Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


VII-Bob. MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR AUDITINI O’TKAZISH



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

VII-Bob. MOLIYAVIY INVESTITSIYALAR AUDITINI O’TKAZISH 
TARTIBI 
 
7.1. Moliyaviy investitsiyalar hisobiga doir dastlabki xujjatlarning 
rasmiylashtirilishini va qimmatli qog’ozlarni baxolashning to’g’riligi 
tekshirish 
Moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga  olishda  qo’llaniladigan  dastlabki 
xujjatlarning  rasmiylashtirilishini  tekshirishda  shuni  hisobga  olish  zarurki, 
qimmatli qog’ozning o’zi - qat’iy shakldagi xujjat bo’lib, uning shakli va majburiy 
rekvizitlari  qimmatli  qog’ozlarning  turlari  uchun  qonunchilik  bilan  belgilangan 
talablarga  mos,  kelishi  lozim.  (Qimmatli  qog’ozlarda  majburmy  rekvizitlarning 
yo’kligi,  yoki  qimmatli  qog’ozning  belgilangan  shaklga  mos  kelmasligi,  uning 
yaroqsizligidan  dalolat  beradi.  Shuning  uchun  auditor  qimmatli  qog’ozlar 
blankalarini shaklan tekshirish bilan birga, moxiyatan ham tekshiruvdan o’tkazadi. 
Shuningdek, qimmatli qog’ozlar qiymat ko’rsatkichlari arifmetik tekshiruvdan ham 
o’tkazilishi zarur. 
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda qo’llanilgan dastlabki xujjatlarni 
tekshirish  o’ta  muhim  aramiyatga  ega.  Chunki  ular  qimmatli  qog’ozlarga  doir 
mulkiy huquqning bir sub’ektdan ikkinchisiga o’tishida maxsus tartibni belgilaydi. 
Moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga  qabul  qilish  uchun  asos  bo’luvchi 
xujjatlarda  muayyan  qimmatli  qog’ozni  sotib  olish  maqsad  va  undan  foydalanish 
muddati ko’rsatilishi shart. 
Moliyaviy  nnvestittsiyalarni  baholash  va  qayta  baholashning  umumiy 
qoidalarni  O’zbekiston  Respublikasi  «Buxgalteriya  hisobi  to’g’risida»gi  qonunda 
va  №12  Moliyaviy  investitsiyalar  hisobi»  nomli  buxgalteriya  hisobi  milliy 
stnadartida belgilangan. 
Oldi-sotdi  shartnomasi  bo’yicha  qimmatli  qog’ozlar  sotib  olinganida 
qilingan  moliyaviy  investitsiyalar  investor  uchun  qilingan  haqiqiy  xarajatlar 
summasida buxgalteriya hisobiga qabul qilinadi. 
Auditor  qimmatli  qog’ozlarni  baholashni  tekshiruv  chog’ida  №12 


 
111 
 
«Moliyaviy investitsiyalar hisobi» nomli BHMSning 9-19 bandlaridagi qoidalarga 
asoslanadi.  Qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olish  bo’yicha  haqiqiy  xarajatlar 
kunidagilarni  o’z  ichiga  oladi:  shartnomaga  muvofiq  sotuvchiga  to’lanadigan 
summalar;  qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olish  bilan  bog’liq  informatsion  va 
konsultatsion  xizmatlar  uchun  ixtisoslashtirilgan  tashkilotlar  yoki  shaxslarga 
to’lanadigan  summalar;  qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olishda  ishtirok  qilgan 
vositachi  tashkilotlarga  to’lanadigan  to’lovlar.  Qimmatli  qog’ozlar  sotib  olish 
uchun,  ularni  buxgalteriya  hisobiga  qabul  qilgunga  qadar  ishlatilgan  qarz 
mablag’lar  bo’yicha  foizlar  to’lash  uchun  qilingan  sarflar;  qimmatli  qog’ozlarni 
sotib olish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa sarflar. 
Qimmatli  qog’ozlarni  hisobga  oladigan  qiymatini  shakllantiruvchi  barcha 
haqiqiy  xarajatlar  0610-«»Qimmatli  qog’ozlar»  va  5810-«Qimmatli  qog’ozlar» 
schetlar  debetida  hisobga  olinadi.  Auditor  qimmatli  qog’ozlar  sotib  olish  bilan 
bog’liq  bo’lgan  xarajatlar  tarkibini,  ushbu  xarajatlarni  moliyaviy  investitsiyalar 
qiymatiga  ko’shishning  qonuniyligini,  bu  xarajatlarning  tegishli  xujjatlar  bilan 
tasdiqlanganligini tekshiradi. 
Moliyaviy investitsiyalarning hisobga qabul qilingan bahosi, qoidaga ko’ra, 
o’zgatirilmaydi. Qarzli qimmatli qog’ozlar bundan mustasno. 
Qimmatli  qog’ozlar  shartnomaga  muvofiq  tekinga  olinganida  olingan 
vaqtidagi bozor bahosi bo’yicha baholanadi. 
Agar  moliyaviy  investitsiyalar  chet  el  valyutasida  amalga  oshirilsa,  bunday 
muomilalarning  valyuta  muomilalarini  tartibga  soladigan  me’yoriy  hujjatlarga 
muvofiqligini tekshirish zarur. 
Qiymati  chet  el  valyutasida  ifodalangan  moliyaviy  investitsiyalar 
O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan muomala sodir 
bo’lgan kunda amal qilayotgan valyuta kursi bo’yicha so’mga hisoblab baholanadi. 
Auditor  qaytarish  muddati  bir  yildan  ortiq  qimmatli  qog’ozlar  ham  qayta 
baholanayotganligini  tekshirish  lozim.  Chunki  kurs  tafovutini  qayta  baholash  va 
hisobda  aks  ettirish  faqat  qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  tarkibida 
hisobga  olinadigan  qimmatli  qog’ozlar  hamda  korxona  tomonidan  belgilangan 


 
112 
 
tartibda depozitga joylashtirilgan pul mablag’lari bo’yicha amalga oshiriladi. 
Boshqa  korxonalarning  ustav  kapitaliga  qo’shilgan  ulushlar  ta’sis 
shartnomasida  belgilangan  (kelishilgan)  qiymat  bo’yicha  baholanadi.  Korxona 
mulkini  boshqa  korxona  ustav  kapitaliga  ulush  sifatida  berishda  moliyaviy 
investitsiyalar shartnoma qiymati va berilgan mulklar qiymati o’rtasidagi farqlarni 
hisobda aks ettirishning to’g’riligini tekshirish zarur. 
Buxgalteriya  hisoboti  ko’rsatkichlarning  sintetik  va  analitik  hisob 
ma’lumotlariga  mosligini  tekshirish  buxgalteriya  balansining  «Uzoq  muddatli 
moliyaviy investitsiyalar» (1 bo’lim) va «Qisqa muddatli moliyaviy investtsiyalar» 
(II  bo’limi  satrlari  bo’yicha  ko’rsatkichlarni  Bosh  daftardagi:  0610,  0620,  0630, 
0640,  0600,  5810,  5830,  5890-schyotlariing  qoldiqlari  bilan  taqqoslash  orqali 
amalga oshiriladi. 
Moliyaviy  investitsiyalar  alohida  turlarining  mavjudligi  va  hisobot  davri 
davomidagi  harakati  to’g’risidagi  axborotlar  buxgalteriya  balansiga  beriladigan 
tushuntirishlarda  keltiriladi.  Moliyaviy  investitsiyalar  alohida  turlarining  hisobot 
davri  boshi  va  oxiriga  qoldig’i  to’g’risidagi  ko’rsatkichlar  0610-0690  va  5810, 
5830,  5890-schyotlar  bo’yicha  sintetik  va  analitik  hisob  ma’lumotlari  bilan 
solishtiriladi. 
Buxgalteriya  hisoboti  va  sintetik  hamda  analitik  hisob  registrlari 
ko’rsatkichlarini solishtirish) natijalarini auditor tegishli tarzda rasmiylashtiradi. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə