Ўзбекистон республикаси


III. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə5/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23

III. FANNI O‘QITISHDA FOYDALANILADIGAN INTERFAOL TA’LIM METODLARI

KEYS-STADY” METODI



Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.
KEYS METODI” NI AMALGA OSHIRISH BOSQICHLARI


Ish bosqichlari

Faoliyat shakli va mazmuni

1-bosqich: Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishtirish

  • yakka tartibdagi audio-vizual ish;

  • keys bilan tanishish(matnli, audio yoki media shaklda);

  • axborotni umumlashtirish;

  • axborot tahlili;

  • muammolarni aniqlash

2-bosqich:Keysni aniqlash-tirish va o‘quv topshirig‘ni belgilash

  • individual va guruhda ishlash;

  • muammolarni dolzarblik ierarxiyasini aniqlash;

  • asosiy muammoli vaziyatni belgilash

3-bosqich: Keysdagi asosiy muammoni tahlil etish orqali o‘quv topshirig‘ining echimini izlash, hal etish yo‘llarini ishlab chiqish

  • individual va guruhda ishlash;

  • muqobil echim yo‘llarini ishlab chiqish;

  • har bir echimning imkoniyatlari va to‘siqlarni tahlil qilish;

  • muqobil echimlarni tanlash

4-bosqich: Keys echimini echimini shakllantirish va asoslash, taqdimot.

  • yakka va guruhda ishlash;

  • muqobil variantlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini asoslash;

  • ijodiy-loyiha taqdimotini tayyorlash;

  • yakuniy xulosa va vaziyat echimining amaliy aspektlarini yoritish


Keys. Laboratoriyaga yangi yuqori samarali xromatografi o‘rnatildi. Ammo ishga tushirishning imkoni bo‘lmadi.
ASSESMENT” METODI

Ushbu “Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.


группа 24

Ma`ruza ma`lumotlari talabalar tomonidan amaliy, seminar mashg’ulotlarida va mustaqil ishlarda ishlab chiqiladi. Amaliy va seminar mashg’ulotlarida nazariy bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi, mustahkamlanadi, hamda ko`nikmalarni amalda bajarishga o`rgatiladi. Mustaqil ishlarda esa ma`ruzalardan olingan bilimlarni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. Natijada amaliyotga joriy etiladigan ko`nikmalar uchun nazariy asos yaratiladi.

Talabalarni xatosiz faoliyat ko`rsatishga o`rgatishda, mashg’ulotlarni kompleks yangi pedagogik texnalogiyalar bilan o`tkazish professor-o`qituvchining mahorati hisoblanadi. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalar talabalarni muayyan fanni o`zlashtirishga qiziqtirishda va ko`nikmalarni hosil qilishda, mustaqilligini ta`minlashga qaratilgandir.

SHunday qilib, kafedrada xayotiy faoliyat havfsizligi ko`nikmalarini hosil qilishda, hamda mashg’ulotlarni qiziqarli qilib olib borishni ta`minlashda quyidagi yangi pedagogik texnalogiyalardan foydalanilmoqda.


«KIM ILG’OR» USLUBI

Guruxdagi talabalarni ikki kichik guruxchaga bo`lib, ularga uyga vazifa qilib, o`tiladigan mavzu va uning uslubiy ko`rsatmasi beriladi. Har bir kichik guruxcha vazifani chuqur taxlil qilgach, mavzu bo`yicha qator savollar tayyorlab keladilar. Ana shu tayyorlab kelingan savollar asosida ikki kichik guruxcha o`rtasida «Kim ilg’or» musobaqasi o`tkaziladi, ya`ni savollar birma-bir o`rtaga tashlanadi va musobaqa natijalarini professor-o`qituvchi kuzatib borib, ular bo`yicha talabalar bilimini baholaydi. Bunda har bir talabaning musobaqada qatnashishi hisobga olinadi.


«KIM CHAQQON» USLUBI

Professor-o`qituvchi kelgusi darsda o`tiladigan mavzu bo`yicha savollar tayyorlab kelib, mavzuning uslubiy ko`rsatmasi bilan birgalikda uyga vazifa qilib beradi. Barcha talabalar ana shu tuzilgan savollar asosida darsga tayyorgarlik ko`radi. Mashg’ulot vaqtida professor-o`qituvchi birma-bir savollarni o`rtaga tashlaydi. Qaysi bir talaba oldin qo`l ko`targan bo`lsa, uning javobi eshitiladi. SHu tariqa har bir savolga javob olinadi. Talabalarning savollarga qaytargan javoblariga qarab professor-o`qituvchi ularni baholaydi.


«MUAMMOLI VAZIFALAR» USULI.

Talabalarga o`tiladigan mavzu va uning uslubiy ko`rsatmasi beriladi. Talabalar mavzuni chuqur tahlil qilib keladilar. Mashg’ulot paytida professor-o`qituvchi talabalarga mavzuga taalluqli har xil muammoli holatlar bo`yicha tezlik bilan echishni talab qiladigan vazifalar beradi. Talabalar bu vazifalarni 0,5-1,5 daqiqa ichida tezlik bilan echib, ko`rsatib berishlari lozim.

Beriladigan vazifalar quyidagicha bo`lishi mumkin.

1. Yonayotgan odam u yoq bu yoqqa yugaryapti, sizni yordamingiz?

2. Yo`lda xushsiz yotgan odamni uchratdingiz, siz nima qilasiz?

Bunda barcha talabalar fa`ol qatnashadi. Vazifalarni talabalar tomonidan hatosiz va tezlik bilan bajarilishi, hamda kamchiliklari hisobga olinib, talabalar bilimi baholanadi.


«GALEREYA BO`YLAB» USULI

Mavzu va uslubiy ko`rsatmalar oldindan talabalarga beriladi. Talabalar uyda o`qib tayyorlanib keladilar. Mashg’ulotlar paytida guruhdagi talabalar bir necha kichik guruxchalarga (3-4 kishidan iborat kichik guruhchalarga) bo`linadi va ularga berilgan mavzu bo`yicha vazifa beriladi. Har bir guruhcha 10 daqiqa davomida o`z fikrlarini qog’ozga yozadi va yozgan javoblarini bir-birlariga berishadi. Har bir guruhcha boshqa guruhcha yozgan javoblarni o`qib chiqadi, agar javob to`la bo`lmasa, o`z variantini aytadi.

Vazifani bajarish tugagandan keyin, hamma qatnashchilar yozilgan javoblarni muhokama qiladilar va eng to`g’ri va mukammal berilgan javoblarga yuqori ball qo`yiladi.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə