Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Fyuchers  (inglizcha  future



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

Fyuchers 
(inglizcha 
future 
so’zidan  olingan  bo’lib,  kelajak  ma’nosini 
anglatadi)  kelishilgan  miqdordagi  qimmatliklarni  ma’lum  vaqt  mobaynida  bitim 
tuzish  vaqtida  belgilangan  narxda  etkazib  berish  to’g’risidagi  shartnomalarni 
o’zida namoyon qiladi. 
Respublikamiz  amaliyotida  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni 
yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini 
xarid qilish hisoblanmoqda. 
Korxonaning 
sho’ba 
korxonalar, 
qo’shma  korxonalar  va  qaram 
birlashmalarga  investitsiyalari  mavjudligi  ularni  buxgalteriya  hisobida  alohida 
turkumlarga ajratishni taqozo etadi. 
Uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarning  baholanishi  «Moliyaviy 
investitsiyalar hisobi» nomli 12-son BHMAga asoslanadi. 
Xarid qilinishi chog’ida moliyaviy investitsiyalar brokerlik xizmatlariga oid 
to’lovlar, bojlar, bank xizmatiga oid to’lov va boshqa xarajatlar kabi xarid qilishga 
oid xarajatlar bilan birgalikda xarid qilish qiymati bo’yicha baholanadi. 


 
67 
 
Uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarning  aktsiyalar  yoki  boshqa 
qimmatli  qog’ozlar  emissiyasi  yo’li  bilan  qisman  yoki  to’liq  xarid  qilinishi 
chog’ida  ularning  nominal  qiymati  emas,  balki  qimmatli  qog’ozlar  bozoridagi 
sotish  qiymati  xarid  qilish  qiymati  bo’lib  hisoblanadi.  Uzoq  muddatli  moliyaviy 
investitsiyalarning  almashtirish  yoki  boshqa  aktivga  qisman  almashtirish  yo’li 
bilan  xarid  qilishda  xarid  qiymati  berilayotgan  aktivning  bozor  qiymatiga 
asoslangan holda aniqlanadi. 
 Uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarining  o’z  ichiga  foizlar  ulushini 
hisoblangan dividendlarni ularni sotib olish vaqtigacha bo’lgan davr uchun bo’lgan 
qiymat  bo’yicha  sotib  olinishi  xaridor  tomonidan  sotuvchiga  to’langan  foizlar 
summasi  chiqarib tashlangan  holda  xarid  qilish  qiymati  bo’yicha  hisobga olinadi. 
Agar uzoq muddatli moliyaviy ivestitsiyalar xarid qilish vaqtiga qadar hisoblangan 
foizlar bilan birga sotiladigan bo’lsa, u holda ularning foizlarni to’lash ko’pi bilan 
to’g’ri kelmaydigan kunlarda sotib olinishi chog’ida xaridor bilan sotuvchi o’zaro 
tegishli  summani  bo’lishib  olishlari  kerak.  Xaridor  sotuvchiga  investitsiyalar 
qiymati  bilan  bir  qatorda  ularning  so’nggi  to’lovi  amalga  oshirilgan  vaqtdan 
boshlab  o’tgan  davr  uchun  to’lanishi  lozim  bo’lgan  foizlarni  to’laydi.  Foizlarni 
to’lashning  navbatdagi  muddati  kelgan  vaqtda  xaridor  ularni  to’liq,  jami  davr 
uchun oladi. 
Qarzga  oid  qimmatli  qog’ozlarga  investitsiyalarning  xarid  qilish  qiymati 
bilan  so’ndirish  qiymati  o’rtasidagi  farq  (diskont  yoki  xarid  qilish  chog’idagi 
mukofot)  odatda  investor  tomonidan  qimmatli  qog’ozni  xarid  qilish  vaqtidan 
boshlab so’ndirish vaqtigacha hisobdan chiqariladi, ya’ni amortizatsiya qilinadi. 
Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni 
quyidagi baholarda hisobga olib boradi: 
-xarid baxosida; 
- qayta baholashni hisobga olgan kiymatda; 
- qimmatli qog’ozlar portfeli asosida aniqlanadigan xarid va joriy qiymatlar 
yuzasidan eng kam baxolashda. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholashni amalga oshirish 


 
68 
 
uchun  qayta  baholashlar  davriyligi  aniqlab  olinishi  zarur.  Bunda  qayta 
baholashning yakka tartibdagi usuli ko’llaniladi. 
Qayta  baholash  natijasida  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar 
qiymatining  oshib  ketishi  8510-«Aktivlarni  qayta  baholash  bo’yicha  tuzatishlar» 
hisobvarag’ida,  kamayishi  esa  qo’shimcha  baholash  chegarasida  rezerv 
kapitalining  kamaytirilishi  yoki  avvalgi  qo’shimcha  baholashdan  oshgan 
summada-xarajat sifatida hisobga olinadi. 
Agar  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarning  qayta  baholanishi 
natijasida dastlab kamayish, keyin esa ko’payish yuz bergan bo’lsa, u holda uzoq 
muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  qiymatining  avvalgi  kamayish  summasi  qayta 
tiklanishi  lozim  bo’ladi.  Tiklanish  lozim  bo’lgan  summa  qabul  qilingan  hisob 
siyosatiga muvofiq daromad yoki taqsimlanmagan foydaga kiritiladi. 
Uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  o’z  qiymatining  bir  qismini 
yo’kotgan  hollarda  (ya’ni,  investitsiyalar  bahosining  pasayish  jarayoni  yuz 
berganida) ularning balans qiymati qayta ko’rib chiqilishi kerak. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə