Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


V-Bob. INVESTITSIYALAR AUDITINI REJALASHTIRISH



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

V-Bob. INVESTITSIYALAR AUDITINI REJALASHTIRISH. 
 
5.1.Investitsiyalar auditini rejalashtirishning maqsadi vazifalari, bosqichlari 
va asosiy tamoyillari. 
Har  qanday  faoliyat,  xususan  auditorlik  faoliyati  ham  samarali  bo’lishi 
uchun  dastavval,  uning  puxta  va  aniq  rejasi  yoki  dasturini  tuzish  lozim.  Ularning 
mazmuni  qo’yilgan  maqsad  va  uni  bajarish  uchun  belgilangan  aniq  vazifalardan 
kelib  chiqadi.  Auditning  maqsadlari  xususan  quyidagilardan  iborat:  buxgalteriya 
hisobining  holatini  ekspertiza  yo’li  bilan  baholash,  yillik  moliyaviy  hisobot 
ma’lumotlarining  xaqqoniyligini  tekshirish  va  tasdiqlash  valyuta  muomalalarini 
taftish  qilish,  aktsiyalar  va  boshqa  qimmatli  qog’ozlar  emissiyasi  prospektining 
ma’lumotlarini  tasdiqlash,  korxonaning  moliyaviy  barqarorligini  mustaxkamlash 
bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq soxasidagi yangi 
qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va hokazo. 
Investitsiyalar auditini rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan 
qo’llaniladigan  me’yorlar  №3  «Auditni  rejalashtirish»  nomli  auditorlik 
faoliyatining 
milliy 
standarti 
(AFMS) 
bilan 
belgilanadi. 
Yuqorida 
ta’kidlanganidek,  audit  rejasini  puxta  tuzmasdan  sifatli  auditorlik  tekshiruvi 
o’tkazish  mumkin  emas.  Amalda,  investitsiyalar  auditini  rejalashtirish  jarayoni 
auditorlik  tashkiloti  bilan  xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  o’rtasida  shartnoma 
tuzilgunga  qadar  boshlanadi.  Bu  holat  ko’p  hollarda,  agar  mijoz  bilan  shartnoma 
tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi mablag’lar hisobidan 
mablag’  bilan  ta’minlanishi  to’g’risidagi  savolni  yuzaga  keltiradi.  Keyinchalik 
shartnoma  tuzilgan  holda  auditni  dastlabki  rejalashtirishga  doir  ishlar  qiymati 
(xo’jalik  yurituvchi  sub’ekt  raxbariyatiga  yozma  axborot)  va  (auditorlik  xulosasi 
tuzishni  nazarda  tutishi  lozim.  Rejalashtirish  chog’ida  auditor  quyidagilarni 
hisobga olishi zarur: 
-kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi  (takroriy  audit o’tkazish hollarida) 
va xaqiqiy mehnat xarajatlari; 
-muhimlik darajasi; 


 
84 
 
-auditorlarni  ularning  malakaviy  darajalari  va  lavozimlariga  muvofiq  audit 
o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash; 
-auditorlik  guruhining  barcha  a’zolariga  yo’l  -  yo’riq  ko’rsatish,  ularni 
mijozning moliya-xo’jalik faoliyati bilan tanishtirish; 
-auditorlik guruhi raxbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari 
sifati ustidan nazorat o’rnatishi; 
-auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish. 
Auditorlik  tekshiruvini  amalga  oshirish  chog’ida  ko’p  hollarda  mijoz 
faoliyatini  100%  to’liq  tekshirishda  mumkin  bo’lmaydi.  Shu  boisdan  rejada 
auditorlik tanlash qay tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur. 
Audit  umumiy  rejasi  va  dasturining  ayrim  bo’limlarini  xo’jalik  yurituvchi 
sub’ekt raxbariyati bilan kelishni ko’zda tutilgan bo’lib, bunda auditorlik tashkiloti 
audit  uslublari  va  usullarini  tanlashda  mustaqil  bo’lib  qoladilar.  Ko’p  hollarda 
bunday  kelishish,  mijoz  faoliyatining  ayrim  uchastkalarni  batafsilroq  tahlil  etish 
bilan  bog’liq  masalalarni  rejalashtirish  bosqichida  ko’zda  tutish,  auditorning 
tekishruv chog’idagi xatti -harakatlari  mijoz korxona rahbariyati uchun tushunarli 
bo’lishi,  shuningdek  auditorning  ish  jadvaliga  muvofiq  talab  qilinadigan  xujjatlar 
mijoz  tomonidan  tezkorlik  bilam  taqdim  qilinishi  va  tekshiruvning  u  yoki  bu 
bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat xodimlarini ishdan ozod etish uchun 
maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə