Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Aktsiya   (gollandcha  actie



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

Aktsiya
  (gollandcha 
actie 
so’zidan  olingan  bo’lib,  qimmatli  kog’oz  degan 
ma’noni  anglatadi)  -  bu  aktsiyadorlik  jamiyatining  ustav  fondiga  muayyan  hissa 
qo’shganlikdan  guvohlik  beruvchi,  uning  egasiga  foydaning  bir  qismini  olish  va 
odatda,  ushbu  jamiyatni  boshqarishda  ishtirok  etish  huquqini  beruvchi  qimmatli 
qog’ozdir. 
Aktsiya  amal  qilish  muddati  cheklanmagan  qimmatli  qog’oz  bo’lib,  uni 
chiqargan  aktsiyadorlik  jamiyati  amal  qilib  turgan  vaqt  mobaynida  muomalada 
bo’lishi mumkin. 
Aktsiyalar  bo’yicha  olingan  daromad 
dividend
  (lotincha  dividendus 
so’zidan  olingan  bo’lib,  bo’lishga  tegishli  degan  ma’noni  anglatadi)  deb 
nomlanadi. Dividend, odatda, aktsiyadorlik jamiyatining foydasiga bog’liq bo’ladi. 
Agar kompaniya hisobot yili natijalariga ko’ra foydaga ega bo’lsa, katta dividend 
to’lash imkoniyati bo’ladi va aksincha. 
Aktsiyalar ikki turga bo’linadi: 
- oddiy aktsiyalar; 
- imtiyozli aktsiyalar. 
Oddiy  aktsiya  aktsiyadorlar  yig’ilishida  ovoz  berish  huquqini  beradi, 
olinadigan dividend miqdori aktsiyadorlik jamiyatining olgan sof foydasiga bog’liq 
va boshqa xech narsa bilan kafolatlanmagan. 
Imtiyozli aktsiyalar aktsiyadorlar umumiy yig’ilishida ovoz berish huquqini 
va  bu  bilan  korxonani  boshqarishda  ishtirok  etish  huquqini  bermaydi.  Ularning 


 
65 
 
imtiyozliligi  shundaki,  xo’jalik  faoliyati  natijalaridan  qatiy  nazar  kafolatlangan 
daromadni olish imkoniyatini, ikkinchi tomondan, aktsiyadorlik jamiyati tugatilgan 
vaqtda aktsiyalar qiymatini birinchi navbatda olish huquqiga ega. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə