Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 27,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/64
tarix30.04.2018
ölçüsü27,58 Kb.
#40837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64

Yashash  sharoiti  bir  xil  bo'lgan  o'tloqlar,  o'rmonlar,  yaylovlar,  bot-  qoqlar, 
sug'oriladigan  ekinzorlar  va  sholipoyalar  ham  biotsenozga  misol  bo‗la  oladi.  Biotsenoz 
umumiy tabiiy kompleks biogeotsenozning tirik qismidir. Biotsenoz doim rivojlanib boradi va 
bu rivojlanish jarayoni odatda, uzoq vaqt davom etadi, bunda bir biotsenoz asta-sekin ikkinchi 
bir  biotsenozga  almashinadi.  Odamning  xo'jalik  faoliyati  biotsenozni  o*zi  uchun  foydali 
tamonga qarab o‗zgartirishi mumkin. 
Jamoa — Ekosistemasining tirik ajralmas qismi bo‗lib, ma‘lum bir hududni egallagan, 
bir-biriga o'zaro ta‘sir qo'rsatuvchi populatsiyalar yig'indisi hisoblanadi. 
Masalan,  emanlar  jamoasi  yoki  shuvoqlar  jamoasi  deganda  ana  shu  hududlarda  yashovchi 
barcha  o‗simliklar  va  hayvonlami  o'z  ichiga  oluvchi  tirik  organizmlar  jamoasini  e‘tiborga 
olib,  ularda  emanlar  va  shuvoqlar  us-  tunlik  qiladi.  Shu  sababli  bu  jamoalami  emanlar  yoki 
shuvoqlar jamoasi deb yuritiladi. 
 
Organizmlar orasidagi munosabat tiplpri, turlararo munosabatlar 
 
Jamoa (biotsenoz) komponentlari o'rtasida o'zaro munosabatlar turli xil shaklda bo'ladi. 
Ana shunday munosabatlaming bir necha xillari bo‗lib ular quyidagilardan iborat: neytraliim 
—  (0:0),  konkurensiya  (raqobatlilik),  amensalizjm  (-.0),  parazitizm  va  yiritqichlik  (+,-), 
kommensaliztik  (+,0),  protokooperatsiya,  kooperatsiya,mutualizm  (+,+).  Turlar  o'rtasidagi 
munosabatlaming  ikki  va  undan  ko‗p  tur  uchun  qulaylik  tug'diradigan  iilini  o'zaro  )vrdam 
deyiladi.  
Bir xil o'lja bilan ovqatlanadigan yirtqich hayvonlaming liar xil turlari o'rtasida ham ana 
shunday  raqobat  qiladigan  o'zaro  munosabatlar  mavjud.  Mikroorganizmlardagi  antibioz 
qarama-qarshi munosabatlaming o'ziga xos shaklidir, chunonchi, penitsill zamburug'i organik 
oziq  moddalar  uchun  o'zi  bilan  raqobat  qiladigan  talaygina  bakteriyalarning  o'sishi  va 
ko'payishini to'xtatib qo'yadi. 
 
Ekosistemalar ta‘limoti. Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi. 
 
Bir-biri  bilan  va  atrof-muhit  bilan  o‗zaro  munosabatda  bo'lgan  or-  ganizmlarning 
populatsiyalari  ekologik  sistemalar  (ekosistemalar)  yoki  bio-geotsenozlar  deb  ataladi. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  biogeotsenoz  —  bir-  biriga  bog‘liq  biotik  va  abiotik  tarkibiy 
qismlardan iborat kompleks joylash- gan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi 
eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o‗simliklar va 
kimyosintezlovchi  mikroorganizmlar)  hamda  geterotrof  organizmlar  (hay-  vonlar, 
zamburug‗lar,  ko'pgina  bakteriyalar,  viruslar)  biogeotsenozning  tirik  komponentlariga, 
atmosferaning  yerga  yaqin  qatlami,  undagi  gaz  va  issiqlik  resurslari,  quyosh  energiyasi, 
tuproq va uning suv mineral resursiari esa jonsiz komponentlarga kiradi.  
Ekosistemalar  tabiiy  va  sun‘iy  bo'ladi.  Tabiiy  ekosistemalarga  o'rmonlar,  o'tloqlar, 
tundra  mintaqasi,  dasht,  cho‗l,  tog*  mintaqalari,  ko‗l,  dengiz  va  okean  suvlari,  daryo,  adir, 
to‗qay ekosistemalari misol bo‗la oladi. 
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali o'tadigan energiya oqimiga 
bog'liqdir.  Quyosh  energiyasi  ekosistemadagi  dastlabki  mahsulotlarni  hosil  qiluvchi  biotik 
komponentlar tomonidan o'zlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda 
sifatida to'playdigan energiya tezligi biriamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr 
bo'lib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bog'liq bo'ladi. 
Ma‘lumki, o'simliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda bo'ladi. 


 
 
Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari. 
 
Har  yili  yerda  fotosintezlovchi  organizmlar  140  mlrd  tonnaga  yaqin  organik 
moddalarni  sintezlaydi.  (T.A.Akimova,  V.M.Xaskin,  1998)  Geologik  davr  (1  mlrd  yil) 
davomida  organik  moddalar  parchalanishiga  ko‗ra  sintezlanishi  qo'proq  bo'lishi  natijasida 
atmosferada CO2 miqdori kamayib 0
2
 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo'lgan.  
Produtsentlar  avtotrof organizm  bo'lib, qumqlikdagi  va suvdagi  yashil o'simliklardan 
tashkil  topgan.  Tayyorlangan  organik  moddalarning  bir  qismi  konsumentlar  (o'txo'r 
hayvonlar) tomonidan iste‘mol qilinadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r hayvonlar va 
odamlar uchun oziq hisoblanadi. 
Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorga- nizmlardan tashkil topgan. 
Ulac  ishtirokida  hayvon  va  o'simliklarning  qoldiqlari  (o'lik  tanasi)  parchalanib  organik 
moddalarga  aylanadi,  organik  moddalarni  oddiy  anorganik  moddalargacha  parchalaydi. 
Organik moddalarning ko'p qismi darhol parchalanmaydi, yog'och, tuproqning organik qismi, 
suvdagi  cho'kmalar  sifatida  saqlanadi.  Keyingi  yillarda  texnika  va  sanoatning  jadal 
rivojlanishi  natijasida  bu  jarayonning  aksi  ro‗y  berish  xavfi  paydo  boimoqda.  Bu  hodisa 
sayyora iqlimining o‗zgarishiga olib kelishi mumkin. 
 
Biosfera xaqida ta‘limot. Biosfera xaqida umumiy tushuncha 
 
Biosfera  (yunoncha  «bios»  —  hayot,  «sfera»  —  shar  so'zlaridan  olin-  gan).  Biosfera 
tirik  organizmlar  yashaydigan  va  ular  ta‘sirida  o'zgarib  turadigan  yer  sharining  bir  qismi 
hisoblanadi. Yerdagi hamma biogeotsenozlaniing yig'indisi biosferani tashkil qiladi. Shunday 
qilib, biosferaning elementar (eng kichik) birligi beogeotsenozlardir. 
Biosferaga juda qadiiniy bakteriyalardan tortib, odamgacha bo'lgan organizmlar kiradi. 
Biosfera  tirik  va  o*lik  tarkibiy  qismdan  iborat.  Sayyoramizda  yashaydigan  hamma  tirik 
organizmlaming  yig'indisi  (bakteriyalar,  o'simliklar,  hayvonlar)  biosferaning  tirik  qismini 
tashkil  etadi.  Tirik  organizmlar  asosan  yerning  gazsimon  (atmosfera),  suyuq  (gidrosfcra), 
qattiq  (litosfera)  qobiqlarida  joylashgan.  Keyingi  malumotlarga  qaraganda  biosferaning 
yuqorigi  chegarasi  dengiz  sathidan  22  km  balandlikda  troposferada  va  paski  chegarasi 
(litosferaning)  3—5  km  Mintaqa  biosferasiga  sanoatning  ta'siri,  trasportning  ta'siri,  qishloq 
xo‘jaligining ta'siri. Mintaqa biosferasiga sanoatning ta'siri. O‘zbekiston sanoat markazlarida 
atmosfera  havosining  ifloslanish  dinamikasi.  Mintaqa  biosferasiga  transportning  ta'siri. 
Mintaqa  biosferasiga  qishloq  xo‘jaligining  ta'siri.  Kimyolashtirish  vositalaridan 
foydalanishning ijtimoiy-ekologik muammolari  
 
Biosferada moddalarning aylanishi 
 
Biosferada  tirik  organizm  eng  muhim  ahamiyatga  ega  bo'lib,  akade-  mik 
V.I.Vemadskiy ularning quyidagi funksiyalarini bclgilab berdi: 
Gaz 
ahna.shini.shi,konsentratsiyalash 
funksiyasi, 
oksidlanish 

qaytarilish 
funksiyasi.biokimyoviy  funksiyalari  mavjud.  Bu  funksiya  natijasida  organizmlarning 
oziqlanishi,  nafas  olishi,  ko'payishi,  oigan  organizmlarning  parchalanishi,  chirishi  kabi 
jarayonlar bo'lib turadi. Biosferaning eng asosiy funksiyalaridan biri kimyoviy elementlarning 
davriy  aylanishini  ta‘minlashdir.  Biosferadagi  biotik  aylanish  yerda  yashay-  digan  hamma 


Yüklə 27,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə