Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
 
XVI BOB. O„SIMLIKCHILIK TARMOQLARI IQTISODI
 
16.1. 
O‗simlikchilik tarmoqlarining ahamiyati........................................... 359
 
16.2. 
O‗simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotining hozirgi holati.................. 360
 
16.3. 
Davlatning g‗alla mustaqilligi siyosati............................................... 369
 
16.4. 
Kelajakda o‗simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotini rivojlantirish 
masalalari........................................................................................... 
 
374 
 
XVII BOB. CHORVACHILIK (QORAMOLCHILIK, QO„YCHILIK, 
ECHKICHILIK) TARMOQLARI IQTISODI 
 
17.1.
 
Chorvachilik tarmoqlarining ahamiyati.............................................
 
382
 
17.2.
 
Chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy samaradorlik darajasini 
ifodalovchi ko‗rsatkichlar..................................................................
 
 
385
 
17.3.
 
Chorvachilik tarmoqlarida mahsulot yetishtirishni rivojlantirish va 
samaradorligini oshirish yo‗llari........................................................
 
 
388
 
17.4.
 
Chorvachilikda yem-xashak bazasini shakllantirish yo‗llari.............
 
390
 
Foydalanilgan adabiyotlar.............................................................................
.......
 
 
397
 



SO„Z BOSHI 
 
Qishloq xo‗jaligining asosiy masalasi bu – qishloq xo‗jaligida ishlab 
chiqarishning barqarorligini ta‘minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirib 
borish asosida mamlakat aholisining oziq-ovqatga, sanoatning esa xom-ashyoga 
bo‗lgan ehtiyojini qondirishdir. Bugungi kunda aholi jon boshiga to‗g‗ri 
keladigan oziq-ovqat mahsulotlarining yillik iste‘moli 47,3 foizini tashkil 
qilmoqda. Oziq-ovqat mahsulotlari importi yildan yilga kamayib, uning eksport 
hajmi sezilarli darajada ortib bormoqda. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganidek, 
―Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo‗jaligida asosiy kuch bo‗lib, nafaqat 
mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish
xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va 
farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g‗urur 
bilan, minnatdorlik bilan qayd etamiz‖
1

Qishloq xo‗jaligini erkin bozor iqtisodiyoti qonunlari talabi darajasida 
barqaror rivojlantirish uchun qishloq xo‗jaligini yuritishning turli mulk va 
mulkchilik shakllarini va tadbirkorlik shakllarini barpo etishning zarurligi, yer-
suv resurslaridan samarali foydalanish, sug‗oriladigan yerlar maydoni, sifati, 
moddiy-texnika resurslari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion texnologiyalar va 
ulardan samarali foydalanish, qishloq xo‗jaligining asosiy va aylanma fondlari 
mehnat resurslari bozori, mehnat unumdorligini oshirish, investitsiyalar (kapital 
qo‗yilmalar) bo‗yicha davlatning siyosati, qishloqda servisni rivojlantirish, 
xarajatlarni 
tejash, 
mahsulot 
va 
xizmatlarning 
baholarini 
belgilash, 
raqobatbardoshligini oshirish hamda qishloq xo‗jaligi korxonalarining 
daromadlarini ko‗paytirish yo‗llarini asoslab berish maqsadga muvofiqdir. 
O‗zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyev
ta‘kidlaganidek, ―Qishloq xo‗jaligini diversifikatsiya qilish, yer-suv 
resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish 
orqali dehqonlarning daromadini oshirish borasida olib borayotgan tizimli 
ishlarimiz ham asta-sekin o‗z samarasini bermoqda.‖
2
Agrar-iqtisodiy 
islohotlar 
va 
tarkibiy 
o‗zgarishlar 
hamda 
diversifikatsiyalash natijasida qishloq xo‗jaligida xo‗jalik yuritishning bozor 
11
SH.M. Mirziyoyev Rizq-ro‗zimiz bunyodkori bo‗lgan qishloq xo‗jaligi xodimlari mehnatini ulug‗lash, soha 
rivojini yangi bosqichga ko‗tarish – asosiy vazifamizdir//Xalq so‗zi. 10.12.2017. 
2
Usha joyda. 



shakllariga o‗tildi va mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarning salmog‗i oshdi. 
Qishloq xo‗jaligi korxonalarini moliyaviy sog‗lomlashtirish, davlat byudjeti 
subsidiyalari orqali kredit tizimidan foydalanish, hosilni sug‗urtalash va boshqa 
bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, qishloq xo‗jaligining barqaror va 
jadal rivoji uchun bir qancha ishlarni amalga oshirish lozim. Qishloq xo‗jaligi 
ishlab chiqarishida innovatsiyalar, zamonaviy texnika va texnologiyalar hamda 
xo‗jaligi yuritishning yangicha shakllaridan foydalanish orqali ushbu 
muammoni hal etish mumkin. Shu bilan bir qatorda, qishloq va boshqa ASM 
korxonalari mutaxassislarining iqtisodiy tayyorgarlik darajasiga keskin talablar 
qo‗yilmoqda. Ushbu talablarga javob berish uchun ―Qishloq xo‗jaligi 
iqtisodiyoti‖ fani bo‗yicha chuqur bilimga ega bo‗lish muhim ahamiyatga ega.
O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligida olib borilayotgan iqtisodiy 
islohotlar yo‗nalishlarining mazmun va mohiyatini yoritishda O‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlarga, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidenti asarlariga, Prezident farmon va qarorlariga, Vazirlar 
Mahkamasining qarorlariga asoslanadi. Agrar sohada amalga oshirilayotgan 
asosiy iqtisodiy munosabatlarning ahamiyati Respublika Makroiqtisodiyot va 
Statistika hamda Qishloq va suv xo‗jaligi vazirliklari ma‘lumotlaridan 
foydalanib, jadvallar, rasmlar, diagrammalar, grafiklar yordamida yoritilishiga 
harakat qilindi.
O‗zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari va 
Oliy va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo‗nalishlari bo‗yicha o‗quv-uslubiy 
birlashmalar 
faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan 
tasdiqlangan (2013 yil 19 apreldagi 128-sonli bayonnomasi hamda №BD-
5230100-4.01 bilan ro‗yxatga olingan) ―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining 
o‗quv dasturi asosida yozilgan bo‗lib, ushbu darslikda o‗qitishning yangi ta‘lim 
texnologiyasi, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydanilgan holda har bir 
mavzu bo‗yicha maqsadi, mazmuni, mohiyati va ahamiyati yoritilgan hamda 
mavzu bo‗yicha nazorat va muhokama uchun savollar, tayanch iboralar va 
foydalaniladigan adabiyotlar ro‗yxati keltirilgan.
―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining darsligi asosan oliy o‗quv 
yurtlarining iqtisodiy ta‘lim yo‗nalishlari talabalari uchun mo‗ljallangan. 
Bundan tashqari, qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti muammolari bilan 
shug‗ullanuvchi professor-o‗qituvchilar, talabalar, tadqiqotchilar, katta ilmiy 
xodim-izlanuvchilar, tadbirkorlar hamda qishloq va suv xo‗jaligi xodimlari ham 
foydalanishlari mumkin.


10 
Ushbu darslik qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti bilan bog‗liq muammolar
masalalar va ularni tarmoq ishlab chiqarishiga joriy etish uchun imkoniyatlarini 
kengaytirishga yordam beradi degan fikrdamiz.
Mualliflar ―Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti‖ fanining darsligi sifatida unga 
bildirilgan fikr va mulohazalar hamda takliflarni minnatdorlik bilan qabul 
qiladilar va ularni keyingi nashrlarga tayyorlash va chop etish jarayonida 
inobatga oldilar. Ushbu darslikni chop etilishiga yordam berganlarning 
barchasiga samimiy minnatdorchilik bildiradilar. 


11 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə