Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мирзо улуғбек номидаги


Xulosa: Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 152,38 Kb.
səhifə2/21
tarix18.02.2022
ölçüsü152,38 Kb.
#83858
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир

Xulosa:

Foydalanilgan adabiyotlar:

Kirish

Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi.

Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.

Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.

Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo’lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo’lida bo’ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish - bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo’llanilishidir. Mol-mulkni o’zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro’y beradi.

Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, foydalanish, o’zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin.

Misol uchun xususiy mulk shaklini olaylik. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki, bu mulk shakli bir necha ming yillardan buyon hozirgacha saqlanib kelgan. Shu bilan birga bu davr davomida xususiy mulk mazmunida tubdan o’zgarishlar sodir bo’ldi. Uning o’zgarishiga xususiy mulkchilikni amalda qo’llash (ro’yobga chiqarish) usullari sabab bo’ldi.


Yüklə 152,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə