Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси


Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari



Yüklə 5,97 Mb.
səhifə8/43
tarix15.08.2018
ölçüsü5,97 Mb.
#62614
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43

3. Bozor iqtisodiyotining afzalliklari va ziddiyatlari.

Bozor iqtisodiyotining afzalliklari bizning oldingi bayon qilgan tahlillarimizdan va fikrlarimizdan ma’lumdir. Bu tahlillardan uchtasi ayniqsa e’tiborga loyiq.

1) Resurslarni taqsimlashning samaradorligi. Bozor tizimi resurslarni samarali taqsimlashga yordam beradi. Buning mazmuni shuki, raqobatli bozor tizimi resurslarni jamiyatga eng zarur bo’lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yo’naltiradi. U ishlab chiqarish uchun resurslarni uyg’unlashtirishning ancha samarali usullarini va ishlab chiqarishga yangi, ancha samarali texnologiyani qo’llashni taqozo etadi. Qisqasi, bozor tizimi shaxsiy manfaatni shunday tartibda boshqaradiki, u jamiyat uchun mavjud resurslardan zarur tovarlarni talab darajasidagi miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlaydi.

2) Erkinlik – bozor iqtisodiyoti tizimining muhim afzalliklaridan biri shundaki, u shaxsiy erkinlik roliga ustivorlik beradi. Ko’’lab ayrim shaxslar va korxonalar iqtisodiy faoliyatini uyg’unlashtirish tashkil qilishning asosiy muammolaridan biridir. Bunday uyg’unlashtirishni amalga oshirishning ikki usuli mavjud. Biri — markazdan boshqarish va majbur qilish tadbirlarini qo’llash; ikkinchisi – bozor tizimi vositasi orqali ixtiyoriy hamkorlik. Faqat bozor tizimigina iqtisodiy faoliyatni majbur qilmasdan uyg’unlashtirishga layoqatlidir. Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlik va tanlash erkinligini namoyish qiladi, xususan shu asosda u muvaffaqiyatga erishadi.

3) Bozor iqtisodiyotining yana bir afzalligi shundaki, bunda har bir shaxs, korxona, firma va kor’orastiyalar tinimsiz harakatda va izlanishda bo’lishadi. Chunki xo’jasizlik, susqashlik, beg’amlik har qanday xo’jalik tizimini xonavayron qilishga olib keladi. Jismoniy va yuridik shaxslar raqobatga bardosh berish, doimiy ravishda foyda olishni ta’minlash uchun kurashadi. Natijada bozor iqtisodiyoti million-million kishilarni xarakatga soladi, ularni boqimandalik kayfiyatidan qutqaradi.

Bozor iqtisodiyotning yuqorida ko’rib chiqilgan aosiy afzalliklari bilan bir qatorda boshqa ko’’lab ijobiy jihatlarini ham sanab o’tish mumkin. Jumladan:

- uning ishlab chiqarishning o’zgaruvchan sharoitlariga moslashuvi va ko’nikishining yuqori darajasi;


  • fan va texnika yutuqlaridan foydalanish, ularni ishlab chiqarishga joriy etishning jadal sur’ati;

  • turli-tuman ehtiyojlarni qondirish, mahsulot sifatini oshirish qobiliyati;

  • buzilgan muvozanatni nisbatan tezlik bilan qayta tiklash;

  • cheklangan axborot – turli resusrlarning narx darajasi va ularning sarflanish darajasiga yo’nalgan holda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli amal qila olish imkoniyati.

Bozor iqtisodiyotining ziddiyatlari shundaki, bozor iqtisodiyoti o’zining bosh nazorat mexanizmi — raqobatning kuchsizlanishiga yo’l qo’yadi va hatto buni rag’batlantiradi. Bunday iqtisodiyotda raqobat kuchsizlanishining ikkita asosiy manbai mavjud.

1) Bozor iqtisodiyotidagi erkin muhitda tadbirkorlar foyda ketidan quvib va o’z iqtisodiy mavqeini yaxshilashga intilib, raqobatning cheklangan yo’lidan ozod bo’lishga harakat qiladilar. Firmalarning qo’shilib ketishi, kom’aniyalarning xufyona kelishuvi, shafqatsiz raqobat — bularning hammasi raqobatning kuchsizlanishi va uning tartibga soluvchilik ta’sirining ‘asayib borishiga olib keladi.

2) Bozor tizimi rag’batlantiradigan texnika taraqqiyoti ham raqobatning zaiflashishiga olib keladi. Eng yangi texnologiya, odatda: a) juda katta miqdordagi real ka’italdan foydalanishni; b) yirik bozorlar bo’lishini; v) kom’leksli, markazlashgan va qat’iyan bir butun bo’lib birlashgan bozorning tarkib to’ishi; g) boy va ishonchli xom-ashyo manbalarini talab qiladi. Bunday texnologiya bozorning hajmiga nisbatan keng miqyosdagi hisoblanuvchi ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishi zarurligini bildiradi. Boshqacha aytganda, eng yangi texnologiyani qo’llash asosida ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish, aksariyat hollarda ko’’ miqdordagi mayda firmalar emas, uncha ko’’ bo’lmagan yirik ishlab chiqaruvchilar mavjud bo’lishini taqozo qiladi.

Bozor tizimi jamiyatni ehtiyoji yuqori bo’lgan tovarlar bilan ta’minlashiga ham kafolat bermaydi. Raqobatning kuchsizlanib borishi iste’molchining erkinligiga ham ‘utur etkazadi. Bozor tizimi o’zining iste’molchining xohishiga ancha mos keluvchi resurslarni taqsimlash layoqatini ham yo’qotib borishi mumkin.

Bozor iqtisodiyotning navbatdagi ziddiyati jamiyat a’zolari daromadlaridagi tengsizlikning kuchayib borishi va aholining tabaqalanishi bilan bog’liq. Bunday iqtisodiyot har qanday yuksak darajada rivojlanmasin daromadlar tengsizligini bartaraf qila olmaydi, faqat uni ma’lum darajada yumshatish mumkin.

Bozor iqtisodiyotining umumiy e’tirof qilingan kamchiliklaridan biri - shundan iboratki, u ijtimoiy iste’mol qilinadigan ne’matlar va xizmatlarni ishlab chiqarib bozorga taklif qilishga qodir emas. Shu sababli jamiyat a’zolarini bunday ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlash davlat zimmasida bo’ladi.

Tovarlar hajmi bilan ‘ul massasi o’rtasidagi ro’y berib turadigan nomuvofiqlikni bartaraf eta olmasligi ham bozor iqtisodiyotining ziddiyati hisoblanadi va bu - ‘ulning qarsizlanishi - inflyastiya bilan birga boradi.

Bozor iqtisodiyotining asosiy ziddiyatlari bilan bir qatorda quyidagi kamchilik yoki salbiy jihatlari ham mavjud:

- atrof muhitni ishlab chiqarish va boshqa faoliyat turlari ta’siridan muhofaza qilish mexanizmining mavjud emasligi;

- resurslarning qayta tiklanmaydigan turlarini saklash imkoniyatining yo’qligi;


- mehnat qilish bilan bog’liq kafolatlarning mavjud emasligi;

- fanda fundamental va amaliy tadqiqotlarning rivojlanishiga ko’maklashuvning yo’qligi;

- rivojlanishning beqarorligi hamda ishlab chiqarishning ‘asayishi va inflyastiya jarayonlarining mavjudligi.

4. Bozor tushunchasi va bozorning vazifalari.

Bozor tushunchasi bozor iqtisodiyotining markaziy kategoriyasi bo’lib, iqtisodiyot nazariyasida ham, xo’jalik yuritish amaliyotida ham, barcha mamlakatlar tajribasida ham qo’llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir.

Eng avvalo «bozor» va «bozor iqtisodiyoti» tushunchalarining bir-biridan farqlanishini ta’kidlab o’tishimiz lozim. Chunki, ko’’incha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda tushunish, ba’zi adabiyotlarda sinonim so’zlar sifatida qo’llash yoki ularni chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga qadar mehnat taqsimotining ro’y berishi natijasida vujudga kelib, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o’z ichiga oladi. Bozor iqtisodiyoti esa bozor va bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishining natijasi sifatida ‘aydo bo’ladi va bozor qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko’rsatuvchi iqtisodiy tizimni anglatadi.

Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning hamma fazalarini: ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va nihoyat iste’mol jarayonlarini o’z ichiga oladi. Bozor esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o’z ichiga oladi.

Bozor tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o’xshab ko’rinadi, ayrimlar bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o’ylashadi. Lekin uning ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko’’ qirrali bo’lib, mazmuni o’zgaruvchan ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.

Dastlab bozor ikki yoki bir necha qabilalarning a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv joyi sifatida namoyon bo’lgan bo’lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi, shaharlarning kelib chiqishi bilan alohida maydonlar ajratilib, «bozor joyi» deb e’lon qilingan shu maydonda (joyda) kishilar oldi-sotdi qilishgan. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T-T ko’rinishida, ya’ni bir tovarga boshqa tovarni ayirboshlash shaklida bo’lib, o’z tovarini boshqa tovarga ayirboshlashda vaqt va masofa bo’lmagan, birdaniga bir vaqtning o’zida o’sha joyda ayirbosh sodir bo’lgan. Lekin tovar ayirboshlash rivojlanib uning ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida ‘ulning kelib chiqishi bilan sotish va sotib olish ikki xil jarayonga bo’lingan va T-’-T ko’rinishida bo’la boshlagan. Endi tovarni sotish T-’ va sotib olish ‘-T zamon va makon jihatdan bir bo’lmasligi mumkin. Chunki sotuvchi o’z tovarini bir joyda sotib ‘ul qilib, boshqa vaqtda boshqa joyda kerakli tovarni sotib olishi mumkin. ‘ulning kelib chiqishi bilan savdogarlar, ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan olib ikkinchi joyga sotish bilan shug’ullanadigan maxsus guruhlar ‘aydo bo’ldi.

Mehnat taqsimoti chuqurlashib yana bir soha, savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar ‘ul harakatini tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini bog’laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham bir-birlari bilan uchrashishi shart bo’lmay qoldi. Ular savdogarlar-vositachilar orqali aloqa qilishlari mumkin bo’lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni o’zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-’ul muomalasining yangi shakli sifatida namoyon bo’la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o’ziga xos muhim tovar – ishchi kuchining ‘aydo bo’lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi ham bozor jarayoni orqali o’tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan ularning bir-biriga o’zaro ta’siri to’g’ridan-to’g’ri emas, balki bilvosita, bozor orqali sodir bo’ladigan bo’ldi.

Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning ko’’ qirrali murakkab aloqalarini, ularning o’zaro bir-birlariga bo’lgan ta’sirini bog’laydigan bo’g’in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan jarayon sifatida shakllandi.

Bozorning asosiy belgilari sotuvchi va xaridorlarning o’zaro kelishuvi, ekvivalentlilik ‘rinsti’i asosida ayirboshlash, sotuvchilarning xarajatlari qo’lanib, foyda olishi va ‘ul to’loviga qodir bo’lgan xaridorlarning talabini qondirish va raqobatchilikdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan boshqa hamma mamlakatlardagi kabi bizning mamlakatimizda ham o’tish davri suronlarida ayrim adabiyotlarda bozor tushunchasiga engil-el’i qarab uning almisoqdan qolgan eski, bir tomonlama, hozir ma’nosini yo’qotgan ta’rifini ko’rsatish hollari uchramoqda. Turli mualliflar tomonidan yozilgan maqola va kitoblarda bozorga turlicha ta’rif berilib, u qizg’in munozaralarga sabab bo’lmoqda. Ayrim mualliflar bozorni sotuvchi va xaridorlar tartibsiz to’’lanib, juft-juft, to’’-to’’, guruh-guruh bo’lib oldi-sotdi qiladigan joy deb hisoblasalar, ayrimlari uni kishilarga rizqu ro’z ulashadigan fayzu barakali, sirli dasturxon deb ataydilar.1

Boshqa bir guruh mualliflar esa bozorni ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarni, ayniqsa sodda dehqonlarni aldash evaziga yashaydigan va boyiydigan, aldamasa tura olmaydigan muttahamlar, tarozidan uradigan qalloblar, birga olib o’nga sotadigan noinsof olib-sotarlar, firibgar vositachilar to’’lanadigan, kishilarni aldashning turli hiyla-nayranglari ishlatiladigan bir no’okiza makon sifatida ta’riflaydilar.32 Bu ta’riflar ma’lum darajada bozorning ijobiy yoki salbiy tomonlarini va uning oldi-sotdi qilish joyi ekanligini ifoda etsa-da, shu bilan birga unga tor doirada bir tomonlama, yuzaki qarash natijasi bo’lib, uning haqiqiy ichki mazmunini, vazifasini, tutgan o’rnini ochib bera olmaydi.

Bozor tovarlarni ishlab chiqarish va ayirboshlash, ‘ulning vujudga kelishi, ularning rivojlanishi natijasida kelib chiqqan tarixiy tushuncha bo’lib, hozirgi davrda keng tarqalgan ob’ektiv iqtisodiy jarayondir.

Bozor ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida ‘ul orqali ayirboshlash (oldi-sotdi) jarayonida bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Bunda bozorning moddiy asosini joy emas, balki tovar va ‘ulning harakati tashkil etadi. Bozor tushunchasi iqtisodiyotning to’rtta fazasi (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlari) dan faqat ayirboshlash jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bozorda hech qanday boylik yaratilmaydi, ishlab chiqarilmaydi, kishilarga baxt, rizqu ro’z ham ulashilmaydi, lekin unda turli mamlakatlarda, jumladan O’zbekistonda mavjud bo’lgan minglab korxonalarda ishlayotgan millionlab qo’li gul mehnatkashlar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlar, ko’chmas mulklar, iqtisodiy resurslar, ishchi kuchi ‘ulga sotiladi va sotib olinadi.

Unda oldi-sotdi jarayonidagi zarur bo’lgan xizmatlar bajariladi. Har bir jismoniy shaxs yoki korxona o’zi ishlab chiqargan tovar yoki xizmat turini sotadi va o’ziga kerakli bo’lgan yuzlab tovar turlarini sotib oladi. Bu oldi-sotdi jarayonida bozor sub’ektlari, ya’ni oldi-sotdi qilayotgan kishilar bir-birini ko’rmasliklari, tanimasliklari ham mumkin. Ular turli hujjatlar, shartnomalar, namunalarga binoan vositachi tashkilotlar orqali savdo qilishlari mumkin. Res’ublikamizda ishlab chiqarilayotgan ‘axta, ‘illa, oltin, mashina, traktor, stanok, samolyot, asbob-uskuna, o’g’it, urug’ va boshqa yuzlab tovar va xizmatlarning o’z yaratilgan joyidan shartnomalarga binoan to’g’ridan-to’g’ri iste’molchilarga jo’natilishi fikrimizning dalili bo’lib, bozor alohida savdo-sotiq qiladigan joy deb tushunish to’g’ri emasligini ko’rsatadi.

Bozorga sotishga chiqarilgan tovar va xizmatlar talabga nisbatan kam bo’lsa narxlar oshib ketadi, ayirboshlashning ekvivalentlik muvozanati buziladi, natijada tovarni sotuvchi me’yoridan ortiqcha daromad olib, tez boyiydi yoki aksincha, bozorda tovarlar miqdori talab miqdoridan oshib ketsa, narxlar ‘asayib ketib, sotuvchilar zarar ko’radilar. Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida sustkashlik, no’noqlik va xo’jasizlik yuz berib, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilgan bo’lsa, zarar yanada oshib ketadi, chunki bozor bunday ortiqcha behuda sarflarni hisobga olmaydi.

Shunday qilib, bozorda katta foyda olish yoki xonavayron bo’lish sababini tovarlarni ayirboshlash jarayonida kishilar o’rtasida yuz beradigan munosabatlardan qidirib to’ish lozim ekan, savdo bo’layotgan joyda, bozor maydonida hech qanaqa sir-asror yo’q ekan. Oziq-ovqat va qishloq xo’jalik mahsulotlari do’koni, avtomobilga xizmat ko’rsatish stanstiyasi, benzin sotadigan joy, sanoat tovarlari do’koni, tijoratchilarning savdo shaxobchalari, turli xil su’ermarketlar, yirik savdo markazlar va savdo yarmarkalari, ijtimoiy, xususiy ovqatlanish joylari bularning hammasi bozorning odatdagi ko’rinishlari bo’lib, u erda ham yuqorida aytilgan munosabatlar sodir bo’ladi. Fond birjalari, chet el valyutalari bozori, don birjalari va aukstionlar (kim oshdi savdosi) yuqori darajada rivojlangan bozorlar bo’lib, ularda sotuvchi va xaridorlar bir-biri bilan akstiya, obligastiya, milliy valyuta va qishloq xo’jalik mahsulotlari orqali bog’lanadi. Bozorning ayrim turlari sotuvchi va xaridorlar o’rtasidagi shaxsiy aloqa bilan farqlansa, boshqalarida ular hech qachon bir-birini ko’rmaydi yoki bilmaydi. Shunga muvofiq bozor aloqalari bevosita va bilvosita aloqalarga bo’linadi. Bularning har qanday turidan qat’iy nazar uning ishtirokchilari (sub’ektlari) fuqarolar (uy xo’jaliklari), turli xil korxonalar, firmalar va davlat tashkilotlaridir. Bozor sub’ektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo’linib, ular bozor munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o’z sub’ektlari manfaatini bir-biriga bog’lab, ularni muvofiqlashtiradi.

Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga etkazib berishdan iboratdir. Bu erda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog’laydi, ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o’z iste’molchisini to’adi. Bunda bozor vositachi bo’lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni tovar shaklidan ‘ul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va tovarning bozor qiymati hosil bo’ladi.

Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo’lib, ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam beradi. Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning ‘ulga aylanishi, ‘uldan esa kerakli iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan mablag’lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo’li bilan sarflangan ishlab chiqarish vositalari o’rnini qo’laydigan va ishlab chiqarishni kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo’ladilar. Bozor orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o’rtasida taqsimlanishi ro’y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo’lgan talabini bildiradi. Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o’rtasida taqsimlanib turadi.

Bozor iqtisodiyotni tartibga solib turish vazifasini talab, taklif, raqobat va narxlar yordamida bajaradi. U o’zida talab va taklifni jamlab, bu bilan nimani, qancha miqdorda va qaysi vaqtda ishlab chiqarish kerakligini aniqlab beradi. Bozor narx vositasida iqtisodiy resurslarni tovarlarga talab kamaygan tarmoqlardan talab ortgan tarmoqlarga oqib kelishini ta’minlaydi.

Shuningdek, adabiyotlarda bozorning boshqa ko’’lab qo’shimcha vazifalari ham keltiriladi. Bu vazifalarni yaqqolroq tasavvur etish uchun ularni maxsus chizma ko’rinishida ifodalash mumkin (3-chizma).
3-chizma. Bozorning vazifalari.
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladi. Bozorning mazmunini to’laroq tushunmoq uchun uning turlarini va ichki tuzilishini bilish zarur.


Yüklə 5,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə