Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги


Rele himoyasi uchun qisqa tutashuv toklarini hisoblash



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə6/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

Rele himoyasi uchun qisqa tutashuv toklarini hisoblash


Rele himoyasining o‘rnatmalarini tanlash va sezgirligini tekshirish uchun qisqa tutashuv tokining boshlang‘ich qiymati hisoblanadi. Buning uchun :


1.Ko‘rilayotgan elektr tarmog‘ining hisoblash sxemasi tuziladi yoki u berilgan bo‘lishi mumkin;
2. Hisoblash sxemasi asosida uning almashtirish sxemasi tuziladi.
3. Almashtirishning sxemasini o‘zgartirish yo‘li bilan qisqa tutashuv nuqtasiga nisbatan natijaviy e.yu.k. Enat va natijaviy qarshilk Xnat topiladi;
4. Natijaviy e.yu.k. va natijaviy qarshilikni bilgan holda uch fazali q.t tokning davriy tashkil etuvchisining boshlang‘ich qiymati Ik aniqlanadi.
Hisoblashlarni soddalashtirish maqsadida hisoblash sxemasida har bir kuchlanish pog‘onasi uchun shinalardagi uning haqiqiy kuchlanishi o‘rniga quyidagi shkala asosida o‘rtacha kuchlanish Uo‘r kV larda ko‘rsatiladi: 6,3 ; 10,5 ; 37 ; 230 ; 340 ; 515 ; 770.
Har bir kuchlanish pog‘onasi uchun o‘rtacha kuchlanish (bazis kuchlanishning Ub) qabul qilinib, shu pog‘onaga ulangan hamma elementlarning nominal kuchlanishi uning o‘rtacha hamma (bazis) kuchlanishga teng deb hisoblanadi. Keyin bazis quvvat Sb tanlanadi hamda bazis toklar topiladi.

Ib = Sb / ( Ub)


Nisbiy birliklarda elektr tarmog‘i elementlarining qarshiliklari quyidagicha hisoblanadi.


Energosistema uchun
xc = Sb / Sk,
bu erda Sk – energosistemaning qisqa tutashuv quvvati.
Transformator uchun
xt =
bu erda Str.nom - transformatorning nominal quvvat
Elektr uzatish liniyasi uchun
xl = xsol L ,
bu erda xsol = 0,4 Om/km; L – liniyaning uzunligi, km; Uo‘r – liniyaning kuchlanishi.
Asinxron dvigatel
xad=0,2 ,
bu erda Sad – asinxron dvigatelning to‘la quvvati;
Sad = .
Sinxron dvigatel
xsd = 0,2
bu erda Scd – sinxron dvigatelning to‘la quvvati;
Ssd =Rsd / sos 
Umumlashgan yuklama
xn = 0,35
bu erda S – yuklamaning quvvati
Elektr tarmog‘i elementlarining e.yu.k lari quyidagicha qabul qilinadi:
1. Asinxron dvigatel Ead = 0,9
2. Sinxron dvigatel Esd = 1,1
3. Energosistema Es = 1,0
4. Umumlashtirilgan nagruzka En = 0,85.
Elektr tarmog‘i elementlarining qarshilik va e.yu.k.lari aniqlangandan keyin almashtirish sxemasi qisqa tutashuv nuqtasiga nisbatan sodda holga keltirilib natijaviy e.yu.k hamda natijaviy qarshilik aniqlanadi.
Qisqa tutashuv toki esa quyidagicha topiladi
Iq.m = Ib, bu erda Ib – qisqa tutashuv toki hisoblanayotgan nuqta uchun bazis tok.

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə