Ўзбекистон республикаси


Ichak faoliyatini me’yorlashtiruvchi  medikamentsiz usullar



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə8/23
tarix26.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#34363
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23

Ichak faoliyatini me’yorlashtiruvchi  medikamentsiz usullar


- klechatka va pektinga boy bulgan ovqat moddalarini (mevalardan olma, lavlagi, olcha, sabzavotlar karam va b. butqalar) qabul qilish;

- xayvon yog‘larini ist’emol qilishni cheklash;

- bir kunda 8 stakandan kam bulmagan suyuqlik qabul qilish;

- zarur bulmasa temir va kalsiy saqlovchi preparatlarni qabul qilmaslik, vitamin-minerallar komplekslarini qabul qilish;

- jismoniy xarakatlarni ko‘paytirish;

- orqa chiqaruv soxasi yoriqlari va gemorroylarni davolash;

- alkogol qabul qilishdan saqlanish

Ushbu tadbirlar yordam bermaganda medikamentoz usullarga o‘tiladi.

To‘g‘ri ichak faoliyati buzilishi gipertonik (ichak silliq mushaklari tonusi oshishi) va atonik (ichak silliq mushaklari tonusi yuqolishi) tiplarda bulib, davolash tadbirlari xam farq qiladi.

Tug‘ri ichak motor faoliyati buzilishlarini differensirlangan davolash


Davolash tadbirlari

Spastik qabziyatlar

Atonik qabziyatlar

Dieta

Ichni yurituvchi dieta, ovqatni iliqroq xolda qabul qilish

Menee щadyaщaya dieta, sabzavot va mevalar, ovqatlarni sovuq xolda qabul qilish

Mineral suvlar

1-1,5 stakan gazsiz suv kuniga 2-3 marta ovqatlanishdan 1 soat avval

1 stakan sovuq gazlangan suvni kuniga 2-4 maxal ovqatlanishdan 1-1,5 soat avval qabul qilish

Motor faoliyatni mutadillashtirish

Spazmolitiklar — galidor, drotaverin, papaverin, fenikaberan

Xolinolitiklar — pirenzepin

Dofaminolitiklar — sulpirid (dogmatil, eglonil) va metoklopramid (reglan, serukal)

Kichik dozada nifedipin

Fitoterapiya: lipa, moychechak, tirnoqgul, buymadaron gullari damlamasi, tog‘rayxon, limono‘t, yalpiz o‘tlari, fenxel, karam


Antixolinesterazlar — prozerin, galantamin

Rezerpin, b- i v-adrenoblokator-larning kichik dozalari

Fitoterapiya:

adaptogenlar — jenshenya, rodiola, limonnik, levzeya, eleuterokokk va b. damlamalari




Davolash fizkulturasi

Bushashtiruvchi mashqlar

Qorin va chanoq mushaklari uchun mashqlar

Fizioterapiya

Papaverin dibazol, drotaverin, magniy tuzlari bilan elektroforez; issiq muolajalar (diatermiya, parafin applikatsiyalari, issiq vanna va b.)

Elektroforez kalsiy tuzlari bilan, «Amplipuls» apparati yordamida ichakni elektrostimulyasiya qilish va b.

Korni dam bulgan disbakteriozli kasallarga kuprok ozik tolalari- non maxsulotlari, sabzavotli salatlar, grechkali butka, katik, xom sabzavot va sharbatlar, nordon mevalar, mineral suvlar berish tavsiya kilinadi.

O’tkir korinda dam bulishlarda dukkaklilar, karamlar, tarkibida glyukozasi kup bulgan maxsulotlar – asal, murabbo, shirinliklar, uzumlarni berish mann etiladi. Ovqat ratsionida kaynatilgan Surgi vositalari

Surgi vositalari ichak shilliq qavatlarini retseptorlarini mexanik yoki kimyoviy ta’sirlaydi. Ta’sir yunalishiga kura ular kuyidagilarga ajratiladi:

- ichak xarakatini stimullovchi;

- axlatni yumshatuvchi;

- ichakdagi massaning xajmini oshiruvchi.


1. Suv absorbsiyasini tormozlab, ichak peristaltikasini kuchaytiruvchilar

(kontakt surgilar)


Ichak xarakatini kuchaytiruvchi vositalar surgi preparatlari ichida eng katta gurux xisoblanadi. Bu preparatlarning asosini antraglikozidlar saqlovchi o‘simliklar tashkil etadi.

1.1. Antraglikozidlar saqlovchi o‘simliklar preparatlari, yug‘on ichak shilliq qavati xemoretseptorlarini qitiqlab, peristaltikani kuchaytiradi. Ingichka ichak mushaklariga ta’sir etmagani sababli xazm qilish va so‘rilish jarayonlarini o‘zgartirmaydi. Bu gurux preparatlar 8-12 soat davomida ta’sir etadi.

1.2. Difenilmetan xosilalari bo‘lgan preparatlar-tug‘ri ichak shilliq qavati bilan bevosita ta’sirlashib, ichak devori retseptorlarini quzg‘atadi, natijada shilliq ishlab chiqarilishi va peristaltika kuchayadi.

1.3. Sintetik preparatlar (natriy pikosulfat) tug‘ri ichakda bakterial sulfatazalar ta’sirida faollashadi, bunda xosil bo‘lgan modda ichak nerv oxirlarini quzg‘atib, uning xarakatini kuchaytiradi. u preparatlar ko‘krak yoshidagi bolalarda naf bermaydi.

1.4. Osmotik faol surgilar — tuz surgilari butun ichak buylab ta’sir etadi. Tuzlar tarkibida yomon suriluvchi anion va kationlar bulib, ichakdagi osmotik bosimni oshiradi. Osmotik bosim ichakda suvni qayta surilishiga monelik qiladi. Ichak taranglashib, uning xarakati reflektor ravishda kuchayadi, ingichka ichak shilliq qavatida xoletsistokinin ajralishi xam bunga yordam beradi. Tuzli surgilar uzoq vaqt ishlatilganda ichak shilliq qavatida atrofik va yallig‘lanish jarayonlarini chaqiradi.

Laktuloza — sintetik disaxarid bulib, ingichka ichak disaxaridazasi tomonidan parchalanmaydi, so‘rilmaydi va tug‘ri ichakda bakteriyalar yordamida kichik xalqali yog‘ kislotalar (sut, sirka, propion, va yog‘ kislotalar) xosil qiladi. Bu yug‘on ichakda rNni pasayishi va peristaltikani quzg‘alishiga olib keladi. Bundan tashqari yog‘ kislotalar osmotik bosimni xam oshiradi.

Forlaks — osmotik faol surgi vositasi bo‘lib, butun ichak buylab ta’sir etadi. Ichakdagi massaning xajmini oshirib, uni yumshatadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra forlaks makrogel 4000 bulib, molekulyar massasi kattaligi uchun ichakda surilmaydi va metabolizmga uchramaydi.

1.5. Kastor moyi ingichka ichak lipazasi yordamida ritsinol kislota va glitseringa ajraladi, bu esa ichak retseptorlarini quzg‘atib, peristaltikani oshiradi. SHuningdek, bu moddalar elektrolitlar va suvni surilishini kamaytiradi va ichakdagi massani xajmini oshiradi. Kastor moyining bir qismi glitserin xolida chiqarilib, axlatni yumshatadi. Ichni surilishi 5-6 soatdan sung kuzatiladi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə