Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 78,4 Kb.
tarix25.06.2018
ölçüsü78,4 Kb.
#51731


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI



Tasdiqlayman”

O‘ZDK rektori

__________________

«___» _______2017 yil

Kelishildi”

O’zbekiston Respublikasi

Oliy va o‘rta maxsus

ta’lim vazirligi
____________________
«___» ________2017 yil


IXTISOSLIK” FANI


IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR DASTURI

VA BAHOLASH MEZONI

Kirish sinovida “Ixtisoslik” fani bo‘lgan barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun

(Ko‘zi ojizlar uchun)

(Bakalavriat)




Toshkent – 2017 yil

Dastur O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. 2017 yil “27” iyundagi “7” sonli majlis bayoni.


Tuzuvchilar:

O‘zDK “Halq cholg‘ulari” kafedrasi professor v.b. B.A.Mirpayazov










O‘zDK “An’anaviy ijrochilik” kafedrasi dotsenti N.D.Qodirov































Taqrizchilar:

A.Navoiy nomidagi DAKT bosh dirijyori, professor F.Yakubjonov










O‘zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi, professor R.Abdullaev








Kirish

Bakalavriat ta’lim bosqichiga kiruvchi abiturientlar uchun tuzilgan mazkur dastur – bakalavriat ta’lim yo‘nalishining barcha ixtisosliklari bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlarni olish uchun mo‘ljallangan.



Fanning maqsadi va vazifalari

Barcha yo‘nalishdagi ixtisoslik fanlari uchun tuzilgan mazkur umumiy dasturda qo‘yilgan asosiy maqsad - barcha ixtisoslik sinflarida ijodiy (kasbiy) imtihonlarni qay yo‘sinda olib borish va qanday uslublar bilan abiturient bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash haqida tavsiflar beriladi. Abiturientlarning umumiy tayyorgarlik darajasi, qobiliyati, aql zakovati hisobga olingan tarzda me’yoriy dasturni o‘zlashtirish ustida ish olib boriladi.

Ixtisoslik fanini o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - abiturientlar turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. Alohida e’tibor professional darajani mukammallashtirishga, ijrochilikning texnik rivojiga, artistik mahoratini rivojlantirish va yuqori badiiy saviyada tarbiyalashga qaratilishi kerak. Ixtisoslik fani yuzasidan talaba davr talabiga binoan dunyoqarashi keng bo‘lgan, ya’ni insoniyat madaniyati tarixi, rivojlanish pog‘onalari xususan, adabiyot va san’at sohasida teran fikr yuritish bilan birga, yangi paydo bo‘lgan kompyuterlar tizimidagi jahon musiqiy dasturlari yuzasidan ham tushuncha, tasavvur, bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart.
5150100 - BASTAKORLIK SAN’ATI
«Bastakorlik» mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirayotganlar uchun saralash maqsadida sinfda ijodiy ish bajarish ko‘zda tutilgan.

O‘qishga kiruvchi 5 soatgacha bo‘lgan vaqt mobaynida berilgan mavzu asosida kamer cholg‘u asari (kuy, prelyudiya, variatsiyalar va b.) yozishi shart.

«Bastakorlik» soxasi bo‘yicha o‘qishga kiruvchi quyidagi bo‘limlardan iborat tanlovli imtihon topshiradi:


  1. Sinf ishi,

  2. O‘z asarlarini ko‘rsatish,

  3. Kollokvium;

Sinf ishi

«Bastakorlik» mutaxassisligiga ariza topshirgan barcha abiturientlar bir paytda belgilangan sinfda to‘planishadi, ixtisoslik komissiyasi tomonidan takdim etilgan mavzularni chalib ko‘rishadi va o‘zlariga ma’qul bo‘lgan bittadan mavzuni tanlashadi. So‘ng, sinfda yoziladigan ijodiy ishni bajarish uchun maxsus ajratilgan sinflarga bo‘linishadi. O‘qishga kiruvchi 5 soat mobaynida mantiqan tugallangan asar yozgan bo‘lishi lozim. Mazkur sinf ishi ixtisos komissiyasiga taqdim etiladi.


O‘z asalarni ko‘rsatish

O‘qishga kiruvchi: professional ijodiy xunarga va obrazli mavzu mazmunini shakllantira olishidan dalolat beruvchi imkoniyatlarga egaligini ko‘rsatuvchi asarlarini chalib berishi shart. Imtihonga xalq qo‘shiqlari asosidagi kuylardan tortib, kamer – cholg‘u, vokal, xor va yakka (solo) asarlar taqdim etilishi mumkin.



Kollokvium

Kollokvium savol-javoblari:

a) eshitish qobiliyatini tekshirish;

b) o‘rta-maxsus ta’limning umumiy kursi darajasida elementar musiqa nazariyasi, cholg‘ushunoslik, musiqa adabiyotidan bilimlarni;

v) shakl va garmoniya nuqtai nazaridan kichik hajmdagi-sonatina, romans, kuy va b. asarlarni tahlil qilish qobiliyati kabilarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, kollokviumda abiturientning musiqa san’ati va boshqa san’at turlaridan, o‘zbek va chet el musiqasida ma’lum va mashxur asarlar, zamonaviy an’analar xaqidagi bilim darajasi qanday ekanligi bilib olinadi.


5150500 – DIRIJYORLIK (XOR DIRIJYORLIGI)
Xor dirijyorligi bo‘limiga kiruvchilar uchun ijodiy imtihon komissiya tarafidan taklif etilgan a-kapella asarini 15 daqiqa ichida xor bilan ishlashni o‘z ichiga oladi.

  1. Xor bilan ishlash uchun asarlarning namunaviy kiyinligi:

  • I.S.Bax – “Serdtse molchi”.

  • M. Burxonov - “Sari kuxi baland”

  • S.Taneev – “Serenada”

  • B. Umidjonov – «Diliman», «Illila yor», «Lapar».

  • P.Chaykovskiy – «Nochevala tuchka zolotaya»




  1. Mutaxassislik buyicha kirish imtixonlari kuyidagi bulimlardan tashkil topadi:

  • Dasturni ijro etish

  • Kollokvium

  • Solfedjio va garmoniya (ogzaki)

  • Fortepiano

Dasturni ijro etish:

Kiruvchi bajarishi shart:

- ikkita temp va xarakteri bir biriga kontrast bo‘lgan xor asarini dirijyorlik qilib berish (bittasi a-kapella xori uchun, ikkinchisi jurnavoz bilan). Shulardan biri O‘zbekiston kompozitorlarining asarlari bulishi kerak;

- fortepianoda yoddan maxsus tayyorlab kelgan a-kapella xor partiturasini ijro etish;

- maxsus tayyorlangan partiturani taktlashtirgan xolda ovozlardan birini gorizontal buyicha va akkordlarning ketma-ketligini vertikal buyicha yoddan kuylab berish.

Dirijyorlik kilish uchun asarlarning namunaviy ro‘yxati:

I.Arkadelt - Ave Mariya

F.Anerio- Motet

I.Brams – V nochnoy tishi

Burxanov M. - Yorlarim, Bibiul, Zarra-gul, Sari kuxi baland, Sayra, Guzal kizga, Ayrilik.

Yegorov A. - Qo‘shiq

Kalinnikov V. - Javoronok, Zima, Kondor

Kyui S. - Zasvetilos vdali, Usnulo vse

Lasso O. - Tik - tak, Exo

Mendelson F. - Les, Predchuvstvie vesnы

Prosnak K. - More

Pulenk F. - Grust

Sviridov G. - Vecherom sinim, Povstrechalsya sыn s ottsom

Sokolov A. – Povyan, povyan bur-pogodushka

Sveshnikov A. - Kak poydu ya na bыstruyu rechku

Taneev S. - Venetsiya nochyu, Sosna

Chesnokov P. – Ne tsvetochek v pole vyanet, Elfы

Chaykovskiy P. – Nochevala tuchka zolotaya, Solovushka

Umidjanov B. - Diliman, Illila yor, Kora soch, Lapar, Komuzchi, Guzal

Shuman R. – Nochnaya tishina

Shubert F. – Lyubov, Vechernyaya zvezda

Shedrin R. – A. Tvardovskogo so‘ziga to‘rtta xor



b) Jo‘rnavozlik xor uchun

Akbarov I. – Muborak

Ashrafi M. – «Bo‘ron», «Dilorom» operadlaridan xorlar.

Bize J. «Karmen» opersidan xorlar

Borodin A. – Introduktsiya, «Slava» xori «Knyaz Igor» operasidan

Brams I. – Sigancha qo‘shiq.

Burxanov M. – Alisher Navoiga qasida

Vagner R. – «Loengrin» operasidan to‘y xori

Verdi Dj. – «Aida», «Rigoletto», «Trubadur» operalarining aloxida xorlari.

Gendel G. «Samson» oratoriyasidan xorlar.

Glinka M. – «Ivan Susanin», «Ruslan i Lyudmila» operalarining alohida xorlari.

Dargomыjskiy A. – «Rusalka» operasidan xorlar

Motsart V. – «Svadba Figaro», «Idomeney» operalaridan xorlar

Nasimov M. – «Dilbarim» syuitasidan xorlar

Sviridov G. – «Poema pamyati S.Yesenina» kantatasidan xorlar

Sadikov T., Glier R. - «Leyli i Medjnun» operasidan xorlar.

Raxmaninov S. - Kak volnost vesel nash nochleg, Ogni pogashenы

(«Aleko» operasidan)

Rimskiy-Korsakov N. – «Snegurochka», «Sadko», «Sarskaya nevesta» operalaridan xorlar.

Radjabiy Yu., Mushel G. – «Farxod va Shirin» operasidan xorlar.

Chaykovskiy P. – «Yevgeniy Onegin», «Pikovaya dama» operalarining aloxida xorlari

Yudakov S. – Xorы iz kantat «Mirzachul», «Muborakbod», «Mening vatanim» kantatalaridan, ix operы «Maysaraning ishi» operasidan xorlar.

Shuman R. – Sыgane

Kollokvium

Abiturientning kasbiy tayyorgarlik darajasini aniqlab beruvchi savollar kiritilishi kerak:

- o‘z mutaxassisligi bo‘yicha adabiyotlarni, jumladan xorshunoslikni bilishi;

- maktabda dars berish uslubiyotining asosiy xolatlarini va xavaskorlik xori bilan ishlash bilimlarini;

- musiqa bilim yurti hajmida musiqa adabiyoti dasturini;

- 4 qatorli murakkab bo‘lmagan xor partiturasidan biron bir ovozni kuylab berishni;

Bulardan tashqari, kiruvchilar imtihonda ijro etilgan biron bir asarni mazmuni, uslubi va ijrochilik vositalarini taxlil qilib berishlari kerak.

Mutaxassislikdan kollokvium topshirish uchun kerak bo‘lgan xorshunoslik va xor adabiyoti bo‘yicha olinadigan bilimlarning adabiyotlari ro‘yxatini bilishlari kerak.



5150600 – VOKAL SAN’ATI (AKADEMIK XONANDALIK)
Kiruvchi komissiyaga quyidagi asarlarni taqdim qilish kerak:

- 2 ta klassik ariya;

- romans;

- xalq qo‘shig‘i.

«Akademik xonandalik» mutaxassisligi bo‘yicha kiruvchilar

Taxminiy repertuar ro‘yxati

SOPRANO

Ariyalar

Bax I.S. - «Magnifikat»dan ariya

Gendel G. - «Kserks» operasidan rechitativ va ariya

Gendel G. - Ariya «Va godendo»

Dargomыjskiy A. - «Rusalka» operasidan Natasha solosi (1 p.)

Motsart V. - «Svadba Figaro» operasidan Syuzanna ariyasi

- «Svadba Figaro» operasidan Grafinya kavatinasi

- «Svadba Figaro» operasidan Kerubino ariyasi «Voi che sapete»

Rimskiy-Korsakov N. - «Sadko» operasidan Volxova allasi

Yudakov S. - «Maysaraning ishi» operasidan Oyxon ariyasi

Yusupov M. - «Xorazm qo‘shig‘i» operasidan Dildor ariozosi

ROMANSLAR

Ippolitov-Ivanov - Vesnoy

Motsart V. - Vы Ptichki, kajdыy god

Glinka M. - Yesli vdrug sred radostey

Raximov X. - Sevimli yorim

Sodikov T. - Bahor

Gienko B. - Ruboi

- Tы menya ostavil, Djemi



MESSO – SOPRANO

Ariyalar

Bax I.S. - 106- kantatadan ariya

Glinka M. - «Jizn za tsarya» operasidan Vanya qo‘shig‘i

Rimskiy - Korsakov N. - «Snegurochka» operasidan Lelning 3-qo‘shig‘i

Dargomыjskiy A. - «Kamennыy gost» operasidan Lauraning 2 ta qo‘shig‘i

Djalilov T., Brovtsыn B. – «Tohir va Zuhra» operasidan Mohim qo‘shig‘i



ROMANSLAR

Motsart - Pesnya staruxi

Kyui S. - Sarskoselskaya statuya

Dargomыjskiy A. - «Ya vsyo yeshyo yego, bezumnaya, lyublyu»

Burxonov M. - Bahor qo‘shig‘i

Akbarov I. - Alla



TENOR

Ariyalar

Verdi Dj . - «Bal – maskarad» operasidan Rikardo romansi

Motsart V. - «Basten i Bastena» operasidan Basten ariyasi

Chaykovskiy P. - «Yevgeniy Onegin» operasidan Trike kupletlari

Ashrafiy M. - «Dilorom» operasidan Ulug Xuja qo‘shig‘i

Zokirov D, Zeydman B. - «Zaynab va Omon» operasidan Omon ariyasi



ROMANSLAR

Raxmaninov S. - Son

Ramazonov Sh. - Yor kelur

Raximov X - Sevaman seni



BARITON

Ariyalar

Gaydn I. - «Vremena goda » oratoriyasidan Simon ariyasi

Motsart V. - «Svadba Figoro» operasidan Figaro ariyasi

Rubinshteyn A. - «Demon» operasidan Demon romansi

Kaldara A. - Arietta «Sebben crudele»

Yudakov S. - «Maysaraning ishi» operasidan Xoji-Darga ariyasi

Ashrafiy M. - «Bo‘ron» operasidan Bo‘ron ariozosi

ROMANSLAR

Shuman R. - Na chujbine.

Dargomыjskiy A. - Ya vas lyubil.

Jalil S. - Pari ruyim.

Mansurov A. - Armonlar qoldi.

BAS

Ariyalar

Verdi Dj. - «Simon Bokkanegra» operasidan Fiesko romansi

Motsart V. - «Don Juan» operasidan Leporello solosi

Motsart V. - «Volshebnaya Fleyta» operasidan Zarastro ariyasi

Yudakov S. - «Maysaraning ishi» operasidan Qozi ariyasi

ROMANSLAR

Glinka M. - Zabudu l ya

Shubert F. - Morskaya tish.

Boboev S. - Ko‘zlarimga nega ko‘rinding?

Nasimov M. - Yuragimni sezarsan.
5150600 – VOKAL SAN’ATI «AN’ANAVIY XONANDALIK»
1. O‘zbek xalq ashulalari yoki bastakorlar ijodiga mansub asarlardan biri. Masalan: “Ko‘rsatmagay”, “Naylayin”, “Munojot”, “Tanovor”, “Yor istab”, Mustaxzod”, “Topmadim”, “Koshki”, “Otmagay tong”, “Aylagach”, “Ey sabo” va boshkalar.

2. Voxalarga mansub ashulalardan biri. Masalan: “Ko‘cha bog‘i 1 - 2”, “Girya 1-2”, Fig‘on 1-2”, “Adoiy va Asiriy”, “Miskin”, “Suvora”, “Savti suvora” va boshqalar.

3. Shashmaqom yoki Toshkent - Farg‘ona yoki Xorazm maqom ashulalaridan biri. Masalan: Sarahbor yoki Talqin yoki Nasr taronalari bilan, Savt yoki Mug‘ulcha shaxobchalari bilan, Dugoh Xusayni I-V, Bayotlar, Chorgohlar va h.k.

4. Kollokvium mutaxassislikka oid turli savollar (nazariy va amaliy) yuzasidan suxbat.


5150600 – VOKAL SAN’ATI «ESTRADA XONANDALIGI»
Mutaxassislik bo‘yicha tanlov imtixoni quyidagi bo‘limlardan iborat:

a) dastur ijrosi – 20 daqiqagacha:

b) kollokvium (suxbat)

Dastur ijrosi 5 ta asardan iborat:


  1. Vokaliz (F.Abt, G.Zeydler)

  2. O‘zbek kompozitorlari yaratgan klassik estrada asari (M.Burxonov, I.Akbarov, M.Leviev, D.Zokirov, S.Yudakov, Sh.Ramazonov, H.Izamov, E.Salixov).

  3. Zamonaviy o‘zbek kompozitorlarining estrada asari (D.Omonullaeva, A.Mansurov, A.Ikramov, N.Norxo‘jaev, A.Rasulov, D.Ilyosov, F Zokirov, Yu.Usmonova).

  4. Mashhur chet el estrada yulduzlari dasturidagi 2-ta estrada asari (rus, ingliz, frantsuz, italyan, turk, arab, fors tillarida).

Talab qilingan dasturda 1 ta asar yakka jo‘rsiz «a capella» ijrosida bo‘lishi shart: bitta asar oranjirovka «minus» jo‘rligida: 2 ta asar fortepiano jo‘rligida bo‘lishi shart.

Kollokvium talablari.

Kollokviumda abiturient o‘zining umumiy madaniy darajasini, musiqiy dunyoqarashini kengligini namoyish eta olishi, O‘zbekistonning mustaqil davrida estrada san’atining rivoji masalalari bo‘yicha qabul qilingan qaror va farmonlarini bilishi shart.



Talab etiladigan savollar doirasi:

  • o‘zbek estrada san’atining eng yorqin namoyondalari ijodi (xonandalar, bastakorlar),

  • chet el estrada xonandalik san’ati yulduzlari,

  • O‘zbekistonning zamonaviy musiqiy madaniy xayoti,

  • elementar musiqa nazariyasi bo‘yicha savollar.

Kollokvium:

Kollokviumda quyidagilar aniqlanadi:

Abiturentning estrada va jaz soxasidagi bilimlari darajasi; adabiyot va san’at bo‘yicha umumiy eruditsiyasi; davlat mustaqilligidan keyingi davrdagi O‘zbekistonda estrada san’atining rivojlanishiga doir asosiy xujjatlardan xabardorligi.
5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (FORTEPIANO (organ))
Konservatoriyaga kiruvchi abiturientlarning kirish imtihonlari 2 qismdan tashkil topadi. 1- dastur ijrosi, 2- kollokvium.


  1. Ijro etiladigan dastur o‘zining murakkabligi bo‘yicha o‘rta maxsus bilim yurtlari hamda o‘rta maxsus musiqa maktablarining bitiruv darajasiga mos kelishi kerak.

a) O‘z tarkibiga fuga janrini kiritgan bir polifonik asar. Iloji boricha, I.S. Baxning “Yaxshi temperatsiyalangan klavir” turkumidan prelyudiya va fuga bo‘lishi kerak;

b) Mumtoz sonata yoki kontsertning 1 yoki 2-3 qismlari;

g) Erkin shaklda bir asar. (Romantik kompozitorlardan tortib zamonaviy kompozitorlarning asarlarigacha. Masalan, F. Shopenning ballada, skertso va boshqa pesalari, F.List, I.Brams, F.Shubert, K.Debyussi, M.Ravel, Detyuyi, Barber, P.Xindemit, N.Zokirov, S.Karim-Xoji kabi kompozitorlarning rapsodiya va boshqa asarlari;

d) Ikki xarakatli etyud: Shopen, List, Raxmaninov, Skryabin, Debyussi, Prokofev, Stravinskiy va boshqalar.

e) Izoh: Etyudlardan biri Prokofev, Chernining “Tokkata”lari, B.Bartokning «Allegro Barbara», S. Raxmaninovning Musiqiy lahzalari va prelyudiyalari singari xarakatchan asarlari bilan almashtirilishi mumkin.


  1. Kollokvium.

a) Abiturientning kasbiy tayyorgarligi darajasini, ijro etayotgan asar haqida – janr, shakl, davri, ijodi, uslubiy xususiyatlari bo‘yicha bilimlarni aniqlovchi savollar.

b) Abiturientning umumiy bilim saviyasini, adabiyot va san’at sohasidagi ilmini aniqlovchi savollar.


5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (TORLI ChOLG‘ULAR)

Qabulda qatnashayotgan abiturient musiqa bilim yurti va maxsus musiqa maktablarining bitiruv dasturlari saviyasidagi asarlardan quyidagilarni puxta ijro etishi lozim.



SKRIPKA

-komissiya talabiga muvofiq gamma

-turli texnik vositasida ijro etiladigan ikkita etyud

-turli kayfiyatdagi kichik shakldagi ikki asar (sokin va serxarakat).

-I.S.Baxning sonata va partitalaridan turli kayfiyatdagi ikki qism.

-Kontsert asarining birinchi yoki ikkinchi va uchinchi kismlari.



ALT

-ikkita gamma (major va minor)

-turli texnik vositasida ijro etiladigan ikki etyud

-turli kayfiyatdagi kichik shakldagi ikki asar (sokin va serxarakat)

-I.S. Baxning violonchel uchun syuitalaridan yoki skripka uchun sonata va partitalaridan alt uchun ko‘chirilgan turli tomdagi (cokin va serxarakat) ikki qism.

-Alt uchun yaratilgan sonatadan turli temadagi ikki qism yoki kontsert asaridan I – yoki II –va III qismlar.



VIOLONChYeL
-ikki gamma (major va minor)

-turli texnik vositada ijro etiladigan ikki etyud

-turli kayfiyatdagi kichik shakldagi ikki asar

-kontsert shaklidagi asarning I – yoki II va III qismlari

-I.S.Baxning syuitalaridan turli kayfiyatdagi ikki qism.

KONTRABAS

-gamma (sokin tempda)

-turli texnik vositada ijro etiladigan ikki etyud

-kichik shakldagi bir asar

-sonata yoki kontsert shakldagi asarning I yoki II - III qismlari.

Kollokvium
Abiturientning mutaxassislik adabiyot, san’at va umumiy bilim saviyasini bildiruvchi savollar.

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) “Yog‘och-damli cholg‘ular”

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) “Mis-damli va zarbli cholg‘ular”


  1. Kiruvchilar barcha xildagi: major, minor, xromatik gammalarni, D7, Kich. VII7 chaqqon tempda ijro etishlari lozim. Gammalarni turli shtrixlarda ijro etishlari shart.

  2. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi. Etyudlar komissiya tomonidan tanlab beriladi.

  3. Yirik asar va pesalar: Syuita, sonata, variatsiya, fantaziya, rapsodiya, kontsert va pesalar

  4. Kollokvium (mutaxassislik fanlariga oid savollar)

FLEYTA:

a) 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: N.Platonov – 30 etyud, 24 – etyud, Yu. Yagudin – 24 etyud, 20 etyud, ekelleo – etyudlar, I - II daftarlar.

b) Pesalar, masalan: D. Omonullaeva – Pamir eskizi, A. Kozlovskiy - Zarg‘aldok (Ivolga), G. Mushel – Syuita № 1, № 2, Ariya va Arabeska, F. Yanov – Yanovskiy – Vals, A. Malaxov – Kontsert Allegrosi, V. Saparov – Tokkato, Pastoral, T. Qurbanov - Pesa, Fore – Sitsiliana, Glier – Melodiya, Rakov – 3 pesa.

v) Yirik asarlar, masalan : G. Mushel – Sonatina, X. Glyuk–kontsert, Teleman - Sonata Fa major, F. Bax – Sonata lya minor, Vivaldi – kontsert Sol major, I. Gaydn – kontsert – Re major, M. Gaydn kontsert Re major, K. Stamits – kontsert sol major, Rozetti – kontsert Re major.



GOBOY:

  1. 5ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan:

L. Videman - 37 etyud, Ferling – 18 etyud, Lyuft – 24 etyud;

  1. Pesalar, masalan: T. Qurbanov – Rondo, G. Mushel – Gulnora raqsi, o‘zbek xalq kuyi «Qashqarcha». T.Sodiqov – Baxor, S. Vasilenko – Tongdagi qo‘shiq, R. Glier – Andante, Skryabin – Orzular, Chaykovskiy- G‘amgin qo‘shiq Motsart – Menuet .

  2. Yirik asarlar masalan: I. Gaydn – kontsert II-III qism, Vivaldi – kontsert Do major , lya minor, Chimorozo – kontsert I-II qism , Marchello – kontsert I-qism, Gendel – kontsert Si bemol major III-IV qism .

KLARNET

  1. 5ta tayyorlangan etyudlardan 2tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: K. Berman- etyudlar IV-qism, R. Shtark- 24 etyud , Kloze – xarakter etyudlar, A. Shtark –24 etyud, A.Regi - 24 etyud , F. Krepsh - etyudlar, B. Dikov- etyudlar, V. Petrov - tanlagan etyudlar, Pere- etyudlar .

2. Psalar masalan: M. Bafoev - Lirik xikoya, P. Xalikov - Skertso, F. Yanov – Yanovskiy - Monolog, F. Nazarov- Syuita, A. Ergashev - Sharq kaprichiosi, S. Boboev – Rapsodiya, S. Taneev - Kantsona, Rabo - Konkursnoe solo, A. Messaje -konkursnoe solo, L. Perminov - Ballada.

3. Yirik asarlar, masalan: Veber - kontser №1, №2, kontsertino, katta kontsert dueti, Kramarj – kontsert, E. Gabler - kontsert №1, №2, P. Xalikov-kontsertino, K. Stamits – kontsert, Medыn - kontsert, Vasilenko - kontsert, Verdi- Bassi- kontsert fantaziya, N. Rakov- kontsert fantaziya, F. Pulenk- sonata.



SAKSOFON

  1. 5ta tayyorlangan etyudlardan 2tasi nota bilan ijro etiladi.

2. 2ta turli xarakterdagi pesa.

3. 1ta yirik asar. (1-yoki 2-3- qism).



FAGOT

  1. 5ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan:

Milde - etyudlar, Vaysenborn- etyudlar, Djampieri- etyudlar.

  1. Pesalar, masalan: S. Jalil- Yumoreska, T. Kurbonov - Rechitativ, Chernov- Sertso, Debyussi- 5 pesa, klassik pesalar to‘plami, M. Ashrafiy - so‘zsiz qo‘shiq.

3. Yirik asarlar masalan: Teleman - sonata, Vivaldi - sonata,

Sen–Sans - Sonata, Tansman – Sonata, E. Bozza – Rechitativ –Sitsiliana va Rondo, Fantaziya; Dvarionos – Variatsiya, Veber – variatsiya, Veber – kontsert, Venger fantaziyasi, Vivaldi – kontsert, Buamorte – kontsert, Bax – Kontsert, Motsart – Kontsert.



VALTORNA

  1. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: Kaprash – etyudlar I – daftar 10 nomerdan, Kling - 40 etyud.

  2. Pesalar, masalan: S. Raxmaninov – Elegiya A.Glazunov – Orzu, I. S. Bax – Ariya. A.Paxmutova – Noktyurn, Kofron Sonatina. Loreni – Elegiya, B.Gienko – Romans, T. Kurbonov – Balllada.

  3. Yirik asarlar, masalan: Sen-Sans - kontsert pesasi, I. Gaydn - kontsertino, V. Shebalin kontsertino, Motsart- kontsertlar, R.Shtraus- kontsert № 1, B. Asafev - Variatsiya.

TRUBA

1. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: Brand - etyudlar, Balasanyan - etyudlar, Vurm - etyudlar, Arban - etyudlar, Usov - etyudlar, Ginetsinskiy - etyudlar.



  1. Pesalar masalan: Pesalar to‘plami - Tabakov va Orbid redaktsiyasida. Karim-Xoji – Elegik poema, Qurbonov - Oda, B. Gienko- Syuita, Enesku - Afsona, Botstsa - Qishloq tasviri.

  2. Yirik asarlar, masalan – A.Aratunyan –Kontsert, Y.Gaydn – Kontsert, S. Karim-Xodji – Kontsert, Y.Gummel – Kontsert, J.Arban – Venetsiya karnavali,

TROMBON

1. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi,

masalan: Reyxe - etyudlar, Blajevich - Trombon uchun maktab, B. Grigorev - tanlangan etyudlar, Trombon uchun xrestomatiya.

2. Pesalar, masalan: Blajevich – Eskiz № 5 Gendel-Adajio,

Arioza, Sen-Sans - Kavatina, Kalinkovich - Elegiya, Gilman -Simfonik pesa, Qurbonov - Rondo, S. Varelas - Rekviem, Ballada, Passakalya.

3. Yirik asarlar, masalan: Blajevich-kontsert №2 Novakovskiy-kontsertino, David - kontsertino, Reyxe - kontser № 1, № 2, Knop-variatsiya va polonez, N. Rileskiy – Korsakov - kontsert.



TUBA

1. 5 ta tayyorlangan etyudlardan 2 tasi nota bilan ijro etiladi, masalan: Blajevich - 70 etyud, Grigorev - etyud, «Tuba uchun maktab».

2. Pesalar, masalan: K. Veber - Romans, A. Berlin - Vals, N. Rakov- Vokaliz, Kuprevich - Skertsino, K. Sen-Sans - Kavatina.

3. Yirik asarlar, masalan: Blajevich - kontsert №2 II - qism, David - Kontsertino II – III - qism, Novakovskiy - Kontsertino, Marchello - sonata I – II - qism.



ZARBLI ChOLG‘ULAR

1. Ksilofon-Marimba: Gammalar, etyudlar (2ta) texnik asarlar (Motsart - «Figaro to‘yi», Rzaev – kontsert va boshqa asar;

2. Vibrafon: Pesalar - Bax – Ave Mariya va boshqa asarlar.

3. Kichik baraban: 10 tayyorlangan etyudlardan 1 ta masalan: Osadchuk-60 etyud, Kupinskiy-«Zarbli cholgular uchun maktab» Pesa 1 ta, masalan: Paliev - kontsert etyudi, Chardjer - «SOLO».

4. Litavra: Pesalar – 1 ta masalan: Minetin - «Timpo-lero» yoki boshqa asarlar.

5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI)

«Mizrobli xalq cholg‘ulari»

5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI)

«Kamonli o‘zbek xalq cholg‘ulari»

5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI)

«Damli va urma xalq cholg‘ulari»

Mutaxassislik (cholg‘u ijrochiligi bo‘yicha) har bir abiturientning ijro dasturi uchta musiqiy asardan iborat bo‘lishi lozim:

1. O‘zbek xalq musiqasi,

2. O‘zbekiston va xamdo‘stlik davlatlari kompozitorlarining asari.

3. Yirik shakldagi asar (sonata uslubiga oid kontsert, sonata, fantaziya, uvertyura, rapsodiya) qabul xay’atining xohishiga ko‘ra asarning to‘liq yoki birinchi yoki ikkinchi-uchinchi qismlari ijro etiladi.

Abiturientning dirijyorlik qobiliyatini, texnikasini va musiqiy sezgirlik tomonlarini aniqlashga xos bitta musiqiy asar fortepiano jo‘rligida dirijyorlik etib berilishi talab etiladi. Kollokvium (savol-javoblar)

Abiturientlarning dunyoqarashini, mutaxassislik va dirijyorlik doirasidagi musiqiy-nazariy bilimlarini aniqlash, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy voqe’liklar, taraqqiyot yo‘lida amalga oshirilayotgan muhim tadbirlar, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha erishilgan yutuqlar, milliy kadrlar tayyorlashdagi islohatlar, qabul etilgan qarorlarning mohiyati va boshqa mavzudagi savollarga javob berish talab etiladi.

5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (AN’ANAVIY ChOLG‘ULAR)

1. Xalq kuylari yoki bastakorlar ijodlariga mansub musiqiy asarlardan biri.

2. Shashmaqom cholg‘u bo‘limidan Tasnif, Tarje’, Gardunlardan yoki Muxammaslardan biri.

3. Voxalarga mansub cholg‘u yo‘llaridan biri. Masalan: “Mushkiloti Dugox”, “Mushkiloti Segox”, “Surnay navosi”, “Surnay Irog‘i”,”Nasrulloi”, “Navruzi Ajam”, “Ajam” va uning taronalari va boshqalar.

4. Kollokvium mutaxassislikka oid turli savollar (nazariy va amaliy) yuzasidan suxbat.

5150700 - ChOLG‘U IJROChILIGI (ESTRADA ChOLG‘ULARI)

«Estrada cholg‘ulari» bo‘limiga kiruvchilar uchun dastlabki ijodiy tanlovga yakka dasturning 15 minutgacha bo‘lgan bir qismi (abiturient xohishiga qarab) kiradi.

Mutaxassislik bo‘yicha tanlov imtixoni kuyidagi bo‘limlaridan iborat:

1.Dastur ijrosi.

2.Kollokvium

Dastur ijrosi:
DAMLI ChOLGULAR

(truba, tormbon, saksafon, fleyta, klarnet)

1.Tayyorlangan 5 –ta etyuddan biri

2.Fortepiano jurligida sonata yoki kontsertning 1 –2 kismi

3. 2 – ta estrada yoki jaz kuylari

4.Komissiya xohishiga qarab gammalarning barcha turi D 7, Um VII 7.

Izox: Truba cholg‘usi uchun ,,do“, ,,mi bemol“, ,,lya“ kronalarida transport qilishni bilish. Fleyta, klarnet cholg‘ulariga kirayotgan abiturientlar saksafon cholg‘usida kuy chalish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.



ZARBLI ChOLG‘ULAR

a) vibrafon va kislofon:

- major va minor gammalari, arpedjio, etyud

- fortepiano jo‘rligida syuita, kontsertning 1 – 2 qismi, yoki 2 ta virtuoz kuy.

- 1- 2 estrada yoki jaz kuyi.

b) Urma cholg‘ular jamlamasi (udarnaya ustanovka)

- fortepiano jo‘rligida 1 – ta estrada yoki jaz kuyi.

- asosiy texnik elementlar (rudimentlar)

- fortepiano jurligida jaz va rok – musikaning turli yunalishlarida yozilgan ritmik kombinatsiyalarni ijro etish (,,sving“, ,, bit “ va boshqa)



FORTEPIANO

1.Polifon asar.

2.Virtuoz etyud.

3.Yirik shakldagi asar.

4.2-ta eatrada yoki jaz kuyi.

5. – sm. 5p. ,, damli chogular “



GITARA

1.Akustik gitarada 2 –ta etyud

2.Sonata, kontsertning 1 – 2 kismi yoki 2 – ta virtuoz kuyi.

3.1 – 2 estrada yoki jaz kuyi

4. sm. 5p «damli cholgular»

BAS GITARA YOKI KONTRABAS

1.Virtuoz etyud

2.Sonata, kontsertning 1–2 kismi yoki 2-ta virtuoz kuyi

3.1-2 estrada yoki jaz kuyi.

4. Major va minor gamma va arpedjio (2-3 oktava diapazonida)

5. sm. 5p «damli cholg‘ular»



Kollokvium

Kollokviumda quyidagilar aniqlanadi:

Abiturentning estrada va jaz soxasidagi bilimlari darajasi; adabiyot va san’at bo‘yicha umumiy eruditsiyasi; davlat mustaqilligidan keyingi davrdagi O‘zbekistonda estrada san’atining rivojlanishiga doir asosiy hujjatlardan xabardorligi.

5151400 - TEXNOGEN SAN’AT (MUSIQIY OVOZ REJISSYORLIGI)



«Musiqiy ovoz rejissyorligi» ixtisosligi bo‘yicha qabul qilinadigan abiturientlar o‘rta musiqiy ma’lumot asosida musiqa san’atining hamma turlari bo‘yicha yetuk bilimga ega bo‘lishlari, musiqa san’atining sir asrorlarini har jihatdan o‘zlashtirgan bo‘lishlari, musiqa janrlarini yaxshi bilishlari, klassik va hozirgi zamon musiqa yo‘nalishlarini tahlil qila olishlari, eshitilgan (fonogramma) kuylarni – orkestr, ansambllarning turlarini, undagi sozlarni bilishlari lozim. Musiqiy mavzuni, muvozanatni, cholg‘ulashtirilganligini, ijro sofligini ajrata bilishlari lozim. Musiqa va teatr san’atini rivojlantirish tug‘risida qabul qilingan Davlat karorlari va buyruqlari bilan tanish bo‘lishlari kerak.

Shu bilan bir qatorda ovoz rejissyorligi kasbi haqida tushunchasi, ovoz rejissyorligining ish jarayoni va yo‘nalishlari, fizika va akustika fanidan tovush haqidagi bilimlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari (kompyuter musiqasi texnologiyalari) bo‘yicha malakasi, texnika sohasiga qiziqish va intilishi - bilimlari orqali aniqlanadi.



I tur

Abiturientni imtihon qilish quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

1. Ko‘rgan narsani esda saqlab qolish qobiliyatini sinab ko‘rish mashqlari (miksher pultida);

2. Turli chastotalarni eshitish va ajratish qobiliyatini aniqlash;

3. Eshittirilgan ovoz yozuvini (fonogramma) tahlili (ijro sofligi, nuqsonlarni aniqlash, orkestr, ansambl turlari, undagi sozlar;

4. Bir yo‘la turli ovozlarni eshita bilish qobiliyati.

II tur

Ovoz rejissyorligining ish jarayoni va yo‘nalishlari, fizika va akustika fanidan tovush haqidagi bilimlari, texnika sohasi bo‘yicha qiziqish va intilishlari quyidagi mavzular orqali aniqlanadi:

1. Ovoz rejissyorligi mutaxassisligi haqidagi tushunchasi.

2. Ovoz yozish tarixidan (Iz istorii zvukozapisi).

3. Tovushning fizik tafsiloti (Priroda zvuka).

4. Inson eshitishining chastotaviy chegaralari.

(Chastotnыy diapazon chelovecheskogo sluxa).

5. Tovush kuchi va bosimi (Sila i davleniya zvuka).

6. Ijroning dinamik diapazoni.

7. Inson eshitishining o‘ziga xos xususiyatlari.

(Naturalnыe osobennosti chelovecheskogo sluxa i yedinitsы izmereniya).

8. Ovoz yutuvchi va qaytaruvchi materiallar haqida tushuncha.

9. Musiqiy tovushlar va shovqinlar. (Muzыkalnыe zvuki i shumы).

10. Musiqiy muvozanat (Muzыkalnыy balans).

11. Mono va stereo (yozuv) haqida tushuncha.

12. Kompyuter musiqasi texnologiyalari.

13. Soha bo‘yicha erkin mavzu.

BAHOLASh MEZONLARI
Fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari o­g‘zaki shaklda o‘tkaziladi. Abiturientning ijodiy asar, ijro dasturini bajarish darajasi 5 ballik baholash tizimi bo‘yicha baholanadi.
5150100 – BASTAKORLIK SAN’ATI

5150500 – DIRIJYORLIK (XOR DIRIJYORLIGI)

5150600 – VOKAL SAN’ATI (AKADEMIK XONANDALIK)

5150600 – VOKAL SAN’ATI (AN’ANAVIY XONANDALIK)

5150600 – VOKAL SAN’ATI (ESTRADA XONANDALIGI)

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (FORTEPIANO (organ))

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (TORLI ChOLG‘ULAR)

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) «Yog‘och-damli cholg‘ular»

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (PUFLAMA VA ZARBLI ChOLG‘ULAR) «Mis-damli va zarbli cholg‘ular»

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Mizrobli xalq cholg‘ulari»

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Kamonli o‘zbek xalq cholg‘ulari»

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (XALQ ChOLG‘ULARI) «Damli va urma xalq cholg‘ulari»

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (AN’ANAVIY ChOLG‘ULAR)

5150700 – ChOLG‘U IJROChILIGI (ESTRADA ChOLG‘ULARI)

5151400 – TYeXNOGYeN SAN’AT (MUSIQIY OVOZ REJISSYORLIGI)



«Fan bo‘yicha: Maksimal baho – 5 baho

Minimal baho – 2 baho

«5» baho

Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida to‘laqonli bilimga ega bo‘lgan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga to‘la mos kelganda, asar texnik va badiiy jihatdan yuqori saviyada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni xatosiz bajarganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qilganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari yuqori badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi. Talabaning musiqa nazariyasini bilish qobiliyati yorqin namoyon bo‘lishi kerak.



«4» baho

Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega bo‘lgan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga mos kelganda, asar texnik va badiiy jihatdan past darajada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qila olmaganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari yaxshi badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi.



«3» baho

Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega bo‘lgan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga mos kelganda, asar texnik va badiiy jihatdan past darajada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni bajarishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qila olmaganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari o‘rta badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi.



«2» baho

Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega Abiturient ixtisosslik fanidan o‘quv dasturi doirasida tayanch bilimga ega bo‘lmagan holda, ijro etilgan ijodiy asarlar qabul talablariga mos kelmaganda, asar texnik va badiiy jihatdan past darajada ijro etilganda, og‘zaki topshiriqlarni bajarishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda, musiqiy-nazariy qonuniyatlarni tahlil qilish, musiqiy-nazariy va amaliy ko‘nikmalarini namoyish qila olmaganda, shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari past badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi





Yüklə 78,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə