Ўзбекистон республикаси



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə2/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

KIRISH


Hozirgi zamon Fan va texnikasining rivojlanishi bemorlar qabul qiladigan turli xil dori moddalarining o‘ziga xos, orginal dori shakllarini yuzaga keltirmoqda. Dorixonadagi dori moddalarining 75 % dan ortig‘ini tayyor dori turlari tashkil etadi. Bemorlarning ko‘pchiligi shifokorlarga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri farmatsevtlarga murojaat qiladilar. Shuning uchun ham farmatsevtlarni turli xil kasalliklarning asosiy simptom va sindromlari bilan tanishtirish, dori vositalaridan samarali foydalanish, zarurat tug‘ilganda ma’lum bir preparat o‘rnini bosuvchi boshqa preparatni tavsiya etish, dorilarni kombinirlangan holda ishlatilganda yuzaga keluvchi holatlar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish lozim.

Yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma'lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o'z aksini va dolzarbligini yo'qotmaydigan bo'lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta'lim standartlari qo'ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda. Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini etuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o'ringa qo'yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo'lishi shubhasiz. Inson tug'ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo'ladi. Inson o'zining yashash, dam olish, sog'ligi haqida qayg'urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo'lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. farmatsevtlar asosiy fanlar bo‘yicha etarli ma’lumotga ega bo‘lishlari, bilimlarini oshirib borishlari va undan foydalangan holda dorilarni samarali ishlatishlari lozim bo‘ladi.

Rivojlanib kelayotgan davlatlarda dori moddalarining samarasiga oid barcha javobgarlik farmatsevtlarga yuklanadi. Dorixona amaliyotining asosiy vazifasi aholini samarali DMlari bilan, tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va ularni qo‘llashda yordam berishdir. Bemorlarga optimal terapevtik yordam berish va ularni turli xil nojo‘ya ta’sirlardan himoya qilishda berilayotgan DMlarning sifati katta rol o‘ynaydi.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni oqilona va ratsional darajada yuzaga chiqarish uchun farmatsevtlar klinik farmatsiya va farmakokinetika fanlar asoslarini yaxshi o‘zlashtirishlari lozim. Xozirgi kun farmatsevtlarni shunday tarbiyalash kerakki, ular asosiy kasalliklarning ma’lum simptomlari yuzaga chiqqanda ularga retseptsiz dorilar bilan davolash uchun kerakli va ratsional maslaxatlarni bera oladigan,va shunga o‘xshash boshqa simptomlari bor bemorlarni vrachga murojaat qilishlari kerakligini o‘qtirib utadigan darajada bo‘lishlari kerak. SHu nuqtai-nazardan «Farmatsevtik yordam» fanini uquv rejasiga kiritilishi va uni asosiy vazifalarini chuqur o‘rganish o‘ta muxim vazifadir.

Ushbu majmua chet el adabiyotlaridan foydalanilgan holda tuzib chiqildi.



I. SILLABUS



«FARMASEVTIK YORDAM FANIDAN»

fanining

2016/2017 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan

Sпрямая соединительная линия 22ILLABUSI


Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Toshkent Farmatsevtika Instituti

Oybek ko‘chasi, 45

Kafedra:

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi

Farmatsiya fakulteti tarkibida

Ta’lim sohasi va yo‘nalishi:

5510500– “Farmatsiya”

5140900- Klinik farmatsiya


Bakalavriat bosqichining farmatsiya va klinik farmatsiya yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan


Fanni (kursni) olib boradigan o‘qituvchi to‘g‘risida ma’lumot:

Saidov S.A

Dotsent ShiltsovaN.V Katta o`qituvchi Yusupova D.A., Saydalieva F.A., Sultanova R.X.




e-mail:

ssaidamir@yandex.ru

shiltsova57@mail.ru dilfuza.uz70@mail.ru



sferuza72@mail.ru

r_m_jsultanova@mail.ru



Dars vaqti va joyi:

O`quv bo`limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institut o`quv binolarida

10-xona,11-xona



Kursning boshlanishi va davom etish muddati:

Bakalavriat ta’lim yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq birinchi semestrda

Individual grafik asosida ishlash vaqti:

Haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14.00 dan 18.00 gacha

Fanga ajratilgan

soatlar

Auditoriya soatlari

Mustaqil ta’lim(Farmatsiya):

63


Ma’ruza

(Farmatsiya)



17

Amaliyot

(Farmatsiya)



34

Ma’ruza

(Klinik farmatsiya)



17

Amaliyot

(Klinik farmatsiya)



51

Mustaqil ta’lim (Klinik farmatsiya):

46

Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi:

“Odam anatomiyasi”, “ patologik fiziologiya”, “ anorganik kimyo”, “Organik kimyo”, “analitik kimyo ”, “fizkolloid kimyo”, “farmakologiya” “birinchi tibbiy yordam”, “biologik kimyo”, “mikrobiologiya”.

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:

Fanni o‘qitishdan maqsad – dori moddalaridan samarali va xavfsiz foydalanish uchun talabalarga ko‘p uchraydigan simptom va sindromlar, ularda qo‘llanadigan dori moddalari to‘g‘risida ma’lumot berishdir.

Fanning vazifasi - retseptsiz sotishga ruxsat etilgan preparatlar haqida bo’lajak farmatsevtlarga ma’lumot berish, tayyor preparatlarni ratsional qo‘llashga oid bilim va kunikmalar hosil qilishdir.

Talabalar uchun talablar


- o‘qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish;

- institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish;

- uyali telefonni dars davomida o‘chirish;

- berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;

- ko‘chirmachilik (plagiat) qat’iyan man etiladi;

- darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o‘zlashtirilishi shart;

- darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish;

- talaba o‘qituvchidan so‘ng, dars xonasiga - mashg‘ulotga kiritilmaydi;

- talaba reyting ballidan norozi bo‘lsa e’lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin

Dastur bo‘yicha talabalar:

-dori moddalarining turli xil patologik holatlardagi asosiy farmakokinetik ko‘rsatkichlarini;

- organizmda dori moddalarining miqdorini farmakokinetik izlanishlar orqali nazorat qilish prinsiplarini;

-retseptsiz beriladigan dorilar bilan davolanuvchi asosiy simptom va sindromlarni;

-kasallikni xarakteriga, ichki va tashqi omillarga bog‘liq holatda dori moddalarini dozalashni;

- dori moddalarining o‘zaro munosabatining asosiy ko‘rinishlarini;

-dori moddalarini noo‘rin qo‘llaganda qayd etiluvchi nojo‘ya ta’sirlarni;

-Respublikamizda hayotiy zarur dori-darmonlar ruyxatiga kirgan preparatlarni;

-aholiga o‘z-o‘zini davolashning salbiy oqibatlarini va ratsional davo usullarini tushuntira bilishi kerak.


Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi


Professor-o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha




Talabalar bilimini baholash tizimi:


t/r

Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi

Maksimal yig‘ish mumkin bo‘lgan ball

JN va Mustaqil ta’lim ballar taqsimoti

1. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti

50 ball

45

5

Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda

Maksimal ball

Har biri

1.

Talabaning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlardagi faolligi va o‘zlashtirish darajasi, daftarlarning yuritilishi va holati

45

0-5

2.

Mustaqil ta’lim topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi (keys-stadilar, esse, referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil ta’lim topshiriqlari)

5

0-1

2. Oraliq nazorat

20 ball




1.

Birinchi oraliq nazorat (amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi)

10

Semestrning

9-haftasi



2.

Ikkinchi oraliq nazorat (ma’ruzachi va amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi tomonidan qabul qilinadi).

10

Semestrning

9-16-haftalar oralig‘ida



3. Yakuniy nazorat

30 ball

Semestrning oxirgi bir haftasida

Jami:

100 ball







Asosiy adabiyotlar:

1. Фармацевтическая опека/Под ред. И. А. Зупанец, В. П. Шерных, В. А. Усенко.— Х.: Золотые страницы, 2002.— 264 с.

2. Farmatsevtik yordam fanidan ma’ruzalar matni 2006 yil.

3. 3. Шаповалова В. М., Даниленко В. С., СҲаповалов В. В., Бухтиарова Т. А. Лекарственные средства, отпускаемые без рецепта врача.— Х.: Торсинг, 1998.— 528 с.

4. Maxsumov M.N., Malikov M.M. Farmakologiya. T. Ibn Sino nash. 2006 y.

5. Azizova S.S. Farmakologiya. T. Ibn Sino 2002 g.

6. Xarkevich D.A. Farmakologiya. M. Meditsina 2008 y.



Qo‘shimcha adabiyotlar:


1. Aliev.X.U. Farmakologiyadan ma’ruzalar matni. 2000.

2. Yunusxodjaev A.N. Осложнение лекарственных средств. O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, 2005, № 1.

3. Samura B.A. va boshqalar Farmakoterapiya. Xarkov 2000 1-2 tom.

4. Yunusxodjaev A. N. и др. Государственный реестр лекарственных средств и изделий медицинского назначения. . T. 2004.

5. Yunusxodjaev.A.N. и др. Справочник основных лекарственных средств Республики Узбекистан. T. 1998 g.

6. Клинические рекомендации и фармакологический справочник. Под ред. И.Н. Денисова, ЙУ.Л.Шевченко, Ф.Г.Назирова. M.2005 g.




Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə