Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


 Investitsiyalar auditining dasturini tuzish



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

 
5.2. Investitsiyalar auditining dasturini tuzish 
Standartga muvofiq auditning umumiy rejasi tuzilganidan so’ng audit dasturi 
tuzilib, unda barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon qilinishi zarur. 
Dastur  auditorlar  uchun  batafsil  yo’riqnoma  bo’lib,  unda  tekshirilishi  lozim 
bo’lgan  buxgalterlik  hisobining  barcha  bo’limlarini  tekshirish,  shuningdek  ichki 
nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha ularning barcha xatti-harakatlari aks ettirilgan 
bo’lishi  lozim.  Audit  dasturini  tuzish  yuzaki  bajarilmasligi  lozim,  chunki  u 
auditorlar  ishidagi  ta’sirchan  nazorat  dastagi  bo’lib  xizmat  qiladi,  dasturning  har 
bir  bo’limi  bo’yicha  auditor  xulosalari  esa  auditorlik  hisoboti  va  auditorlik 


 
85 
 
xulosasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi lozim. 
№3-«Auditni  rejalashtirish»nomli  AFMS,  №14-«Auditorlik  tanlash»,  №9-
«Jiddiylik  va  auditorlik  riski  №6-«Auditni  hujjatlashtirish»  va  auditorlik 
tekshiruvini  amalga  oshirishni  tartibga  soladigan  boshqa  standartlar  bilan  o’zaro 
chambarchas  bog’liq. 
Shunday 
qilib, 
boshqa  standartlardagi 
talablarni 
o’rganmasdan  va  izchil  bajarmasdan,  ushbu  standart  talablarini  bajarish  mumkin 
emas. 
Auditor  o’z  ishini  shunday  rejalashtirishi  lozimki,  buxgalterlik  (moliyaviy) 
hisobotlarini,  moliya-xo’jalik  muomalalarining  ishonchliligini  va  qonuniyligini, 
hamda  ular  buxgalteriya  hisobi  schetlarida  aks  ettirilishining  to’g’riligini  o’z 
vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. 
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim: 
a) buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining 
samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish; 
b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallrining mazmunini, o’tkazish 
vaqtini va xajmini aniqlash; 
 
Auditni  rejalashtirish  kutilatgan  ishlar  rejasini  tuzish  va  auditorlik  dasturiii 
ishlab chiqishni o’z ichiga oladi. 
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi: 
-audit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi ;  
-bajariladigan ishlar hajmi;  
-auditor qo’llaydigan usullar va amallar. 
Auditor  o’z  rejasini  tekshiriladigan  korxona  raxbariyat  va  xodimlari  bilan 
muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va 
auditorlik  amallarini korxona  xodimlari  faoliyati  bilan  muvofiqlashtirishga  imkon 
yaratadi. 
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish hamda ishlarning kutilayotgan hajmini 
aniq hisobga olish uchun eng avvalo: 
-auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi; 
-o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi; 


 
86 
 
-maxsus e’tibor talab qiladigan shartlarni aniqlashi; 
-tekshiriladigan  korxona  faoliyatining  predmetini  hisobga  olgan  holda 
yangi qonunlar, nizomlar,  yo’riqnomalar va boshqa aloqador me’yorni 
hujjatlarining auditga ta’sirini o’rgatishi: 
-tekshiriladigan  korxonaning  hisob  tizimi  va  ichki  audit  tizimining 
ishonchlilik darajasini aniqlashi; 
-ichki  auditorlarning  ishlarini  va  ularni  auditga  jalb  qilish 
mumkinligini tahlil qilishi; 
-korxonaning 
alohida 
balansga 
ajralib 
chiqarilgan 
filiallari, 
vakolatxonalari,  bo’limlari  va  maxsus  bo’linmalarida  audit  o’tkazish 
maqsadga muvofiqligini o’rganishi; 
-eksportlarni jalb qilish zarurlini aniqlanishi lozim. 
Auditorlik tekshiruvini chog’ida audit rejasiga tuzatishlar kiritilishi mumkin. 
Auditor tekshiruv vaqtida ular tomonidan bajariladngan ishlarning hajmi va 
sifatini  tasdiqlaydigan,  asosiy  xarajatlardan  bo’lib  hisoblangan,  ish  hujjatlarini 
tuzishlari  lozim.  Bu  hujjatlar  ixtiyoriy  shaklda  tuzilib,  ularda  mijoz  to’g’risidagi 
zarur ma’lumotlar; bajaraladigan ishlarning batafsil bayoni bo’lishi lozim. Xususan 
quyidagilar ko’rsatiladi: tekshiruv o’tkazish uslubi uslubi (yoppasiga tanlab), yoki 
tekshiriladigan  hujjatlarning  hajmi;  tekshiruv  natijasida  aniqlangan  kamchiliklar; 
tekshiruvga  taqdim  etilmagan  dastlabki  va  boshqa  hujjatlar  ro’yxati;  amaldagi 
qonunchilikka mos kelmasliklar; aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish usullari 
to’g’risida auditorning fikrlari; mijoziniig moliya-xo’jalik faoliyatini yaxshilashga 
qaratilgan  boshqa  tavsiyalar.  (Ish  hujjatlari  to’g’risida  4.7-bo’limda  batafsil 
ma’lumot beriladi). 
Shuningdek,  ish  hujjatlarida:  mijoz-korxonaning  ichki  xo’jalik  nazorat 
tizimini  (ushbu  tizimning  ijobiy  tomonlari  va  salbiy  jihatlarini  ajratib  ko’rsatgan 
holda); o’tgan yildagi audit dasturi va uning natijalarini aks ettirish zarur. 
Ish  hujjatlari  auditning  yaxshi  rejalashtirilganligini,  to’plangan  ma’lumotlar 
ishonarliligini,  auditorlik  xulosasining  amalga  oshirilgan  audit  natijalariga 
muvofiqligini  tasdiqlashi  lozim.  Zarur  hollarda  auditor  xaqiqatan  ham  aynan 


 
87 
 
shunday  auditorlik  xulosasi  tuzish  uchun  etarli  guvohliklar  to’planganligini  ham 
baholashi zarur. 
Ish  hujjatlaridagi  tafsilotlarning  tasdiqlangan  moliyaviy  hisobotdagi 
ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki 
hil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim. 
Ish  hujjatlarida  aks  etgirilgan  yozuvlarga  asosan  auditorlik  hisoboti  va 
auditorlik  xulosasi  tuziladi.  Auditorning  nsh  hujjatlari  maxfiy  hisob-lanadi.  Audit 
yakunlanganidan  so’ng  ish  hujjatlarini  himoyalash  bo’yicha  barcha  zaruriy 
choralar  ko’rilishi  kerak.  Ish  hujjatlari  begona  shaxslarga,  agar  boshqa  holatlar 
O’zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  ko’zda  tutilmagan  bo’lsa,  faqat  mijoz-
korxonaning  roziligi  bilan  berilishi  mumkin.  Auditorlik  tashkilotlarining  ish 
faoliyatini  umumiy  rejalashtirish  ikki  bosqichga  bo’linadi.  Birinchi  bosqichda 
tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning 
asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab 
chiqiladi va barcha oldinda turgan ishlarning batafsil bayoni tuziladi. 
Auditning  umumiy  rejasini  tayyorlash  va  tuzish  jarayonida  auditor 
korxonadan  olinadigan  ma’lumotlarni  tekshirmaydi,  lekin  uning  reja  tuzishga  oid 
ishlari  hujjatlashtirilishi  lozim.  Shuning  uchun  rejalashtirshning  birinchi 
boskichida  auditor  tekshiradigan  korxona  bo’yicha  quyidagi  ma’lumotlarni 
tayyorlashi lozim: korxona faoliyatining bayoni; buxgalteriya hisobining shakli va 
tashkiliy tuzilishining bayoni, botqaruv tizimining bayoni, tekshirlayotgan korxona 
moliyaviy hisobining qisqacha tahlili.
 
Bunda auditor korxona to’g’risidagi birlamchi ma’lumotlarni to’playdi. Ayni 
paytda  korxona  faoliyatini  belgilaydigan  muhim  ma’lumotlar  va  hujjatlar 
nusxalaridan  iborat  doimiy  hujjatlar  to’plamini  shakllantiradi.  Ushbu  to’plam 
hozircha  mazkur  korxona  auditorlik  tashkilotining  mijozi  bo’lib  qolar  ekan, 
kelgusidagi  barcha  tekshiruvlarda  undan  foydalanilaveradi.  Har  bir  auditorlik 
tekshiruvi uchun korxonaning ish faoliyatini yoki hisob tizimini, agar ular sezilarli 
darajada  o’zgarmagan  bo’lsa,  qaytadan  o’rganib  chiqishga  extiyoj  qolmaydi. 
Shuning uchun auditor har doim keyinchalik audit o’tkazganida ham ushbu doimiy 


 
88 
 
to’plamdan foydalanib, zarurat bo’lganda uni yangilab boradi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə