erkinlikiar: vijdon erkinligi, fikr, mulk, so‘z erkinliklari to ‘g‘risidagi masa-
lalar tushmadi.
Buijuaziya féodal jam iyat bilan o‘z hayotiy manfaatlari uchun kurash
olib borgan davrida «matbuot erkinligi* shiorini ilgari surdi. Ingliz pub-
litsistlari ayrim siyosiy arboblami ham da jamiyatning turli maishiy
m e’yorlari, tartib-qoidalarini keskin tanqid qildilar. Bu esa tanqidiy
publitsistika vujudga kelishi va rivojlanishiga t a ’sir ko‘rsatdi. Ingliz inqilobi
demokratik jurnalistikaga asos soldi, siyosiy pam fletlar va davriy matbuotni
o ‘z ehtiyojlariga b o ‘ysundirdi.
M am lakatda X V III asrda kundalik siyosiy gazeta paydo bo‘lib, ilgari
iqtisodiy m avzularda faqat sharhsiz,
izohsiz axborot berib kelgan
publitsistika va k o ‘p sonli axborotnomalarning talaygina jihatlarini o ‘zida
mujassamlashtirdi.
1640-yiIlar atro ñ d a Londonda haftaliklar chiqarila boshladi, ulaming
ayrimlari siyosiy m unozaralaiga kirishdilar. Masalan, Mirgmonu Nidxem
1643-yildan 1646-yilgacha nashr etgan «Mercuris Britanikus* (Britaniya
axborotnomasi) gazetasida awaliga xalqqa qarshi qaratilgan tanqidiy
maqolalar e ’lon qilganligi uchun qirol qatl etilganidan keyin Kromvel
tom onidan sud qilindi. Nidxem 1650-yilda «Mercurius Politicus* (Siyosiy
axborotnoma) gazetasini nashr etishga kirishib, uni 1660-yiIgacha chiqarib
turdi. G eneral T. Ferfaks nomidan «A Perfect Diurnal* 'yoki «Journal*
nashr etildi. M obbot tom onidan nashri yo‘lga q o ‘yilgan «Moderate* level-
lerlar qarashlarini ifodalar edi.
Pamflet publitsistikasi juda ko'plab nom lar va ismlarni mamlakatga
tanishtirdi. M asalan, M. Nidxem gazetalar nashr etish barobarida pamflet
yozish ijodi bilan ham shug'ullandi. Qirol qatlidan keyin u «Ingliz
respublikasi ¡shining himoyasi* pamfletini e ’lon qildi. Huquqshunos,
independentlar partiyasi vakili, qirol bilan parlam ent o ‘rtasidagi bahs-
munozaraning faol ishtirokchisi Henri Parker jum alistika bobida Tomas
Gobbsnning (absolut monarxiya tarafdori, royalist) davomchisi bo‘ldi.
Parker 1649-yiIga qadar' qirolning parlamentga maktublariga o ‘z javob-
landa
parlam ent
yetakchilarining jamiyat
siyosiy
qurilishiga
doir
qarashlarini ifodalab keldi. Gobbs singari u ham mavjud munosabatlarga
o z tushuntirishlarini tabiiy huquq va shartnoma daviati nuqtayi nazaridan
kelib chiqib bayon qildi, biroq ayni paytda monarxiya tarafdori bo‘lib
qolaverdi. X V II-X V III asrlarda aynan tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma
nazariyasi keng om m alashib ketdi. U birinchi burjua inqiloblarining naza-
riy negizi b o iib qoldi.
Ingliz va fransuz inqiloblarini yuz yildan ko‘proq vaqt ajratib turadi.
Shu davr m obaynida tabiiy huquq va shartnoma daviati nazariyasida ayrim
o zgarishlar yuz berdi. 1642-yilda u 1789-yildagiga qaraganda boshqa-
charoq izohlanardi, biroq uning asoslari o ‘zgarishsiz qoldi. Ingliz faylasufi
Tomas Gobbsni ushbu nazariyaning asoschilaridan hisoblashadi. Gobbs
fikricha, davlat insonlam ing o ‘zaro tuzgan shartnom alari natijasida tashkil
topib, kimlargadir hokim iyat, boshqalarga (aksariyat ko‘pchilikka)-davlat
masliinasi yordam ida ta ’m inlab turiladigan xavfsizlik va tartib ato etadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Gobbs kuchli davlat hokimiyati-monarxiya tarafdori edi. U ning «Fuqaro
tug‘risida»gi risolasi qirol hokimiyatining hipioyasi uchun yozilgan b o ‘lsa-
da, m uallif xohishiga zid ravishda dem okratiya rivojiga xizmat qildi.
Angliyada monarxiya qayta tiklanganligiga va XVIII asm ing so‘nggi
o ‘n yilligiga qadar Yevropa davlatlari qirollar sulolalarining cheklanm agan
hokimiyati orqall boshqarib keiinganligiga qaramasdan, shartnom a davlati
nazariyasi g‘oyat keng tarqaldi. Jahonga mashhur «Ijtimoiy shartnom a
to ‘g‘risida yoxud siyosiy huquq prlnsiplari* risolasining muallifi Jan Jak
Russo ushbu nazariyani rivojlantirishga ulkan hissa qo’shdi.
2-fasl. Yetakchi publitsistlar
Ingliz pamflet jumalistikasining eng yorqin, ajoyib vakillari monarxiya
muxoliflari orasida boiishdi. U larning ijodi AQSH, Fransiya va boshqa
mamlakatlarda ilg‘or fikrlar ravnaqiga kuchli ta ’sir ko'rsatdi. Jon M ilton,
Jon Lilbem, Jerard Uinstenli publitsistik faoliyati alohida e ’tiborga m o-
likdir.
M tlton ingliz burjua inqilobining eng taniqli publitsistlaridan edi.
Ingliz shoiri, keng mashhur bo‘lgan «Boy berilgan jannat*, «Qayta tik-
langan jannat» asarlari, «Pahlavon Samson» fojeasi va boshqa asarlar
muallifi Jon M ilton o ‘z xalqining o 'g io n i o'laroq Angfiyada avj oiayotgan
voqealarga befarq turolmas edi. Shu voqealar ta ’sirida u «Angliya cher-
kovlarining islohotlari va unga m onelik qilgan sabablar xususida* (1641),
«Episkoplik haqida» (1641), «R em onstrantni Smektimnuusdan him oya
qilishga qarshi e ’tiroz» (1641), «Cherkov qurilishining mazmuni» (1642) va
boshqa bir qator risolalar, pamfletlar yaratdi. Pamfletlaridan birida o ‘z vatanida
avj olib ketgan ozodlik kurashidan chetda bo'lishi qiyin ekanligini yozgan edi.
U mavjud cherkov tartiblarmi to ‘liq inkor qilib, oliy ruhoniylami puri-
tanlaming ta ’qib etilishida aybladi, cherkov erkinligini madh qildi.
«Cherkov qurilishining mazmuni* pamfletida cherkovning davlatdan
ajratilishini yoqlab chiqdi.
0
‘sha davr bahs-m unozara adabiyotida qabul
qilingan taomilga binoan M ilton o ‘z daiil-isbotlarida Bibliya, Injil,
«Avliyolar hayoti» diniy kitoblaridan kelib chiqib fikr yuritdi. Cherkovning
episkoplikdan (oliy darajadagi ruhoniylardan) mustaqilligini, presviterian-
laming o ‘z cherkov (qirolga b o ‘ysunuvchi va davlat ishiga aralashish
huquqiga ega bo‘lgan hukmron ingliz cherkovidan farq qiluvchi) tash-
kilotiga ega bo‘lish huquqini him oya qilish Miltonni um um an vijdon
erkinligini mudofaa etishga boshlab keldi.
0
‘z risolalari, pamfletlarida u
insonlarning qonun oldida baravarligini himoya qildi.
Qirol qatl etilganidan keyin ingliz dem okratik harakati yetakchilariga
royalistlar, qirol zotining daxlsizllgi tarafdorlari hamla qila boshladilar,
independenttam i ayblovchi bir q ato r pam fletlar paydo b o id i. Yevropa
mamlakatlari Angliyaga harbiy yurish tashkil qilish, qirolni qatl etganligi
uchun jazolash talabini ilgari surishdi. Natijada, publitsistlar oldida go‘yo
azob-uqubatlarga giriftor etilgan qirolning «muqaddas* tim solini fosh
qilish, xalqning haqligini ko'rsatish vazifasi ko‘ndalang turdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |