Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги низомий номидаги тошкент давлат педагогика университети



Yüklə 80,6 Kb.
tarix17.01.2018
ölçüsü80,6 Kb.
#21225

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИ

Табиий фанлар факультети “Ботаника” кафедраси катта ўқитувчиси Якубжонова Шохсанам Тошканбоевнанинг Экология ва табиатни муҳофаза қилиш фанидан “Популяциялар экологияси” мавзусидаги очиқ дарс хужжатлари

Тошкент-2017
5-mavzu. Populyatsiyalar ekologiyasi
Reja:

  1. Populyatsiya haqida umumiy tushuncha.

  2. Populyatsiyaning xususiyatlari va tuzilmasi.

  3. Hayvonlarning etologik tuzilmasi.

  4. Populyatsiyaning gomeostazi.


Tayanch so’zlar: Populyatsiya, gomeostaz, individ, populyatsiyaning tuzilmasi, tsenopopulyatsiya, latent, virgil, generativ, senil, fazoviy, etologik, gala, koloniya, poda.

Populyatsiyalar ekologiyasi
Ekologlar populyatsiyaning o`sishi ustida tadqiqotlar olib borishdi. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, populyatsiya soni va o`sishi iqlim sharoitlariga bog`liq. Populyatsiya sonini o`sishida jinslar nisbati muhim rol o`ynar ekan.

Bugungi kunda muhim muammolardan biri ayrim populyatsiyalarda individlar sonini aniqlashning murakkabligidir. Masalan: yovvoyi quyonlar populyatsiyada hamma individlarning yer ustiga chiqmasligi ular sonini aniqlashda qiyinchilik tug`diradi. Chunki quyonlarning ayrimlarigina oziq-ovqat uchun yer yuziga chiqadi.

Populytsiya o`sishi va ko`payishida suv, ozuqaning kamligi, hududlarining qisqarib borishi va ba`zi resurslarning borligi, ba`zi resurslarning yetishmasligi cheklovchi omil vazifasini bajaradi (1-jadval).
Turli mamlakatlarda aholining o`sishi. 1-jadval


Mamlakatlar

Tug’ilish

O’lish

O’sish (foizda)

Rivojlanmaganmamlakatlar

Iordaniya

38.8

5.5

3.3

Uganda

50.8

21.8

2.9

Zimbabve

34.3

9.4

5.2

Rivojlanganmamlakatlar

Germaniya

9.4

10.8

-1.5

Shvetsiya

10.8

10.6

0.1

AQSH

14.8

8.8

0.6

Ozuqa va makon

O’rmonda yashaydigan tirik jonzotlar har doim ham yetarli ozuqa va yashash joyiga ega bo’lavermaydi. Gida qizilishton (1- rasm) Sonoran Arizona cho’li va Meksikada yashaydi. Qizilishton Saguara kaktusida teshik hosil qilish yo’li bilan uya yasaydi. Qizilishtonlar har bir makon uchun o’zaro kurashadi. Belashuv qachonki ikki yoki undan ortiq jonzotlarning bir vaqtda bir xil manbani egallash uchun bo’ladi.

Populyatsiya soni. Ekologlarga zimmasiga populyatsiya sonini baholash vazifasi yuklatiladi. Bu ma’lumotlar populyatsiyaning o’sishi yoki aksincha holatni ko’rsatib beradi. Populyatsiya hisobi yo’qolib ketish havfida turgan organizmlarni aniqlab bera oladi.

Ba’zi tirik organizmlarni o’lchash oson kechadi. Agar siz qora shigirtkalarni ko’paytirayotgan bo’lsangiz siz konteunerdagi barcha shigirtkalar sonini hisoblash orqali aniqlashingiz mumkin. Agarda siz 2 ta konteynerdagi qora chigirtkalar sonini aniqlamoqchi bo’lsangiz nima qilasiz? Siz konteyneringizning metr kvadratidagi ma’lum shigirtkalarni sanashingiz mumkin. Ma’lum hududdagiajratilgan qism “populyatsiya zichligi” deyiladi. 6-rasmda Yerning populyatsiya zichligi miqdori ko’rsatilgan.



Populyatsiya o’lchami

Qora shigirtkalar sonini sanash tadqiqotchini chalg’itishi mumkin. Ular juda bir-biriga o’xshash, tez harakatlanadi va berkinadilar. Ba’zi bir qora shigirtkalar bir necha maratobadan ko’p sanalishi mumkin va boshqalari esa umuman qolip ketadi. Ekologlar yovvoyi tabiat populyatsiya o’lchamini larini hisoblayotganlaridabir xil muammoga duch keladilar. Ular foydalanadigan eng qulay usullardan biri “Qopqon qo’yib belgilamoq“ deb nomlanadi. Masalan, yavvoyi quyonlarni hisoblashni faraz qilib ko’ring. Quyonlar yer ostida yashaydilar va qorong’u chuqurliklardan chiqib keladilar va tunda oziqlanadilar. Ekologlar ularni jarohat yetkazmasdan qo’lga tushuradilar. Har bir qopqonga tushgan quyon belgilanadi va qo’yib yuboriladi. Keyin boshqa oddiy quyon qo’lga olinadi.Ba’zi quyonlar belgilanadilar, ba’zilari yo’q. Belgilangan va belgilanmagan quyonlarni solishtirish orqali o’lchov hajmini aniqlaydilar.



Populyatsiya o’sishini cheklovchi omillar

Belashuv tirik organizmlar (populyatsiya) o’lchamini cheklaydi. Agardamavjud yashash hududlari soni cheklansa, ba’zi qizilishtonlar ko’paymaydilar. Gila qizilishtoni kaktus mevalari, maymunjon va hashoratlar bilan oziqlanadi. Agarda ozuqa taqchillashsa, ba’zi qizilishtonlar ko’paya olmaydilar. Ozuqa yashash joyi, yoki boshqa manbalar uchun belashuv populyatsiya o’sishini cheklab qo’yishi mumkin.Tabiatda qizg’in belashuvlar asosan bir turdagi organizmlar o’rtasida sodir bo’ladi . Chunki ularga bir xil ozuqa va boshpana kerak bo’ladi. Belashuv yana har xil turlar o’rtasida ham sodir bo’ladi.Misol uchun, Gila qizilishtoni o’z inini tark etgandan so’ng, boyqushlar, ko’rshapalaklar, ilonlar va kaltakesaklarbo’sh qolgan boshpana uchun belashishlari mumkin1.



Cheklovchi omillar

Cheklovchi omil tirik va notirik organizmlarning ekotizmini o'z ichiga oladi.Cheklovchi omil aloqada bo'luvchi bir nechapopulyatsiyaga ta'sir eta oladi. Biroz yomg'ir yog'ishi ham o'tloqdagi o'simliklarni o'sishini cheklay oladi. O'simliklar urug'ni sichqonlar yeydi, bu oziqlanish jarayoni cheklovchi omilga aylanishi mumkin.




POPULYATSIYA
Populyatsiyalar ekologiyasining predmeti populyatsiyaning tuzilishi, dinamikasini, yoshi va jinsini o‘rganishdan iborat. Chunki, ular hosildorlik va ko‘payish xarakterini ko‘rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish o‘lchamini yuzaga keltiradi. Populyatsiyalar ichida organizmning o‘sishi, rivojlanishi tashqi muhitga qarab o‘zgarib boradi. Populyatsiyada absolyut va nisiy zichliklar ajratilib, absolyut zichlik ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi populyatsiyaning miqdori bo‘lsa, nisbiy zichlik ma’lum maydon birligidagi individlar sonini bildiradi. Nisbiy zichlik orqali populyatsiyaning ko‘payishiyoki kamayishi haqidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. Populyatsiyaning zichligi vaqt davomida o‘zgarib turadi. Har qanday o‘zgarishning quyi va yuqori chegaralari, shuningdek

o‘rtachao‘lchamlari bo‘ladi. Populyatsiya zichliining yuqori chegarasi individlar sonining ortib ketishi va o‘z-o‘zini cheklashi bilan bog‘langan, quyi chegarasi esa populyatsiyaning kelajakda yashay olishiyoki o‘limga yuz tutishi, yani minimal o‘lchamga tushib qolishi bilan belgilanadi. Har bir popuyatsiya ma’lum sharoitda o‘rtacha zichlikka ega bo‘ladi, bunda barcha hayotiy jarayonlar samarali borib, uning natijasi populyatsiyaning yuqori mahsuldorligi, hayotchanligi va boshqalarda ko‘rinadi (2-3 – rasmlar).



Populyasiya va jamoalar (2-3-rasmlar)






Populyatsiyalar ekologiyasi
Ekologlar populyatsiyaning o`sishi ustida tadqiqotlar olib borishdi. Berilgan ma`lumotlarga ko`ra, populyatsiya soni va o`sishi iqlim sharoitlariga bog`liq. Populyatsiya sonini o`sishida jinslar nisbati muhim rol o`ynar ekan.

Bugungi kunda muhim muammolardan biri ayrim populyatsiyalarda individlar sonini aniqlashning murakkabligidir. Masalan: yovvoyi quyonlar populyatsiyada hamma individlarning yer ustiga chiqmasligi ular sonini aniqlashda qiyinchilik tug`diradi. Chunki quyonlarning ayrimlarigina oziq-ovqat uchun yeryuziga chiqadi.

Populytsiya o`sishi va ko`payishida suv, ozuqaning kamligi, hududlarining qisqarib borishi va ba`zi resurslarning borligi, ba`zi resurslarning yetishmasligi cheklovchi omil vazifasini bajaradi.

Ma’lumki, yashil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to‘playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Bunday organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. O‘simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va mineral tuzalarga aylantiradi. Shunday qilib, ekotizimdagi energiya oqimi avtrotrof va getrerotrof organizmlar o‘rtasida boradi. Geterotrof organizmlar safiga kiruvchi redutsentlar murakkab organik moddalarni mineral birikmalarga aylantiradi. Demak, avtotrof organizmlar o‘plagan mahsulot va undagi energiya boshqa organizmlar o‘rtasida ozuqa zanjiri orqali taqsimlanadi. Oziqa zanjiri deb, har bir organizm o‘zidan keyinda turgan organizm uchun ozuqa bo‘lib xizmat qilishi tushuniladi.


Turli mamlakatlarda aholining o`sishi. 1-jadval


Mamlakatlar

Tug’ilish

O’lish

O’sish (foizda)

Rivojlanmagan mamlakatlar

Iordaniya

38.8

5.5

3.3

Uganda

50.8

21.8

2.9

Zimbabve

34.3

9.4

5.2

Rivojlangan mamlakatlar

Germaniya

9.4

10.8

-1.5

Shvetsiya

10.8

10.6

0.1

AQSH

14.8

8.8

0.6


Ozuqa va makon
O’rmonda yashaydigan tirik jonzotlar har doim ham yetarli ozuqa va yashash joyiga ega bo’lavermaydi. Gida qizilishton (4- rasm) Sonoran Arizona cho’li va Meksikada yashaydi. Qizilishton Saguara kaktusida teshik hosil qilish yo’li bilan uya yasaydi. Qizilishtonlar har bir makon uchun o’zaro kurashadi. Belashuv qachonki ikkiyoki undan ortiq jonzotlarning bir vaqtda bir xil manbani egallash uchun bo’ladi.
Ozuqa zanjiri (4-rasm)



Populyatsiya soni. Ekologlargazimmasigapopulyatsiyasonini baholash vazifasi yuklatiladi. Bu ma’lumotlar populyatsiyaning o’sishiyoki aksinchaholatni ko’rsatib beradi. Populyatsiya hisobi yo’qolib ketish havfida turgan organizmlarni aniqlab bera oladi.

Ba’zi tirik organizmlarni o’lchash oson kechadi. Agar siz qora shigirtkalarniko’paytirayotgan bo’lsangiz siz konteunerdagi barchashigirtkalar sonini hisoblash orqali aniqlashingiz mumkin. Agarda siz 2 ta konteynerdagi qora chigirtkalar sonini aniqlamoqchi bo’lsangiz nima qilasiz? Siz konteyneringizning metr kvadratidagi ma’lum shigirtkalarnisanashingiz mumkin. Ma’lum hududdagiajratilgan qism “populyatsiya zichligi” deyiladi. 5-rasmda Yerning populyatsiya zichligi miqdori ko’rsatilgan.


Populyatsiya o’lchami
Qora shigirtkalar sonini sanash tadqiqotchini chalg’itishi mumkin. Ular juda bir-biriga o’xshash, tez harakatlanadi va berkinadilar. Ba’zi bir qora shigirtkalar bir necha maratobadan ko’p sanalishi mumkin va boshqalari esa umuman qolip ketadi. Ekologlaryovvoyi tabiat populyatsiya o’lchamini larini hisoblayotganlaridabir xil muammoga duch keladilar. Ular foydalanadigan eng qulay usullardan biri “Qopqon qoyib belgilamoq“ deb nomlanadi. Masalan,yavvoyi quyonlarni hisoblashni faraz qilib ko’ring.Quyonlar yer ostida yashaydilar va qorong’u chuqurliklardan chiqib keladilar va tunda oziqlanadilar. Ekologlar ularni jarohat yetkazmasdan qo’lga tushuradilar. Har bir qopqonga tushgan quyon belgilanadi va qoyib yuboriladi. Keyin boshqa oddiy quyon qo’lga olinadi.Ba’zi quyonlar belgilanadilar, ba’zilari yo’q. Belgilangan va belgilanmagan quyonlarni solishtirish orqali o’lchov hajmini aniqlaydilar (5-rasm).

Inson populyasiyasi zichligi (5-rasm)

Populyatsiya o’sishnicheklovchi omillar
Belashuv tirik organizmlar (populyatsiya) o’lchamini cheklaydi. Agardamavjud yashash hududlari soni cheklansa, ba’zi qizilishtonlar ko’paymaydilar. Gila qizilishtoni kaktus mevalari, maymunjon va hashoratlar bilan oziqlanadi. Agarda ozuqa taqchillashsa, ba’zi qizilishtonlar ko’paya olmaydilar. Ozuqa yashash joyi, yoki boshqa manbalar uchun belashuv populyatsiya o’sishini cheklab qoyishi mumkin.

Tabiatda qizg’in belashuvlar asosan bir turdagi organizmlar o’rtasida sodir bo’ladi . Chunki ularga bir xil ozuqa va boshpana kerak bo’ladi. Belashuv yana har xil turlar o’rtasida ham sodir bo’ladi.Misol uchun, Gila qizilishtoni o’z inini tark etgandan so’ng, boyqushlar, ko’rshapalaklar, ilonlar va kaltakesaklarbo’sh qolgan boshpana uchun belashishlari mumkin (6-7-rasm)2.


6-rasm. Hayvonlar populyatsiyasining abiotik omillar bilan aloqasi



Populyatsiyazichligi. 7-rasm.

1. Populyatsiya haqida umumiy tushuncha
Ekologik nuqtai nazardan esa populyatsiya deb uzoq muddat davomida muayyan bir joyda yashaydigan (yoki o’sadigan) va bir turga mansub bo’lgan individlar yig’indisiga aytiladi.

Bir populyatsiyaga mansub individlar shu turning boshqa populyatsiya individlariga nisbatan bir-biri bilan erkin va oson chatishadi. Populyatsiyaning asosiy xususiyati uning genetik birligidir.

Populyatsiyaning muhim xususiyatlaridan yana biri o’zini son jihatidan idora etishidir. Ayni sharoitda optimal sonda individlarning saqlanib turilishi populyatsiya gomeostazi deyiladi. YUqoridagi ta’rifdan ko’rinib turibdiki, populyatsiya guruhli birlashma hisoblanadi. Guruhli hayot tarzi populyatsiya uchun o’ziga xos xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xususiyatlar quyidagilardan iborat: 1. Populyatsiyaning soni, 2. Zichligi, 3. Tug’ilish, 4. O’lish (nobud bo’lish), 5. Populyatsiyaning o’sishi, 6. O’sish sur’ati.

Individlarning ma’lum hududda tarqalishi, jins va yosh nisbatlari, morfologik, fiziologik, xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.


2. populyatsiyaning tuzilmasi
Har qanday tur populyatsiyalar tizimidan tarkib topadi. Uning tuzilmasini esa individlarning harakatlanishi yoki ma’lum hududga bog’liqlik darajasi, tabiiy to’siqlarni engib o’ta olishi kabi biologik xususiyatlari belgilab beradi.

Populyatsiyaning jins tuzilmasi. Populyatsiyaning jins tuzilmasi turli yoshdagi guruhlardagi erkak va urg’ochi individlarning son jihatdan nisbatidir. Populyatsiyadagi jinslar nisbati, birinchidan, jinsiy xromasomalarning qo’shilishi bilan, ya’ni genetik qonuniyatlarga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, ma’lum darajada tashqi muhit ham ta’sir etishi mumkin.

Populyatsiyaning yosh tuzilmasi. Populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi, nobud bo’lish darajasi va nasllar gallanishining tezligi kabi muhim jarayonlarni ifodalaydi.

O’simliklar populyatsiyasining yosh tuzilmasi. Fitotsenozdagi muayyan turlarning, har xil holatlardagi individlarning yig’indisi tsenopopulyatsiya deb ataladi. Uni agar gulli o’simliklar misolida ko’radigan bo’lsak, unga tuproqda (yoki uning yuzasida) o’z hayotchanligini yo’qotmagan urug’lar, nihollar va har xil yoshdagi individlar kiradi.

T.A.Rabotnov o’simliklar jamoasidagi o’simliklarning hayotini quyidagi asosiy yosh davrlariga ajratadi:

a) Latent davri. Bunda o’simlik spora, urug’ yoki mevalar holida tinim davrida uchraydi. Tinim davri har xil o’simliklarda turlicha davom etadi. Masalan, terakning urug’i hayotchanligini 3-4 kundan to 3 haftagacha saqlay oladi, ba’zi bir begona o’t o’simliklar esa urug’ining hayotchanligini bir necha o’n yillab saqlay oladi. Tuproqda turli o’simliklarning ko’p sondagi urug’larini topish mumkin. Ular qulay sharoit vujudga kelganda unib chiqish xususiyatiga ega. Shu bilan birga har yili yangi urug’lar tuproqqa tushib turadi.

B) Virgil davri. Bu davr o’simlikning nihollik, yosh o’simlik va voyaga etgan holatidir. Nihollar yosh o’simliklardan urug’palla barglarining bo’lishi bilan farqlanadi.

V) Generativ davr. O’simlik hayotida sporalar yoki urug’lar bilan ko’payishning boshlanishi bilan tavsiflanadi.

G) Senil (qarilik) davri. O’simlikning yoshi ortishi bilan generativ ko’payish xususiyati yo’qoladi, ana shunga senil davri boshlanadi.

Populyatsiyaning yosh tuzilmasi o’simlik va hayvonlarda ham bir necha omillarga bog’liq. Birinchi navbatda balog’atga, voyaga etish vaqti, umr ko’rish muddati, ko’payish davri muddati, avlodlar davomiyligi, ota-onasidan bir vaqtda tug’iladigan individlarning bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi individlarning nobud bo’lish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o’zgarib turish dinamikasi kabilarga bog’liq.

Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya maydonidagi ayrim individlar va guruhchalarning tarqalish harakterini ifodalaydi.

Individlarning uch turdagi tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli (to’da-to’da). Individlar bir tekis tarqalganda xuddi mevali daraxtlar bog’da o’tkazilganidek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi.

Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada joylashadi. Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo’lgan bir xil muhitda uchratiladi.

Tabiatda guruhli tarqalish turi ko’p uchraydi. Bunda individlar to’da hosil qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi.




O’sish

Soni

Genetik birlik


Populatsiya

Nobud no’lish

Tug’ilish



Bir tur Individlar






Yashovchan-lik

Populatsiya arial




  1. hayvonlarning etologik tuzilmasi

Etologiya (yunoncha “ethos” – xarakter) hayvonlar xatti-harakati (hulqi)ning biologik asosi haqidagi fandir. Hayvonlarning xulqi ularning hayot kechirish tarzi bilan bog’liq. Odatda hayvonlar yolg’iz va birgalikda hayot kechiradi.

Individlarning jinsiy moyilligi va ota-onalar bilan yangi avlod o’rtasidagi bog’lanishlar, hududiy umumiylik, nasl uchun qayg’urish natijasida oila deb atalgan hayvonlarning birgalikda yashash shakli kelib chiqadi.

Hayvonlarning ancha yirik birlashmalari podalar, galalar va koloniyalar hisoblanib, ularning shakllanishida populyatsiyalardagi xulqiy munosabatlar yanada murakkablashadi.



Koloniyalar o’troq hayot kechiruvchi hayvonlarning birgalikdagi yashashidir.

Galalar bir turga kiruvchi ba’zi guruh hayvonlarning biron-bir biologik jihatdan foydali harakatni amalga oshirish uchun vaqtinchalik birlashishi hisoblanadi.

Podalar galalarga nisbatan hayvonlardagi ancha uzoq muddat davomida doimiy birlashish shaklidir. Podalar odatda tur uchun xos bo’lgan barcha funktsiyalarni, ya’ni ozuqa topish, yirtqichdan saqlanish, migratsiya, ko’payish va bolalarni tarbiyalash kabilarni amalga oshiradi. Podalardagi hayvonlarning guruhli xulqiy xatti-harakatlari “hukmdor” va “itoatkor” asosidagi o’zaro munosabatlardan tashkil topadi.
1-ilova

Hayotchanlikning har xil egri chiziqlari.



Индивидлар ҳаётчанлиги %



Авлодлар ҳаётининг давомийлиги

Устрица

Гидра

Одам

Мева пашшаси

Jadval o’rniga grafik usuldan ham foydalanish mumkin. Hayotchanlik egri chizig’i 4 turga ajratiladi:

1. Kuchli qabariq hayotchanlik egri chizig’i.

2. Oraliq hayotchanlik egri chizig’i.

3. Botiq hayotchanlik egri chizig’i.

4. Pog’onali hayotchanlik egri chizig’i.




  1. populyatsiyaning gomeostazi

Populyatsiya gomeostazi. Populyatsiyaning son jihatidan bir me’yorda saqlanib turishi gomeostaz (yunoncha “gomeo” – o’xshash, statis - holat) deyiladi.

Populyatsiyaning zichligini boshqarish o’simliklarda hududni hisobga olgan holda o’z-o’zini siyraklantirish, vegetativ quvvatini oshirishda namoyon bo’lsa, hayvonlarda esa ozuqa zahiralari chekoangan holatda ro’y beradi. Ko’pchilik turlar populyatsiyasining o’sishini sekinlashtiruvchi mexanizmlardan biri individlarning o’zaro kimyoviy ta’sir etishdir.

Hayvonlardagi hududiy xatti-harakatlar instiktlar tizimi sifatida kelib chiqqan bo’lib, u populyatsiyaning ayni bir maydonda son jihatidan o’sishini boshqarishning samarali mexanizmlaridan hisoblanadi (1-ilova).


Nazorat savollari:

1. Populyatsiya tushunchasini izohlab bering.

2. Populyatsiyaning xarakterli belgilarini tushuntiring.

3. Populyatsiyaning genetik xarakterini izohlang.



4. Populyatsiyalar ekologiyasining qanday ahamiyati bor?



11Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005 (10-16- betlar).


2Peter Rillero, Dinah Zike .Ecology, 2005 (10-16- betlar)


Yüklə 80,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə