Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


III-Bob. KAPITAL INVESTITSIYALAR HISOBI VA UNING



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

III-Bob. KAPITAL INVESTITSIYALAR HISOBI VA UNING 
AUDITI 
3.1. Kapital investitsiyalar hisobining vazifalari 
 Kapital  investitsiyalar  hisobining  vazifalari  kapital  investitsiyalar  ho’jalik 
yurituvchi  sub’ektlar  ishlab  chiqarish  faoliyatining  o’ziga  xos  shaklidir,  u  asbob-
uskunalarni  zamonaviylashtirish,  ichshlab  chiqarish  ob’ektlari  va  bevosita  ishlab 
chiqarish  bilan  bog’liq  bo’lmagan  ob’ektlarni  qayta  qurish,  ta’mirlash  va  asosiy 
ishlab  chiqarish  vositalarini  kengaytirilgan  holda  qayta  ishlab  chiqarishni 
ta’minlaydi. 
Kapital  investitsiyalar  asosiy  vositalarni,  takror  ishlab  chiqarishni 
kengaytirish  hamda  ularniig  sifat  tarkibini  yaxshilash  harajatlarining  majmuidir. 
Kapital investitsiyalar xajmi ishlab turgan korxonalarni qurish, kengaytirish, texnik 
qayta  jihozlash  va  quvvatlarni  saqlash,  shuningdek,  ishlab  chiqarish  va  ishlab 
chiqarishga  mo’ljallangan  uskuna  transport  vositalari  va  asosiy  vositalarning 
boshqa ob’ektlarini  xarid  qilishga  mablag’  bilan ta’minlashning  barcha  manbalari 
hisobiga qilingan xarajatlarning umumiy summasiga ko’ra belgilanadi. 
Kapital  mablag’lar  hajmiga  quyidagi  soxalarga  yo’naltirilgan  xarajatlar 
kiradi: 
- Qurilish-montaj, loyixa-qidiruv, geologiya-razvedka, burg’ulash va boshqa 
ishlarga qilingan xarajatlar. 
-  Ishlab  turgan  korxonalarni  tiklash  texnik  qayta  jihozlash  va  texnika 
vositalarning quvvatini kengaytirishga qilingan harajatlar; 
-  Mashina  va  uskunalar,  ishlab  chiqarish  va  xo’jalik  inventarlari  transport 
vositalari  va  asosiy  vositalarning  boshqa  ob’ektlarini  sotib  olishga  ketgan 
xarajatlar; 
-  Korxona,  tashkilot  va  muassasalar  uchun  yangi  ob’ektlar  qurishga  ketgan 
xarajatlar; 
- Boshqa shu turdagi xarajatlar. 
Kapital  investitsiyalarni  buxgalteriyada  hisobga  olishda  «Asosiy  vositalar» 
nomli  5-son  BHMA  va  «Kapital  qurilish  uchun  pudrat  shartnomalari»  nomli  17-


 
41 
 
son BHMAdan foydalaniladi. 
Kapital investitsiyalarni buxgalteriyada hisobga olishning dolzarb vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
- qilingan barcha kapital xarajatlarni ob’ektlarning turlari bo’yicha to’liq va 
o’z vaqtida aks ettirishni ta’minlash; 
- Kapital investitsiyalar rejasi ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy vositalar 
ob’ektlarini ishga tushirish rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash; 
ta’minlash; 
- sotib olingan asosiy vosita ob’ektlarining balans qiymatini to’g’ri belgilash 
va uning o’z vaqtida kirimga olinishini ta’minlash. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə