Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


 Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

7.2. Qimmatli qog’ozlarning analitik hisobini, kirimi va chiqimiga doir 
muomalalarni tekshirish 
0610  -  0690  va  5810,  5830  va  5890  -  schyotlar  bo’yicha  analitik  hisob 
moliyaviy  ko’shilmalarning  turlari  va  ob’ektlari  bo’yicha  yuritiladi.  Auditor 
korxonaning hisob siyosati to’g’risidagi buyrug’iga ilova qilingan ishchi schyotlar 
rejasidagi  moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga  olish  uchun  foydalaniladigan 
schyotlar  rejasi  bilan  tanishadi,  hamda  analitik  hisobning  tuzilishi  qimmatli 
qog’ozlarni  sotuvchi-korxonalar  bo’yicha  moliyaviy  investitsiyalar  to’g’risidagi, 
qarz oluvchi - korxonalar bo’yicha mamlakat xududidagi va xorijdagi ob’ektlarga 


 
113 
 
qilingan  investitsiyalar  to’g’risidagi  axborotlar  qay  darajada  ta’minlashini 
baholashi kerak. 
Korxonalar  qimmatli  kog’ozlarini  kassasida  yoki  depozitariylarda  (Davlat 
qisqa muddatli obligatsiyalar (DKMO) emitenti faqat Moliya Vazirligi bo’lib, ular 
valyuta  birjasidagi  depozitariyda)  saqlanadi.  Ular  korxonada  saqlanganida 
qimmatli  qog’ozlar  blankalarini  (sertifikatlarini)  mas’ul  saqlash  uchun  korxona 
kassasida  yuritiladigan  reestrning  mavjudligini  tekshirishi  lozim.  Reestrda: 
qimmatli  qog’oz  nomi,  nomeri,  emitent  nomi,  qimmatli  qog’ozning  nominal 
qiymati ko’rsatilishi shart. 
Qimmatli  qog’ozlar  depozitariylarda  saqlanganida,  ular  saqlash  uchun 
berilgan  depozitariyning  rekvizitlarini  analitik  hisobda  ko’rsatgan  holda,  korxona 
buxgalteriyasida  hisobda  aks  ettirilib  boriladi.  Bunday  holda  auditorga  deponemt 
bilan  depozitariy  o’rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  soladigan  shartnoma  (depo 
schyoti to’g’risidagi shartnoma) taqdim qilinishi lozim. 
Shartnomada  uning  predmeti  -  qimmatli  qog’ozlar  sertifikatlarini  saqlash 
yoki qimmatli qog’ozlar uchun huquqni hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatish, 
hamda: 
deponent 
tomonidan 
uning 
qimmatli 
qog’ozlarini 
depozitariyga 
depomentlash to’g’risidagi depozitariy axborotlarni berish tartibi: 
shartnomaning amal qilish muddati: 
depozitariy xizmatlari uchun shartnomada belgilangan haq to’lash xajmi va 
tartibi; 
depozitariyning deponentga hisobot berish shakli va davri: 
depozitariynpng majburiyatlari aniq ko’rsatilgan bo’lishi lozim. 
Depozitariy  xizmatlari  uchun  to’lanadigan  xaq  bo’yicha  sarflar  9420  - 
schyot  debeti  bo’yicha  aks  ettiriladi.  Depozitariy  xizmatlari  bo’yicha  to’langan 
QQS xizmat qiymatiga qo’shib etiriladi. 
Auditor  korxonada  «Qimmatli  qog’ozlarni  hisobga  olish  daftari»ning 
mavjudligini  aniqlaydi.  Unda  korxonada  saqlanadigan  barcha  qimmatli  qog’ozlar 
ro’yxatga olingan bo’lishi lozim. 


 
114 
 
Moliyaviy  investitsiyalar  kirimi  va  chiqimiga  doir  muomalalar  aks 
ettirilishini  tekshirish  uchun  0610-0620,  5810,  5830,  5890  va  9220-schyotlar 
bo’yicha  hisob  registlar  ma’lumotlaridan  foydalaniladi.  Bunda  auditor  korxonada 
hisob  uslubiyoti  va  moliyaviy  investitsiyalar  summasini  shakllantiradigan  xaqiqiy 
harajatlarni ettirish talablariga rioya qilinishiga ishonch hosil qilish lozim. 
Shuningdek,  qimmatli  qog’ozlarni  sotib  olish  qanday  mablag’lar  hisobiga 
amalga oshirilganligini ham tekshirish zarur. Masalan, pulni to’lash yoki mulklarni 
berish hisobiga olinishi mumkin. 
Agar  qimmatli  qog’ozlar  qiymati  mulklar  bilan  to’lansa,  investor  bunday 
muomalalarni  hisobga  olishda  9210-  «Asosiy  vositalarning  chiqimi»,  9220-
«Boshqa aktivlarning chiqimi» schyotlaridan foydalanishi lozim. Chunki qimmatli 
qog’ozlar  qiymati  mulklar  bilan  to’langanda  hisobdan  chiqarilgan  mulklarning 
balans qiymati va sotib olinayotgai qiymati qimmatli kog’ozning sotib olish bahosi 
o’rtasidagi farq soliqqa tortiladigan bazaga ta’sir ko’rsatadi. 
Auditor  qimmatli  qog’ozlar  hisobga  qabul  qilinganidan  so’ng  qilingan 
xarajatlarning,  moliyaviy  investitsiyalar  qiymatini  ko’paytiradigan  qo’shimcha 
xarajatlar  sifatida  qimmatli  qog’ozlar  qiymati  ustiga  qo’shilmayotganligini  ham 
tekshirishi lozim. 
Masalan,  auditorlik  tekshiruvi  jarayonida  qimmatli  qog’ozlar  sotib  olish 
uchun kredit olingamligi ma’lum bo’lganida. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə