Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
24 
 
II-Bob. INVESTITSIYALAR HISOBI VA AUDITINING 
MUAMMOLARI. 
2.1. Investitsiyalar hisobining uslubiy muammolari 
Xo’jalik  sub’ektlari  bilan  uning  tashqi  va  ichki  manbalari  o’rtasida 
investitsiya resurslarining eng samarali harakatini ta’minlash borasida qaror qabul 
qilish  investitsiyalarni  boshqarishdagi  asosiy  vazifa  hisoblanadi.  Shuning  uchun 
moliyaviy  investitsiyalar  resurlari  oqimini  boshqarish  investitsiya  faoliyatini 
boshqarishdagi markaziy masala hisoblanadi. 
 Investitsiya  faoliyatini  boshqarish  jarayonida  sub’ektni  uchta  izchil 
bosqichga ajratish mumkin: zarur axborotni yig’ish va to’plash; uni audit va tahlil 
qilish; boshqaruvga oid investitsion qarorlar qabul qilish. 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  buxgalteriya  hisobi  ichki  va  tashqi 
foydalanuvchilarga  eng  muhim  ma’lumotlarni  etkazib  beruvchi  vazifasini  o’tab, 
maqbul  boshqaruv  qarorlarini  ishlab  chiqishga)  ko’maklashadi,  bunday  qarorlar 
amalga  tatbiq  etlishi  natijasida  korxonaning  ishlab  chiqarish  potentsiali  oshadi  va 
raqobat  bozorida  uning  mavqei  ko’tariladi.  Biroq  tezkor  boshqaruv  qarorlarini 
ishlab  chiqish,  hisobot  yuritish  tizimida  mavjud  bo’lgan  va  buxgalteriya  hisobi 
hisob  varaqlarida,  hisob  registrlari  va  hisobotlarida  aks  ettirilgan  ma’lumotlarda 
umuman etishmaydi.  
Buxgalteriya  hisobi  moliyaviy  investitsiyalarni  hisobini  yuritishning 
mustaqil  ob’ekti  sifatida  ko’radi.  Bunday  yondoshuv  harajatlarni  joriy  asosiy 
faoliyat (ishlab chiqarish va muomala xarajatlari) bilan bog’liq xarajatlar va uzoq 
muddatli qo’yilmalarga bo’lish kontseptsiyasiga asoslangan. 
Axborotlar  tizimi  orqali  olingan  iqtisodiy  ma’lumotlarni)  muayyan 
ko’rsatmani  vujudga  keltiradigan  xolatga  etkazish  uchun  uni  tayyorlash,  ya’ni 
to’plash,  tekshirish  va  qayta  ishlash  kabi  qo’shimcha  ishlarni  amalga  oshirish 
zarur,  bu  esa  auditorlik  faoliyatining  asosiy  mazmuni  va  taxlil  ishlarining 
bosqichlaridan  biri  hisoblanadi.  Ma’lumki,  audit  tekshiruvidan  o’tkazishning 
maqsadi  auditorning  moliyaviy  hisobot  va  amaldagi  qonunchilik  talablariga 
muvofiq  tayorlangani,  buxgalteriya  hisobi  standartlariga  mosligi,  undagi 


 
25 
 
ma’lumotlarning xaqqoniyligi axborot mavjud bo’lganida ham darxol investitsion 
qaror qabul qilish mumkin emas.  
Olingan  axborotni  chuqur  mulohaza  qilish  yo’li  orqali  boshqarilayotgan 
ob’ekt  holati  va  uning  rivojlanish  tamoyillarini,  amalga  oshirilayotgan  xo’jalik 
jarayonlari  mohiyatini  tushunishga  erishiladi.  Faqat  moliyaviy  hisobot 
ma’lumotlari  va  boshqaruv  «yuragi»ni  tashkil  etadigan  buxgalteriya  hisobida 
boshqa  axborot  manbalarini  chuqur  tahlil  qilish  yo’li  bilangina  to’g’ri  boshqaruv, 
investitsion  qarorini  qabul  qilish  mumkin.  Mana  shuning  uchun  ham  auditor, 
moliyaviy  hisobot  elementlarining  haqqoniyligini  aniqlagandan  so’ng  o’z  ishini 
tugallamaydi, balki tahlil ishlarini amalga oshiradi. 
Auditorlar  moliyaviy  hisobot  haqida  o’z  fikrlarini  bildirishdan  oldin 
tekshirilayotgan  xo’jalik  sub’ekti  ishlariga  chuqurroq  nazar  tashlashlari,  uning 
faoliyatidagi  kamchiliklarni  aniqlashlari  hamda  moliyaviy  yo’qotishlarning  oldini 
olish 
va 
auditdan 
o’tkazilayotgan  sub’ektning  bozorda  barqarorligini 
mustahkamlashga  qaratilgan  tegishli  tavsiyalarni  ishlab  chiqishlari  zarur.  Bunga 
esa  ular,  bizningcha,  faqatgina  iqtisodiy  tahlil  usullariga  tayangan  holda  ish  olib 
borsalargina erishishlari mumkin. 
Boshqaruv nuqtai-nazaridan  audit va  moliyaviy  taxlil qaror  qabul qilishdan 
oldingi  bosqich  bo’lib,  uning  maqsadi:  boshqarilayotgan  ob’ekt  holatiga  to’g’ri 
baho berish va bu xolatning talab qilinayotgan xolatdan qanchalik farq qilinishini 
ko’rsatib berish; ob’ektni amaldagi vaziyatdan talab qilinayotgan holatga o’tkazish 
imkoniyatlari va yo’llarini aniqlash; maqbul qarorlar qabul qilish uchun materiallar 
tayorlashdan  iboratdir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  investitsiyalarni  boshqarish 
tizimida  audit  va  tahlil  axborot  olish  va  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish 
o’rtasidagi  oraliq  joyni  egallaydi.  Ular  boshqaruv  qarorlarini  qabul  qilish  asosi 
bo’lib hisoblanadi, qaror qabul qilishning o’zi esa boshqaruv tizimida etakchi o’rin 
tutadi.  Xo’jalik  sub’ektining  investitsiya  faoliyatini  boshqarish  tizimida 
buxgalteriya  hisobi,  taxlil  va  auditning  tutgan  o’rni  quyidagi  chizmada 
ko’rsatilgan. 
 


 
26 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə