Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги



Yüklə 152,38 Kb.
səhifə12/21
tarix18.02.2022
ölçüsü152,38 Kb.
#83858
növüРеферат
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир

Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo’lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’ladi. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:

1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish;

2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish.

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.

O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res’ublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Er, er osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, res’ublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari res’ublika mulki hisoblanadi.

Ma’muriy-hududiy (munisti’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munisti’al uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki mono’oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog’lom bozor iqtisodiyoti davlat mono’oliyasi bilan chiqishmaydi, mono’oliya raqobatga to’sqinlik qiladi.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi.

Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal’i milliy mahsulot va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa mulkka mansub korxonalar hissasi ortib boradi.


Yüklə 152,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə