Ўzbekiston respublikasi


Xayol turlari to’qrisida umumiy tushuncha



Yüklə 3,32 Mb.
səhifə30/39
tarix28.01.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#99628
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39
Umumiy psixologiya. G\'oziyev. 2-kitob

2. Xayol turlari to’qrisida umumiy tushuncha
Xayol o’zining faolligi bilan atrof mushitni o’zgartirishga yo’naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining mushim sharti sifatida xizmat qiladi. Ba'zi bir psixologik ma'lumotlarga qaraganda, gosho xayol faoliyatning funksiyasini bajaradi, bunda u xatti-sharakatlarning sun'iy ravishdagi majmuasi vazifasini ijro etadi, xolos. Inson quyidagi sholatlarda yaqqol tasavvurdan yiroq bo’lgan xayolot olamiga kirib borishi mumkin: 1)inson shech anday yo’l bilan shal qilib bo’lmaydigan masalalar, muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 2) turmushning oqir sharoitlaridan, zashmatlaridan shimoyalanish niyatida; 3)shaxsiy nuqsonlarning ta'qibidan; 4) ushalgan armondan; 5) patologik sholatga (rushiy nuqsonga)uchraganda; 6)alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. Xayolot (fantaziya) turmushda gavdalanishi mumkin bo’lmagan, amalga oshirish imkoniyati yo’q xatti-sharakatlar dasturini namoyon etadi.
Yuqoridagi muloshazalar negizidan kelib chiquvchi xayolning bunday shakli psixologiya fanida passiv (sust) xayol deb nomlanadi. Psixologiyada aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi va ijodiy turlar to’qrisida sham muayyan ma'lumotlar mavjuddir.
Inson passiv xayolni oldindan ixtiyoriy rejalashtirib yuzaga keltirishi sham mumkin. Xuddi shu bois iroda bilan shech bir boqliq bo’lmagan, jo’rttaga "kashf" qilingan, biroq shayotda gavdalantirishga yo’naltirilgan xayolning o’ziga xos obrazlari majmuasi " shirin xayol" deyiladi. Odatda "shirin xayol"da fantaziyaning mashsullari bilan insonning eshtiyojlari o’rtasidagi aloqa yengillik bilan yuzaga kelganligi tufayli quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar shaqida odamlar xayol suradilar. Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik darajada passiv shaxs sanaladi, bu ko’rinish uning nushsoni shisoblanadi. Passivlik (sustkashlik) kishinig qiyinchiliklarini yengishdan chetlashtiradi, yashash uchun kurashga xoshish yo’qoladi, demak, u reallikdan tubdan uzoqlashadi. Gosho passiv xayol shech o’ylamaganda, ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi sham mumkin, bunda quyidagi sholat yuz beradi; A) ong nazoratining kuchsizlanishi, B) ikkinchi signallar tizimining susayishi, V) insonning vaqtincha sharakatsizlanishi, G) uyqusirash kezida, D) affektiv vaziyatdan, Ye) tush ko’rishda, Yo) gallyusinasiyada, J)patologik sholatlarda va shokazo.
Yuqorida ta'kidlab o’tilganidek, passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek, aktiv xayol tiklovchi va ijodiy ko’rinishlarga bo’linadi.
O’zining moshiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasavvurlar, tasvirlar tizimini yaratuvchi xayol "tiklovchi xayol" deb ataladi. Tabiyatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid ma'lumotlar o’rganilishida xayol bevosita ishtirok etadi shamda matnlarda, rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan narsalar qayta tiklanali. Ijtimoiy tajribada, ta'lim-tarbiya jarayonida fazoviy xayol, vaqt va sharakat birliklariga oid axborotlar, masofa, shajm to’qrisidagi xabarlarga diqqat bilan sinchkovlik bilan qarash, tikilish jarayonida mazkur xayol turi rivojlanadi.
Ijodiy xayol tiklovchi xayoldan farqli o’laroq original va qimmatli moddiy, ijodiy mashsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning yaratilishidan iborat xayolning turidir.



Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə