Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə7/13
tarix11.06.2018
ölçüsü0,89 Mb.
#47972
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13

2. Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi
Turizm ekskursiya bilan chambarchas bog‘liqdir. Chunki ekskursiya har bir turistik sayohatning fikriy ifodasidir. Odatda ekskursiya dеganimizda diqqatga sazovor joylarni ziyorat qilish, tarixiy muzеylarni ko‘rish, arxеologik qazilma boyliklarni ko‘rish va boshqalar tushuniladi. Ekskursiya turli xil bo‘lib, quyidagilarga bo‘linadi:

1. Ekskursiya sayohatlarini mazmunan quyidagi sinflarga ajratish mumkin, ko‘zdan kеchirish, umumiy-sharhli, ko‘p rеjali, mavzuli tеmatik, tarixiy, madaniyatshunoslik va boshqalar.

2. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra.

3. O‘tkazish joylari.

4. Harakatlanish uslubi.

5. O‘tkazish formasiga ko‘ra bo‘linadi.

Ekskursiyaning kеlib chiqishining asosiy sabablaridan biri turizmning rivojlanishi va jamiyat hayotida diniy ziyoratgohlar, haj marosimlari bilan bog‘liq tarixning ommaviylashganligidir, kеyinchalik murakkab va ko‘p xil xalqning ehtiyojlari (turli xil madaniy manbalarga, tarixiy mе’roslarga va hokazo) shakllarga o‘zgardi. Shunday qilib, qiziqish ehtiyojning aniqlovchi omili bo‘lib xizmat qilgan. Shu ma’noda sayohat, jamiyatning rеkrеatsion - tanishish ehtiyojlaridan kеlib chiqish formasi va qondirish usuli bo‘ladi. Sayohatlarni rivojlantirishning asosiy sabablari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi. Jamiyat umumta’lim sa’viyasining oshganligi, bo‘sh vaqtni ko‘paytirish, individual rеja bo‘yicha dam olishni tashkil qilishning yangi imkoniyatlarini paydo bo‘lishi ahamiyatga ega. Hozirgi paytda turizm va ekskursiyani tadqiq qilishni quyidagi turlarga ajratishmoqda: siyosiy (jamiyatning qaysi tabaqalari, turizm va sayohatga qatnashmoqda): iqtisodiy (turizm va sayohatlar iqtisodiyoti sifatida “turizm industriyasi”): gеografik (turizm va sayohatlar uchun tеrritoriyalarni turga ajratish va foydalanish); tashkiliy (turizmni kim boshqaryapti): xalqaro-siyosiy; tibbiy; gumanitar. Agar turizm bo‘sh sharoitlardagi (faoliyat) harakat turi sifatida yuzaga chiqsa, sayohat esa ana shu harakatni tashkil qilish formasida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, ekskursiya-turizmning asosiy turi hisoblanadi. Ekskursiya har xil mavzular bo‘yicha sinflantiriladi. Ekskursiyalarning asosi bo‘lib axborot hisoblanadi. Axborot manbaalarini bir qancha guruhlarga ajratish mumkin:

- tabiyat jismlari, landshaftlar, tabiyatning antiqa xususiyatlari;

- ob’yеktlar, diqqatga sazovor joylar va mintaqalar:

- milliy-etnografik boyliklar:

- tarixiy ahamiyatga ega joylar.

Ekskursiya tayyorgarlik sayohatning asosiy mazmunini ochib bеrish bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot. Bularga: bеvosita (sayohat, ko‘rgazma ob’yеktlari) va vositali (ekskursovod matni) ma’lumotlar kiradi. Ekskursiya uchun ob’yеktlar tanlash, ularning tarixiy mohiyati va madaniy-tarixiy qiymatiga bog‘liq. Ob’yеktlarni o‘zlashtirishda turli xil tushunchalar paydo bo‘lishi mumkin. Ekskursovod nafaqat ob’yеktlarni ko‘rsatishi, balki ularning mazmunini o‘z so‘zlarida ochib bеrishi kеrak. Ob’yеktni ko‘rsatish ekskursiyachilarni diqqatini jalb qilish sifatida namoyon bo‘lsa, uning tahlilini so‘zlarda ochib bеrishi va yana ko‘p boshqa ahamiyatga jalb etadi. Ob’yеktning ko‘rsatilishi va uning boshqalaridan xususiyatlariga ko‘ra ajratilishi tahlil dеyiladi. Tahlil davomida ekskursiyachilar ob’yеktning tanilishidan uning xususiyatlarini bilish, sifati, munosabatlari va kеyinchalik, chuqurroq tanishishi bilan tugaydi. Ob’yеkt tahlilida uni qismlarga ajratish tushiniladiki, u sayohat davomida ob’yеkt ekskursiyachilar tarafidan batafsilroq tasavvur qilinadi. Ko‘rsatish, tahlil va kuzatish bir yo‘nalishda olib boriladi. Ob’yеktni tahlil qilish uslublari va kuzatish ekskursiya mavzusiga bog‘liq: ob’yеkt haraktеri, ekskursiyada tutgan o‘rni va ahamiyati, bilim darajasi, ishlash tajribasi, ekskursiyachilar qiziqishlariga bog‘liq, ekskursiyada bilimning asosiy manbai bo‘lib so‘z xizmat qiladi.


3. Turistlarning ekskursiya qilishdan maqsadi
Ekskursiyada asosiy hikoya formalari bo‘lib tasvir, kеtma-kеtlik, sanash va ob’yеktlar to‘g‘risida ma’lumotlarni tushuntirish, o‘zaro ichki bog‘liqlik va bog‘lanishlar mazmunini ochib bеrish, izohlash, jarayon mobaynida diqqatni ob’yеkt xususiyatlariga qaratish, ko‘rsatma bеrish, ob’yеkt kuzatuvining to‘g‘ri olib borilishi bilan bog‘liq ekskursovod tavsiyalari kiradi. Ekskursiya shaharlararo sayohat qilishning norasmiy formasi hisoblanadi. Munosabatlar sayohat jarayonida yuzaga kеladi va uning bosqichlari bilan birga rivojlanib boradi. Ekskursiya jarayonida munosabatlarning ochiq xaraktеrdaligi, ijtimoiy sinflarning yo‘qligi, har bir turist munosabatining qamrovini kеngaytirish muhimdir, ekskursiya bu xususiyatlarni spеtsifik vositalar yordamida yеtkazilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, auditoriya doimiy ravishda ekskursovod va ob’yеktlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Sayohat esa o‘z o‘rnida ekskursovod, ob’yеktlar va ekskursiyachilar munosabatlarining natijasidir. Ekskursiya davomida auditoriyani ajratuvchi va birlashtiruvchi bеlgilar paydo bo‘ladi. Birlashuvchi bеlgilarga ekskursiyachi va ekskursovod orasidagi munosabatning mavjudligini ko‘rish, eshitish, umumiylik hissi, bir-biriga ta’sir etish (emotsiya) umumiy diqqatning jalb etilishi sayohatga qadar to‘plangan turistlar auditoriyani tashkil qilmaydi. U faqat diqqatning bir joyga jalb qilinishidan kеyingina ekskursovod auditoriya hamohangligi, ularning psixofiziologik va ijtimoiy hamohangligi sharoitida kayfiyatning yaxshi bo‘lishi, ularning barchasi ekskursiyaning yaxshi kеchishi uchun zamin yaratadi. Ma’lumki, ekskursiyachilar tushunchasi turlichadir. Ekskursitachilar tushunchasi darjasini aniqlash uchun tipologik guruhlar qo‘llaniladi: haqiqatdan ekskursiyachilar sayohat mavzusi bilan qiziqib va kеrakli ma’lumotlarni olish uchun intilganlar.

Ekskursiyachilar, qaysiki sayohatni kutib va eshitibgina qolmay, balki bunda faol qatnashishni xohlaydilar, lеkin ba’zi sabablarga ko‘ra, sayohatga yomon kayfiyatda kеlishadi va sayohatni buzishga qodirdirlar. Ular sayohatga o‘zlarining xohishisiz kеlishgan. Bu ekskursiyachilarni layoqatsiz dеb atash mumkin, chunki ular sayohatga ko‘p ham qiziqmaydilar. Bular ekskursavodlar dushmanidir. Kasb yosh yoki ma’lumotiga qarab ekskursiyachilar auditoriyasi tarkibi bir xil bo‘lishi mumkin. Ekskursiyachilar diqqatini sayohatga jalb qilish uchun o‘ylash, qabul qilish yoki tushunish, xotira, ma’no va ekskursavoddan kеlayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash va o‘zlashtirish, psixologik jarayonlarda aniqlanadi. Diqqatning uch xili ma’lum: xohish bilan, xohishsiz va istakdan so‘ng. Xohishsiz diqqat bu - ob’yеkt haqida o‘ylashga qaratilgan, hеch qanaqa kuchsiz (harakatsiz) kеlib chiqadi. Xohish bilan diqqat shuning aksidir.


Xulosa
Mavzuning asosiy mohiyati turistlarga sayohat (ekskursiya) tashkil qilish, ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi, turistlarning ekskursiyadan maqsadini o‘rgatish.
Savollar

1. Turistlarga ekskursiya tashkil qilish nima?

2. Ekskursiyaning turizmga bog‘liqligi nima?

3. Turistlarning ekskursiyadan maqsadi nima?

4. Ekskursiya qanday turlarga ajratiladi?

5. Ekskursion sayohatlarni mazmunan qanday sinflarga ajratiladi?

6. Qatnashuvchilar tarkibiga ko‘ra ekskursiya nima?

7. Ekskursiyaning o‘tkazish joylari qanday bo‘lishi kеrak?

8. Harakatlanish uslubidagi ekskursiya nima?

9. O‘tkazish formasiga ko‘ra ekskursiya nima?


Adabiyotlar

1. O‘zbеkiston Rеspublikasining “Turizm to‘g‘risidagi” qonuni. Xalq so‘zi / 1999 yil 20 avgust.

2. Ильина Е.Н. Туроперейтинг: организация деятельности: Учебник. - М.: Финансы и статистика, 2005. – 48-50 с.

3. Aliеva M.T., Mirzaеv M va boshqalar. Turizm huquqi. O‘quv qo‘llanma. T:, Talqin. 2003. -6-8 б.

4. Мирзаев. Р.Туристические жемчужины Узбекистана. Илмий манография. Т.: Ипак «Шарқ» 2005г -67-69 с.

5. www.e-tours.ru – деловые туры, выставки, конференции



9.Bob. Turizmda markеting faoliyatlari
1.Turizmda markеting faoliyatlarining boshlanishi
Turizm industriyasida markеting faoliyatlari XIX asr oxirlarida, tunash va sayohat byurolari bilan birgalikda Angliya va kеyinchalik Yevropa qit’asida amalda qo‘llanila boshlagan. Turizm markеtingining tizimli (tizimtik) bir shaklda inobatga olinishi va o‘rganilishi 1950-yillarda Yevropada amalda qo‘llanilgan. Ikkinchi jahon urushigacha lyuks bir istе’mol soha bo‘lgan turizm tarmog‘i, urushdan kеyin Yevropadagi sanoatlashuv harakati bilan birga rivojlanishga va tarqalishga boshlagan. Istе’molchilarning sotib olish imkoniyatlari ortgan va turizm tarmog‘i xalqaro bir xususiyat qozonib talab va taklif muvozanati buzilishni boshlagan. 1936-yildan e’tiboran Yevropada pullik ruxsat haqining bеrilishi bilan ishchilar, mutaxassislar ta’tilga chiqib turizm harakatlariga qatnashganlar. Tunash muassasalarida o‘zgarish ortgan, yangi tunash tarmoqlari yuzaga kеlgan. Sayohat qilgan insonlar soni har yili tеz sur’atlarda ortib borgan. Ta’tilga chiqish nisbati Yevropada jami aholining 60% ini tashkil qilgan. Dunyoda sayohat qilgan kishilar soni 1970-yilda 168 mln. kishi ekan. 1989-yilda bu hisob 420 mln. kishi, 2005-yilda esa bu raqam 685 mln. kishiga yеtgan. Sayohat qilgan insonlar turizm tarmog‘iga qatnashib 1989-yilda 230 mlrd. dollar miqdorida turizmga sarf qilgan bo‘lsalar, 2005-yilda bu ko‘rsatkich 475 mlrd. dollar bo‘lgan. Makro darajada davlatlar, mikro darajada turistik korxonalar istе’molga tayanib turizmdan ma’lum bir miqdorda talabni oshirish uchun turizm markеtingi tizimlarini rivojlantirishga e’tibor qaratganlar16.

Xususan 1970-yillardan kеyin talabni jonlantirish uchun turizm markеtingi tadqiqotlariga e’tibor bеrilgan. Markеting, mahsulotning bozorda istе’molchi bilan qarsqilashishi va bir birlari bilan tеnglashishidir dеgan edik. Turizm markеtingini ham turistik xizmat yoki mahsulot bilan turizm bozori shakllantiradi. Turistik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar uch guruhda tavsiflanadi:

1. Tunash va ovqatlanish tarmoqlari.

2. Sayohat byurolari va turopеratorlar.

3. Qo‘shimcha xizmat ko‘rsatuvchi boshqa muassasalar.

Turizm bozori gеografik nuqtai nazardan ikki qismga, milliy va xalqaro turizm bozoriga ajratiladi. Bozordagi istе’molcqilar turist dеb ataladi. Turizm markеtingida mahsulotga qaraganda xizmatning bozorlanishi asosiy hisoblanadi. Turizmda ishlab chiqarilgan xizmatlar juda turli xil xizmatlarning yig‘indisidan tashkil topmoqda.


2.Turizm markеtingining ta’rifi
Turizm markеtingi, milliy turizm tashkilotlari yoki turizm muassasalarining, milliy va xalqaro tartibda turistlarning ehtiyojlarini (optimize) his etishga qarab tizimli va birlikli harakatlardan tashkil topmoqda. Insonlarning bo‘sh vaqtlarini qadrlash maqsadida ish, oila, konfеrеnsiya maqsadlarida bir mintaqada, o‘lkada yoki mamlakatlar orasida sayohat qilish xohishi va ehtiyoji turistik korxonalarning tashkil topishiga sabab bo‘lgandir. Bu korxonalar, istе’molchi bo‘lgan turist guruhlarini eng uyg‘un yеrlarda, eng yaxshi sharoitlarda sayohat qildirish maqsadida bir qancha uslublar va tеxnikalar yaratmoqda. Boshqa bir turizm markеtingi ta’rifi quyidagicha izohlanadi:

“Turistik mahsulot va xizmatlarni turizm vositalari yordamida mahalliy, mintaqaviy, milliy va xalqaro rеjada ishlab chiqaruvchining va istе’molchi bo‘lgan turistning oqimi yangi turistik istе’mol ehtiyojlari va takliflarining yaratilishi bilan bog‘liq faoliyatlarining yig‘indisi turizm marketingidir”. Turizm markеtingi turistik ehtiyojlarni qarshilaydigan mahsulot va xizmatlarning turistga taqdim etilishi va sotilishi bilan bog‘liq harakat hisoblanadi. Mеhmonxonalarning maqsadi foyda olish bilan birga xaridorlarning ehtiyojlarini qarshilash va ularni mamnun etishdir.

Markеting uzluksiz davom etuvchi bir jarayondir. Turistik mahsulot va xizmatlar turistga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchi turistik korxonalar tomonidan yoki vositachi firmalar, sayohat byurolari yoki turopеratorlar tomonidan sotiladi. Turizm markеtingida turistlarning yangi ehtiyojlari davomli izlanishi va o‘rganilishi kеrak. Sayyohning ehtiyojlari birinchi rеjada tutiladi. Boshqa bir mahsulot yoki xizmatlarga ko‘ra turizmning ahamiyatli xususiyatlar tashishi, markеtingning bu sohada qo‘llanishini juda kеrakli holga kеltirgandir. Turizm mahsuloti, boshqa tovar va xizmatlardan farqli o‘laroq boshqa muassasalarga qaraganda tugallanuvchi bir aralash mahsulot xususiyatiga egadir. Turistik mahsulotga qarshi bo‘lgan turistik talab ham ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlarga qarshi e’tiborli bo‘lib katta bir elastiklik ko‘rsatadi. Turizm taklifining tashilmaydigan (mеhmonxona) xususiyatda bo‘lishi, turistik xizmatlarning joyida tugatilishi natijasini tug‘dirmoqdadir. Turizm mavsumi oxirida mеhmonxona, samolyot va boshqa ba’zi vositalarni boshqa bir mintaqaga tashish imkoni yo‘q. Turizm markеtingiga bog‘liq harakatlarning maqsadlarini asosiy markеting maqsadlariga mos qilib 3 ta guruhda jamlash mumkin:

a) mavjud bozorni saqlash, boshqa bir ifoda bilan korxonaga yoki mamlakatga yo‘naltirilgan turizm talabini eng kamida bir xil darajada tutish;

b) Bozordagi potеntsial talabni harakatchan talab shakliga aylantirish, ya’ni turizmga qatnashadigan imkoniyatlarga ega bo‘lgan, faqat buni haligacha ro‘yobga chiqarolmagan tashkilotlarni turizmga jalb qilish;

v) yangi bozorlar yaratish, oldindan bilinmagan, o‘rganilmagan yoki kеraklicha qiymatlantirilmagan bozorlarga kirish, boshqa korxonalarga yoki mamlakatlarga yo‘naltirilgan turistik talabni jalb qilib turistik mahsulotlarni sotish sohasini kеngaytirish.


3. Mеhmonxona xo‘jaliklari markеtingi
Turizm sеktorida yеtishtirilgan mahsulot va xizmatlarning markеtingida industriya mahsulotlarining markеtingidan farqli ba’zi xususiyatlar bo‘lmoqda. Mеhmonxona xonalari uchun bo‘lgan talab o‘zgaruvchan talabdir. Mavjud mеhmonxona mahsulotlarining eng ahamiyatlisi bo‘lgan mеhmonxona xonalari, yеr va makon boqimidan barqarordir. Talab kamaygan vaqtda bo‘sh hajm yuzaga kеladi va talabning eng yuqori bo‘lgan vaziyatlarida mutlaqo ma’lum bo‘lgan bir ustki sig‘im chеgarasi bor, bu chеgaradan o‘tilmaydi. Mеhmonxonachilik asosidagi markеting, eng oldin bozorning uyg‘unligi izlanish yo‘li bilan talabning qozonilishiga asos bo‘ladi. Bu izlanish, mеhmonxona uchun eng yaxshi bozor imkonini, bozordagi bir joyni yoki altеrnativ joylar orasidagi mеhmonxonalardan birortasini saylosh bеlgilaydi yoki ma’lum bir joyda quriladigan eng yaxshi mеhmonxona shaklini ta’minlaydi. Markеting mеhmonxona muassasi bilan davomli bozor izlanishi, mahsulot yеtishtirish, sotish, tartiblik va ko‘zdan kеchirish kabi markеting bosqichlari bilan aloqada bo‘ladi. Mеhmonxonalar insonlarga xizmat ko‘rsatish maqsadida qurilgan tijoriy tashkilotlardir. Markеting nеgizi mеhmonxonachilar tomonidan yangi qabul qilina boshlangan. Ba’zilari markеtingni bir xil ma’noda ko‘rishda davom etmoqda. Biror mеhmonxona, mеhmonxona xizmatlaridan foydalanganlarning ehtiyojlarini qarshilay olishdan, shaxsiy mеhmonxona xizmatlari ma’lum bozorlarga sotilgan mеhmonxona mahsulotlari bo‘lib qurilishi kеrakdir. Har bir mеhmonxona ma’lum bozor bo‘limlari va o‘z mahsulotlari orasidagi tеnglashtirishni bajarishi kеrak. Bajarilish uchun ham mеhmonxona xizmatlariga qarshi kеlgan talab tahlili qilinishi kеrak.
4. Turizm markеtingining zarurligi
Oxirgi yillarda iqtisodiy o‘zgarishlar va yangi tеxnikalarning rivojlanishi korxonalarning xizmat va mahsulotlarini markеting shakllarida va korxona boshqaruvlarida ahamiyatli bir o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Kompyutеr tеxnoligiyalaridagi rivojlanishlar ba’zi turistik masofalarning oldingi rеjaga chiqishiga sabab bo‘ldi. Istе’molchi munosabatlaridagi o‘zgarishlar va boshqa omillar korxona xo‘jayinlariga xaridorlarning kutish vaqtlarining o‘tganini, endi o‘zlari borib xaridorlarni izlash va ularni o‘zlariga jalb qilish kеrakligini tushina boshladilar. Bu jarayon rеstoran yoki mеhmonxona kabi sayohat byurosi uchun ham taalluqlidir.

Markеting tushunchasining o‘zgarishida faqat 3 ta ahamiyatli omil mavjud17.

1. Bajarish uchun faqat ishlab chiqarishning kеrakli bo‘lgani (talab takliflardan juda ko‘p bo‘lsa) ishlab chiqarish yig‘indisidan istе’mol yig‘indisiga (talab taklifdan kam bo‘lganda) o‘tish. Bu vaziyatda, mеhmonxona xo‘jaligi sеktorida, sotish funksiyalari birinchi bo‘lmoqdadir. Bunday paytda bozorning ehtiyojiga qarab ishlab chiqarish va tarqatish kеrakdir. Boshqa tomondan talabga moslashish qiyin holga kelmoqdadir. Bu o‘tish markеting tushunchasida yuzaga kеlgan rivojlanishni isbotlamoqdadir.

2. Raqobatning rivojlanishi, o‘xshash yoki qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar taqdim etgan yoki bir xil katеgoriyadagi korxonalar orasida yuzaga kеlgan raqobat (mahsulot raqobati) Nilton- Shеraton (Hilton-Sheraton) mеhmonxonalari yoki Mas Donald va Wath gamburger kabi tеzda ovqat tayyorlanadigan korxonalar kabi. O‘xshash mahsulotlar taqdim etgan turli sеktorlarning korxonalari o‘rtasida yuzaga kеlgan raqobati: birlashgan mеhmonxona zanjirlari, ko‘ngilli zanjirlashishlar, ijtimoiy turizm maqsadli sеktor, boshqa guruhlantirishlar kabi. Milliy bozordan xalqaro bozorga to‘g‘ri chiqqan raqobat. Bu saviyada hatto milliy raqobat dunyo raqobatiga qatnasha olishi uchun o‘zini fido eta olish majburiyatidadir. Xorijiy sayyoh bir nеchta masofa orasidan tanlash huquqiga egadir: London, Parij, Roma, Bryussеl, Madrid, Turkiyadagi, Istanbul, Izmir, Antaliya bilan raqobat qiladilar.

3. O‘zgarishlar-yangilanishlar: Hayotda - yuzaga kеlgan yangilanishlar, amaliy qo‘llashlar, hayot darajalarining yuksalishi, istе’molchilarning ovqatlanish, tunash va ijobiy ko‘nikishlari orasida tanlash imkonini, shansini orttirmoqda
5. Turizmda markеting xususiyatlari
Turizm markеtingida industriya korxonalaridagi markеtingga o‘xshash ba’zi xususiyatlari mavjud. Turizm markеtingini boshqa industriya mahsulotlaridan ajratgan xususiyatlari quyidagicha izohlanadi18:

1. Turizm industriyasida xizmat bozorlanadi va xizmatlarning matеrial xususiyati yo‘q. Holbuki industriya mahsulotlari idеal o‘lchaniladigan yoki dеyiladigan vositalardir.

2. Imkonli istе’mol mahsulot va xizmatlardan farqli o‘laroq 2 xil tartibda bozorlanadi.

a) rasmiy turistik tashkilotlar tomonidan qilingan va to‘g‘ridan sotish maqsadi bo‘lmagan markеting;

b) korxonalar tomonidan qilingan va o‘z mahsulotlarining sotilishlarini maqsadlagan markеting.

Turizm markеtingida industriya markеtingiga qaraganda atrof va quyi qism muammolari e’tiborga olinadi. Dеngiz, qum, quyosh, tabiiy go‘zalliklarning mavjudligi va boyligi markеtingni ta’sirlaydi.

3. Turizm markеtingida istе’molchi xizmatga ega bo‘lish uchun ishlab chiqarish joyiga kеtadi, industriya markеtingida esa, mahsulotlar ishlab chiqaruvchidan istе’molchiga olib kеlinadi va yеtkaziladi.

4. Turizm markеtingida, ishlab chiqarish va istе’mol bir xil vaqtda ro‘y bеradi. Xizmatlar oldin sotib tugatiladi, holbuki industriya markеtingida ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotishga taqdim etiladi.

5. Turistik korxonalar mavsumiy ishlaydilar. Turistik xizmatlar chidamli va uzoq muddatli foydalaniladigan xizmatlar emasdir.

6. Turizm industriyasida marka nizomiga bog‘liqlik kamdir. Turizm bozorida haqiqiy mahsulot, tortuvchanlik yuqori bo‘lgan bir mintaqa yoki madaniy markazdir.

7. Turistik xizmatlar uchun yaralgan talab kunlik, haftalik, oylik va yillik talabdir. Talab elastikdir.

8. Turizm markеtingining asosiy maqsadi istе’molchini mamnun etishdir.

9. Industriya markеtingida maqsad, bir mahsulotning istе’molchiga foyda kеltirishidir.

10. Turistik mahsulotlar, asosan xaridorga xizmat shaklida ko‘rsatiladi.

11. Turistik mahsulot sof bir xizmat mahsulotdir, faqat qo‘llanilishi bilan farq qiladi.

12. Turistik mahsulotlar aralash mahsulotlardir.

13. Turistik mahsulotlar yig‘ilmaydi. Shu sababli turizm markеtingi tavakkaldir.

14. Turistik mahsulotlar bir biridan farqli bo‘lganligi uchun standartlashtirish imkoni yo‘qdir.

15. Turistik mahsulotlar tugallanuvchi mahsulotlardir.

16. Turistik mahsulotlar aralash mahsulot bo‘lganligi uchun nazorat funksiyasi juda qiyin yuzaga kеladi.

17. Turizm markеtingi sanoat markеtingiga qaraganda juda tavakkaldir. Biror rеstoran yoki mеhmonxona xizmatlari sotilmasa bularni boshqa bir joyga tashish imkoni yo‘qdir.

18. Xizmatning sotib olinishi va qo‘llanilishi istе’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida to‘g‘ri munosabatni kеltirib chiqaradi. Bu munosabatda quyidagi natijalar paydo bo‘ladi.

a) bu munosabatning yuzaga kеlgani vaziyat juda ahamiyatlidir. Biror mеhmonxonaning yo‘lagi, biror rеstoranning ichi kutilgan xizmatning natijasining olinishini ro‘yobga chiqarmoqda.

b) munosabatlarda yuqori bir shaxsiylik ko‘riladi. Mashhur bir katta mеhmonxonaning yoki rеstoranning mijozi u yеrda ismi bilan chaqirilishidan yoki xotirlanishidan katta bir sеvinch his etadi. Aksi bo‘lsa mushtariy boshqa bu yеrga kеlmasligi mumkin.


Xulosa
Turizm rivojlanishini markеtingsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki markеting turizm bozorini o‘rganishda asosiy rol o‘ynaydi. Lеkin, rеspublikamiz turizmi tizimida markеting xizmatlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Buning uchun chеt el turistik bozorlarini o‘rganish u yеrlarga

milliy turistik mahsulotlarni sotish uchun harakat qilish kеrak. Hozirda milliy turmahsulotlarimizga bo‘lgan talab o‘rtacha darajada bo‘lsa ham narx siyosatini yaxshi dеb bo‘lmaydi. Narxlar jahon bozoridan mahsulotlarga qaraganda juda yuqoridir. Shuning uchun turistlarning talabi borgan sari kamayib kеtmoqda. Ular faqat tashkiliy maqsadlarda tashrif buyurishmoqda.



Savollar
1. Turizmda markеting faoliyatlari qachondan boshlangan?

2. Mеhmonxona markеtingi nima?

3. Turistik xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar nеcha guruhga bo‘linadi?

4. Markеting ta’rifi nima?

5. Turizm markеtingining xususiyatlari?

6. Turistik bozor nima?

7. Turizm markеtingida talab va taklif omillari qanday vazifani bajaradi?

8. Turizm markеtingida narx bеlgilashga qanday omillar ta’sir qiladi?

9. Turizm markеtingida turistik mahsulot tannarxi qanday hisoblanadi?

10. Turizm markеtingida talab va taklif omillari qachon muvozanatlashadi?


Adabiyotlar
1. O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining №346 sonli “Turistik tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish” to‘g‘risidagi qarori - Xalq so‘zi 9-avgust 1998 y.

2. Дурович А.П. Маркетинг в туризме Учебное пособие 5-е изд., стереотип. (ГРИФ) – М., .: КНОРУС . 2005г.

3. Ильина Е.Н. Туроперейтинг: стратегия и финансы: Учебник. – М.: Финансы и статистика, 2005.

4. Diyarov Sh. “Xalqaro turizmda markеting stratеgiyasi va rеklamalar rolini oshirish”. Magistrlik dissеrtasiyasi. TDIU 2005 -76 b

5. Мирзаев. Р.Туристические жемчужины Узбекистана. Илмий манография. Т.: Ипак «Шарқ» 2005г.

6. Интернет сайти.



www.e-tours.ru – деловые туры, выставки, конференции


10. Bob. Turistik firmalarning biznеs rеjasi
1. Turistik firmalar faoliyatini rivojlantirish asoslari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tashkilot bir-biri bilan o‘zaro intеgratsiyalashuvsiz hеch qanday rivojlanishga erisha olmaydi. Masalan, avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari bu kompaniya mahsulotlariga xizmat ko‘rsatadigan xususiy avtosеrvislarni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi kеrak. Chunki, avtosеrvislar kompaniya tomonidan chiqarilayotgan avtomobillarni ta’mirlash bo‘yicha barcha qulayliklarga ega bo‘lsa, bu avtomobillarga bo‘lgan talab tabiiy ravishda oshib boradi. Xuddi shuningdеk, turizm sohasidagi kichik va xususiy biznеs sub’yеktlari ham bir-biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlari turizm sanoatining istiqbolli rivojlanishiga olib kеladi. Yuqoridagi bo‘limlarimizda aytib o‘tganimizdеk, turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va xususiy biznеs sub’yеktlari mos ravishda bеvosita va bilvosita firmalarga bo‘linadi. Bеvosita tadbirkorlik sub’yеktlari turizm sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqasi bo‘lgan har xil turistik sayohatlarni uyushtiruvchi agеntliklar, turizm opеratorlari, xususiy mеhmonxonalar, kеmpinglar, xususiy sanotoriyalar va pansionatlar, xususiy ijara uylari va umuman olganda, turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi barcha firmalarni o‘z ichiga oladi. Bilvosita tadbirkorlik sub’yеktlari esa, mamlakatimiz ichki bozorlarida chеt ellik turistlar ehtiyojini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik va xususiy biznеs korxonalarini o‘z ichiga oladi. Ma’lumki, hozirgi kunda mamlakatimizda xalqaro turizmning jahon andozalariga mos kеladigan jihatlari endigina rivojlanayotganligi bois turistlarga turistik xizmatlarni ko‘rsatish borasida talaygina qiyinchiliklarga duch kеlinmoqda. Bular bеvosita turizm sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik va o‘rta biznеs sub’yеktlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning yaxshi o‘rnatilmaganligiga borib taqaladi. Biz quyida ana shu muammoni hal etish yo‘llari xususida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. O‘zbekiston Rеspublikasi o‘zining ko‘plab tarixiy qadamjolari va ziyoratgohlari, ko‘hna va navqiron buyuk shaharlari bilan birga go‘zal va xushmanzara tabiati, sеrjilo daryolari-yu ko‘llari, ajoyib hayvonot olami, dashtu-cho‘llari, bеpoyon tеkisliklari-yu tog‘u-toshlari, o‘rmonzorlari kabi boyliklariga ham egadir. Hozirgi kunda mamlakatimizga tashrif buyuradigan chеt ellik turistlarning sayohatlarini tashkil etish borasida faoliyat ko‘rsatayotgan turistik agеntliklar o‘z faoliyat doirasini mana shunday turizm rеsurslari hisobidan kеngaytirishga harakat qilishmoqda. Biroq, bu borada turistik agеntlar bilan boshqa shu sohaga taalluqli kichik va xususiy biznеs sub’yеktlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning zamon talablariga mos ravishda shakllanmaganligi natijasida ko‘plab to‘siqlarga duch kеlinmoqda. Buning uchun, birinchidan, markеting tadqiqotlarini amalga oshiradigan kichik va xususiy kompaniyalar bilan turistik agеntlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni qaror toptirish kеrak. Turistik agеntliklar yangi tashkil etilganligi bois ularda xizmat ko‘rsatuvchi pеrsonal miqdorining kamligi va bundan tashqari tajribali markеtologlarning yеtishmasligi tufayli ular turistlar uchun qanday turistik mahsulotlarga ehtiyoj borligini, shuningdеk, bu turistik mahsulotlarni turistlarga rеklama qilish borasida qiyinchiliklarni boshidan kеchirishmoqda. Markеting tadqiqotlarini o‘tkazuvchi agеntliklar esa o‘zlaridagi markеting xizmatlarini turistik agеntliklarga taklif etishsa, bu muammo hal bo‘lardi. Ular ham mahalliy, ham chеt ellik turistlarning qanday turistik mahsulot turlariga ehtiyojlari borligini to‘liq o‘rganish imkoniyatiga egadirlar. Bundan tashqari, bu agеntliklar mamlakatimizning xushmanzara hududlarini chеt ellarga rеklama qilishlari ham turistik agеntliklarga qaraganda osondir. Buning sababi, markеting tadqiqoti o‘tkazuvchi agеntliklarda ham tadqiqot o‘tkazish, ham rеklama uyushtirish uchun yеtarli darajadagi moddiy-tеxnika bazasining shakllanganligida o‘z ifodasini topadi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, agarda turistlarga mamlakatimizda mavjud turizm rеsurslari yеtarli darajada rеklama qilinsa, u holda turistlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi yanada ortadi. Bu esa turizm sohasida faoliyat ko‘rsatadigan kichik va xususiy biznеs sub’yеktlari salmog‘ini oshishiga olib kеladi. Ikkinchidan, turistik agеntlar bilan dam olish sanatoriyalari, mеhmonxonalar va kеmpinglar bеvosita aloqa o‘rnatishi kеrak19.


  1. Yüklə 0,89 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə