Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259
id313213

Obidaxon Fayzullayeva 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Mazkur to‘plam Guliston davlat universiteti Kengashi tomonidan nashrga tavsiya 
etilgan.



SERQIRRA IJODKOR
M.T.XODJIYEV, 
Guliston davlat universiteti rektori
 
XX asr o‗zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri Erkin Vohidov ijodi 
o‗ziga xosligi va ko‗p qirraligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Uning ijodiyotini 
qamrab olgan milliylik, odamiylik, falsafiylik, tarixiylik kabi ezgu g‗oyalar 
tamoyili beixtiyor kitobxonni poetik mushohadaga chorlaydi. Hayot haqiqatini 
murakkabligi va to‗lig‗icha, ziddiyatlari bilan boricha namoyon etish, o‗tkir 
ijtimoiy masalalarni dadil ko‗tarib chiqish, ma`naviy va jismoniy ruh erkinligini 
badiiy tasvirlash shoir ijodiyotining asosiy xususiyatlaridan biridir. 
E.Vohidov ijodi ham tadqiqotchilarni o‗ziga chorlashda davom etganligi 
ushbu to‗plamdagi maqolalar zalvoridan ayonlashadi. E.Vohidov ijodini o‗rganish 
yillar o‗tgan sayin yangicha qirralari kashf etilishi orqali diqqat markazidan 
tushmay kelayotir.
Shoir she`riyati XX asr oxiri va XXI asr boshlari lirikasida o‗z o‗rniga 
egaligi bilan o‗ziga xoslik kasb etsa, adibning ―Nido‖, ―Ruhlar isyoni‖ kabi 
poemalari, ―Oltin devor‖ komediyasi badiiy saviyasi yuqoriligi, xalqimizning sevib 
mutolaa qiladigan asarlariga aylanib qolganligi bilan ajralib turadi. E.Vohidovning 
publitsistik asarlari orqali uning ko‗p sohalar bilimdoni ekanligi, mumtoz 
adabiyotni, xususan, Navoiy ijodiyotini chuqur o‗rganganligi, jahon adabiyoti 
bilimdoni ekanligi anglashiladi.
Ushbu to‗plamdan Erkin Vohidov ijodining badiiy-estetik xususiyatlarining 
ahamiyati har tomonlama tadqiq etilgan maqolalar o‗rin olgan. Respublikamizning 
ko‗zga ko‗ringan adabiyotshunos va tilshunos olimlari
o‗qituvchilari, 
tadqiqotchilari, magistrlari va talabalar tomonidan yozilgan maqolalarda Erkin 
Vohidov shaxsiyati va badiiy ijodi turfa jihatlariga ko‗ra o‗rganilgan.
To‗plamdagi maqola va tezislar shartli ravishda to‗rt sho‗ba asosida 
saralangan. 1-sho‗‘ba ―Erkin Vohidov ijodiyotining badiiy-estetik xususiyatlari‖ 
deb nomlanib, unda adabiyotshunoslikka doir maqolalar adibning badiiy ijod 
namunalariga munosabat va ularni tadqiq etish asnosida yuzaga kelganligi 
anglashiladi.
2-sho‗ba ―Erkin Vohidov ijodiyotining ta`lim bosqichlarida o‗rganilishi‖ deb 
nomlanadi. Unda ta`lim bosqichlarida Erkin Vohidov asarlarining ta`limning 
maktab ta`limi, o‗rta maxsus ta`lim va oliy ta`limda o‗rganilishiga doir maqolalar 
o‗rin olgan. 
3-sho‗ba esa ―Erkin Vohidov ijodiyoti tadqiqi masalasi‖ deb nomlanib, unda 
Erkin Vohidov ijodiyotini har jihatdan tadqiq etilishi masalasi, xususan, uning lirik 
liro-epik, dramatik va publitsistik asarlari tadqiqiga bag‗ishlangan maqolalar o‗rin 
olgan. 
―Badiiy adabiyot shakllanishining va rivojlanishining dolzarb masalalari‖ 
nomli 4-sho‗bada esa ushbu sohaga doir dolzarb masalalarni qamrab olgan turli 
tadqiqotlar o‗rin olgan.



Shoir asarlarining o‗rganilmagan jihatlari hali talaygina. Bu haqida maqola 
mualliflarining ko‗pchiligi eslatib o‗tgan. Ushbu to‗plam E.Vohidovday zabardast 
ijodkorning shaxsiyati, asarlarini o‗rganish yo‗lidagi yana bir tadqiqlar jamlanmasi 
bo‗lib, bu an`ana yana ko‗p yillar davom etishiga ishonch bildiramiz. To‗plam 
E.Vohidov asarlari tadqiqi bilan qiziqqanlarga ko‗p jihatdan manzur bo‗ladi, degan 
umiddamiz. 

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə