Zbekiston respublikasi oliy va o



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259
id313213

Fursating
» g‗azali o‗zida davr belgisi, zamondoshlar tabiatini 
aks ettirishi jihatidan xarakterlidir. G‗azalning birinchi baytidayoq davr ruhi 
ko‗zga yaqqol tashlanib turadi: ―
Fursating yetmaydi doim, hech qachon yetgan 
emas, Mehnating bitmaydi doim, hech qachon bitgan emas
‖. Bu misralarda 
davrning tezkor va shiddatli qarqin (sur‘at)i, undan orqada qolmaslik ilinjida 
halloslab borayotgan chog‗dosh tabiati namoyon bo‗ladi. Keyingi baytda davr ruhi 
yanada bo‗rttirib ko‗rsatiladi: 
Chun zamondek bepoyondir ko‗ksing ichra orzu, 
Fursatu orzuni quvlab hech kishi yetgan emas. 
Zamonning cheksizligi azaldan ma`lum, ammo davr kishisining orzusi ham 
chegara bilmasligi ifodasi – shoirning kashfiyoti. Shoir tinimsiz o‗zgarib turadigan 
insonning hech o‗zgarmas intilishi – kamolot haqida to‗xtalar ekan, uning ham 
hech qachon erishib bo‗lmas orzu ekanini ishonarli aks ettiradi: ―
Intilar borliqni 
inson barkamol etmoq uchun, Ne ajab, insonni borliq barkamol etgan emas
‖. 
O‗zi komil bo‗lmagani holda borliqni mukammallashtirishni da‘vo qiladigan inson 
tabiatidagi chigallik shu yo‗sin tasvirlanadi. Shoirning tasvir mahorati yuqoridagi 
misralar so‗ngida kelgan «
etmoq uchun
» va «
etgan emas
» singari fe‘lli 
birikmalarga zidlash ma`nosini yuklay bilganida ham ko‗rinadi. 
E.Vohidov «
Inson
» g‗azalida insonning baland martabaga egaligi, olam 
yaralishidan maqsad aynan odam ekanligini aks ettirar ekan, odam o‗zining yuksak 
martabasiga loyiq ma`naviyat egasi bo‗lishi lozimligini orzu qiladi. Chunki: 
Bu yorug‗ dunyo nadur? Koshonadur, vayronadur, 
Senga mehmonxonadur, mehmon o‗zing, mezbon o‗zing. 



Ayni misralarda insonning mohiyat va imkoniyati aks etgan. Chindan ham 
odam bu dunyoga mehmon va buni o‗zi biladi. Lekin yorug‗ olamning mezboni 
ham uning o‗zi ekani hamisha esida turavermaydi. Demak, mezbon sifatida 
dunyoning obodligi, tinchligi, to‗kisligi uchun har bir inson mas`uldir.
G‗azalda shoir insonning bugungi kamoloti, zakovati, erishgan mislsiz 
zafarlarini tasvirlar ekan, unda ko‗ngil g‗ariblashib, ma`naviyat qashshoqlashib 
borayotganidan xavotirini: ―

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə