Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksi 
 
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 
 
O’zbekiston Respublikasi Qonunlari 
 
1. «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida»; 
2. «Qimmatli qog’ozlar bozorining faoliyat yuritish mexanizmi to’g’risida»; 
3. Aktsionerlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»; 
4. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»; 
5. «Chet el investorlarining kafolatlari va ularning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»; 
6. «Investitsiya faoliyati to’g’risida»; 
7. «Auditorlik faoliyati to’g’risida». 
 
O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy 
standartlari: 
 
8-sonli «Jamlangan moliyaviy hisobotlar va sho’ba xo’jalik yurituvchi : 
jamiyatlarida sarmoyalarni hisobga olish»; 
12-sonli «Moliyavi investitsiyalar hisobini yuritish»; 
17-sonli «Kapital qurilishda pudrat shartnomalari»; 
21-sonli «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati 
hisobvaraqlar rejasi» 
 
Korxona, tashkilot va muassasalarning hisob siyosatlari. 
 


 
27 
 
tashkil qilish zarurdir. 
Bizga  ma’lumki,  investitsiyalar  -  ma’lum  davr  davomida  iqtisodiy  foyda 
ko’rish  maqsadida  qo’yilgan  kapitalni  bildiradi.  Investitsiyalarning  tarkibiy  qismi 
bo’lgan  moliyaviy  investitsiyalar  bu  daromad  olish  va  asosiy  kapital  qiymatini 
ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida qisqa va uzoq muddatli investitsiyalarga 
ajratilgandir. 
Moliyaviy  investitsiyalar  hisobini  zamon  talablari  va  makon  amaliyoti 
talablari darajasida tashkil qilish uchun, avvalo ularni hisobga olishning vazifalari 
quyidagilardir: 
-uzoq  va  qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni  hamda  ular  bo’yicha 
olingan daromadlarni o’z vaqtida to’g’ri aniqlash; 
-uzoq  va  qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  uchun  ajratilgan 
mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; 
-moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga  olishda  BHMA  va  BHXAlarini  keng 
qo’llash; 
-uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalardan  olingan  daromadlarning 
korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash; 
-moliyaviy  investitsiyalardan  olingan  daromadlardan  byudjetga  tegishli 
qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, soliq kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri 
hisoblashni  tashkil  qilish,  byudjetga  tegishli  qismini  o’z  vaqtida  o’tkazishni 
ta’minlash; 
-uzoq  va  qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  hisobiga  kelib  tushgan 
mablag’lardan  korxonani  kengaytirish,  rivojlantirish  va  korxona  jamoasi  extiyoji 
uchun ishlatishni ta’minlash.  
Korxonalarda  moliyaviy  investitsiyalar  hisobi  yuzasidan  ko’pgina 
muammolar  tug’ilmoqda.  Quyida  ushbu  muammolarning  ba’zilariga  to’xtalib 
o’tamiz: 
1.  Qimmatli  qog’ozlarni  xarid  qilishda  ishlatiladigan  qarz  mablag’lari 
bo’yicha foizlar hisobi. 
Schyotlar  rejasini  qo’llash  bo’yicha  yo’riqnomada  xarid  qilib  olingan 


 
28 
 
qimmatli  qog’ozlar  qiymatiga  «xarid  qilingan  qimmatli  qog’ozlarni  buxgalteriya 
hisobiga  qabul  qilgungacha  ularni  xarid  qilishda  ishlatiladigan  qarz  mablag’lari 
bo’yicha  to’langan  foizlar»  ham  xarid  qilingan  qimmatli  qog’ozlar  qiymatiga 
(tannarxiga)  qo’shilishi  ko’zda  tutilgan.  Bunda  yuqorida  keltirilgan  tartibdan 
qo’yidagi  xulosaga  kelish  mumkin:  qarz  mablag’lari  bo’yicha  foizlarni  xarid 
qilingan qimmatli qog’ozlar qiymatiga qo’shish uchun, qarz mablag’lari qimmatli 
qog’ozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirgungacha ishlatilishi lozim. 
Bu  erda  qarz  mablag’larining  ishlatilishi  deyilganda,  qimmatli  qog’ozlar 
qiymatining to’lanilishi tushuniladi. Ammo, Moliyaviy investitsiyalar har bir turini 
baholash  va  qayta  baholash  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega.  Quyida  ushbu 
xususiyatlarning ayrimlariga to’xtalamiz.  
Qimmatli  qog’ozlarga  yo’naltirilgan  moliyaviy  investitsiyalar.  Ushbu  turdagi 
investitsiyalarni baholashda ikkita sana muhim rol o’ynaydi: 
 1.Sotib olish sanasi. 
 2.Keyingi sanalar. 
 Sotib  olish  sanasi  deganda,  qimmatli  qog’ozlarga  yo’naltirilgan  moliyaviy 
investitsiyalarni sotib olish, ya’ni ularni qabul qilib olish sanasi tushuniladi. 
 “Moliyaviy  investitsiyalarni  xarid  qilish  chog’ida,  ular  xarid  qiymati  bo’yicha 
baholanadi  va  bu  qiymatga  brokerlik  xizmati  uchun  to’langan  xaq,  bank  xizmati 
uchun to’lovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi. 
 
Masalan,  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  qimmatli  qog’ozlarni  sotib  oldi. 
Qimmatli  qog’ozlarning  sotib  olish  qiymati  500000  so’m,  brokerga  to’langan 
komission haq 15000 so’m.  
Qimmatli  qog’ozlarning  sotib olish uchun  brokerga 500000 so’m  pul to’langanda 
quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: 
Dt 0610 “Uzoq muddatli investitsiyalar” scheti     500 000 
       Kt 5110 “Hisob-kitob” scheti                               500 000 
Brokerga  to’langan  komission  haq  summasiga  quyidagi  buxgalteriya  provodkasi 
beriladi: 
Dt 0610 “Uzoq muddatli investitsiyalar” scheti     15 000 


 
29 
 
       Kt 5110 “Hisob-kitob” scheti                               15 000 
 Agar  investitsiya,  aktsiyalarni  emissiya  qilish  va  boshqa  qimmatli  qog’ozlar 
chiqarish  yo’li  bilan  to’laligicha  yoki  qisman  olinayotgan  bo’lsa,  u  holda  xarid 
qiymati  qimmatli  qog’ozlarning  nominal  qiymatiga  emas,  balki  chiqarilgan 
qimmatli  qog’ozlarning  joriy  qiymatiga  teng  bo’ladi.  Agar  investitsiya  boshqa 
aktivga  ayrboshlash  yo’li  bilan  to’la  yoki  qisman  olingan  bo’lsa,  u  holda 
investitsiya qiymati, topshirilgan aktivning joriy qiymatiga qarab aniqlanadi”
10
 
Agar  sotib  olish  sanasida  sotib  olish  qiymatiga  ma’lum  sanagacha  bo’lgan  davr 
uchun  hisoblangan  dividendlar  va  foizlar  xissasi  kiritilgan  bo’lsa,  qimmatli 
qog’ozlarga  yo’naltirilgan  investitsiyaning  balans  qiymati  o’tkazib  berilgan 
summadan  sotuvchi  tomonidan  bo’nak  sifatida  to’langan  foiz  va  dividentlar 
summasini chegirishdan keyin qolgan qiymatda aks ettirilishi lozim. Chunki, sotib 
olish  vaqtida  olingan  summa  va  sotib  olish  qiymati  o’rtasidagi  farq  investorning 
investitsiya  kiritgan  mablag’lari  uchun  avans  tariqasida  olgan  daromadi 
hisoblanadi.  Bu  avans  summa  investitsiyani  sotib  olishdan  to  qaytarilgunicha 
bo’lgan davrda investir tomonidan doimiy daromad sifatida bir maromda hisobdan 
chiqarib borilishi kerak. 
  
Keyingi sanalar deganda,  sotib olingandan  keyin balans sanalari  tushuniladi. 
Ushbu  sanalarda  qimmatli  qog’ozlarga  yo’naltirilgan  moliyaviy  investitsiyalar 
balansda  turli  qiymatda  baholanishi  mumkin.  Jumladan,  uzoq  muddatli  aktivlar 
sifatida tasnif etilgan investitsiyalar buxgalteriya hisobida: 
-xarid qiymati bo’yicha; 
-qayta baxolangan qiymati bo’yicha; 
-xarid va bozor qiymatining umumiy investitsiyalar usuli bo’yicha aniqlangan, eng 
kam bahosi bo’yicha xisobga olinadi. 
 Qisqa  muddatli  aktivlar  sifatida  tasnif  qilingan  investitsiyalar  buxgalteriya 
balansida: 
-bozor qiymati bo’yicha; 
                                                 
10
 12-сон “молиявий инвестициялар” номли БҲМС. ЎБАМА.2003й. 117 б. 


 
30 
 
-xarid qiymati  va  bozor  qiymati  kabi  ikki  qiymatning  eng  kami  bo’yicha  hisobga 
olinishi kerak 
11

 
Masalan,  1  aprelda  korxona  500,000  so’m  qimmatli  qog’ozni  sotib  oldi, 
bunda brokerga 2,000 to’landi. 
1 aprel 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə