Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Qishloq xo„jaligining tarmoq sifatida o„ziga xos xususiyatlari



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

1.2. Qishloq xo„jaligining tarmoq sifatida o„ziga xos xususiyatlari 
 
Qishloq xo‗jaligi – agrosanoat majmuasi (ASM)dagi eng muhim 
tarmoqlardan biri bo‗lib, mamlakat aholisi uchun oziq-ovqat, qayta ishlash 
sanoati uchun xom-ashyo yetkazib beradi. Uning asosiy vazifasi mamlakat 
aholisining oziq-ovqatga bo‗lgan extiyojini qondirishdir (1.2.1-jadval). 
1.2.1-jadval 
Mamlakat aholisining jon boshiga asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan 
minimal ta‟minlanganlik darajasi (tibbiy meyor bo„yicha)
4
 % 
№ Mahsulot turlari 
Yillar 
2012-2016 
yillarda 
o„zgarish 
2012 
2013 
2014 
2015 
2016 

Bug‗doy 
102,3 
104,6 
105,1 
106,3 
152,6 
149,2 

Kartoshka 
126,6 
136,3 
141,2 
144,9 
170,3 
134,5 

Sabzavot 
238,8 
257,9 
263,1 
275,4 
324,2 
135,8 

Meva 
89,8 
97,5 
98,9 
101,3 
125,2 
139,4 

Uzum 
291,4 
314,4 
318,9 
332,9 
395,7 
135,8 

Poliz 
242,9 
262,8 
271,8 
283,4 
326,5 
134,4 

Go‗sht 
73,1 
76,9 
81,0 
83,4 
169,1 
231,3 

Sut 
149,3 
158,6 
162,7 
172,3 
223,1 
149,4 

Tuxum 
44,0 
48,9 
51,9 
65,9 
66,1 
150,2 
Aholining iste‘mol tovarlariga bo‗lgan talabining deyarli ¾ qismi qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlari hisobidan qondiriladi. Qishloq xo‗jaligi sanoatga xom-
ashyo yetkazib beruvchi yetakchi tarmoqlardan biri hisoblanadi.
4
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‗jaligi vazirligi hamda Statistika qo‗mitasi ma‘lumotlari 
asosida hisoblangan. 


18 
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining 50% dan ko‗prog‗i xom-ashyo sifatida 
ishlatiladi. Bu soha sanoatning yengil, oziq-ovqat, omixta yem va boshqa 
tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi.
O‗z navbatida qishloq xo‗jaligi sanoat tovarlarining yirik iste‘molchisi 
hamdir. Sanoat qishloqni traktorlar, avtomobillar, mashinalar, asbob-uskunalar, 
yoqilg‗i, yoqilg‗i-moylash materiallari, mineral o‗g‗itlar, omixta yem va 
boshqalar bilan ta‘minlaydi. Sanoatda qilinadigan xarajatlarnig qariyb 40 foizi 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga sarflanadi. Shunday ekan
sanoatning ayrim tarmoqlari rivoji qishloq xo‗jaligi bilan chambarchas bog‗liq 
va ayni vaqtda qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining maqsadga 
muvofiq faoliyati sanoatning qay darajada rivojlanganligi bilan bog‗liq.
Iqtisodiyotning har bir tarmog‗ida ishlab chiqarish vositalaridan 
foydalaniladi, turli xil mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishchi-xizmatchilardan 
yetarlicha malaka talab qilinadi. Xuddi shunday qishloq xo‗jaligining ham 
o‗ziga xos xususiyatlari borki, bu tarmoqda tadbirkorlik faoliyatini olib borishda 
ushbu xususiyatlarni hisobga olish zarur (1.2.1-rasm). 
1.2.1-rasm. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə