Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 238,26 Kb.
səhifə1/2
tarix21.05.2022
ölçüsü238,26 Kb.
#87637
  1   2
Yoldosheva D - jismoniy


Bolalar jismoniy tarbiyasi


18-variant.
1-topshiriq. Fanga oid mavzu yuzasidan berilgan reja asosida ma`lumotlar tayyorlash.
Mavzu: Bolalar bilan jismoniy tarbiya daqiqalarida harakatli o‘yinlardan foydalanish usullari
Reja

  1. Kirish

  2. Jismoniy tarbiya daqiqalarining umumiy tavsifi

  3. Jismoniy tarbiya daqiqalarida harakatli o‘yinlardan foydalanish usullari

  4. Xulosa

O’sib kelayotgan yosh avlodni uyg’un rivojlantirish har tomonlama jismoniy tarbiyalashni ko`zda tutadi. U tarbiya – ta’lim muassasalari, oila, jamoat tashkilotlarining birgalikdagi kuch g’ayratlari bilan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya sog’likni yaxshilashga, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, yoshlarni mehnatga va Vatanni himoya qilishga tayyorlashga qaratilgandir.
Jismoniy tarbiya to`g’risidagi ta’limot pedagogikaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qarashli turli hodisalarga ta’rif berilganda: «Badantarbiya», «jismoniy barkamollik», «jismoniy tarbiya», «jismoniy rivojlanish» degan asosiy tushunchalardan foydalaniladi.
«Badantarbiya» tushunchasi eng umumiy hisoblanadi. U xalq umumiy madaniyatining bir qismi sifatida qaraladi. Badantarbiya jamiyatning odamlarini jismoniy jihatdan mukammallashtirish uchun to’plangan, vujudga keltirilgan va foydalaniladigan moddiy hamda madaniy qadriyatlari yig’indisidir.
Badantarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat:
1) mehnat va turmushdagi ko’nikmalarni (tartiblilik, kiyimlarning ozodaligi, xonalarning tozaligi) va gigienik rejimga doir odatlarni (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, ovqatlanish gigiyenasi va hokazolar)ni;
2) tabiatning tabiiy sharoitlarida organizmni chiniqtirish (havo, quyosh va suv)ni;
3) jismoniy mashqlarni o’z ichiga oladi.
Jismoniy barkamollik – odamning tarixan shart qilib olingan uyg’un jismoniy rivojlanishi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi darajasi bo’lib, u jamiyat talablariga eng maqbul tarzda mos kelishi kerak.
Jismoniy rivojlanish – odam organizmining tarkib topishi, uning shakllari va vazifalarining o’zgarishini ifodalaydigan biologik jarayondir. Tor ma’noda bu antropometrik va biometrik ko’rsatkichlar: bo’yi, tana og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pka sig’imi, qaddi - qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlanish biologik hayot qonunlari- muhit va organizmning birligi, miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga muntazam ravishda o`tishiga muvofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan jismoniy tarbiya metodlarini o`zgartirib, organizmning funksional imkoniyatlari darajasini ancha oshirish, jismoniy rivojlanish ko`rsatkichlarini o`zgartirish mumkin.
Jismoniy tarbiya bilan tarbiyaning boshqa jihatlari o`rtasidagi bog’lanish. Jismoniy tarbiyaning boshqa jihatlari bilan o`zaro aloqasi, bir tomondan, tarbiya maqsadi va vazifalari birligi bilan, boshqa tomondan, shaxs tuzilishi va uning rivojlanishida biologik va ijtimoiy narsalarning birligi bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiya jarayonida ongni rivojlantirishga, axloqqa muvofiq odamlar hulq-atvoriga faol ta’sir etish mumkin.
Jismoniy tarbiya to’g’risidagi ta’limot pedagogikaning tarkibiy qismidir. Pedagogika fanining bu sohasiga taalluqli ba’zi bir hodisalarni ta’riflashda
- «jismoniy madaniyat»,
- «jismoniy kamolot»,
- «jismoniy rivojlanish» singari asosiy tushunchalardan ham foydalaniladi.
«Jismoniy madaniyat» tushunchasiga xalq madaniyatining bir qismi sifatida qaraladi. Jismoniy madaniyat kishilik jamiyati tomonidan to’plangan moddiy va ma’naviy boyliklar yig’indisi bo’lib, undan kishilarning jismoniy kamoloti uchun faydalaniladi.
«Jismoniy madaniyat» tushunchasiga quyidagilar kiradi:
1) mehnat va turmushdagi tatartiblilik, ozodalik, kiyimlarning, bino va xonalarning tozaligi, shaxsiy gigiena va gigienik kun tartibiga odatlanish (kun davomidagi faoliyat va dam olish, uyqu, ovqatlanish gigienasi va shunga o’xshashlar);
2) tabiiy sharoitda organizmni chiniqtirish {havo, quyosh va suv yordamida);
3) jismoniy mashqlar.
Jismoniy rivojlanish tor ma’noda bo’yning o’sishi, muskullarning ortishi va shu kabi antropometrik va biometrik ko’rsatkichlardir. Jismoniy rivjolanish kishi organizmini o’rab turgan muhitga bog’liqligi to’g’risidagi biologik qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, hayot sharoitini, jismoniy tarbiya metodini birmuncha o’zgartirish orqali organizmning funktsional imkoniyat darajasini birmuncha ko’tarish, jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlarini yaxshilash mumkin.
Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funktsional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, harakat malaka va ko’nikmalarini shakllantirish, jismoniy madaniyat va sport sohasiga taalluqli mahsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasi ular hayotini saqlash, sog’lig’ini mustahkamlash, harakat malakalarini shakllantirish va to’la ma’nodagi jismoniy tarbiya berish, madaniy-gigienik malakalarni shakllantirish, batartib hayot kechirish odatini singdirishga qaratilgan.
Bolaga ta’lim-tarbiya berishda amalga oshiriladigan har qanday ishning muvaffaqiyatli bajarilishi bolaning sog’lig’iga bog’liq. SHuning uchun ko’pchilik pedagogik ishlar bolaning jismoniy imkoniyati va sog’lig’ini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Bolaning jismoniy rivojlanishi uning har tomonlama uyg’un rivojlangan inson bo’lib o’sishida muhim ahamiyatga ega. Sog’lom, jismonan baquvvat bolaning ish qobiliyati ham yuqori bo’ladi, sharoitga oson moslashadi, har xil topshiriqlarni osonlik bilan tez bajaradi.
Mustahkam salomatlik va to`laqonli jismoniy rivojlanish umumiy yuksak ishchanlikni, turli hildagi vazifalarni bajarishga tezda moslashishni belgilaydi. Jismoniy mashqlar organizmning o`sishi va rivojlanishiga, uning funksional imkoniyatlari kengayishiga chuqur ta’sir ko’rsatadi. Harakat faoliyati miyaning peshona qismidagi bilimlari rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, u asliy faoliyatni amalga oshirishda yetakchi o’rin tutadi. Qo`llar va barmoqlarning harakati nutq harakati markazi rivojlanishini rag`batlantiradi. Shu munosabat bilan bolaning nutqi, shu bilan birga fikrlashi ertaroq va to’laqonliroq rivojlanadi. Harakat barcha analizator sistemalarning ishini faollashtiradi. Shu tariqa hissiy organlar tezroq va muvaffaqiyatliroq rivojlanadi. Jismoniy va aqliy tarbiyaning mustahkam aloqasi fazodagi muljal olishlarini rivojlantirishda ham namoyon bo’ladi. Ular aqliy faoliyat xilma – xil turlarining zarur jihati bo’lib, faqat ko’rish organi orqaligina emas, shu bilan birga harakat organlari va boshqa analizatorlar ishtirokidagi jismoniy mashqlar yordamida ayniqsa, faol o`zlashtiriladi.
Rejim jarayonlarini, jismoniy mashqlarni o`tkazish, chiniqish paytida bolalarning dunyoqarashi o`zgaradi, ular ayrim eng oddiy maxsus bilimlarni egallaydilar. Mustahkam sog’lik faol akliy faoliyatning asosi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan bog’likdir. Bolalar gigiena, chiniqtirish tadbirlarini, harakatli o`yinlarni bajarish chog’ida faqat axloqiy hulq - atvor (mardlik, halollik, tartiblilik va hokazolar) to`g’risidagina tasavvurlarga ega bo`lib qolmay, shu bilan birga ana shu hulq -atvor xususida mashq qiladilar, ularda irodaviy sifatlar (qat’iyat, mustaqillik va hokazolar) rivojlanadi. Aksariyat jismoniy mashqlarning his – tuyg’uga boyligi ularning bola shaxsini shakllantirishga ta’sirini kuchaytiradi.

=========lllllllllllll[9-jiuo




A

Estafeta

B

CHo‘loq qarg’a

V

tulki va tovuqlar

G

Ko‘z boylog’ich


Yüklə 238,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə