Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

Qoldiq  (balans)  qiymat
  -  jamlangan  amortizatsiya  summasini  chegirgan 
holda asosiy vositalarning boshlang’ich (tiklash) qiymati; 
Tugatish qiymati
 - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha kutilayotgan 
xarajatlarni  chegirgan  holda  kutilayotgan  foydali  xizmat  muddati  oxirida  asosiy 
vositalarni tugatish chog’ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. 


 
123 
 
Asosiy  vositalarning  inventar  ob’ekti  sifatida  barcha  qurilmalari  va 
anjomlariga ega bo’lgan ob’ekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun 
mo’ljallangan  alohida  konstruktiv  asosdagi  buyum  yoxud  butun  bir  yaxlitlikni 
ifodalovchi  va  muayyan  vazifalarni  bajarish  uchun  mo’ljallangan  konstruktiv 
jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi.  
Asosiy  vositalarni  qayta  baholash  -  asosiy  vositalar  ob’ektlarining  tiklash 
qiymatini  hozirgi  bozor  narxlari  darajasiga  moslash  maqsadida  ularni  vaqti-vaqti 
bilan  aniqlashtirishdir.  Asosiy  vositalar  qayta  baholash  natijasida  hisob  va 
hisobotda joriy qiymat bo’yicha aks ettiriladi. 
Asosiy  vositalar  ob’ekti  bo’yicha  amortizatsiya  ajratmalarini  hisoblash 
mazkur  ob’ekt  asosiy  vositalar  tarkibiga  qabul  qilingan  oydan  keyingi  oyning 
dastlabki  sanasidan  boshlanadi  hamda  mazkur  ob’ektning  amortizatsiyalanadigan 
qiymati  to’liq  so’ndirilgunga  qadar  yoxud  bu  ob’ektni  balansdan  hisobdan 
chiqarilguncha amalga oshiriladi. 
Joriy  ta’mirlash  -  asosiy  vositalar  ob’ektini  ishchi  holatida  saqlab  turish 
maqsadida amalga oshiriladigan ta’mirlashdir. 
O’rtacha  ta’mirlashda  ta’mirlanayotgan  agregatni  qisman  ajratish  va 
detallarning qismlarini tiklash yoki almashtirish amalga oshiriladi. 
Uskunalar va transport vositalarini kapital ta’mirlash - agregatni to’liq ajratib 
yig’ish amalga oshiriladigan ta’mirlashdir, bazaviy va korpus detallari va uzellarini 
ta’mirlash,  barcha  eskirgan  detallar  va  uzellarni  almashtirish  yoki  tiklash  hamda 
agregatni  yig’ish,  sozlash  va  sinab  ko’rishdir.  Binolar  va  inshootlarni  kapital 
ta’mirlash  -  bazaviy  va  korpus  detallari  va  uzellarini  ta’mirlash,  barcha  eskirgan 
konstruktsiyalarning  detallari  va  uzellarini  almashtirish  yoki  tiklash  amalga 
oshiriladigan ta’mirlashdir. 
Asosiy  vositalarning  haqiqatda  mavjudligini  aniqlash  va  ularning  butligini 
nazorat  qilish  maqsadida  korxonalar  tomonidan vaqti-vaqti  bilan, biroq  ikki  yilda 
kamida  bir  marta  asosiy  vositalarni  inventarizatsiya  o’tkaziladi,  kutubxona 
fondlarini esa besh yilda bir marta inventarlanadi. 


 
124 
 
Uzoq  muddatli  ijara  ijaraga  beruvchi  ijarachiga  g’aq  evaziga  mol-mulkni  12 
oydan  ko’p  muddatga  egalik  qilish  va  foydalanish  yoki  foydalanish  ququqini 
beradigan kelishuv. 
Qisqa  muddatli  ijara  ijaraga  beruvchi  ijarachiga  qaq  evaziga  mol-mulkni  12 
oydan  kam  muddatga  egalik  qilish  va  foydalanish  yoki  foydalanish  g’uquqini 
beradigan kelishuv. 
Ikkilamchi  ijara  (ikkilamchi  lizing)  ijarachi  (lizingga  oluvchi)  ijaraga 
beruvchi  (lizingga  beruvchi)  ning  roziligi  bilan,  ijaraga  beruvchi  (lizingga 
beruvchi)  ning  oldida  ijara  (lizing)  shartnomasi  yuzasidan  javobgarlikni  saqlagan 
holda  ijaraga  olingan  mulkni  (lizing  ob’ektini)  boshqa  shaxsga  ikkilamchi  ijara 
(ikkilamchi lizing) ga topshiradigan shartnoma munosabati. 
Ijara  (lizing)  ob’ektlari  iste’mol  qilinmaydigan  g’ar  qanday  buyumlar 
(ashyolar),  shu  jumladan  korxonalar,  mulkiy  komplekslar,  alog’ida  binolar, 
inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko’char va ko’chmas mulk 
(muomaladan  chiqarilgan  yoki  muomalada  bo’lishi  cheklangan  boshqa  mol-
mulklar bundan mustasno). 
Lizing  to’lovlari  lizingga  beruvchining  lizing  ob’ektini  sotib  olish  uchun 
qilgan  xarajatlarining  hammasi  yoki  ko’p  qismini,  shuningdek  lizing  ob’ektini 
etkazib  berish  va  belgilangan  maqsadda  foydalanish  uchun  uni  yaroqli  g’olga 
keltirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  boshqa  xarajatlarini  lizingga  oluvchi  tomonidan 
qoplanishi hamda lizingga beruvchining daromadidir. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə