Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə11/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

Nazorat savollari


  1. Simmetrik tashkil etuvchilar filtrlarining vazifasi?

  2. Nol ketma-ketlik filtri qanday tayyorlanadi?

  3. Uch transformatorli nol ketma-ketlik tok filtrlarning asosiy kamchiligi.

  4. Nol ketma-ketlik tok transformatorlarining tuzilishi va ishlash prinsipini tushintirib bering.

  5. Uch transformatorli nol ketma-ketlik tok filtrlarining asosan qanday liniyalarda qo‘llaniladi?

  6. Nol ketma-ketlik tok transformatorlarining afzalliklari nimadan iborat?

  7. Nol ketma-ketlik tok transformatori qanday liniyalarda qo‘llaniladi?

  8. Kabelning broni orqali erga o‘tuvchi toklar nol ketma-ketlik tok transformatorlarining aniq ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi uchun qanday choralar ko‘riladi?

  9. Rasmda qanday filtr ko‘rsatilgan?




1.3. Elektromexanik elementlar

1.3.1. Rele


Elektr energiyasini mexanik energiyaga yoki mexanik energiyani elektr energiyaga aylantiruvchi elementlarga elektromexanik elementlar deb ataladi. Rele himoyasi va avtomatikada elektromexanik elementlar tarkibiga kiruvchi elektromexanik relelar keng qo‘lanilmoqda.
Rele nazorat qilinayotgan ob’ekt rejimining buzilishni xarakterlovchi kattalik oldindan belgilangan qiymatga etganda boshqarilayotgan zanjir holatini sakrab (keskin) o‘zgartirish uchun signal beradi. Masalan, kuch apparatlari ( viklyuchatellar)ga ta’sir qiladi.
Elektromexanik relelar elektromagnit, induksion va magnitoelektrik relelarga bo‘linadi. Elektromexanik relelarning asosiy elementlari kontaktlari va cho‘lg‘amlariga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilar:

  • Relelarning kontaktlari ular boshqarayotgan zanjirlardagi tokni ishonchli uzish va ulashga hamda etarli darajada ko‘p marotaba ishlashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak;

  • Relening cho‘lg‘ami uzoq va qisqa vaqt davomida ruxsat etiladigan tok o‘tganda yoki unga ruxsat etiladigan kuchlanish berilganda termik turg‘unlikka ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə