Zbekiston respublikasi raqamli texnalogiyalarni rivojlantirish vazirligi. Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Marshrutlash protokollarini qiyosi va tahlili



Yüklə 96,4 Kb.
səhifə8/9
tarix30.12.2023
ölçüsü96,4 Kb.
#164730
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KT 1-mustaqil ish

Marshrutlash protokollarini qiyosi va tahlili.
3.1-rasmda keltirilgan tarmoqning tarkibi misolida IP-marshrutlash mexanizmini ko’rib chiqamiz. Bu tarmoqda 20 ta marshrutizator (raqamlangan kvadrat bloklar ko’rinishida tasvirlangan) 18 ta tarmoqni umumiy tarmoqqa birlashtiradi; N1, N2,..., N18 – bu tarmoq raqami. Har bir marshrutizatorda A va V oxirgi bog’lamalarda IP protokol o’rnatilgan.


Marshrutizatorlar tarmoqlarni birlashtiruvchi bir nechta interfeysga (portlarga) ega bo’ladi. Har bir marshrutizatorga tarmoqning alohida bog’lamasi sifatida qarash mumkin: unga ulangan nimtarmoqda tarmoq manzili va lokal manzilga ega bo’ladi. Masalan 1-raqamli marshrutizator uchta interfeysga ega va unga N1, N2, N3 tarmoqlar ulangan. Rasmda bu portlarning tarmoq manzili IP11, IP12, IP13 bilan belgilangan. 1R11 interfeys N1 tarmoqning bog’lamasi va mos ravishda 1R11 portning tarmoq raqami maydonida N1 raqami bo’ladi. O’xshash tarzda 1R12 interfeys – N2 tarmoq bog’lamasi, 1R13 port esa – N3 tarmoq bog’lamasi hisoblanadi. Shunday qilib, marshrutizatorga har biri o’zining tarmog’iga kiruvchi bir necha bog’lamalar majmui sifatida qarash mumkin. Marshrutizator yagona qurilma sifatida alohida tarmoq va lokal manzilga ega bo’lmaydi.
Murakkab tarkibli tarmoqlarda oxirgi ikki bog’lama o’rtasida paketlarni uzatish uchun deyarli har doim bir necha alternativ marshrutizatorlar bo’ladi. A bog’lamadan V bog’lamaga jo’natilgan paket 17, 12, 5, 4 va 1 marshrutizatorlar yoki 17, 13, 7, 6 va 3 marshrutizatorlar orqali o’tishi mumkin. A va V bog’lamalar o’rtasida nechta marshrutizatorlar borligini aniqlash muammo emas.
Mumkin bo’lgan bir nechta marshrutlarni tanlashni marshrutizatorlar, bundan tashqari oxirgi bog’lamalar hal qiladi. Marshrut ushbu qurilmalardagi tarmoq konfigurasiyasi haqidagi axborot va marshrutni tanlash shartlari asosida tanlaydi. Ko’p holda shart sifatida alohida paketning marshrutni o’tishdagi kechikishi olinadi. Marshrut haqidagi olingan tahliliy axborot keyingi paketlarning yo’nalishini belgilash uchun marshrutlash jadvaliga joylashtiriladi.
4-marshrutizatorning jadvalini batafsil ko’rib chiqamiz (3.3-rasm).
Jadvalning birinchi ustunida paketning jo’natilayotgan manzili joylashgan.
Jadvalning har bir qatoridagi jo’natilayotgan manzilning davomida jo’natilayotgan manzil bo’yicha rasional marshrutni davom ettirish uchun paketni jo’natish kerak bo’ladigan keyingi marshrutizatorning tarmoq manzili (aniqrog’i keyingi marshrutizator interfeysining tarmoq manzili) ko’rsatiladi.
Paket marshrutizatorga kelishi bilan IP modul kadr sarlavhasidan yetib borish kerak bo’lga tarmoq manzilini ajratib oladi va uni jadvaldagi tarmoq raqami joylashgan har bir qator bilan solishtirib chiqadi. Tarmoq raqami bilan mos kelgan qator paketni jo’natish mumkin bo’lgan yaqin marshrutni ko’rsatadi. Masalan, agar 4-marshrutizatorning biror portidan N6 tarmoqqa manzillangan paket qabul qilinsa, u holda marshrutlash jadvalidan paket harakatining keyingi bosqichi IR21 marshrutizatorning manzili tanlanadi va paket 2-marshrutizatorning 1-portiga qarab harakatlanadi.

A marshrutizatorning jadvali

Tarmoq raqami

Keyingi marshrutizator

Kiruvchi interfeys

Xablar soni

N1

IP12

IP41

1

N2



IP41

0

N3

IP12

IP41

1

N4

IP21

IP41

1

N5



IP42

0

N6

IP21

IP41

2

IPB

IP21

IP41

2

Sukut bo’yicha

IP51

IP42






V marshrutizatorning jadvali

Tarmoq raqami

Keyingi marshrutizator

Kiruvchi interfeys

Xablar soni

N1

IP13

IPB

1

N2

IP13

IPB

1

N3



IPB

0

N4

IP31

IPB

1

N5

IP13

IPB

2

N6

IP31

IPB

2

Sukut bo’yicha

IP31

IPB



3.3-rasm. Tarmoq elementlarining marshrutlash jadvali
Paketni keyingi marshrutizatorga uzatishdan oldin joriy marshrutizator o’zining qaysi (IP41 yoki IR42) portlariga ushbu paketni joylashi kerakligini aniqlashi zarur. Buning uchun marshrutlash jadvalining uchinchi ustuni mavjud bo’lib, unda chiquvchi interfeyslarning tarmoq manzili joy oladi.
Ko’p hollarda yuborilayotgan manzil sifatida jadvalda to’liq IP-manzil emas, balki belgilangan tarmoq raqami ko’rsatiladi. Shunday qilib, ushbu tarmoqqa jo’natiluvchi barcha paketlar uchun IP protokol aynan shu marshrutni taklif qiladi. Biroq ayrim hollarda bog’lama uchun tarmoqning barcha bog’lamalari uchun berilgan marshrutdan farq qiluvchi maxsus marshrutni aniqlash zarur bo’lib qoladi. Buning uchun ushbu bog’lama marshrutlash jadvalida alohida qator joy oladi va unda to’liq IP-manzil va mos marshrut axborotlari joy oladi. Bunday turdagi yozuvlar V bog’lama uchun 3.3-rasmda keltirilgan jadvalda ko’rsatilgan. Masalan, 4-marshrutizator ma’muri xavfsizlik nuqtai nazaridan paketlarni N3 tarmoqning barcha bog’lamalari uzatadigan 1-marshrutizator (IR12 interfeys) orqali emas, balki 2-marshrutizator (IP21 interfeys) orqali jo’natishga qaror qilgan. Agar jadvalda tarmoq va uning alohida bog’lamalari marshruti haqidagi to’liq axborot jadvalda mavjud bo’lsa, u holda IP bog’lamaga manzillangan paket kelishi bilan marshrutizator spesifik marshrutni tanlaydi.
Oxirgi bog’lamalarni marshrutlash jadvali. Marshrutlash masalasini nafaqat oraliq marshrutizatorlar, balki oxirgi bog’lamalar – kompyuterlar ham yechadi. Bu masalani yechish oxirgi bog’lamaga o’rnatilgan IP protokol paketni boshqa tarmoqqa yoki ushbu tarmoqning biror bog’lamasiga manzillanganini aniqlash bilan boshlanadi. Agar jo’natilayotgan tarmoq raqami ushbu tarmoq raqami bilan mos kelsa, bu paketni marshrutlash talab qilinmasligini bildiradi. Aks holda marshrutlash kerak bo’ladi.
Oxirgi bog’lamalar va tranzit marshrutizatorlarning jadvalining strukturasi bir-biri bilan (bir xil) hisoblanadi. 6.6-rasmda keltirilgan tasvirga yana bir bor e’tiborimizni qaratamiz. N3 tarmoqqa tegishli V oxirgi bog’lamaning marshrutlash jadvali quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin (3.3-rasm). Bu yerda IRV – V kompyuter interfeysining tarmoq manzili. Bu jadvalga asosan oxirgi V bog’lama N3 lokal tarmoqdagi ikkita marshrutizatorlardan (1 yoki 3) qaysi biri u yoki bu paketni jo’natishini tanlaydi.

Yüklə 96,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə