68
uchun qayta baholashlar davriyligi aniqlab olinishi zarur. Bunda qayta
baholashning yakka tartibdagi usuli ko’llaniladi.
Qayta baholash natijasida uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
qiymatining oshib ketishi 8510-«Aktivlarni qayta baholash bo’yicha tuzatishlar»
hisobvarag’ida, kamayishi esa qo’shimcha baholash chegarasida rezerv
kapitalining kamaytirilishi yoki avvalgi qo’shimcha baholashdan oshgan
summada-xarajat sifatida hisobga olinadi.
Agar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning qayta baholanishi
natijasida dastlab kamayish, keyin esa ko’payish yuz bergan bo’lsa, u holda uzoq
muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining avvalgi kamayish summasi qayta
tiklanishi lozim bo’ladi. Tiklanish lozim bo’lgan summa qabul qilingan hisob
siyosatiga muvofiq daromad yoki taqsimlanmagan foydaga kiritiladi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar o’z qiymatining bir qismini
yo’kotgan hollarda (ya’ni, investitsiyalar bahosining pasayish jarayoni yuz
berganida) ularning balans qiymati qayta ko’rib chiqilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: