4.3. Investitsiyalarni diskontlash Investitsion faoliyatning faollashuvida investorlar muhim rol o’ynaydi.
Investor o’z sarmoyasining biror-bir ob’ektga yo’naltirar ekan, avvalo, uning
mablag’i kelajakda qanchani tashkil etishi, ya’ni yo’naltirgan sarmoyasining
muayyan davrdan so’ng qancha miqdorga teng bo’lishi qiziqtiradi. Buning uchun
investor o’z mablag’ini diskontlashi lozim. Diskont baho ham investitsiyalarni
hisobga olishda keng qo’llaniladi.
Moliyaviy hisob-kitoblarda hamma vaqt va har qanday sharoitda ham
boshlang’ich, oshgan, chegirma va ustama summalari ma’lum bo’lmaydi. Bu
muammo diskontlash usullarini qo’llash bilan hal etiladi.
Diskont - boshlang’ich summani hisoblash, aniqlash uchun oshgan
qiymatdan ayiriladigan chegirma summasidir. Diskontlash (ustama yozish) -
ustamalarni yozish, aniqrog’i. foizlarni hisoblash demakdir.
Diskontlash formulasi yordami bilan sarflangan sarmoyaning qoplanish
69
muddatlarini va uning sotuvning dastlabki narxi sifatida baholanuvchi K(0)
hajmini aniqlash mumknn.