Zbekiston respublikasi oliy va o


O„zing etgil doimo inson o„zing, inson o„zing



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259
id313213

O„zing etgil doimo inson o„zing, inson o„zing
‖. She`rda odamning hayotdagi 
o‗rni, uning tafakkur imkoniyatlari ezgulikka xizmat qilishi kerakligi mutafakkir 
kishining o‗ylari ta`sirli aks etgan.
Erkin Vohidov 1968 yilda aruzda bitgan ―O‗zbegim‖ qasidasidayoq milliy 
g‗ururni uyg‗otish, ulus ahlida milliy ruhni mustahkamlash niyatini poetik 
voqelikka aylantirgan edi. Ma`lumki, o‗z vaqtida aytilgan badiiy so‗z qudratli 
kuchga ega. ―O‗zbegim‖ o‗z vaqtida maydonga tashlangan mardona poetik chorlov 
bo‗lgandi. Millatning fikrlash va yashash tarzidan tortib, to‗yu ma‘rakalariga qadar 
begona yo‗riqqa tushib borayotgan bir vaqtda bu she`r o‗zbekdagi o‗zbeklikni 
saqlab qolishda beqiyos amaliy ahamiyat kasb etdi. ―O‗zbegim‖ millatni 
chinakamiga uyg‗otdi, unda g‗urur, iftixor tuyg‗ularini paydo qildi.
Elsevar shoirni bosib olingan uluslarga xos qo‗rquv, mutelik, qullik tuyg‗ulari 
tobora o‗zbekning ruhiyatiga singib, uning tabiatiga aylanib borayotgani xavotirga 



soladi. Shuning uchun ham she`rlarida tobelik, qo‗rquv va qo‗rqoqlikdan nafratini 
ochiq ifodalaydi: 
Qo‗rquvning ko‗zi katta, yuragi kichik bo‗lur, 
Qo‗rquv zo‗r kelgan yurtda arslonlar kuchuk bo‗lur. 
Shoir arslonlarni kuchukka aylantirgan sharoitni o‗zgartirmoq, millatdoshlari 
yuragiga jur`at baxsh etmoq istaydi. Boshqa bir she`ridagi: ―
Qaddingni baland tut, 
bo„lma serta‟zim
‖ satrida ham shoirning ana shu istagi ifoda etilgan. Shu kabi 
ko‗plab bitiklarida shoir o‗zining dov yurakli millatsuyar shaxs ekanini ko‗rsatadi. 
Millatga, yurtga chin mehr faqat maqtovu madhiyadan iborat bo‗lmaydi. Asl 
adabiyotda elu yurtga muhabbat hayotning teran badiiy tasviri orqali yuzaga 
chiqariladi. Shafqatsiz hayotiy haqiqat, echimsiz muammolar, insoniyat oldida 
turgan mushkul masalalar boricha ko‗rsatilib, odamning ko‗ngil dardlari ochiq 
aytilgan asarlar el-ulus ma`naviyatini yuksaltiradi. Bunday bitiklar xalqning dilidan 
joy olib, ruhiyatiga o‗ktamlik baxsh etadi. 
«Vatan istagi»
she`rida shoirning 
kurashchanlik sifatlari namoyon bo‗ladi. Egamanlikdan oldin yaratilgan bu 
g‗azalda E.Vohidov millatini o‗z vataniga ega ozod etnos sifatida ko‗rish istagini 
ifoda qiladi:
Bu vatanda bir Vatan qurmoqni istaydir ko‗ngil, 
O‗zni ozod qush kabi ko‗rmoqni istaydir ko‗ngil. 
She`rda shoirning yolg‗ondan hazar qilishi, inson hayotining chinlikka qurilishini 
xohlashi aks etadi: «

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə