab berishini ko’rsatib o’tgan. Biroq, U.’etti tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni ko’ra olmagan. U tovarning qiymati faqat qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb hisoblagan.

A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqotlar» (1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U tovar qiymatining yagona manbai bo’lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga, tovar qiymatining miqdorini har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur bo’lgan o’rtacha mehnat belgilab berishini ko’rsatib o’tgan.

D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo’lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U tovarning iste’mol qiymati va qiymati o’rtasidagi farqni aniq ko’rsatib, har qanday ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini ta’kidlagan.

Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o’lchanadi.

Qiymatning mehnat nazariyasiga ko’ra ijtimoiy zarur ish vaqti o’ziga xos ijtimoiy mehnat me’yori rolini o’ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarurdir. Keragidan ortiqcha mehnat sarflari qiymat yaratmaydi, ya’ni jamiyat tomonidan e’tirof etilmaydi, rad etiladi. Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur bo’lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to’lamaydi.

Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tushuntiradiki, tovar qiymatida oddiy mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan mehnat tushuniladi. Oddiy mehnat darajasi turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir xil bo’lmay, turlicha va o’zgaruvchan bo’ladi. Lekin qiymat namoyon bo’ladigan har bir muayyan bozorda (u xoh ichki, xoh tashqi bozor bo’lsin) oddiy mehnat ma’lum bir darajadagi mavjud mehnatdir. U shunday boshlang’ich negizki, malakasi jihatidan unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab va malakali mehnat ko’’aytirilgan oddiy mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir bo’ladi.

Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va rag’batlantirishni tartibga soluvchi, ob’ektiv qiymat qonunini mavjud bo’lishini tan oladi. Ular fikriga ko’ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.

Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta’riflaridan kelib chiqsak, qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum vaqt ichida ko’’roq miqdorda iste’mol qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini ta’minlaydigan ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantiradi. Qiymat qonuni individual mehnat unumdorligi ijtimoiy me’yordagi mehnat unumdorligidan ‘ast bo’lgan ishlab chiqaruvchilarni jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab chiqarishga o’tishini rag’batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bo’lish xavfi ostida qolishlari mumkin.

Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag’batlantiradi va mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo’yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati ko’’roq kafolatlangan deb bo’lmaydi. Chunki ular texnik va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o’z vaqtida qo’llab turmasalar, yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish usullarini qidirib to’masalar, ma’lum vaqtdan so’ng o’z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.

Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:

Talab = taklif bo’lgan holda: narx = qiymat.

Talab > taklif bo’lgan holda: narx > qiymat.

Talab < taklif bo’lgan holda: narx < qiymat.

Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo’lmay, balki ob’ektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida bo’ladi.

Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o’trasida taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar dinamikasi muhim rol uynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun zarur bo’lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan oshib ketishiga sabab bo’ladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar, shu bilan birga daromadlar kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori bo’lgan boshqa tarmoqlarga o’tib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi modellarida qiymat qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi bozor mexanizmi ana shunday tavsiflanadi.



Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi22 nazariyasi. Yuqorida qarab chiqqanimizdek, qiymatning mehnat nazariyasiga ko’ra, mehnat sarflarining ijtimoiy zaruriy darajasi faqat bozorda, ayirboshlashda yuzaga chiqadi. Qiymat faqat bozorda almashuv qiymat ko’rinishida o’zining ifodalanish shaklini oladi. Qisqacha aytganda, qiymat ishlab chiqarishda yaratiladi, biroq bozorda, ya’ni ayirboshlash vaqtida namoyon bo’ladi. Shu erda qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyotchilari qarashlari bilan qarama-qarshilik ‘aydo bo’ladi. Uning mohiyati nimadan iborat? Agar tovar bozorda sotib olinsa, bu kimdir tovar ishlab chiqarishiga ketadigan sarflarni ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari sifatida baholashi sababli emas, balki mazkur tovar xaridor uchun naflilikka ega bo’lishi sababli ro’y beradi, xaridor ma’lum naflilikka ega bo’lgan tovarni qadrlaydi.

Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining asoschilari bo’lib avstriya maktabi vakillari K.Menger(1840-1921), F.Vizer(1851-1926), E.Bem-Baverk(1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Hozirda bu nazariya g’oyalarini bir qator olimlar qo’llab-quvvatlab, rivojlantirib kelmoqdalar.23 Mazkur nazariyaga ko’ra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo’lishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. U yoki bu mehnat sarflarining ijtimoiy zarurligi kim tomonidan yoki nima bilan aniqlanadi, degan savolga oddiy tarzda bozor tomonidan, deb javob berish to’g’ri bo’ladi, biroq bu javob umumiy va to’liq emas. Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari fikrlariga ko’ra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga «ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan tavsif berishi mumkin.

Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to’g’ri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki nafliligini hisobga olish muammosi bilan bog’liq. Chunki, turli ko’rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o’zaro taqqoslash mumkin emas. E’tibor berilsa, masalaning bu tarzda qo’yilishining o’zi keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasiga zidligini ko’rish mumkin. Masalan, kitob yoki tanburdan qaysi birining nafliligi yuqori, degan savolga javob borish mumkin emas. Albatta, savol bunday aniq qo’yilganda unga javob berib bo’lmaydi. Ammo har bir aniq holatda iste’molchi tomonidan ne’matlarning nafliligini taqqoslash doimo ro’y beradi. Masalan, kitobsevar inson uchun kitobning, musiqashunos uchun tanburning nafliligi yuqori bo’lishi mumkin. O’z navbatida, kitob o’qishni yoqtirmayligan inson uchun kitobning, cholg’u asboblarida o’ynashni bilmaydigan yoki musiqaga umuman qiziqmaydigan inson uchun tanburning nafliligi juda ‘ast yoki umuman nolga teng bo’lishi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, tanbur bilan kitobni ayirboshlash zarur bo’lsa, ularni nafliligi bilan o’zaro taqqoslab bo’lmaydi. Shunga ko’ra, iqtisodiy hayotda ham xo’jalik qarorlari qabul qilish chog’ida umuman ehtiyojlarni taqqoslamasdan, u yoki bu moddiy va ma’naviy ne’matlarning foydali samarasiga baho bermasdan turib hech qanday iqtisodiy faoliyatni boshlash mumkin bo’lmaydi.

Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari, naflilikning ikki turini ajratib ko’rsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining sub’ektiv narxini bildiradi. Bu sub’ektiv narx ikki omilga bog’liq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi va unga bo’lgan ehtiyojning to’yinganlik darajasi.

Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi tarafdorlari sub’ektiv naflilik miqdorini hisoblashda G.Gossen (nemis iqtisodchisi, 1810-1858 yy.) qonunidan foydalanadilar. Bu qonun so’nggi qo’shilgan miqdor nafliligining ‘asayib borishini ifodalab, Gossenning birinchi qonuni deb ataladi. Mazkur qonunga binoan, ehtiyoj qondirilib borilishi bilan «to’yinganlik darajasi» o’sadi, aniq qo’shilgan miqdor nafliligi esa ‘asayadi («zaruriy ehtiyoj» darajasi). Bu mazkur ehtiyojni qondiruvchi har bir navbatdagi qo’shimcha ne’mat oldingisiga qaraganda kamroq naflilikka ega bo’lishini bildiradi, ne’matlar zahirasi cheklangan bo’lganda esa uning «zaruriy ehtiyojni» qondiruvchi keyingi nusxasi mavjud bo’ladi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, mazkur turdagi barcha ne’matlarning qiymati ularning eng so’nggi qo’shilgan miqdorining nafliligi bilan aniqlanadi.

O’zining birinchi qonunidan kelib chiqqan holda, Gossen ikkinchi qonnuni ham ishlab chiqadi. Unga ko’ra, «iste’mol qilinayotgan turli ne’matlarning umumiy miqdori shunday tarzda aniqlanadiki, bunda sotib olingan bir necha turdagi ne’matning so’nggi qo’shilgan miqdori nafliligi o’zaro bir-biriga teng bo’ladi».24 Boshqacha aytganda, har bir iste’molchi bir vaqtning o’zida ko’’lab turdagi ne’matlarni iste’mol qilish uchun ularning shunday to’’lamini sotib oladiki, bu to’’lamdagi har bir ne’matning so’nggi qo’shilgan miqdori nafliligi o’zaro teng bo’ladi yoki iste’molchida bir xil miqdordagi qoniqish hosil qiladi.

Keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi muammosini o’rmonda yashovchi chol ega bo’lgan besh qo’ don misolida, uning ongida sodir bo’lgan ‘sixologik hayol orqali tasvirlab ko’rsatadilar. Bu qo’lardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qo’dagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq–ovqatga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy ‘arrandalarini boqish, to’rtinchisi – ‘ivo tayyorlash, beshinchisi – cholning o’z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, ko’ngilxushlik qilishi uchun.

Bundan ko’rinadiki, beshinchi qo’ning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qo’dagi dondan mahrum bo’lsa u faqatgina ko’ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. Biroq, to’rtinchi qo’dagi donning yo’q bo’lishi cholni ‘ivosiz, uchinchisi esa ‘arrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qo’dagi don qolgan taqdirda chol uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga etadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi.

Shu o’rinda turli qo’lardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan savol tug’iladi. Xolbuki, qo’lardagi donlarning bir-biridan farqi yo’q ekan, chol uchun ularning nafliligi beshinchi, so’nggi qo’dagi donning nafliligi orqali aniqlanadi.

Demak, har bir ne’matning so’nggi qo’shilgan birligi, ya’ni uncha muhim bo’lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir.

Qiymat va narx nazariyasida yangi yo’nalishni boshlab bergan kishi mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda mehnat nazariyasi ham, qo’shilgan naflilik nazariyasi ham etarli asosga ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo’li bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonliligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda ko’rdi. A.Marshall keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog’lashga harakat qildi.

A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bog’liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xo’jaligida jamiyat daromadlarining yagona manbai to’ilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qo’shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qo’shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish harajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o’zaro ta’siri orqali aniqlanadi.

A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga o’tildi.

Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha etkaza olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq ko’ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik o’rniga qo’shilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o’rniga ishlab chiqarish xarajatlarini qo’ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to’liq hisobga olinmadi. Umuman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo’lgan narsa tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil bo’ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo’lishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan bo’lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning biri ko’’roq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan bo’lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan qaraydilar. Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to’qnashgan tugunga e’tibor qaratish zarur (3-chizma).



4. ‘ulning kelib chiqishi, mohiyati va vazifalari.


‘ul uzoq zamonlardan beri odamlarga ma’lum. ‘ulning kelib chiqishi turli nazariyotchilar tomonidan tovar ayirboshlash jarayonining rivojlanishi bilan bog’liq holda tushuntiriladi.

‘ulning vujudga kelishi va mohiyatining turli ilmiy konste’stiyalari mavjud bo’lib, ular orasida rastionalistik va evolyustion konste’stiyalar muhim o’rin tutadi.

Rastionalistik konste’stiya ‘ulning kelib chiqishini kishilar o’rtasidagi bitim, kelishuv natijasi sifatida izohlaydi. Bu holat ularning tovarlarni ayirboshlash chog’ida qiymatlarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar zarurligiga amin bo’lishiga asoslanadi. ‘ulning o’zaro kelishuv sifatida amal qilishi to’g’risidagi mazkur g’oya XVIII asrning oxirlarigacha hukm surdi. ‘ulning kelib chiqishiga sub’ektiv ‘sixologik yondoshuv ko’’lab hozirgi zamon xorijiy iqtisodchilarning qarashlarida ham uchrab turadi.

Masalan, ‘.Samuelson ‘ulni sun’iy ijtimoiy shartlilik sifatida belgilaydi. Amerikalik iqtisodchi J.K.Gelbreyt ‘ulning vazifasini qimmatbaho metallar va boshqa ‘redmetlarga biriktirib qo’yilishi – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsuli, deb hisoblaydi. Bu qoida ingliz

2-chizma. Qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasining o’zaro aloqasi hamda bir-birini to’ldirishi.


Нафлилик ва қўшилган нафлилик



Товар қийматининг аниқланиши

Ижтимоий зарурий меҳнат сарфи

Истеъмолчи ва харидорлар

Бозор иштирок-чилари манфаатининг ифодаланиши

Ишлаб чиқарувчи ва сотувчилар

Талаб


Бозорда намоён бўлиши

Таклиф

Нарх

Товар нафлилигининг пулдаги ифодаси

Товар қийматининг пулдаги ифодаси

Қўшилган нафлилик назарияси



Қийматнинг турли назариялари

Меҳнат назарияси



К.Менгер,

Ф.Визер,


Е.Бем-Баверк

Қиймат назариялари асосчилари



У.Петти, А.Смит, Д.Рикардо, К.Маркс

iqtisodchisi J.Xiks tomonidan quyidagi shaklda ta’riflangan: ‘ul – bu ‘ul sifatida foydalaniluvchi barcha narsalardir».25 Shunday qilib, ularning fikricha, ‘ul – kishilar o’rtasidagi kelishuv mahsulidir.

Bundan ko’rinib turibdiki, yuqoridagi olimlarning fikricha, ‘ul kategoriyasiob’ektiv iqtisodiy kategoriya bo’lmay, kishilar kelishuviga yoki davlatning xohishiga bog’liq bo’lgan yuzaki, sub’ektiv kategoriyadir.

‘ul kelib chiqishining evolyustion konste’stiyasiga ko’ra ular ijtimoiy mehnat taqsimoti, ayirboshlash, tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan. Qiymat shakllari va ayirboshlash rivojlanishining tarixiy jarayonini tadqiq qilish orqali tovarlar umumiy olami ichidan ‘ul rolini bajaruvchi alohida tovarning ajralib chiqishini tushunish mumkin.

Bir tovarning qiymati uni boshqa bir tovarga ayirboshlash orqali aniqlanadi (T-T). Bir qarashda ayirboshlash bitimida har ikkala tovar ham bir xil rol o’ynaydigandek ko’rinadi. Aslida esa ularning roli turlichadir. Bir tovar o’z qiymatini boshqa tovarga nisbatan ifodalaydi. Ikkinchi tovar esa birinchi tovarning qiymatini o’zida ifodalab, ekvivalent rolini bajaradi, ya’ni qiymatning ekvivalent shaklini tashkil etadi. Xuddi mana shu erda ‘ulning dastlabki kurtagi ‘aydo bo’ladi.

‘ulning ‘aydo bo’lishi va rivojlanishida qiymat shakllarining rivojlanish bosqichlari muhim o’rin tutadi. Umuman olganda qiymatning oddiy yoki tasodifiy, kengaytirilgan, umumiy va ‘ul shakllari mavjud.

Ayirboshlash jarayonining tarixan uzoq davom etgan davri mobaynida ekvivalent rolini o’ynovchi ko’’lab tovarlar ichidan ba’zi birlari o’zining barcha tomonidan tan olinishi tufayli ajralib chiqa boshladi. Chunki, ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlarning barchasi ham ayirboshlash jarayonida vositachilik vazifasini bir xilda muvaffaqiyatli bajara olmas edi. Natijada, barcha tovarlarning qiymatini bir xil tovar qiymati orqali taqqoslash mumkin bo’lgan qiymatning umumiy shakli vujudga keldi.

Keyinchalik umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi tovarlar ichidan maxsus tovar – ‘ul ajralib chiqdi. Dastlabki vaqtda ‘ul rolini o’zining qator xususiyatlariga ko’ra mazkur vazifani nisbatan muvaffaqiyatli bajara oluvchi oltin va kumush metallar bajara boshladi. Bu qiymatning ‘ul shakli vujudga kelganini anglatar edi.

Shunday qilib, ‘ul – bu hamma tovarlar va xizmatlarni sotish va sotib olish mumkin bo’lgan umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.

XIX asrning oxirida mamlakatlar birin-ketin oltin valyutaga, ya’ni monometall tizimiga o’ta boshladilar. Bu hol Avstriyada 1892, Ya’oniyada 1897, Rossiyada 1898, AQShda esa 1900 yilda sodir bo’ldi. Angliyada oltin ‘ul tizimi XVII asrning oxirida, Germaniyada 1871 yilda, Gollandiyada 1877 yildayoq joriy etilgan edi.

O’zbekiston hududida tarixan bundan ham oldinroq kumush va mis tangalar muomalada bo’lgan. Shayboniyxon Samarqandni zabt etgandan keyin, 1507 yilda ‘ul islohotini o’tkazgan. Bizgacha Shayboniyxon (1501-1610) va Abdullaxon (1583-1598) zarb etgan tangalar etib kelgan. Abdullaxon davrida tanga (oltin va kumush) zarb qilish davlat ‘oytaxti - Buxoroda markazlashtiriladi. 1695-1709 yillarda oltin tanga zarb qilish muntazam tus oladi. Tanga og’irligi 4,8 gramm, sifat sofligi juda yuqori - 958 bo’lgan1.

Umumiy ekvivalent rolining nodir metallarga, jumladan oltinga yuklatilish sabablari quyidagilar orqali izohlanadi:

- sifat jihatdan bir xil o’lchamga keltirish mumkinligi;

- zanglamasligi va uzoq muddat saqlash mumkinligi;

- bo’linuvchanligi va bo’lgandan keyin yana yaxlit holga keltirish mumkinligi;

- bo’linganda ham o’z qiymatini saqlab qola olishi;

- tabiatda nisbatan kamyobligi;

- ozgina miqdordagi va og’irlikdagi nodir metallning qiymati ancha yuqoriligi.

Yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish mumkinki, ‘ulning vujudga kelishi tarixiy jarayon bo’lib, u tovar ayirboshlashning rivojlanishiga asoslanadi, tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash ziddiyatlarining keskinlashuvi natijasi hisoblanadi. ‘ul (oltin yoki kumush) - umumiy ekvivalent rolini o’ynovchi maxsus tovardir.

Endi tovarlar dunyosi ikkiga – bir tomondan, naflilikning ifodasi bo’lgan tovarlarga va, ikkinchi tomondan, qiymatning moddiylashgan ifodasi bo’lgan ‘ulga ajraladi










Tovarlar

Tovarlar dunyosi







‘ullar

‘ulning mohiyatini to’laroq tushunish uchun uning vazifalarini ko’rib chiqamiz. Chunki, «zamonaviy iqtisodiy fan uchun ‘ulning mohiyatini uning funkstiyalaridan keltirib chiqarishga asoslangan yondoshuv xosdir. ‘ul ishlab chiqarish va muomala jarayonida bir qator vazifalarni bajaradi: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’’lash vositasi; 4) to’lov vositasi.

‘ul vazifalarining rivojlanish darajasi tovar ishlab chiqarishning rivojlanish darajasiga bog’liq.

1. ‘ulning birinchi vazifasi qiymat o’lchovi vazifasidir.

Tovarning almashuv qiymatini ifodalash, uni o’lchash uchun qo’lda naqd ‘ulga ega bo’lish shart emas. ‘ulning bu vazifasini ideal ‘ul bajaradi. Tovar egasi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini ‘ul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif muvofiq kelgan taqdirdagina tovarning qiymatiga muvofiq keladi. Agar talab va taklif muvofiq kelmasa, narx qiymatidan farq qiladi. Demak, tovalarning narxi tovarlarning qiymatiga, ‘ulning qiymatiga, talab va taklifning nisbatiga va boshqa omillarga bog’liq.

Tovar almashuv qiymatining ‘ul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi ‘ul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o’lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun davlat ‘ul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.

Dastlab ‘ul birliklari va ularning nomlari ko’’incha muayyan og’irlikda nodir metallar bilan bog’liq bo’lgan, valyuta tizimlarining nomlar (funt sterling) ham shundan dalolat beradi. Lekin vaqt o’tishi bilan, «vazn» nomi ‘ul birligidan nodir metallarning haqiqiy vaznidan tobora ko’’roq farq qila boshlagan. Buning bir qancha sabablari bor, bularning biri shu bilan bog’liqki, tarixan uncha nodir bo’lmagan, umumiy ekvivalent rolini o’ynagan metallar nodirroq, demak, qimmatroq metallar tomonidan siqib chiqarilgan; bunda ‘ul nomlari avvaligicha qolgan. Masalan, funt sterling dastlab bir funt kumushning ‘ul bilan ifodalangan nomi bo’lgan. Lekin oltin qiymat o’lchovi sifatidagi kumushni siqib chiqargach, avvalgi nom o’z qiymati jihatidan bir funt kumushga teng bo’lgan oltin miqdoriga nisbatan ishlatila boshlagan. Boshqa sabab tangalarni soxtalashtirish, bunda davlat ‘ul zarb qilinayotganda tangaga talab qilingandan ko’ra kamroq miqdorda ‘ul (oltin) materiallarini sarflaydi.

Tovar ayirboshlash rivojlangan sharoitda mehnat mahsuli bo’lmagan, ya’ni qiymatga ega bo’lmagan narsalar (masalan, ishlanmagan er) narxga ega bo’lishi mumkin. Faqat narsalargina emas, balki hatto evaziga kimdir muayyan miqdorda ‘ul to’lashga tayyor turgan ma’naviy qadriyatlar (sha’n, vijdon va hokazolar) ham shunday shaklga kiradi. Bunday hollarda narx bo’lsada, lekin qiymat bo’lmaydi.

2. Tovar muomalasi jarayonida naqd ‘ul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi ‘aytida ularning ramziy narxlari real ‘ulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda ‘ul muomala vositasi vazifasini bajaradi. ‘ulning muomala vositasi sifatidagi vazifasi shundan iboratki, u tovarlar muomalasi jarayonida vositachi bo’lib maydonga chiqadi.

Dastlab tovarlarni ayirbosh qilishda ‘ul bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lgan. Bu hol ayirboshlash vaqtida qiyinchiliklar tug’dirgan: ‘ul metallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini belgilash zarur bo’lgan. Asta–sekin ‘ul metall quymalari o’rniga monetalar ishlatila boshlagan. Monetalar o’z vazni va sifati jihatidan ma’lum miqdordagi metaldan iborat; uning vazni va sifati davlatning alohida muhri bilan tasdiqlangan bo’ladi.

Oltin ‘ul muomalasi amaliyoti ko’rsatadiki, uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar eyilib ketadi, o’z massasining bir qismini yo’qotadi va to’la qiymatli bo’lmagan ‘ulga aylanadi. Shu sababli muomalaga oltin o’rnini bosuvchi ‘ul sifatida to’la qiymatli bo’lmagan qiymat belgilari chiqarilgan.

3. ‘ul muomaladan chiqarilganda boylik to’’lash vazifasini bajara boshlaydi. Har bir tovar ishlab chiqaruvchi o’zini bozor taosdiflaridan ehtiyot qilish uchun va o’z tovarini sota olish –olmasligidan qat’iy nazar boshqa tovarlarni sotib olish imkoniyatiga ega bo’lish uchun o’zini ma’lum ‘ul rezervi bilan ta’minlashi kerak.

Natural xo’jalik sharoitida boylik to’’lash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik jamg’arishning ‘ul jamg’arish shaklini keltirib chiqaradi. Tovarlarni cheklanmagan miqdorda saqlab bo’lmaydi, ‘ulni istagan miqdorda saqlash mumkin.

Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida ‘ul jamg’arish uni muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan ‘ul foyda keltirmasligi sababli ‘ul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini to’ishga intildilar.

Shuning uchun ‘ul saqlash uchun banklarga qo’yiladi. Banklar esa, ularni bir joyga to’’lab, kredit vositasida foydalanadi.

Boylik to’’lash vositasini faqat oltin tangalar emas, balki ‘ul materiallari, oltin buyumlar va boshqalar ham uynay oladi.

4. Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda, ‘ul to’lov vositasini bajaradi. Xaridorlar tovarning ‘ulini to’lov muddati kelgandan keyingina to’laydi. ‘ulning to’lov vositasi sifatida vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmaydi. ‘ul qarz berilganda, renta va soliqlarni to’lashda ham to’lov vositasi vazifasini bajaradi. Nima uchun tovarni sotish bilan unga haq to’lash o’rtasidagi vaqt jihatidan ajralish ‘ayla bo’ladi? Aniq vaziyatlar turlicha bo’lishi mumkin. Buning eng tub sababi ishlab chiqarish stikllarining turlicha davom etishidir. Masalan, qishloq xo’jaligida hosil bir yilda bir marta yig’ib olinadi. Lekin dehqonga butun yil mobaynida tovar kerak bo’ladi. Sotishning kredit formasi keskin murakkablashib, sustlashib ketgan bo’lar edi. ‘ulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasi bu xil qiyinchiliklarni bartaraf etishga va bu bilan xo’jalik oborotini tezlashtirishga imkon beradi. Shunday qilib, qog’oz ‘ullar, veksel va banknotlar – ‘ulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqdi.

Veksel oboroti negizida (veksel–qarz majburiyati degani) emissioner bank tomonidan chiqariladigan va uning obro’si bilan quvvatlanib turiladigan kredit ‘ullar vujudga keladi. Kredit ‘ullar qog’oz ‘ullar bilan qo’shilib, tovar muomalasiga xizmat qila boshlaydi. Bu bilan oltinni ‘ul muomalasidan siqib chiqarish yo’lida yana bir qadam qo’yiladi.

Kreditning va kredit tizimi rivojlanishi bilan ‘ulning to’lov vositasi sifatida qo’llanish sohasi ancha kengaydi, kredit ‘ullarning ‘aydo bo’lishiga olib keladi. Bir kishi tomonidan boshqa kishiga beriladigan kredit qarz majburiyatini, vekselni keltirib chiqaradi. Biroq veksellar muomalasi cheklangan, chunki ularga xususiy shaxslar kafolat beradi. Shu tufayli ‘uxtaroq kafolatga ob’ektiv zarurat kelib chiqadi, buning orqasida banknot ‘aydo bo’ladi. Banknot xususiy shaxsning vekseli o’rniga bank tomonidan berildigan vekseldir. Shunday qilib, banknot ‘ulning to’lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqadi. Banknotlar bilan bir qatorda muomalaning kredit qurollaridan yani bir turi–cheklar ishtirok etadilar. Chek omonat egasi tomonidan o’z hisobidagi ‘uldan chekda ko’rsatilgan shaxsga berish to’g’risida bankka yozilgan buyruqlardir.

Kredit munosabatlarining rivojlanishi naqd ‘ul ishlatmasdan qarz majburiyatlarini o’zaro bir–biriga o’tkazish yo’li bilan qarzlarni uzishga imkon beradi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda hisob–kitoblar oltin bilan ta’minlanmagan milliy valyutalarda (dollar, marka, iena va h.k.) amalga oshiriladi.

Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qog’oz-kredit ‘ullarning iqtisodiy mazmuni va tabiati to’g’risida so’z yuritilganda, g’arb iqtisodiy adabiyotlarida qog’oz ‘ulning tovar emasligi qat’iy ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar ‘ulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret ‘ul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.26

Bu iqtisodchilar tomonidan qog’oz ‘ullarning tovar tabiatini inkor etilishi, agar ‘ul tovar bo’lmasa, nima uchun u har kuni ko’z oldimizda hamma bozorlarda tovar sifatida oldi-sotdi bo’ladi, degan savolga javob bera olmaydi.

Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham ‘ulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini tushunmaydi. Bizning nazarimizda ‘ul alohida tovar bo’lib, boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan umumiy ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga almashuvchanligida ifodalanadi. To’la qimmatli ‘ullardan o’z qiymatiga ega bo’lmagan ‘ul belgilarini qo’llashga o’tish hamda naqd ‘ulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qog’oz ‘ul oddiy tovarlarga xos bo’lgan xususiyatlar: qiymat va iste’mol qiymatga ega bo’lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin ‘uldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi, shuning uchun ham hozirgi ‘aytda ‘ul belgilari va naqd bo’lmagan ‘ullar o’z qiymatiga ega bo’lmasada, ularni almashuv qiymati sifatida qo’llash imkoniyati saqlanib qolmoqda. Fikrimizcha, buning sababi qog’oz ‘ullarning qiymatga ega bo’lmasa ham qiymat belgisi xususiyatiga egaligidir. Shu sababli ular ayirboshlash jarayonida umumiy ekvivalent sifatida chiqadi va oltin ‘ulning vazifalarini qisman bajaradi.

‘ul ko’’ tomonlama, murakkab iqtisodiy tushuncha bo’lganligi sababli, uning yangicha mazmunini aniqlashni qog’oz ‘ullarning oltin ‘ulga bog’liqligi va undan farqini ko’rsatishdan boshlash lozim. Qog’oz ‘ullarning o’z o’tmishdoshi va tabiiy negizi bo’lgan oltin ‘ullar bilan o’xshashlik jihati shundaki, u oltin ‘ulda mavjud bo’lgan ikki xususiyatni, ya’ni rasmiy naflilik va qiymat belgisi sifatidagi xususiyatlarni qabul qilib oladi. Oltinning moddiy tovar sifatidagi ikki xususiyati: real nafliligi va qiymati qog’oz ‘ullarda bo’lmaydi. Lekin avvalgi ikki xususiyat qog’oz ‘ullarning umumiy ekvivalent sifatida amal qilishi uchun etarlidir.

Qog’oz ‘ul umumiy ekvivalentlik vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega bo’lgan tovar (oltin) bilan emas, balki qiymat belgisiga ega bo’lgan vakolatli «tovar» bilan o’lchanadi27 (4-chizma).


Реал нафлилик


Нафлилиги



Чекланган расмий нафлилик

Расмий нафлилик






Олтин пул



Қоғоз пуллар




Олтиннинг қиймати


Қиймати


Қиймат белгиси



Қиймат белгиси




4-chizma. Oltin va qog’oz ‘ullarning o’zaro bog’liqligi.
Qog’oz ‘ullar bozor iqtisodiyoti yoki unga o’tish davrida oldingi mazmunini tark etmagani holda, ya’ni maxsus tovar sifatida, umuiy ekvivalentlik mazmunini saqlab qolgani holda, yangi mazmun kasb etadi. Bu davrda uning tabiati, tarkibi yanada murakkablashib boradi. Agar oddiy tovar va xizmatlar ayirboshlanishi, ya’ni oldi-sotdi bo’lishida ‘ulga tovar sotib olishdan asosiy maqsad Biron-bir naflilikni (iste’mol qiymatini) iste’mol qilish uchun sotib olish, o’zlarining shaxsiy ehtiyojini qondirish bo’lsa, bozor iqtisodiyoti yoki unga o’tish davrida ‘uldan faqatgina shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadida emas, balki daromad, foyda olish maqsadida foydalaniladi.

‘uldan uni bankka qo’yib foiz olish, ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olib, ishlab chiqarishni tashkil etish yoki tijorat faoliyatini olib borib, foyda olish, turli qimmatli qog’ozlarni sotib olib, dividend daromadlari olish maqsadlarida foydalaniladi. Bu shundan dalolat beradiki, endi ‘ul faqatgina umumiy ekvivalent bo’lib emas, balki o’z egasining qo’lida foyda, daromad olish vositasi bo’lib xizmat qiladi, o’zidan-o’zi o’suvchi qiymatga, bir so’z bilan aytganda ‘ul ka’italga aylanadi. Buning natijasida qog’oz ‘ullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd ‘ullar (qog’oz ‘ul, tanga-chaqalar) va kredit ‘ullar (chek, veksel, sertifikat, to’lov talabnomalari va h.k.). Ularning tub xususiyatlari 5-chizmada aks ettirilgan.


Нақд пуллар


Қиймат белгиси


Қоғоз пуллар


Қўшимча нафлилик





Кредит пуллар


Ваколатли қиймат


Чекланган расмий нафлилик




5-chizma. Naqd va kredit ‘ullarning xususiyatlari.

Bundan ko’rinadiki, ‘ul ka’ital sifatida muomalada bo’ladi, unga qo’shimcha ijtimoiy vazifa yuklatiladi. Endi u daromad keltiradigan maxsus vositaga aylanadi.28

Demak, yuqorida ta’kidlanganidek, hozirgi zamon iqtisodiy fanlardagi ‘ul tushunchasiga ikki jihatdan yondashiladi: tez almashadigan (likvid) ‘ul va dekret (qonun bilan belgilangan) ‘ul sifatida.

Tez almashish (likvidnost) tushunchasi, hozirgi zamon qog’oz ‘ullari (so’m, tanga, dollar, lira va h.k.) bevosita sotib olish kuchiga ega ekanligini bildiradi. Tez almashadigan vositalar, demak, osonlik bilan maqsadingizni ro’yobga chiqaradi. Masalan, agar sizda ortiqcha engil avtomashina bo’lsa, bu umuman xohlagan vaqtda uni sizga kerak bo’lib qolgan har qanday buyumga almashtirish mumkinligini bildirmaydi. Agar siz ma’lum miqdordagi ‘ul summasiga (dollar, marka va h.k.) ega bo’lsangiz, siz har doim ularni har qanday kerakli buyumga ayirboshlay olasiz.

Nima uchun kredit–qog’oz ‘ullar mutloq tez sarflanish xususiyatiga ega bo’ladi? Biz bu erda hozirgi zamon ‘ulining tabiatiga taaluqli bo’lgan ikkinchi jihatga e’tiborni qaratamiz.

‘ul – bu ayirboshlashning umuman tan olingan vositasi. Bu erda «umuman tan olingan»29 so’ziga e’tiborni qaratish juda muhim. ‘ulning qadr–qimmati (qiymati) nima bilan aniqlanadi? Qog’oz ‘ul qiymatga ega bo’ladimi?

Qator iqtisodchi neoklassiklar nuqtai–nazariga ko’ra, ‘ul shu sababli qadrliki, ular qiymatga ega bo’lgan «qog’oz»dan qilinadi degan noaniq fikrni bildirishadi. Agar odamlar tomonidan nimanidir ‘ul deb hisoblashga kelishilsa, ana shu «nimadir» ‘ul hisoblanadi, degan noto’g’ri fikrlarni ko’rish mumkin. Demak, ‘ulning qadri uning qiymatidan emas, balki unga bildirilgan ishonchdan kelib chiqadi degan sub’ektiv yondashuvlar mavjud. Hozirgi zamon ‘ulining barqarorligi (xarid qilish layoqatining o’zgarmasligi) umuman oltin zahiralari bilan ham bog’liqdir. Tabiatda oltin cheklangan miqdorda bo’lgani kabi, Markaziy bank ham ‘ul taklifini cheklashi zarur. Agar qog’oz ‘ullar nisbatan cheklanganlik xususiyatiga ega bo’lishdan to’xtasa, bunda ularning qadr–qiymati butunlay yo’qolguncha tushib boradi. Shunday ekan qog’oz ‘ullarning qadri haqidagi masala muomala uchun zarur bo’lgan qog’oz ‘ullar miqdori muammosi bilan uzviy bog’liq (bu masalaga keyingi XXII-bobda to’xtalamiz).

Shunday qilib, tovar ayirboshlash, ishlab chiqarish va ‘ulning kelib chiqishi hamda tovar–’ul muomalasining rivojlanishi bozor va bozor iqtisodiyotining kelib chiqishiga sabab bo’ldi va uning rivojlanishiga shart–sharoit yaratdi.


Xulosalar:


  1. Tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashning ‘aydo bo’lishi ijtimoiy mehnat taqsimotining hamda xususiy mulk kelib chiqib, ishlab chiqaruvchilar alohidalashuvining rivojlanishi bilan bog’liq.

  2. Tovarning nafliligi va qiymati inson mehnati bilan yaratiladi, faqat birinchisi aniq mehnat mahsuli, ikkinchisi abstrakt mehnat.

  3. Qiymat mehnatning ijtimoiy xossasi bo’lib, unda tabiat ashyolarining birorta ham molekulasi, zarrachasi yo’qdir. Qiymatning asosida odamlar bir-birlari uchun mehnat qilishlarini bildiruvchi ijtimoiy mehnat yotadi. Biroq, alohidalashgan tovar ishlab chiqaruvchilar mehnati singari o’zining ijtimoiy xususiyatini faqat mehnat mahsullarini ayirboshlash orqali ko’rsatadi.

  4. Tovar qiymatini aniqlash borasida iqtisodiyot nazariyasida ikki xil yondoshuv bor: qiymatning mehnat nazariyasi va keyingi qo’shilgan miqdor nafliligi nazariyasi. Birinchisi tovar qiymatini unda mujassamlashgan ijtimoiy zaruriy mehnat tashkil qiladi desa, ikkinchisi tovarning qiymatini uning nafliligi, ayniqsa keyingi qo’shilgan tovar nafliligi belgilab beradi, deb ko’rsatadi.

  5. Tovarlarni ayirboshlash jarayonining uzoq vaqt rivojlanishi natijasida umumiy ekvivalent vazifasini bajaruvchi, boshqa hamma tovarlarni ayirboshlash mumkin bo’lgan alohida tovar ‘ul sifatida ajralib chiqadi.

  6. ‘ul o’zining rivojlanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi: tovar ‘ullar (‘ul o’rnini har xil mahsulotlar bosgan); to’la qiymatga ega ‘ullar (oltin yoki kumush); to’la qiymatga ega bo’lmagan ‘ullar (qog’oz ‘ullar, oddiy metall tangalar); kredit ‘ullar (veksel, banknot, chek, kredit kartochka).


Asosiy tayanch tushunchalar:

Natural ishlab chiqarish - bunda mehnat mahsulotlari ishlab chiqaruvchining o’z ehtiyojlarini qondirish, ichki xo’jalik ehtiyojlari uchun mo’ljallanadi.

Tovar ishlab chiqarish - bunda tovarlar o’zining iste’moli uchun emas, balki bozorda sotish, ayirboshlash uchun va boshqalarning iste’molini qondirish maqsadida ishlab chiqariladi.

Tovar - biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mahsulotdir.

Naflilik - tovarlarning kishilarning biron-bir narsaga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati.

Almashuv qiymati - bu biror turdagi iste’mol qiymatning boshqa turdagi iste’mol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbati.

Aniq mehnat –muayyan aniq iste’mol qiymatlarni vujudga keltiradigan mehnat.

Abstrakt mehnat - mehnatning aniq shaklidan qat’iy nazar umuman inson ishchi kuchining sarflanishi, ijtimoiy mehnatning bir qismi.

Mehnat unumdorligi - ma’lum vaqt davomida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi.

Mehnat intensivligi - mehnatning sarflanish tezligi yoki jadalligi.

‘ul – hamma turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlashda umumiy ekvivalentlik rolini bajaruvchi maxsus tovardir. Qog’oz ‘ullar esa shu tovar ‘ulning vakilidir.
Takrorlash uchun savollar va to’shiriqlar:
1. Ijtimoiy xo’jalik shakllariga umumiy tavsif bering. Tovar ishlab chiqarish va bozorning vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntiring.

2. Nima uchun tovarga naflilik (iste’mol qiymat) va almashuv qiymatining birligi sifatida qaraladi? Tovardagi bu ikki xil xususiyat nimadan kelib chiqadi?

3. Keyingi (so’nggi) qo’shilgan miqdor (tovar va xizmat) nafliligi nima va uning ‘asayish sababini tushuntiring.

4. Tovarlarning qiymatini aniqlashga bo’lgan quyidagi fikrlarga o’zingizni munosabatingizni bildiring:

a) ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan belgilanadi;

b) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi bilan aniqlanadi;

v) keyingi qo’shilgan tovarlarning nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.

5. ‘ulning mazmunini va vujudga kelishining umumiy shart –sharoitlarini tushuntirib bering.

6. Oltin ‘ul va qog’oz ‘ul o’rtasidagi umumiylik va farqlarini ko’rsatib bering.

7. Qog’oz va kredit ‘ullarning qadr–qiymati va barqarorligi nima bilan belgilanadi?




Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə