Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

nazorat qilish monitoringi. 
Ekologik ekspertiza 
jami 
121 
18 
54 
49 
 
 
 
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi 
 
Farmatsevtika  instituti  farmatsiya  va  sanoat  farmatsiyasi  fakulteti  yo‘nalishlari 
sohalariga  ekologiya  fani  moslashtirilgan  bo‘lib,  u  o‘z  ichiga  ekologik  omillarning 
organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari, adaptatsiya jarayoni, yorug‘lik, xarorat 
va  namlikning  tirik  organizmlarga  ta'siri,  dorivor  o‘simliklarning  ushbu  omillarga  nisbatan 
ekologik guruhlarga bo‘linishi, moslanishi va suv hayotiy muhitining ekologiyasi, suv abiotik 
omillarining  tirik  organizmlarga  ta'siri,  suvning  radioaktivligi,  suvning  kimyoviy  tarkibi, 
gidrobiontlarning  ekologik  guruhlari,  quruqlik  muhiti  abiotik  omillarning  xususiyatlari, 
tuproq  tabiiy  tuzilishining  ekologik  mohiyati,  tuproqni  ifloslantiruvchi  moddalar  manbalari; 
biosfera tasnifi va chegaralari; biosferada hayotning paydo bo‘lishi; tirik moddalar va ularning 
funktsiyalari;  biosferaning  geoximik  sikllari  va  turg‘unligi;  muhofazaga  olingan    turlar 
ekologiyasi, O‘zbekistondagi qo‘riqxonalar va O‘zbekiston ―Qizil kitobi‖ni o‘rganadi. 
 
Ma‘ruza mashg‘ulotlari 
 
Ekologiyaga kirish. Autekologiya va ekologik omillar. Hayot muhitlari: suv, er-tuproq
havo va tirik organizm. Yashash muhitlarining o‗ziga xosligi. Moslanish. 
 
Ekologiya fani haqida qisqacha tushuncha.  Maqsadi vazifalari. Ekologiya fani bo‘limi. 
Ekologiya  faninning  qisqacha  tarixi,  fanining  vazifalari,  bo‘limlari.  Autekologiya-tur 
vakllarining  yashash  sharoiti,  bir-birlari  hamda  ularni  o‘rab  turgan  atrof-muhit  bilan 
munosabatlarini  organadi,  shuningdek  turning  turg‘unligini,  uning  turli  ekologik  omillar 
ta‘sirida  moslashuvini,  muhitning  organizmlarning  morfologik,  fizioligik  va  xulqiy 
o‘zgarishlariga sabab bo‘lishini aniqlaydi. Organizmlarning atrof-muhit ta‘siriga reaksiyasiva 
o‘zgarishiga oid ilmiy materiallarni taqqoslash. Natijada organizmlarning fasllar, yil va ko‘p 
yillar  davomida  bo‘lib  o‘tadigan  o‘zgarish  qonuniyatlarini  aniqlaydi,  organizmgata‘sir 
qiladigan  tabiiy  va  sun‘iy  omillarning  salbiy  hamda  ijobiy  mohiyatini  o‘rgatadigan  ilmiy 
materiallarni  tasnif  qilish  natijasida  qator  ekologik  qonunlarni  ochadi  (Libixninig  minimum 
qonuni,  Shelfordning  ekologik  tolerantlik  qonuni,  Lundogard-Poletaev  qonunlari). 
O‘simliklar  dunyosi  va  hayvonot  dunyosini  o‘rganishga  qaratilgan  ilmiy-  uslubiy  ishlar. 
Ekologiya (atrof-muhit) muammolarining tabiatdan foydalanish jihatlarini tadqiq qilish .  
Tirik  organizmlarning  tashqi  muhitga  moslashuvining  turli  daraja  va  ko‘rinishlarda 
namoyon bo‘lishi. 
 
Ekologik omillar,ularning organizmga ta‘sir etish qonuniyatlari. Ekologik nisha. 
Tashqi muhit, ekologik omillar. Ekologik omillarning ta'sir etish kuch bilan organizmda 
sodir  bo‘ladigan  o‘zgarishlarning  o‘zaro  ta'siri.  Ekologik  muhit  buzilishining  sabab  va 
oqibatlari. Ekologik omillarning tasniflanishi. Ekologik omillarning tirik organizmlarga ta'sir 
etishining  umumiy  qonuniyatlari  ).ekologik  joy-nisha  tushunchasi  ancha  keng,  ya‘ny : 
makondagi  nisha  yoki    makondagi  ma‘lum  joylanish ;  trofik  nisha  (turlararo  aloqalardagi 
turning joyi), ko‘p gomerli yoki giper hajmli nisha. Bulardan shu narsa ko‘rinadiki, organizm 


ekologik nishasida organizm qaerda yashayotganligi va uning atrof –muhitga bo‘lgan umumiy 
talabi inobatga olinishi haqidagi tushunchalar. 
 
Populyasiya xaqida  ta‘limot Populyasiyaning tuzilishi unda organizmlarning 
joylashishi 
 
Populyatsiya  tushunchasi.  Populatsiya  tur  va  ekosistemaning  asosiy  tizim  birligi 
hisoblanadi.  Populyatsiya  haqidagi  ta'limot,  uning  shakllanishi  va  rivojlanishi,  ko‘payishi 
qonuniyatlari, Populatsiya ma‘lum bir tizim va tashkiliy xususiyatga ega bo'Iib uni tasvirlash 
ham mumkin. Populatsiyadagi individlar tug'iladi, qariydi va nobud bo'ladi, biroq populatsiya 
esa bu belgilardan mustasnoligi . 
Populatsiyaning  turli  xususiyatlarga  ega  xaqidagi  tushunchalarga  ega  bo‘lib  ya‘niy: 
tug'ilish  va  nobud  bo'lish,  populatsiyaning  katta  kichikligi  bir  necha  sabablarga  asoslangan 
bo'lishi,  populatsiyalar  qo'shni  populatsiyadan  kelgan  itidividlar  hisobiga  yoki  bo'lmasa 
tug'ilish hisobiga kengayib borislii murnkinli xaqida farazlar  
Tug'ilishning  fiziologik  va  ekologik  xillari  bo'ladi.  Fiziologik  tug'ilishda  ideal 
sharoitda  nazariy  hisoblangan,  ya‘ni  individlaming  maksimal  hosil  bo'lish  soni  tushunilib, 
bunda  cheklovchi  omillar  ta‘sir  etmaydi,  ko'payish  faqat  fiziologik  sabablarga  ko'ra 
cheklanishi  mumkin  va  tug'ilish  formulalar  yordamida  aniqlanishi,  populatsiyaning  o'sish 
chizig'I, populatsiya gomeostazi xaqida farazlar. 
Populyatsion  guruhlarning  xususiyatlari,  tur  miqdori,  zichligi,  tug‘ilishi,  ko‘payishi, 
yangidan vujudga kelgan individlar va ularning rivojlanishi. Turlarning populyatsion tuzilishi, 
bo‘linishi.  Populyatsiyalarning  biologik  tomondan  xosligi,  jinsi  va  yoshiga  o‘ziga  qarab 
tuzilishi  
 
Populyasiyalar orasidagi bog‗lanishlar, populyasiyalar dinamikasi  
 
Populyasiyalar  orasidagi  bog‗lanishlar  turli  omillarga  bo‘lik  bo‘lib,  ular  barchasi 
ontogonik bo‘lanishda bo‘ladi. Populyatsiyaning asosiy o‘lcham birligi bo‘lib, bu uning soni, 
qalinliginingn  o‘zgarib  turishi  hisoblanadi.  Populyatsiya  sonining  o‘zgarishi  cheksiz  emas, 
lekin populyatsiya  biologic sistema sifatida o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatiga egadir. Har bir 
tur  vakili  sonining  ko‘payishi  qalinlik  ortishining  yuqori  va  pastki  chegarasi  bo‘ladi.  Muhit 
omillari o‘zgarsa, populyatsianing o‘sish tezligi ham o‘zgaradi. Populyatsianing o‘sishi uning 
a‘zolari sonining o‘sishi bilan ham bog‘liqdir.        
 
Biotsenoz xaqida ta‘limot Biotsenozlar (jamoalar) xaqida tushuncha 
 
O‗xshash sharoitga moslashib olgan va bitta joyning o'zida birga yashaydigan barcha 
tirik organizmlar yig‗indisi biotsenoz deyiladi. Chunonchi, O'zbekistonning qumli cho'llarida 
o'sadigan  barcha  o'simliklar  (saksovul,  quyonsuyak,  singren,  shuvoq,  qizilcha,  qandim,  ilak, 
qo‗ng‗irbosh  va  hokazolar),  yashaydigan  hayvonlar  (quyonlar,  toshbaqalar,  ilonlar, 
kaltakesaklar, echkiemarlar, kiyiklar, bo‗rilar, tulkilar va hasharot- lar), mikroorganizmlar shu 
mintaqaning biotsenoziga misol bo'la oladi. 
Biotsenoz  biogeotsenozning  tirik  qismidir.  Biotsenozda  yashaydigan  o'simliklar, 
hayvonlar  va  mikroorganizmlar  doim  bir-birlariga  ma‘lum  munosabatda  aloqada  bo'ladilar. 
Ularning ana shu munosabatlari hayot kechirish sharoitiga ham ta‘sir etib turadi. 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə