Zbekiston respublikasi oliy va o


Bas, etar, yolg„on saodat, yolg„on



Yüklə 4,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/259
tarix05.06.2022
ölçüsü4,25 Mb.
#88919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   259
id313213

Bas, etar, yolg„on saodat, yolg„on
 
erk, yolg„on Vatan! 
Hurriyat zavqini chin surmoqni istaydir ko„ngil
». Qizig‗i shundaki, ancha vaqt 
ishq izhori va Yaratganga munojotdan boshqaga yaramaydi, deb qarab kelingan 
aruzda shoir g‗oyat o‗tli ijtimoiy lirika namunalarini yarata oldi. Bu hol bitikning 
qanday saviya, salmoq va yo‗nalish kasb etishi qaysi vaznda yozilganida emas
balki qanday yozilganiga bog‗liq ekanini ko‗rsatadi. Erkin Vohidovning etuk 
asarlari yuksak badiiyati, shafqatsiz haqiqati va samimiyligi bilan jahon 
she`riyatining eng yaxshi namunalariga uyg‗undir. 
Millatini buyuk muhabbat bilan sevgan shoirning millat oldiga qo‗ygan 
talablari ham sevgisi qadar yuksak edi. E.Vohidov ―Og‗riqli savollar‖ 
masnaviysida yurtdoshlarga murojaaat qilib deydi:
Choyxonada oshxo‗rlikni baxt deb bilgan og‗ayni, 
Shu bir kunlik halovatni naqd deb bilgan og‗ayni. 
Qumursqadek tiriklikdan o‗zga g‗ami bo‗lmagan, 
Dil olami, ishq olami, ruh olami bo‗lmagan, 
Imonni ham, vijdonni ham qurbon qilgan halqum deb, 
Seni xayol qildimmi men kuyganimda xalqim deb? 
El mulkini bir chekkada tinch kemirib yotgan zot, 
Besh tiyinga qadrini ham, xalqini ham sotgan zot, 
Ko‗kragida na himmatu na g‗ayratdan asar bor, 
Yuragida na oriyat, na shavq bor, na kadar bor. 
Umrida hech qilgan emas, mulkdan o‗zga bir niyat, 
Seni deya tiladimmi yuraklarga hurriyat? 



Yurtga beadad muhabbat va millat oldida turgan yumushlarning zalvori shoirga o‗z 
qadrini anglab etmayotgan, hoziridan narini o‗ylamaydigan xalqidan yozg‗irish 
huquqini beradi. U she`r so‗ngida: ―
G„ofil xalqim! Tinglarmanmi sening na`ra 
uningni, Ko„rarmanmi zuluklardan ozod bo„lgan kuningni
‖,- deya hayqiradi. 
E.Vohidovning
barmoqdagi she`rlarida ham o‗ychan mushohada ustunlik 
qiladi. Ularda shoir hayotning tub mohiyati, ichki ziddiyatlariga teran nazar 
tashlab, qalamga olingan hodisani bor qarama-qarshiligu, ziddiyatlari bilan yaxlit 
idrok etadi. Natijada, shoir she`rlari munozaraviy tus olib, tasdiq bilan inkor 
yonma-yon keladi. 
XX asrning 70-yillaridan e`tiboran E.Vohidov hayotning poetik tadqiqotchisi 
va taftishchisiga aylana bordi. Shoirning «Hozirgi yoshlar», «Sirdaryo o‗lani», 
«Arslon o‗ynatuvchi», «Oqsoqol», «Yuragingda makon tutgan qul», 
«Otdoshlarimga», «Sharqiy qirg‗oq», «Qulluq qil demasman», «Ey, men bilgan» 
singari o‗nlab she`rlari, «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojiasi» singari dostonlarida 
shoir ijodidagi ana shu jihatlar yorqin aks etadi. O‗z ijodiy kredosini 80-yillarda 
ustoz Mirtemir xotirasiga bag‗ishlab yozgan ―Shoirlik‖ she`rida 
Shoirlik bu – shirin jondan kechmakdir, 
Limmo-lim fidolik jomin ichmakdir. 
Shoirlik – jigarni ming pora etmak, 
Bag‗ir qoni bilan satrlar bitmak. 
tarzida ifodalagan E.Vohidov bitiklarida ham, hayot yo‗sinida ham ―fidolik jomin‖ 
to‗la sipqorib yashadi. Qadim bobolar: ―

Yüklə 4,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   259




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə