Zbekiston respublikasi oliy va o


“RUHLAR ISYONI” DOSTONI TADQIQIGA DOIR



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   259
id313213

“RUHLAR ISYONI” DOSTONI TADQIQIGA DOIR 
Sanobar TO„LAGANOVA, 
filologiya fanlari doktori (O „zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti) 
 
O‗zbek badiiy tafakkuri tadrijida zabardast shoir Erkin Vohidovning alohida 
o‗rni bor. Shoirning yetuk ijodiy durdonalari o‗zbek she`r iyatining kamolot 
cho‗qqilardan biri hisoblanadi. Erkin Vohidov ijodi fenomenal hodisa sifatida 
o‗zbek falsafiy tafakkurini yanada boyitishga, poetik idrokni ichki quvvat evaziga 
yangilashga, millat ruhiyat va qadriyatini saqlashga, so‗z nafosatini anglash yo‗lida 
xizmat qildi.
Davr bilan birga adabiy mezonlar ham ma`lum ma`noda yangilanib, o‗zgarib 
boradi. Ammo haqiqiy san`at durdonalari vaqt chig‗irig ‗idan omon o‗tadi. Erkin 
Vohidovning ijodi esa bu sinov haroratiga dosh bera oladigan darajada qalb qo‗ri 
bilan pishitilgan, mantiq iplari bilan chiyrilgan. Shoir siyratida jo bo‗lgan oqil va 
donolik, so ‗z fasohati, zakiy va nuktadonlik, chuqur bilim va mantiqiy ko‗lam hali 
ko ‗p izlanishlarga ehtiyoj borligini ko ‗rsatadi. Bugun shoir shaxsiyati, betakror 
ijodi ijtimoiy va badiiy voqelik sifatida alohida yondashuvni talab qiladi. Yaqinda 


25 
shoir ijodi bilan bog‗liq ish yuzasidan uning ijodiga qaytadan yuzlanishga to‗g ‗ri 
keldi. Hayrat va zavq bilan birga bir qancha savollar ham paydo bo‗ldi. Shu bois 
shoirning ―Ruhlar isyoni‖ dostoniga yuzlanib, shoir ijodiga biografik yo‗riq 
asosida yondashishni ma‘qul bildik.
Shoirning ―Ruhlar isyoni‖ dostoni badiiy-estetik va falsafiy jihatdan 
chinakam san`at namunasi sifatida ayricha qiymatga ega. Doston 1977-1979 
yillarda yozilgan bo‗lib, bengal shoiri Narzul Islomga bag‗ishlanganligi 
manbalarda axborot tarzida qayd etilib, negadir dostonning yaratilish sabablari, 
muallif nuqtai nazari, maqsadi kabi savollar yetarli darajada ochiqlanmaganligi 
bizni mulohazaga chorladi. Muallif nega aynan Narzul Islomga asar bag‗ishlashni 
niyat qildi? Narzul Islom qahramon sifatida shoir uchun vositami yoki imkoniyat?
Doston yozilgan kezlar shoir ijodining kamolot cho‗qqisini zabt etgan 
davrga to‗g‗ri kelishini hisobga olsak, zamon tinch, yurt obod, shon-shuhrat, hayot 
farovonday. Ammo shoir ruhiyatida fikriy bezovtalik, nimadandir norozilik, 
o‗zidan qoniqmaslik borligi uning shu davrda yaratilgan asarlarida yiltillab ko‗zga 
tashlanadi. Buning ildizi qaerda borib taqalishi va dostonning yuzaga kelish 
omillari haqida mulohaza yuritish uchun ijodkor hayoti bilan bog‗liq manbalarga 
yuzlanamiz. 
Erkin Vohidov ijodida Inson – Shaxs – Shoir muammosi konseptual 
ahamiyat kasb etgan. Uning uchun o‗zlikni anglash va sodiq qolish hayot-mamot 
masalasi bo‗lgan. Suhbatlarning birida u ―Bu olamda yo‗qotishlar ichidagi eng 
og‗ir yo‗qotish insonning o‗zligini yo‗qotishidir. Odamzod tafakkur va ehtiros, 
ruhiyat va imon dunyosida yashaydi. U yuragidagi e`tiqod bilan, ishonch bilan tirik 
va butun. O‗zlikni yo‗qotmoq ana shu olamdan judo bo‗lmoqdir, inson imoratidagi 
ruknlarning – ustunlarning sinmog‗idir‖ deb yozadi. Shoirlik ijodkor uchun imon 
va e`tiqod, burch va mas`ul iyat, ishonch va umid kabidir. Ijodkor fikriga ko‗ra 
―hamma zamonda ham jangchi, shaxs sifatida ham barkamol‖ bo‗lmog‗i shart. 
Shoir birinchi navbatda talabni o‗ziga nisbatan qo‗ygan va bu nuqtai nazar 
dostondagi qahramon tasvirida sezilarli darajada aks etgan.
―Ruhlar isyoni‖ dostonida Ruh mavzusining markaziy muammo sifatida 
tanlashining o‗zi alohida izlanishni talab etadi. Ruh din va falsafaning murakkab 
kategoriyalaridan biri bo‗lib unda borliq va mavjudot o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik 
masalasida fikr yuritiladi. Islom olamida Ruh masalasiga bir oz hushyorlik bilan 
yondashiladiki, inson uni oxirigacha anglashdan ojiz. Shoir Ruh va ruhlar isyoni 
haqida yozishni niyat qilganligi sababi uning ijodiy va estetik prinsiplariga borib 
taqaladi.
Erkin Vohidov o‗tgan asrning 60-yillarning oxirida ―O‗zbegim‖ qasidasini 
e`lon qilinib, asar el orasida juda mashhur bo‗lib ketadi. Mazkur qasida muallifga 
nafaqat shon-shuhrat olib keldi, balki kutilmagan ta‘ziyiq, kuchli bosimga ro‗baro` 
qildi. She`r mohiyatiga singdirilgan tobe xalqni o‗zlikni anglashga chaqirish 
g‗oyasi o‗sha davr mafkurasiga tamomila zid edi. Shoirdan Moskva, partiya, sovet 
so‗zlari ishlatilmaganligi, shularni kiritish zarurligi talab etiladi, katta mukofat 
va`da qilinadi. Ular she`r dagi ―o‗zbegim‖ so‗zini ―xalqim‖ so‗ziga almashtirishni, 
ohangni yumshatishni taklif qilishadi. Bu haqda shoir shunday yozadi: 


26 
―Ta`qiblardan bezganim uchun ―Faust‖ning tarjimasini bahona qilib nashriyotdan 
ishdan ketdim‖. Shoir 1970-1975 yillarda hech joyda ishlamaydi, asosan tarjima 
bilan shug ‗ullanadi. O‗zi ta‘kidlashicha, ―Bu yillar mening eng ezilgan, tushkun 
va kayfiyatsiz yillarim bo‗ldi‖ [1].
Shoir ―O‗zbegim‖ qasidasi uchun nohaq buhton qilinadi, adabiy jarayondan 
chekinishga majbur bo‗ladi. Anchadan beri qiziqib yurgan ulug‗olmon faylasufi 
Gyotening buyuk asari tarjimasiga qo‗l uradi. Qiziqishning bosh sabablaridan biri 
Gyotening Sharqqa hayrat ila yuzlanishi, idrok tarzi bo‗lib, bu nozik jihatlar 
shoirni ruhan unga yaqinlashtirdi. Gyote oltmish yil ichida yozgan asarni ijodkor 
besh yil davomida tarjima qiladi va asar ruhiga kiradi. Yozuvchi buni ―bahona‖ 
deb aytadi, ammo bu nazarimizda ijodiy quvvatlanish uchun ilhom manbai, ayni 
ruhiy balog‗at fursati bo‗ldi. ―O‗zbegim‖da shoir ruhi o‗zlikni anglash, qalbni 
uyg‗oqlikka, fikriy bezovtalikka chorlasa, Gyote shoirni ruhning eng yuksak 
cho‗qqilariga etakladi, uni ruhan ulg‗aytirdi, o‗zidagi ishonchni yanada 
kuchaytirdi. Mana shu ilohiy kuch quvvat shoirni o‗zi his qilgan yuksaklik 
darajasidan Inson maqomi, tiriklik mohiyatiga teranroq nazar solishga undadi. 
Shoirda pishib etilgan ijodiy quvvat uni Inson atalmish mavjudotga o‗zgacha 
falsafiy nuqtai nazar bilan yondashuvga chorladi. Uning ijodida Shaxs 
kontseptsiyasi markaziy muammoga aylandi. 1973 yilda yozilgan ―Inson‖ qasidasi 
ham shoir shuurida yig‗ilgan tuyg‗u kechinmalarning hosilasi sifatida bo‗y 
ko‗rsatdi. Shoir tafakkuri jahoniy kengliklar qamrovida yuksaldi, etildi, kamolat 
bosqichiga ko‗tarildi.
Bu paytda esa Sharqda Inson taqdiri, uning ozodligi, hayot-mamot masalasi 
hal bo‗layotgan edi. Milliy ozodlik uchun kurashganligi bois ―Isyonkor shoir‖ 
laqabini olgan shoir, yozuvchi, musiqachi, faylasuf va jamoat arbobi Qozi Nazrul 
Islomning vafoti (1976) shoir qalbida kechayotgan iztiroblarni qaytadan alanga 
olishiga yo‗l ochib yubordi, bo‗g‗zida qolgan alamlarni so‗zga soldi. ―Ruhlar 
isyoni‖ dostonining ikki yil vaqt oralig‗ida yozilganligini inobatga olsak, muallif 
asar uchun zarur manbalarni: Narzul Islom hayotini, faoliyatini, ijodini, she`r larini 
o‗rgangan. Ijodkor o‗z asariga shoirning ―Tug‗ilgansan ozod, mudom Ozod bo‗lib 
qol!‖ misralarini epigraf qilganligi ham bejiz emas. Erkin Vohidov Narzul Islomni 
o‗ziga ustoz maqomida bildi, shoir ohlariga o‗z ovozini hamohang etib, alam va 
dardlarini qo‗shib jo‗rovoz bo‗lib kuyladi. Ijtimoiy muammoning shaxsiy dard 
bilan o‗zaro uyg‗un tarzda birikuvi doston ta`sirchanlagini oshirishga xizmat qildi. 
O‗zbek adabiyotida Sharq masalasi abadiy mavzulardan biridir. Ayniqsa, 
hind xalqining mustamlakachilarga qarshi ozodlik harakatlari o‗zbek ijodkorlarini 
o‗zgacha ruhda ilhomlantirgan. Mustamlakachilardan aziyat chekkan eziluvchilar 
har doim bir birlarini so‗zsiz tushunishgan, ruhan his qilishgan. Cho‗lponning 
―Ulug‗hindiy‖, Fitratning ―Chin sevish‖, ―Hind ixtilochilari‖ asarlarini yodga 
olsak, mazkur dostonning yaralish sabablari yanayam oydinlashadi. Sovetlar 
talabiga ko‗ra o‗z tarixini va millatini unutishga mahkum etilgan xalq oldida o‗zini 
mas`ul sanagan Erkin Vohidov o‗zga yurtdan hamdard topdi, qayg‗usiga sherik 
bo‗ldi. 


27 
―Ruhlar isyoni‖ dostonining kompozitsion qurilmasi tizimli shaklda 
tartiblanib, mustaqil besh fasl va o‗n rivoyatdan tashkil topgan [2]. Har bir rivoyat 
keyingi faslning mantiqiy davomi bo‗lib, yozuvchi qissadan hissa tarzida 
izchillikka amal qilgan. Dostonning kirish qismida istibdod og‗ir dard sifatida 
aytiladi. ―Abadiyat haqida rivoyat‖ nomli bo‗limda insonning mangu yashashi 
emas, balki uning hayoti abadiyat uchun xizmat qilishi lozimligi aytiladi. ―Shoir 
qalbi‖ faslida azaldan insonga isyon ruhi hokimligi, inson o‗zligini anglashga 
intilib yashashi aytiladi. Narzul Islom Xisrav Dehlaviy, Bedil, Boburlar singari 
oshiqlik haqida she`r yozib, dillarni xushnud aylashi mumkin edi, ammo taqdir 
unga ulug‗ishni yukladi, u ozodlik haqida kuylashi o‗ziga qismat deb bildi.
Yaramasang kuniga. 
Shoir esang, 
Shoir bo‗lib 
Nega kelding hayotga 
―Isyon qo ‗shig ‗i‖ faslida shoir inson ozod va hur bo‗lib tug‗ilgan, uning 
uchun qullik isnodligi aytilib, inson zulmga bosh egmasligi kerak, deya uni 
isyonga chorlaydi. Isyon hodisaning asl mohiyatini anglash bilan boshlanadi. Isyon 
ham turlicha: amal uchun, e`tiqod uchun.Vatan ozodligi bulardan eng afzalidir. 
―Fidoiylik haqida rivoyat‖ faslida har bir boshga bir o‗lim, ammo sening o‗liming 
ham ezgulikka xizmat qilsa, demak bekorga yashamabsan, degan g‗oya 
singdirilgan. She`r monolog shaklida berilsa-da, ammo muallif o‗zi bilan 
munozaraga kirishadi, murosaga boradi.Askarning o‗limi malomat qilinsa-da, zero 
ayollarni qo‗shib ko‗mish odati barham topdi.
Inson aslo Yaralmagan sabrga. 
Sig‗inaylik o‗sha tanho 
Tahqirlangan qabrga. 
Haq uchun 
Bosh tutgan tikka 
Mardlar ruhi yor bo‗lsin. 
Bu dunyoda nohaqlikka 
Ko‗nmaganlar bor bo‗lsin, 
Zo‗rlik ko‗rsang, 
Qilma toqat, 
Har boshda bir o‗lim bor, 
Fidoyilar umri faqat 
Bu dunyoda poyidor! 
―G‗alayon‖ deb nomlangan bo‗lim avvalgilari bilan ichki mantiqiy 
bog‗liqlikda bir birini to‗ldiradi. Aslida, mantiqan o‗ylab ko‗rilsa, g‗alayon 
isyondan oldingi bosqich, voqelikning pishib yetilish jarayonidir. Bo‗limda 
urushning asl sababchisi hindu musulmonni bir biriga qarshi qilib, ularni 
o‗ldirayotgan kimsalarning asl basharasi fosh qilinadi. Keyingi qismda shoir 
shaxsiyati, shoir o‗zi kim, ijod nima kabi savollar atrofida fikr yuritiladi. Elning 
koriga yaramagan shoir emas degan javobni aytadi. Kichik bo‗lim uch qismdan 
iborat. Dastlab, muallif qahramon haqida so‗zlaydi. O‗rtada lirik chekinish, unda 


28 
muallif nuqtai nazari ravshan ko‗rinadi. Keyingi qismda xulosa shaklidagi bayon 
beriladi. Shoirni malomat qilib, hibs etgan olamon jaholatda ekanini muallif 
anglaydi, ulardan og‗rinmaydi. Asl fojia johillik ekani ta‘kidlanadi. Johillik 
mohiyatini to‗liqroq ochish uchun ―Jaholat to‗g‗risida rivoyat‖ nomli fasl berilib, 
mantiqiylik ta‘minlanadi. Jaholatning haqiqiy mohiyati ochib beriladi. Tabibni o‗zi 
davolagan odamlar olovda yoqadi. Shoir ma`naviy ko‗rlikka, qalb ko‗ziga ishora 
qiladi. Tabibning malhamidan ko‗r ko‗zi ochilgan chol uni malomat qilib gulxanga 
o‗t tashlashi, asarning ta`sir kuchini yanada ortiradi. Adabiyotshunos olim 
U.Hamdam ―Jaholatga qarshi isyon‖ nomli maqolasida jaholat haqidagi faslni 
dostonning eng muhim ustunlaridan biri sifatida e`tirof etgan [3]. 
―Tutqunlikda‖, ―Shohi jahon va Avrangzeb haqida rivoyat‖, ―Sharpalar‖ 
fasllarida qahramonning uy kechinmalari, iztiroblari izchil tarzda ko‗rsatib 
beriladi. Har bir fasl muallif maqsadi va niyatining ifodasi sifatida tartiblangan. 
Navbatdagi fasl ―Oliy ruhlar haqida rivoyat‖ deb nomlanib ulug‗odamlarning ruhi 
ham buyuk bo‗ladi, millatni yo‗lga boshlaydi degan fikrlar beriladi. Doston ayni 
dahriylik kuchaygan yillarda yaratilib yozuvchi qandaydir oliy ruhlar borligiga 
ishora qiladi, aslida bu o‗z davri uchun katta jasorat. 
Bid‘at yotdir menga, 
Dahriy fikrat egadir. 
Oliy ruhlar borligiga 
Ishonaman negadir 
―Ozodlik‖, ―Zohidlar va oriflar haqida hikoyat‖ (rivoyat emas, hikoyat), 
―Nihoya‖ fasllarida Narzul Islom nomi halqni kurash sari ruhlantirdi, hindu 
musulmon birlashtirdi, Vatan ozod bo‗lishiga xizmat qilganligi bayon qilinadi. 
Dostondagi har bir fasl, har bir qism o‗zida poetik mazmun tashigani ma`lum 
bo‗ladi.
Jisman chetda, 
Ammo ruhan 
G‗alayonda men ham bor. 
Nazrul Islom 
Ruhi bilan 
Bormokdaman bir qator 
Nazrul Islom 
Ruhi mendan 
Shunda hisob so‗raydi. 
Shoir bo‗lib 
Elga bukun 
Darkormisan, der menga. 
Fidolikka xalqing uchun 
Tayyormisan, der menga, 
Erkin Vohidov Narzul Islom qiyofasida o‗z siyratida jo bo‗lgan 
kechinmalarni, iztiroblarni, o‗kinchu o‗tinchlarni tasvirlashga muvaffaq bo‗ldi. 
Qahramon murojaati nafaqat muallifga balki jami dunyo ijodkorlariga qaratilgan. 
Shoir tabiatidagi falsafiylik va oqillik qahramonga o‗zgacha jon baxsh etdi. Doston 


29 
shoir ruhiy kamolatining namunasi sifatida adabiyotshunoslikda muhim manba 
bo‗lib xizmat qilishi tayin. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. http: kh-davron.uz. Erkin Vohidov. Umr bekatlari. She`r lar, tarjimalar. 
Kuy avjida uzilmasin tor.
2. Vohidov E. Tanlangan asarlar. Saylanma. –Toshkent.: Sharq, 2017.

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə