Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


 Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobi



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/109
tarix19.04.2022
ölçüsü1,32 Mb.
#85656
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109
Investitsiyalar auditi va baholash

4.5. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobi 
Qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  -  o’zida  muomala  muddati  12 
oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga oid 
investitsiyalardir.  Ularning  sintetik  (umumlashgan)  hisobi  5800-«Qisqa  muddatli 
moliyaviy  investitsiyalar»  hisobvarag’ida  yuritiladi.  Ushbu  hisobvaraq  muddatli 
bo’lib  (bir  yildan  oshmagan  muddat  ichida),  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlarning 
investitsiyalarini,  ya’ni  boshqa  bir  korxonalarning  qimmatli  qog’ozlari,  foizli 
davlat va  mahalliy  obligatsiyalari,  shuningdek bir korxonaning  boshqa korxonaga 
bergan  qarzlarining  holati  va  harakati  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  umumlashtirish 
uchun xizmat qiladi. Ushbu hisobvaraq foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu 
kabi qimmatli qog’ozlar, shuningdek boshqa korxonalarga berilgan qarzning holati 
va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun xizmat qiladi. 
Agarda foizli obligatsiyalarga investitsiyalar va shu kabi qimmatli qog’ozlar, 
shuningdek  boshqa  korxonalarga  berilgan  qarzlarni  qaytarish  muddati  bir  yildan 
oshmasagina,  bu  investitsiyalar  5800-«Qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar» 
hisobvarag’ida hisobga olib boriladi. Bundan tashqari, qaytarish (qayta sotib olish) 


 
77 
 
muddati  ko’rsatilmagan  boshqa  qimmatli  qog’ozlar  uchun  investitsiyalar,  agar 
ulardan  daromad  olish  mo’ljali  bir  yildan  ortiq  bo’lmasa  ham  korxonalar  5800-
«Qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar»  hisobvarag’ida  sintetik  hisobini  olib 
boradilar. 
Hisobvaraqlar  rejasiga  muvofiq  ushbu  hisobvaraq  bo’yicha  quyidagi 
hisobvaraqlar ochilishi mumkin: 
5810-«Qimmatli qog’ozlar» 
5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar»  
5890-«Boshqa joriy investitsiyalar». 
Korxonalarda 5810-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida aktsiya, davlat va 
maxalliy  zayomlarning  foizli  obligatsiyalariga  bir  yildan  kam  muddatga  qilingan 
investitsiyalarning holati hisobga olib boriladi. 
Korxonalar daromadli va barqaror faoliyat yurituvchi boshqa bir korxonalar 
aktsiya  yoki  obligatsiyalarini  bir  yildan  kam  muddatga  xarid  qilganda  5810-
«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’i debetlanib, 5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-
«Valyuta schyoti» yoki boshqa material va har xil qiymatliklarni hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar  kreditlanadi  (agar  qimmatli  qog’ozlarning  qiymati  moddiy 
qiymatliklar bilan to’lansa yoki sotuvchi korxonaga berilsa). 
Ushbu  qimmatli  qog’ozlarni  sotish  va  qayta  sotish  (qoplash)  jarayonida 
9220-«Boshqa aktivlarni sotilishi va turli chiqimi» hisobvarag’i debetlanib, 5810-
«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’i  kreditlanadi. 
5830-«Berilgan  qisqa  muddatli  qarzlar»  hisobvarag’ida  korxonalarning 
boshqa bir korxonaga bergan qisqa muddatli qarzlarining harakati hisobga olinadi. 
Ushbu berilgan qarzlarga quyidagicha: debet 5830-«Berilgan qisqa muddatli 
qarzlar» hisobvarag’i kredit 5110-«Hisob-kitob schyoti» yoki boshqa hisobvaraqlar 
yozuvi beriladi. 
Korxonalar bergan qarzlari qaytarib berilganda 5110-«Hisob-kitob schyoti» 
yoki  boshqa  hisobvaraqlar  debetlanib,  5530-«Berilgan  qisqa  muddatli  qarzlar» 
hisobvarag’i kreditlanadi. 
5890-«Boshqa 
joriy 
investitsiyalar» 
hisobvarag’ida 
korxonalarning 


 
78 
 
mamlakat  va  chet  el  valyutalarida  omonat  sertifikatlari,  banklardagi  depozit 
schyotlarga qilingan investitsiyalarning va boshqa joriy investitsiyalarning harakati 
hisobga olinadi. 
Korxonalarda 5800-«Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar» hisobvarag’i 
bo’yicha analitik hisob investitsiyalar va ob’ektlarning turlari bo’yicha, ya’ni sotib 
olingan  qimmatli  qog’ozlar  turlari  va  ularni  chiqargan  korxonalar  bo’yicha 
yuritiladi. 
Masalan,  korxonalar  5810-«Qimmatli  qog’ozlar»  hisobvarag’ida  aloxida 
«Davlat  obligatsiyalari»,  «Maxalliy  zayom  obligatsiyasi».  «Korxonalar 
obligatsiyasi»  (obligatsiyaning  turlari  bo’yicha),  shuningdek  aktsiyaning  turlari 
bo’yicha  «Oddiy  aktsiyalar»  va  «Imtiyozli  aktsiyalar»  uning  ob’ektlari  bo’yicha 
ham  (aktsiyani  chiqargan  korxonalar  bo’yicha)  alohida  analitik  hisobvaraqlar 
ochib, ularning harakatini hisobga oladilar. 
5830-«Berilgan  qisqa  muddatli  qarzlar»  hisobvarag’ida  analitik  hisob 
qarzlarni  olgan  korxonalar  bo’yicha  berilgan  qarzni  qaytarib  olish  muddatlari 
bo’yicha yuritiladi. 
Korxonalarda  ochilgan  analitik  hisobvaraqlar  mamlakat  hududidagi  va  chet 
eldagi  qisqa  muddatli  moliyaviy  investitsiyalar  to’g’risidagi  ma’lumot  olish 
imkonini berishi kerak. 
Korxonalarda  moliyaviy  investitsiyalarning  sintetik  hisobi  ularning 
muddatidan qilib chiqqan holda alohida hisobvaraqlarda yuritiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
79 
 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə