Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Bozor  kotirovkasiga  ega  qimmatli  qog’ozlar



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

Bozor  kotirovkasiga  ega  qimmatli  qog’ozlar
  deganda,  fond  birjalari  va 


 
93 
 
birjadan  tashqari  bozorlarda  faol  savdo  qilinadigan  aktsiyalar  va  obligatsiyalar 
tushuniladi,  ularning  kotirovkasi  esa  keng  chop  etiladi.  Bunday  qimmatli 
qog’ozlarning  ro’yxati  qimmatli  qog’ozlar  (fond)  birjasi  ekspert  komissiyasi 
tomonidan  e’lon  qilinadi.  Bunda  qimmatli  qog’ozlar  javob  berishi  lozim  bo’lgan 
quyidagi  mezonlarga  qaraladi:  birja  savdosiga  ruhsat  etish  shartlari  (listing 
shartlari)ga mos kelish; bitta fond birjasida rasmiy kotirovka qilishga ruxsat etish. 
Korxonaning  qimmatli  qog’ozlar  listingiga  kiritilishi  tavsiya  etilayotgan 
qimmatli  qog’ozlar  sifati  xaqida  potentsial  investorlarga  aniq  tasavvur  berishdan 
iborat.  Bozor  ishtirokchilari  emitentning  iqtisodiy  rivojlanish  istiqbollarini  va  shu 
bilan birga uning qimmatli kog’ozlari ishonchliligini baholash imkoniyatlariga ega 
bo’lishlari lozim. 
Qimmatli qog’ozlar bilan birjada savdo qilishga ruhsat etish uchun korxona 
ishlab  chiqarish  jarayonlari  va  boshqaruvining  eng  muhim  sohalarini  tahlil  qilish 
zarurligini  alohida  ta’kidlab  o’tish  lozim.  Bunda  tahlil  quyidagi  axborotlarni 
umumlashtirish  va  ishlashga  tayanadi:  ustav  kapitalining  miqdori,  bitta  aktsiyaga 
to’g’ri  keladigan  daromad,  xavf-xatarni  baholash,  bozorning  holati,  ishlab 
chiqarish samaradorligi, to’lov qobiliyati va pul mablag’lari bilan ta’minlanganlik. 
Xavf-xatarni baholash iqtisodiyot uchun mazkur tarmoq ahamiyatidan kelib 
chiqib  kuzatilayotgan  tendentsiyalar,  «boshlang’ich»  rivojlanishning  oson  yoki 
qiyinligi, daromad negizining xilma-xilligi, davlat tomonidan tartibga solib turishni 
hisobga  olgan  holda  aniqlanadi.  Shuningdek,  korxona  mahsulotlarning  tashqi 
bozordagi  raqobatbardoshligi  inflyatsiya  o’sishining  kutilayotgan  sur’atlarini  va 
ishlab  chiqarish  tashkiliy  texnikaviy  darajasining  ko’rsatkichlari;  kapital  sig’imi, 
hom  ashyo  va  mehnat  resurslari  bilan  ta’minlanganlik,  ishlab  chiqarishning 
kontsentratsiyalashuvi va ixtisoslashganligi.  
Bozorning  holati  to’g’risidagi  axborot  korxona  mahsulotlarini  asosiy 
yo’nalishlari  bo’yicha  sotishni,  o’tmishdagi  tajribani  va  kelajakdagi  istiqbolni 
hisobga olgan holda tahlil qilishni ko’zda tutadi. Mahsulotlar xayotiylik tsiklining 
uzunligi  yoki  qisqaligi,  yangiligi,  muhimligi  pozitsiyasidan  turib  tadbirkorlik  va 
ishlanmalarni rivojlantirish hamda marketing imkoniyatlari baholanadi. 


 
94 
 
Ishlab chiqarish samaradorligini tahlil qilishda birinchi navbatda, xarajat va 
natijalar  nisbati,  bu  nisbatni  bir  me’yorda  tutib  turish  va  yaxshilash  layoqati 
baholanadi. 
Ishlab  chiqarish  xarajatlari  strukturasi  batafsil  tahlil  qilinganidan  so’ng 
asosiy ishlab chiqarish fondlarining faoliyati, material va mehnat resurslari ko’rib 
chiqiladi. 
Boshqaruv  samaradorligini  baholashda:  ishlab  chiqarish  va  moliyaviy 
muomalalar  natijalari  puxta  tahlil  qilinadi;  korxona  faoliyatini  strategik  va  joriy 
rejalashtirishning sifati; rejalarning kompleksligi va ular bajarilishining sifati; ichki 
boshqaruv,  moliyaviy  shuningdek  tashqi  nazorat  ham  baholanadi.  Korxonaning 
firmalar  bilan  qo’shilib  ketishi,  boshqa  kompaniyalarni  o’ziga  qo’shib  olish, 
boshqa  firmalarni  sotib  olish  hisobiga  kengayish  imkoniyatlari  ko’rib  chiqiladi. 
Nomoddiy  aktivlar,  boshqaruv,  tashkiliy  resurslar,  firmaning  bozordagi  amaliy 
shuxrati  (Goodwill),  sotish  shaxobchalarini  nazorat  qilish  va  shu  kabilar  alohida 
baholanadi.  Hisobni  tahlil  qilishda  hisob  yuritish  siyosati,  asosiy  vositalar  va 
nomoddiy  aktivlarga  amortizatsiya  hisoblashda  ko’llaniladigan  metodlar,  moddiy 
qiymatliklarni  baholash,  daromadlarni  aniqlash  va  boshqalar  umumiy  tarzda 
baholanadi.  Shuningdek,  firma  moliyaviy  ahvolini  aks  ettirishning  to’laligi  ko’rib 
chiqiladi. 
Daromadlilikni  tahlil  qilish  korxonaning  uzoq  kelajakdagi  daromadliligini, 
soliqlarni  to’lashda  oldingi  va  keyingi  kapitalga  to’g’ri  keladigan  daromadlarni 
tavsiflaydigan  asosiy  ko’rsatkichlarni  ko’rib  chiqishni  nazarda  tutadi.  Inflyatsiya 
va  o’z-o’zini  moliyalashtirish  imkoniyatlari  o’sishining  ta’siri  baholanadi. 
To’lovga  layoqatlilikni  tahlil  qilish  korxona  qisqa  muddatli  va  uzoq  muddatli 
qarzlari tarkibini, kreditor qarzlarni o’rganib chiqish, o’z aylanma mablag’larining 
tarkibi  va  manbalarining  qo’shimcha  o’sishini  o’rganishdan  iborat.  Korxona  jami 
qarzlarining  o’z  kapitaliga  nisbati  dinamikasining  ya’ni  kapital  strukturasini 
koeffitsentlarda; 
pul 
mablag’lari 
va 
boshqa 
joriy 
aktivlarning 
joriy 
majburiyatlariga nisbati, ya’ni tez va mutloq likvidlik koeffitsentlari aniqlanadi va 
baholanadi. 


 
95 
 
Pul  mablag’lari  bilan  ta’minlanganlik  korxonaning  barcha  extiyojlarini  o’z 
mablag’lari  bilan  qondira  olish  imkonini  bildiradi.  Bunday  imkoniyatni  baholash 
bir  necha  yillardagi  naqd  pullar  harakati  (sash  flow)  rejasini  va  hisobotini 
shuningdek,  kapital  investitsiyalarga  bo’lgan  ehtiyojni  va  boshqalarni  tahlil  qilish 
yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Ko’rinib  turibdiki, o’z  qimmatli  qog’ozlarini birjaga  chiqarish xaqida qaror 
qabul  qilgan  korxona  bozorda  yaxshi  sharoitlarga  shuningdek,  yaqin  kelajakdagi 
rivojlantirishning  aniq  strategiyasi,  mahsulot  ishlab  chiqarishning  zamonaviy 
texnologiyasi, ishlab chiqarish va menejmentning yuqori saviyada tashkil etilishiga 
ega bo’lishi lozim. 
Rasmiy  ravishda  kotirovka  qilishga  ruxsat  etish,  korxonada  mustaqil 
auditorlik kompaniyalari tomonidan ishonchliligi tasdiqlangan hisobotlarni taqdim 
etish 
bo’yicha 
ma’lum  majburiyatlar  bajarilishini  va  asosiy  hisobot 
ko’rsatkichlarini rasmiy birja byulettenlarida chop etilishini ko’zda tutadi. 
Ushbu  barcha  choralarning  qat’iyligi  aktsiyadorlarni  maksimal  himoya 
qilish  bilan  bog’liq.  Shuning  uchun  auditor  qimmatli  qog’ozlarni  inventarizatsiya 
qilishda  ularning  emitentlarini  va  rasmiy  birja kotirovkasining  mavjudligni  puxga 
tahlil qilishi zarur. Agar korxona mablag’lariga ko’yilgan qimmatli qog’ozlar fond 
birjalarida  muomalada  bo’lmasa  va  bozor  kotirovkasiga  ega  bo’lmasa,  u  holda 
auditor  bunday  qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olishda  vujudga  keladigan  xavf-
xatarlarni  baholashi  zarur.  Bunda  auditor  qimmatli  kog’ozlarning  xaqiqiy  sotib 
olish bahosini ularning daromadliligi tahlil qilishda asos bo’ladigan mukobil kursi 
bilan  qiyoslashi  zarur.  Afsuski,  bizning  amaliyotimizda  daromadlilikni  bunday 
tahlil  qilish  o’tkazilmayapti.  Shuni  inobatga  olgan  holda,  qimmatli  qog’ozlar 
bozori rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish mumkin. 
Bu quyidagilarni ko’zda tutadi: 
-  soliqlar  chegirib  tashlanganidan  so’ng  taqqoslanuvchan,  tasodifiy,  vaqti-
vaqti  bilan  o’zgarib  turmaydigan  daromad  miqdori  aniqlanadi.  Bu  miqdor  bitta 
aktsiyaga hisoblab chiqariladi; 
-  taqqoslanayotgan  korxonalar  aktsiyalari  bozorining  o’rtacha  foydaliligiga 


 
96 
 
yo’naltirilgan  foyda  multiplikatori  hisoblab  chiqariladi.  Shu  bilan  birga 
multiplnkatorga o’sish dinamikasi, kapital bozorida mashxurlik darajasi, moliyaviy 
sharoitlar,  dividentlar  hajmi  va  boshqa  aloxida  ish  chpkarilgan  tarmoqlar  kabi 
jabxalar  xam  knrishladi.  Korxonada  emtsnshnpg  molnyaviy  hisoboti  yo’q  bo’lsa, 
bunday  taxdil  o’tkazish  imkoni  bo’lmaydi.  Auditor  bu  holda  birjada  kotirovka 
qilinmagan  aktsiyalarga  investitsiyalar  qilish  hakida  qaror  nimaga  asosan  qabul 
qilinganligi,  korxona  raxbariyati  va  ichki  auditorlik  xizmati  tomonidan  hisobotlar 
va  emitsmtnpng  hozirgi  va  kelajakdagi  moliyaviy  holati  tahlil  qilinganligi  bilan 
ham tanishishi zarur. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə