Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


o‘zaro jamg‘arma banklari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

o‘zaro jamg‘arma banklari
keng tarqal-
gan, biroq ularning farqi shundaki, bunday banklarning xizmatidan 


212
mayda omonatchilar foydalanadi. Odatda ular omonatlarning eng yuqori 
chegarasini belgilab qo‘yib, omonatlarning barqaror ravishda oqib keli-
shiga umid bog‘laydi. 
Kredit uyushmalar
nisbatan mayda jamg‘arma-kredit muassasalar 
bo‘lib, iste’mol kreditlarini berishga yo‘naltirilgan. Ular diniy tashkilot-
lar, kasaba uyushmalari va shunga o‘xshash tuzilmalar tomonidan 
tashkil etiladi. Kredit uyushmalar o‘z a’zolarining jamg‘arma hisobva-
raqlarini ochadi hamda qarzni ham faqat o‘z a’zolariga beradi, ya’ni 
kredit uyushmalar omonatchilar tomonidan 
«jamoatchilik asosida»
idora qilinadi.
O‘zaro pul fondlari
foizlar bilan to‘lanadigan omonatlarni qabul 
qiladi, buning uchun mijozlarga chek yozib berishi mumkin. Chek 
bo‘yicha qo‘yilgan omonat summasi kabi hajmi ham ma’lum darajada 
chegaralangan bo‘ladi. 
Moliya muassasasining bunday turi ko‘p minglab omonatchilarning 
mablag‘larini jalb etadi hamda hosil bo‘lgan fond daromad keltiradigan 
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Sanab o‘tilgan moliya 
muassasalaridan farqli o‘laroq, o‘zaro pul fondlaridagi omonatlar sug‘urta 
qilinmaydi, biroq ularning aktivlari (omonatchilarning mablag‘iga sotib 
olingan qimmatli qog‘ozlar) yuqori likvidli bo‘lgani sababli katta foizlar 
olib keladigan yetarli darajada ishonchli jamg‘arma vositasi hisoblanadi. 
Depozit multiplikatori
– bankka qo‘yilgan mablag‘larning har bir 
pul birligidan ko‘riladigan umumiy daromad hajmining o‘zgarishini tav-
siflovchi ko‘rsatkich. Bank tizimining bir qadar qiziqarli xususiyati 
shundan iboratki, aytaylik, agar alohida tijorat banki o‘zidagi mavjud 
zaxira hajmidagina ssuda bersa, butun bank tizimi uning zaxirasidan bir 
necha barobar ortiq miqdorda ssuda taqdim etishi mumkin. 
Bunday hodisa depozitlarning multiplikatsiya tarzida kengayishi 
(ko‘p karrali omonatlar orqali kengayish) degan nom olgan. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə