Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

Investitsiyalar 
 
Kiritish ob’ektlari 
bo’yicha 
Investitsiyalash 
maqsadlari bilan bog’liq 
risklar bo’yicha 
 
Takror ishlab chiqarish 
bo’yicha 
-venchur 
-bevosita 
-portfel’ 
-annuitet 
 
Yo’naltirish sohasi va 
ob’ektlari bo’yicha 
-sof (asosiy kapitalni 
ko’paytiradigan) 
-eskirishni qoplaydigan 
-yalpi 
-mol-mulkka investitsiya 
-moliyaviy 
-nomoddiy 
-kapital 
-innovatsion 
-ijtimoiy 
-davlat investitsiyalari 
-korporativ investitsiyalar 
-xususiy investitsiyalar 
-xorijiy investitsiyalar
 
-yangi loyihalarga 
-kengaytirishga, yangilashga 
-reinvestitsiyalar 
 
Investitsiyalash 
sub’ektlari bo’yicha 
 
Amaliy yo’nalishlari 
bo’yicha 


 
16 
 
1.3. Investitsiyalarning turlari va shakllari 
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud: 
- real investitsiyalar; 
- moliyaviy investitsiyalar; 
- intellektual investitsiyalar. 
Real  investitsiyalar  -  bu  korxona  asosiy  vositalarini  vujudga  keltirish  va 
takror  ishlab  chiqarishga,  shuningdek,  moddiy  ishlab  chiqarishning  boshqa 
shakllarini  rivojlantirishga  ko’shiladigan  investitsiyalardir.  Buxgalteriya  hisobida 
bu turdagi investitsiyalar kapital qo’yilmalar sifatida e’tirof etiladi. 
Moliyaviy investitsiyalar qo’llashiga ko’ra qisqa va uzoq muddatli bo’ladi. 
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega 
(12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir. 
Qisqa mudatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 oydan 
oshmaydigan,  engil  sotiladigan  moliyaviy  aktivlarning  harid  qilinishiga  oid 
investitsiyalardir. 
Uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga  olishning  vazifalari 
quyidagilardir: 
-  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni  va  ular  bo’yicha  olingan 
daromadlarni o’z vaqtida va to’g’ri aniqlash; 
-  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar uchun  ajratilgan  mablag’larni  o’z 
vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash; 
-uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni  hisobga  olishda  BHMS  larni 
keng qo’llash; 
-  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalardan  olingan  daromadlarning 
korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash: 
-uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalardan  olingan  daromadlardan 
byudjetga  tegishli  qismini  amaldagi  me’yoriy  xujjatlarga,  Soliq  Kodeksining 
talabiga  muvofiq  to’g’ri  hisoblashni  tashkil  qilish,  byudjetga  tegishli  qismini  o’z 
vaqtida o’tkazishni ta’minlash; 
 uzoq 
muddatli  moliyaviy 
investitsiyalar 
hisobiga  kelib  tushgan 


 
17 
 
mablag’lardan  korxonani  kengaytirish,  rivojlantirish  va  korxona  jamoasi  extiyoji 
uchun ishlatishni ta’minlash. 
Uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni  buxgalteriya  hisobida  hisobga 
olishni «engillashtirish uchun quyidagi guruhlarga ajratiladi: 
- Qimmatli qog’ozlar; 
- Sho’ba korxonalariga investitsiyalar; 
- Qaram birlashmalarga ishvestitsiyalar; 
- Qo’shma korxonalarga investitsiyalar: 
 Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar. 
Qimmatli qog’ozlar uzoq muddatli investitsiyalarning asosiy qismini tashkil 
etadi.  Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  qimmatli  qog’ozlar  investitsiyalar 
yo’naltirishning asosiy vositasi hisoblanadi. 
1993  yil  2  sentyabrda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining 
«Qimmatli  qog’ozlar  va  fond  birjalari  to’g’risida»gi  qonuniga  (qo’shimcha  va 
o’zgartirishlar  bilan)  muvofiq  «qimmatli  qog’ozlar  -  bu  ularni  chiqargan  shaxs 
bilan  ularning  egasi  o’rtasidagi  mulkni  huquqlari  yoki  qarz  munosabatlarini 
tasdiqlovchi,  dividend  yoki  foiz  ko’rinishida  daromad  to’lashni  hamda  ushbu 
hujjatlardan  kelib  chiqadigan  huquqlarni  boshqa  shahsga  berish  imkoniyatini 
nazarda tutuvchi pul xujjatlaridir».  
Respublikamiz  amaliyotida  uzoq  muddatli  moliyaviy  investitsiyalarni 
yo’naltirishning asosiy vositasi aktsiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog’ozlarini 
harid qilish hisoblanmoqda. 
Korxonaning  sho’’ba  korxonalar,  qo’shma  korxonalar  va  qaram 
birlashmalarga  investitsiyalari  mavjudligi  ularni  buxgalteriya  hisobida  alohida 
turkumlarga ajratilishini taqozo etadi. 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə