‘zbekiston respublikasi oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 79,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/160
tarix24.12.2017
ölçüsü79,22 Kb.
#17347
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160

’ Binobarin,  XIX  va  XX  asr  chegarasidagi  Stolipin  islohotlarining  tub 
burilish  paytida  «Qozoq*  um um m illiy  gazetasi  va  «Ayqap»  milliy-demo- 
kratik  ju m ali  timsolida  qozoq  jam iyatining  orzu-umidlarini  ifodalovclii 
m atbuot  vujudga  keidi.  Bu  nashrlam ing  sahifalarida  jam iyatda  iqîisodiy 
jih atd an   o ‘zgarishlar  yasashning  ko‘p  qirrali  va  hal  etilishi  qiyin  bo‘lgan 
masalalarí  o ‘z aksini  topa bordi.
Shunday  qilib,  qozoq  c h o ila rid a   matbuot  turli  subektlar  o ‘rtasida 
iqtisodiy  axborotni  ayirboshlash,  ishlab  chiqarish,  savdo-sotiq  munosabat- 
lari  q aro r  topayotgan  bir  paytda  rivojlana  bordi.  Qozoq  va  rus  tilidagi 
gazetalar  ayni  bir  paytda  nashr  etilardi,  chunki  Qozog‘iston  Rossiyaga 
qo'shib  olingach,  aholini  ko‘chirib  keltirish  siyosati  faol  o'tkazila 
boshlanganligi  munosabati bilan  rusiyzabon  aholi soni orta bordi.
G azetalar  mazmun  ham da  o ‘quvchilar  ommasiga  tarqalish  va  ta ’sir 
ko‘rsatish  jihatidan  baravar  emasdi.  Qozoq  ma’rifatparvarlari  va  yozuv- 
chilarining  yuqori  tabaqasi  adabiy-badiiy  ijod  namunalari  bilan  davriy 
m atbuotda  chiqib  turardi.  M uayyan  ijtimoiy  guruh  nom idan  o ‘z  kuza- 
tishlari,  o ‘y-fikrlari,  munozarali  nuqtayi  nazarlarini  ifodalash  imkoniyat- 
larini  berishi bilan  publitsistika u la m i  o ‘ziga jalb  qilardi.
Birinchi  qozoq  olimi,  sayyohi  va  publitsisti  Cho‘qon  Valixonov 
dunyoqarashi  uning  hayoti  va  faoliyatiga  zamin  boigan  o b ’ektiv  shart- 
sharoitlar  negizida,  asosan  rus tafakkuri  ta’siri  ostida  shakllangan  bo‘lib,  bu 
tafakkur  a n ’ànalarini  u  qozoq  tadqiqotchilik  va  davriy  adabiyotiga  ham 
olib  kirdi.  Rus  demokratlarining  asarían  bilan  tanishish  unga  nafaqat 
Q ozog'iston  va  Markaziy  Osiyodagi  boshqa  féodal  davlatlaming  xo'jalik 
sohasidagi  rivojlanishining  ahvoli  va  istiqbollarini  chuqur  o'rganish  va 
tahlil  qilish,  balki  o‘ziga  xos  shaklda  bo‘lsa  ham,  shaxsiy  qarashlarini 
ifodalash  imkonini  berdiki,  ular  olim ning  ilmiy  va  publitsistik  asarlarida 
aks ettirilgandi.
Qashg'aristonga sayohat  qilgan  Ch.Valixonov  «Oltishar yoki  Xitoyning 
N a n -li  (kichik  Buxoriya)  provinsiyasidagi  oltita  sharqiy  shaharning  1858— 
1859-yillardagi  ahvoli  haqida»  batafsil  hisobot  yozdi.  Bu  Sharqiy  Tur- 
kistonning  jug'rofiyasi,  tarixi,  aholisi,  hukumat  tizimi,  sanoati  va  savdo- 
sotig‘i  haqida  m a’lumotlar  beruvchi  qim m atli  tarixiy-iqtisodiy  tadqiqotdir. 
Ingliz  iqtisodchisi  Jon  Styuart  M illning  «Sibir  vedomstvosidagi  qirg‘izlarda 
sud  islohotlariga  doir  qaydlar*  n om li  m ashhur  kitobning  ayrim  joylaridan 
iqtibos  keltirganligi  muallifining  iqtisodiy salohiyatidan dalolat  beradi.
XIX 
asrning  60-yillaridagi  islohotlar  davrida  Ch.Valixonov  bu  o'z- 
garishlar  xalqning  moddiy  va  m adaniy  ahvoli  yaxshilanishiga  xizmat  qila- 
digan  bo‘lishiga  erisha  bordi.  U  boshqa  asarlarida,  masalan,  «Qirg‘izlarning 
ko'plab  yurishlari  haqida»gi  asarida  hamda  «Chorvachilik-xalq  boyligi* 
asarining  xomaki  qo'lyozmasida  o ‘sha  davming  bosh  mavzui  boigan 
qozoqlarning  qishloq  xo‘jaligini  yuritish  yo'sinlari  masalasiga  murojaat  qilib, 
chorvachilik-ko‘chmanchi  xalq  m ehnat  faoliyatining  asosi,  uning  turmush 
farovonligining  birdan-bir manbayi ekanligini  ko'rsatib berdi.
Ch.Valixonovnuig  aksar  asarlari  tavsifiy  mazmunda  bo'lishiga  qara- 
masdan,  ularda  olimning  fuqaroük  nuqtayi  nazari  aniq-ravshan  ifoda
www.ziyouz.com kutubxonasi


etilgan.  Yer  masalasini  hal  qüishda  mahalliy  hokimiyatiaming  adolatsiziigi 
va  nochorligini  fosh  qilar  ekan,  u  yerdan jam oa  b o iib   foydalanishni  taklif 
qiladi.  (O 'sha  davrda  bu  iIg‘o r  usul  bo'lib,  barcha  m uam m olam i  adolat 
asosida  va  tub  yerli  aboli  uchun  eng  foydali  tarzda  hal  etish   maqsadiga 
xizmat qilardi).
Qozoq  hayotini  yoritishda  bir  qator  mislsiz  unsurlam i  jo riy   etgan 
m a’rifatchi  Ibray  Oltinsarinning  ismi  ham  milliy  publitsistika  tarixida 
munosib  o ‘rin  egalladi.  Muallif xo‘jalikning  yangi  shakllarini  m isollar  aso­
sida  ko‘rsatishga  harakat  qildi.  «Qipshak  Seyitqul*  ochçrkida  u  qashshoq- 
lashib  qolgan  o ‘ttizta  oilaning  qipchoq  urug'idan  bo'lgan  kam bag‘al 
Seyitqul  boshchiligida  tirikcliilik  vositalarini  izlayotganliklari  to ‘g‘risida 
hikoya  qiladi.
K o'chm anchi  qozoqlar o ‘sha  paytda  faqat  chorvachilikiii,  savdo-sotiq 
va  uy  hunarmandchiligining  o ‘ta  oddiy  turlarinigina  biüshar  edi.  Shunday 
bir sharoitda  qo‘shnilardan  ko'chm anchilar orasida  o ‘sha  davrgacha  deyarli 
u rf  bo'lm agan  butunlay  yangi  hunar  turini  o ‘rgangan  Seyitqul  ularga 
yordamga  keladi.  Bu  esa  g‘allakor  dehqonchilik  hunari  edi.  «Seyitqul  har 
tom onlam a  o'ylab  ko‘rib,-deb  yozadi  l.  01tinsarii,-eng  a w a lo   qulay 
qo‘nimgoh  topishga  qaror  qildi.  K o’p  joylarni  aylanib  k o'rib,  nihoyat, 
T o ‘rg‘ay  cho'lida,  Qabirg'a  daryosi  vodiysida  manzil  qilishni  ko'ngjiga 
tugdi*1.
Kambag‘allar  asrlar  bo‘yi  odam   q o ‘li  yetmagan  yerga  ishlov  berishga, 
turkistonliklarga  o'xshab  emi  sug'orish  uchun  anhorlar  qazishga  kiri- 
shadilar.  Bug‘doy  hosili  shu  darajada  bitib  beradiki,  o ‘sha  manzilgoh 
aholisinigina  ta ’minlab  qolmasdan,  balki  ortiqchasini  chorva  moliga 
ayirbosh qilish  imkoni tug‘iladi.  N atijada,  g‘allakor!ar boyib  ketishadi.
Shunday  qilib,  I.  Oltinsarin  iqtisodiy  jarayonni-xo‘jaîik  yuritishning 
boshqa  shakliga  o ‘tishni  ochib  berishda  birinchi  boMib  ocherk  unsurlarini 
va  aynan  lavha  xususiyatlarinj  kiritdi,  hujjatli  material  va  ishonchli  faktlar 
asosida  qozoq jurnalistikasida badiiy  publitsistik jaurlar  rivojlanishiga  ibtido 
b o ig a n   asar yaratdi.
M a’rifatparvar  shoir  Abay  Q o ‘nonboyev  o ‘z  she’riy  va  publitsistik 
ijodida  otashin  so‘zi  hamda amaliy  faoliyati  bilan  zamondoshlariga  yordam 
berishga  intildi.  To'biqti  volosti  boshqaruvchisi  oMaroq  u  xalqni  m a’rifatli 
qiiishga, 
uning 
xo‘jalik-maishiy 
sharoitini 
yaxshilashga 
qaratiigan 
tadbirlarni  amalga  oshirishga  harakat  qildi2.  O 'z  she’riy  ham da  faJsafiy- 
nasihat  mazmunidagi  suhbat-m ushohadalarida  u  fuqarolik  ju r’ati  va 
publitsistik  ehtirosi  bilan  qozoq  jam iyatining  féodal  patriarxal  asoslarini 
ochib tashladi,  xalqni  ma’rifatga,  yangi  ilg‘or  hayot  tarziga  d a’vat  etdi.
Abay  xalqning  siyosiy.  iqtisodiy  va  madaniy  qoloqligi  ko‘chm anchi 
hayot  tarzi  bilan,  qoloq  ishlab  chiqarish  usuli  bilan  b o g liq   ekanligini 
yaxshi  tushunar  edi.  U  o ‘z  xalqini  vahshiyona  urf-odatlardan,  jaholatdan
1 Алтынсарин  И.  Избранные  произведения.  Алма-Ата:  АН  К азС С Р,  1957,
с-34.
2  Абай.  Стихотворения  и  поэмы.  М-Л.:  1966. с-8.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yüklə 79,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə