Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


 0 I dastlabki investisiya



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

      

0
I
dastlabki investisiya 
      
FV-
sof pul oqimlari 1 yildan to
 
n yilgacha bo’lgan davrda. 
 
3.Ichki daromadlilik stavkasi (IRR) 
IRR usuli diskontlash stavkasini shunday qiymatiki, keltirilgan sof pul oqimlari 
qiymatini dastlabki investisiyaga teng bo’lgani, ya’ni loyihaning sof keltirilgan 
qiymati 0 ga teng bo’lganda. 
 
n
n
K
FV
K
FV
K
FV
I
)
1
(
.....
)
1
(
1
2
1
1
0







 
 
 
4.4. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar harakatini hisobda aks 
ettirish. 
Korxonada  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  hisobini  yuritish  orqali 
quyidagilar namoyon bo’ladi: 

boshqa 
aktsionerlik 
jamiyatlarining 
aktsiyalariga 
va 
boshqa 
sub’ektlarining, shu jumladan, sho’ba korxonalarning ustav kapitallariga oid uzoq 
muddatli investitsiyalarning mavjudligi va xarakati; 
-  davlat va  mahalliy  obligattsiyalar,  sertifikatlar va tijorat banklari,  xo’jalik 


 
72 
 
yurituvchi sub’ektlar xamda tadbirkorlik tuzilmalarining shunga o’xshash qimmatli 
qog’ozlariga oid uzoq muddatli investitsiyalar. 
-  sub’ektlarga,  o’zga  xil  tadbirkorlik  tuzilmalariga  berilgan  uzoq  muddatli 
pul va boshqa ko’rinishdagi qarzlarning harakati va qoldiqlari. 
Uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarga  doir  muomalalarni  buxgalteriya 
hisobida aks ettirish uchun hisobvaraqlar rejasida quyidagi hisobvaraqlar ochilgan:  
0610-«Qimmatli qog’ozlar»; 
 0620-«Sho’’ba korxonalarga investitsiyalar»;  
0630-«Qaram birlashmalarga investitsiyalar»;  
0640-«Qo’shma korxonalarga investitsiyalar»;  
0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar». 
0b10-«Qimmatli  qog’ozlar»  hisobvarag’ida  aktsionerlik  jamiyatlarining 
aktsiyalari, foizli obligatsiyalari va boshqa qimmatli kog’ozlari (optsion, fyuchers 
va  boshqalari)ga  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarlarning  mavjudligi  va 
xarakati aks ettiriladi. 
0620-«Sho’ba korxonalarga investitsiyalar», 
 0630-«Qaram birlashmalarga investitsiyalar», 
 0640-«Qo’shma  korxonalarga  investitsiyalar»  hisobvaraqlarida  mos 
ravishda sho’ba, qaram va qo’shma korxonalarga investitsiyalarning mavjudligi va 
harakati aks ettiriladi. 
0690-«Boshqa  uzoq  muddatli  investitsiyalar»  hisobvarag’ida  kelajakda 
moliyaviy daromad olish maqsadida korxonaning davlat korxonasiga, xayriya yoki 
ekologik tashkilotlarga investitsiyalarning mavjudligi hisobga olib boriladi. 
Bu  hisobvaraqlar  aktiv  bo’lib,  debetdagi  qoldiqlar  har  oyning  boshiga 
korxona  tomonidan  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlar  qiymatini  ifodalaydi.  Debet 
tomonidagi  oboroti  oy  davomida  sotib  olingan  qimmatli  qog’ozlar  Qiymatini, 
investitsiya  uchun  sarflangan  mablag’lar  miqdorini,  kredit  tomonidagi  oborotlar 
hisobidan  chiqarilgan,  sotib  yuborilgan,  qaytarib  berilgan  qimmatli  qog’ozlar 
qiymatini yoki investitsiyalarning tuzilishini aks ettiradi. 
Moliyaviy  investitsiyalarning  tahliliy  hisobi  qimmatli  qog’ozlar  turlari  va 


 
73 
 
investitsiya ob’ektlari bo’yicha yuritiladi. 
Misol. «Nur» kompaniyasi sotib olgan aktsiyalarning qiymati 600000 so’m, 
nominal  qiymati  esa  500000  so’m,  uzish  muddati  10  yil.  Aktsiyalar  bo’yicha  har 
yili 10 foiz daromad olishga kelishilgan. 
Aktsiyalar sotib olinganida: 
D-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 600000 so’m  
K-t 51 10-«Hisob-kitob schyoti» - 600000 so’m 
Har yili olinadigan daromadning hisoblanishi:  
500000*10/100=50000 so’m. 
Sotib olish va nominal qiymatlar o’rtasidagi farq: 
 600000-500000=100000 so’m, demak, har yilga 100000/10=10000 so’m. 
Yillik  daromad  hamda  aktsiyani  sotib  olish  va  nominal  qiymatlari 
o’rtasidagi farq: 50000-10000=40000 so’m. 
Yil oxirida olingan daromad va tafovutlar quyidagicha hisobga olinadi: 
- sotib olish va nominal qiymatlari o’rtasidagi farqqa:  
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 10000 so’m  
K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar»- 10000 so’m; 
-yillik daromad  hamda  aktsiyani  sotib  olish va nominal qiymatlari  farqi orasidagi 
tafovut summasiga: 
 D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 40000 so’m 
 K-t 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» - 40000 so’m. 
Hisob-kitob schyotiga pul kelib tushganida:  
D-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 50000 so’m 
 K-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 50000 so’m. 
Agar qimmatli qog’ozning nominal qiymati uni sotib olish qiymatidan ko’p 
bo’lsa,  ushbu  kog’oz  bo’yicha  daromad  hisoblanganida  nominal  va  sotib  olish 
qiymatlari orasidagi farqning qismi ham hisobidan chiqariladi. 
Odatda, uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar kupon (qirqiladigan kupon) bilan 
chiqariladi.  Ushbu  talonlar  bo’yicha  muntazam  ravishda  muomila  davrida  foizlar 
to’lanadi.  Bu  holda  qimmatli  qog’ozlarning  nominal  va  sotib  olish  qiymatlari 


 
74 
 
orasidagi farq korxonaga tegishli daromad hisoblanganida hisobdan chiqariladi. 
Misol. «Nur» kompaniyasi  «Bek» hissadorlik  jamiyatining  obligatsiyalarini 
600000 so’mga sotib oldi. Ularning nominal qiymati 500000 so’m. Obligatsiyalar 
bo’yicha  yillik  20  foiz  daromad  har  b  oyda  qirqiladigan  kupon  orqali  berilishi 
mo’ljallangan.  Obligatsiyani  sotib  olish  va  nominal  kiymatlari  orasidagi  fark 
600000-500000=100000 so’m. Muomala davri-5 yil. 
Obligatsiyani sotib olish:  
D-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 600000 so’m  
K-t 5110-«Hisob-kitob scheti» - 600000 so’m. 
Yarim  yildan  keyin  obligatsiyalardan  oylik  stavkasining  yarmi  miqdorida 
daromad hisoblandi (500000*10/100)=50000 so’m:  
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 50000 so’m  
K-t 9520-«Dividentlar ko’rinishida daromadlar»- 50000 so’m 
Bir vaqtning o’zida obligatsiyani sotib olish va nominal qiymatlari orasidagi 
farq amortizatsiyalanadi (100000/10)= 10000 so’m: 
D-t 9610-«Foizli ko’rinishdagi xarajatlar» - 10000 so’m  
K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 10000 so’m. 
Binobarin,  0610-«Qimmatli  qog’ozlar»  hisobvarag’ida  yarim  yildan  keyin 
(600000-10000)=590000  so’m,  bir  yildan  keyin  (600000-20000)=580000  so’m 
hisobga olinadi. 
Faraz  qilaylik,  bir  yildan  keyin  obligatsiyalarning  narxi  birjada  keskin 
pasayib ketdi. Shunga muvofiq, obligatsiyalar paketi 550000 so’m deb baholandi. 
Demak,  joriy  davrga  obligatsiyalarning  xaqiqiy  qiymati  va  balans  qiymati 
orasidagi farq (580000-550000)=30000 so’mni tashkil etadi. Hisobot davri oxirida 
ushbu muomilaga quyidagicha provodka beriladi:  
D-t 9690-«Moliyaviy faoliyatdan boshqa xarajatlar» - 30000 so’m  
K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 30000 so’m. 
Qolgan 4 yilga (yilda ikki marotaba 2*4=8) obligatsiya qiymati farqini qayta 
ko’rib chiqishi kerak: (550000-500000)/8=6250 so’m. 
Bir yildan so’ng, korxonada quyidagicha provodka beriladi:  


 
75 
 
-  obligatsiyaning  xaqiqiy  va  nominal  qiymatlari  orasidagi  farqning 
amortizatsiya summasiga: 
D-t 9610-«Foizli ko’rinishdagi xarajatlar» - 6250 so’m  
K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 6250 so’m. 
- obligatsiya bo’yicha hisoblangan daromad summasiga:  
D-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 50000 so’m 
K-t 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» - 50000 so’m. 
- daromad hisob-kitob schetiga olinganida:  
D-t 5110-«Hisob-kitob scheti» - 50000 so’m 
K-t 4840-«Olinadigan dividendlar» - 50000 so’m. 
Qimmatli qog’ozlar mo’ljallangan daromadni keltirmagan taqdirda yoki uni 
aynan  kelajakda  sotish  uchun  olingan  bo’lsa,  ular  boshqa  tashkilotlarga  sotib 
yuboriladi. 
Qimmatli  qog’ozlarni  sotishda  9220-«Boshqa  aktivlarning  realizatsiyasi  va 
boshqacha  chiqib  ketishi»  hisobvarag’idan  foydalaniladi.  Agar  qimmatli 
qog’ozlarni  sotish  natijasida  daromad  olinsa,  ushbu  hisobvaraqning  debeti  9320-
«Boshqa aktivlarning realizatsiya qilishdan va boshqacha chiqib ketishidan olingan 
foyda»  hisobvarag’ining  krediti  bilan,  agar  zarar  ko’rilgan  bo’lsa  hisobvaraqning 
krediti  9430-«Boshqa  operatsion  xarajatlar»  hisobvarag’ining  debeti  bilan 
korrespondentsiyada bo’ladi. 
Misol.  «Do’slik»  korxonasi  avval  olgan  obligatsiyani  boshqa  korxonaga 
sotdi.  Balans  qiymati-500000  so’m,  sotish  qiymati-400000  so’m.  Ushbu 
muomalalarga quyidagicha provodka beriladi: 
- obligatsiyani sotishdan tushgan tushum: 
D-t 5110-«Hisob-kitob scheti» - 400000 so’m 
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» -400000 
so’m. 
-  obligatsiyaning balans qiymati hisobdan chiqarildi: 
D-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketish» - 
500000 so’m 


 
76 
 
K-t 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 500000 so’m. 
- sotishdan olingan zarar (500000-400000)= 100000 so’m:  
D-t 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» - 100000 so’m 
K-t 9220-«Boshqa aktivlarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» -100000 
so’m. 
Sho’ba,  qo’shma  va  qaram  korxonalarga  mablag’  sarflanganida,  ushbu 
korxonalarga investitsiyalar mavjudligini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti 
asosiy  vositalarni,  nomoddiy  aktivlarni,  ishlab  chiqarish  zahiralarini  va  pul 
mablag’larini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlarning 
krediti 
bilan 
o’zaro 
korrespondentsiyada bo’ladi. 
Investitsiyalarning 
uzilishida 
esa 
ularni 
hisobga 
olib 
boruvchi 
hisobvaraqlarning  krediti  pul  mablag’lari  va  aktivlarni  hisobga  oluvchi  boshqa 
hisobvaraqlarning debeti bilan o’zaro korrespondentsiyada bo’lishi mumkin. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə