Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259
id313213

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I SHO„BA: 
ERKIN VOHIDOV IJODIYOTINING BADIIY-ESTETIK 
XUSUSIYATLARI 
 
YURAK HURRIYATIGA INTILGAN SHOIR 
Qozoqboy YO„LDOSHEV, 
pedagogika fanlari doktori, professor (GulDU)
 
Tabiatan g‗oyat nazokatli shaxs bo‗lgan Erkin Vohidov adabiyot 
ixlosmandlari ko‗nglidan nafis va dolg‗ali hamda isyonkor shoir sifatida joy oldi. 
U shoir bo‗lib shakllanayotgan davrda insonning intim kechinmalari, his-
tuyg‗ularini kuylash maqbul sanalmas, adabiyot sovet kishilarini sotsialistik 
tuzumga qulluq qilish va navbatdagi mehnat g‗alabalariga chorlash bilan 
shug‗ullanishi kerak degan qarash hukmron edi. Adabiyot odamning murakkab 
ko‗ngil olamini tasvirlash o‗rniga partiya qarorlarini qofiyaga soladigan tizmalar 
bitishga yo‗naltirilgan edi. O‗sha vaqtning bir qahramon shoiri kamoli jiddiyat 
bilan:
Aziz paxtakorlar, yildan yilga ham 
Oltin xirmoningiz hosilga to‗lsin! 
Har ishda rahnamo, madadkorimiz 
Ulug‗ partiyaga sharaflar bo‗lsin! 
deb yozgan bo‗lsa, falsafiy fikrlashga moyil boshqa bir taniqli ijodkor: 
- Kim berdi dilingga yorug‗, tarbiya? 
Kimga sen qoyilsan, ustozim, deya? 
Kim seni yashatar va yashartirar? 
Leninning kollektiv o‗g‗li – Partiya! 
tarzida to‗rtlik qoralagandi. XX asrning 60-yillari oxiriga kelib Erkin Vohidov 
yetakchiligidagi adabiy avlod asta-sekin inson shaxsi, uning tuyg‗ulari tasviriga 
e`tibor qarata boshladi. Insonning ruhiy kechinmalari, turfa sezimlari poetik tasvir 
obyektiga aylandi. Bu hol esa, tabiiy ravishda, davrga to‗g‗ri kelmaydi deb, chetga 
suribroq qo‗yilgan aruzning jonlanishiga imkon yaratdi. E.Vohidov g‗azalning 
xaloskori yanglig‗
paydo bo‗lib, uning jonsizlanib qolgan taniga yangicha nafas 
bag‗ishlaganday bo‗ldi. Shoir ―Yoshlik devoni‖ kitobining ―Debocha»sida eski 
poetik shakl yangi gap aytishga yaramaydi deydigan kishilar bilan bahsga 
kirishadi: 
Ey munaqqid, sen g‗azalni ko‗hna deb kamsitmagil, 
Sevgi ham Odam Atodin qolgan inson qonida. 
Shoir inson qonida azaldan mavjud bo‗lgan sevgi tuyg‗usi bugun ham 
yashayotgani yanglig‗ uning ifodasiga moslashgan g‗azal ham yashashga haqli 
ekanini mantiq jihatidan ishonarli, ifoda jihatidan go‗zal yo‗sinda ko‗rsatdi. Shoir 
g‗azalni shunchaki she`riy janr rutbasidan yuksaltirib, mangu tuyg‗ularning poetik 
ramzi hamda har qanday fikrni ifodalay olishga qodir badiiy vosita darajasiga 
ko‗taradi.



Ta`kidlash kerakki, Erkin Vohidov, umuman, aruz vazni, xususan, g‗azal 
janrini tiklash uchun emas, balki o‗z o‗yu tuyg‗ulari aynan g‗azalda 
moddiylashishga moyil bo‗lgani uchun bu janrga qo‗l uradi. G‗oyat nazokatli va 
zarif shoirni bezovta qilgan fikru tuyg‗ular ham uning shaxsiyati singari nazokatu 
zarofatli yo‗sinda ifodalanishni taqozo etardi. Shoir o‗z davri uchun shakkoklik 
sanalgan isyonkor fikrlarni ham g‗azalning go‗zal, mayin va jozibali libosiga o‗rab 
bera bildi. E.Vohidov poetik fikrining zalvori g‗oyat og‗ir bo‗lgani holda uning 
ifoda yo‗sini o‗ta mayin bo‗lardi. Uning she`rlarida o‗tli chaqiriq bor edi. Lekin bu 
da‘vat o‗qirmanni olamni ag‗dar-to‗ntar qilishga emas, balki dunyo va undagi 
tartibot haqida jiddiy o‗yga toldiradigan yo‗sinda latif she`riy shaklda taqdim 
etilardi. Ehtimol, ―O‗zbegim‖ she`ri barmoqda bitilganida mutlaqo bosib 
chiqarilmagan bo‗lardi. 
E.Vohidov g‗azallarida oshiqning dil rozlari, ma‘shuqaning ta‘rif-tavsifi 
mumtoz adabiyotdagi yanglig‗ har qancha mubolag‗ador, serbo‗yoq bo‗lmasin, 
undagi timsollar bugunning odami ekani anglashilib turadi. Ular ―zamon zayli‖ni 
hisobga oladigan, o‗y-fikri, tuyg‗ulari bugungi odamlarga tushunarli bo‗lgan 
kishilardir. Ma`lumki, mumtoz she`riyatda vaqt tushunchasi ancha nisbiy bo‗lgan. 
Chunki mumtoz shoirlar o‗tkinchi, bugunning tashvishlari aks etgan mavzularga 
qo‗l urmaganlar. Shuning uchun ham ularning ijodida o‗z davrining belgilari 
ko‗zga tashlanib turmaydi. E.Vohidovning g‗azallarida esa bugunning nuqsi aks 
etadi. Shoirning «

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə