Ўзбекистон республикаси



Yüklə 39,86 Kb.
tarix15.04.2018
ölçüsü39,86 Kb.
#38654


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


Ro`yxatga olindi

№____________

2014 -yil “____”____





Vazirlikning 2014- yil “____”____________dagi “____”-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan

B I O L O G I YA
FAN DASTURI

Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar


Ta`lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta`lim yo`nalishi: 5110300 – Kimyo o`qitish metodikasi

Toshkent – 2014


Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha o`quv-uslibiy birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashining 2014 -yil “____”________dagi “_____”-son majlis bayoni bilan ma`qullangan.


Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi va turdosh oliy ta`lim muassasalari bilan kelishildi.



Tuzuvchilar:

Nabiyev U.A. – TDPU «Botanika, ekologiya va hujayra biologiyasi»

kafedrasi dotsenti , b.f.n.


Taqrizchilar:

G`.Qodirov – JDPU., “Umumiy biologiya va uni o`qitish uslubiyati”

kafedrasi mudiri, b.f.n.
X.E.Ismoilov.- ToshDAU qoshidagi Qibray Akademik Litsey Tabiiy Fanlar kafedrasi mudiri.

Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti Ilmiy-metodik kengashida tavsiya qilingan (2014-yil “____”_______dagi “____”-sonli bayonnoma).



KIRISH
Biologiya kursida tirik organizmlarning tuzilishi, hayot faoliyati va ularning atrof – muxit bilan bog`liqligi , tirik organizmlarning xilma xilligi ularning kelib chiqishi va xilma – xil taksonomoik guruh vakillarnining yashash sharoitlari haqida ma`lumotlar beriladi.shu bilan bir vaqitda biologik kursida yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi zamonaviy ilmiy tushunchalar, xujayraning tuzilishi uning kimyoviy tarkibi ko`payishi, organizmlarning shaxsiy taraqiyoti, seleksiya va genetika asoslari haqida ma`lumotlar beriladi.

Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi - Talabalarga organik olam haqida yaxlit tushunchalar berish ularning tarixiy taraqqiyotini o`zgaruvchanligi. Tashqi ta`sir etuvchi omillarga moslanishi, organizmlarning xilma – xilligi, ularning tabiatdagi va biosferadagi roli, tarqalishi va ularning filogenetik sistematikasini o`rganishdan iboratdir.

Fanning vazifasi- tirik organizmlar, ularning kelib chiqishi, rivojlanishi va ularning tashqi muhit bilan munosabati va shu asosida kelib chiqadigan qonuniyatlarni ilmiy asosda tahlil qila bilishni ta`minlash.

Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakasiga qo`yiladigan

talablar
Biologiya fani bo`yicha, talabalar bilimlari va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar:

- Talabalar yerda hayotning paydo bo`lishi evolyusiyasi, tirik organizmlarni-

ng xilma - xilligi tashqi muhit bilan bog`liqligi haqida nazariy va ama-

liy bilimlarni bilishi kerak;

- Talabalar o`simlik va hayvonot dunyosi, ularning klassifikatsiyasi tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati filogenetik sistemalar haqida tushunchalarga va ularni qo`llanilishi bo`yicha ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak;

- Biosfera va unga inson faoliyatining ijobiy va salbiy ta`sirini farq-

lay bilish, biologiya fanlarini o`qitishda o`quvchilarda bilim -ko`nikma-

larni to`g`ri shakllantirish malakalariga ega bo`lishi kerak.


Fanning o`quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va

uslubiy jihatidan uzviyligi
Biologiya fani fizika va astronomiya ta`lim yo`nalishi o`quv rejasi bo`yicha 1 -semestrda o`tiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida mo`ljallangan biologiya fanining boshqa barcha soxalari bilan bir qatorda kimyo,yosh fiziologiyasi va gigiyena,informatika va axborot texnologiyalari kabi fanlar bilan uzviy bog`liqdir.

Fanning ta`limdagi o`rni
Biologiyaning umumiy o`rta maktab, akademik litsey va kasb – hunar kollejlarda ahamiyati juda katta bo`lib, o`quvchilar va talabalar tez sur`at bilan rivojlanib borayotgan biologiyaning tarmoklari bilan tanishib boradilar.
Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Fanni o`zlashtirishda darslik o`quv va uslubiy qo`llanmalar, ma`ruza matnlari, tarqatma materiallar, virtual stendlar hamda elektron darsliklardan, elektron slaydlardan, elektron jadvallardan foydalaniladi. Ma`ruza va laboratoriya darslarida mos ravishdagi ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.

Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tishda tarqatma materiallarning elektron versiyalaridan, elektron jadval va slaydlardan, charxpalak blits, kichik

guruhlarda musobaqalar pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Asosiy qism
Fanning nazariy (lektsiya) mashg`ulotlari mazmuni
Biologiyaning asosiy tushunchalari.

Kirish. Fanni vazifalari va maqsadi. Biologiya fanini boshqa fanlar ichida tutgan o`rni va uni soxalari.

Biologiya fanini o`rganish usullari. Tiriklikni xossalari.

Tiriklikni tuzilish darajalari. Moddalar va energiya almashinuvi.

Xujayra nazariyasi.

Flora va fauna. Biosfera. Ekologiya va uni soxalari. Biotexnologiy.

Xujayra tuzilishi. Xromosoma tuzilishi va tarkibi.

DNK ni ximiyaviy tuzilishi va tarkibi, uni struktura va funksional birligi. Gen. Transkripsiy.

Translyatsiy.

Oqsil sintezi, uni tarkibi va ximiyaviy tuzilishi. Genotip, fenotip, monogibrid, digibrid, poligibrid, gomozigota, geterozigota organizmlar.

Xromosoma shakllari va uni tuzilishi. Kariotip. Autosoma. Geterosoma. Gaploid va diploid, tetroploid tushunchalar. Gomologiy. Mutatsiy. Mutagenlar. Sog`lom hayot tarzi.

Xujayralar bo`linishi. Amitoz. Mitoz. Meyoz.

Jinsiy xujayralar tuzilishi. Otalanish. Zigota. Blastula. Gastrulyatsiy.

Ontogenez. Filogenez. Irsiyat va o`zgaruvchanlik.

Evolyusiya qoidalari. Tur va uni mezonlari. Irsiy kasalliklar.
Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma va tavsiyalar.

Amaliy mashg`ulotlar talabalarda biologiya faniga oid bilim va ko`nikmalarning shakllanishida muhim o`rin tutib, biologik jarayonlarni amalda kuzatish va xulosalar chiqarish imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Amaliy mashg`ulotlarning tavsiya etiladigan taxminiy mavzulari:

GeoxronologiY. Eon. Era. Davr. Zamon. Makon. Vaqt ulchov birliklari haqida tushunchalar.Mutatsiya uni xillari. Kultura.va klonlashtirish haqida tushunchalar.Hayotiy sikl. Mitotik sikl. RegeneratsiY. DegeneratsiY. Oogenez.

Spermotogenez. OvulyatsiY.G.Mendel qonunlari. Analiz qiluvchi chatishtirish va uni o`simlikshunoslikdagi va chorvochilikdagi ahamiyati. Gibridlash. Inbriding. Kannibalizm va ularni biologik ahamiyati.Tur hosil bo`lishi.

Tabiiy tanlanish. Sun`iy tanlash uni ahamiyati.Jinsiy tanlanish uni turlari va ahamiyati. Aromorfoz. Irsiyat. O`zgaruvchanlik.

Tashqi muhit nisbiyligi. AdaptatsiY. Gulli o`simliklar dunyosi. Sutemuvchilar sinfi, ularni tuzilishi, tarqalishi va xassalari.

Amaliy mashg`ulotlarni tashkil etish bo`yicha kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqildi.Unda talabalar nazariy qismda olgan bilim va ko`nikmalarini amaliy mashg`ulotlari orqali yanada boyitiladi. Shuningdek, darslik va o`quv qo`llanmalar asosida talabalar bilimlarini mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish,ilmiy maqolalar va tezislarni chap etish orqali talabalar bilimini oshirish va boshqalar tavsiya etiladi.


Mustaqil ta`limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Bakalavr mustaqil ta`limni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o`quv qo`llanmalar boyicha fan boblari va mavzularini o`rganish;

  • tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruzalar qismini o`zlashtirish;

  • nazariy material boyicha misol va masala yechish,

  • avtomatlfshtirilgan o`rgatuvchi va nazorat qiluvchi tizimlar bilan ishlash;

  • maxsus adabiyotlar bo`yicha fan bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

masofaviy ta`lim.

Bakalavrga mustaqil ta`limning mavzulari beriladi, bu mavzular bo`yicha egallanishi kerak bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar, muddati va topshirish shakli aytiladi. Ko`rsatilgan muddatda nazariy material konspekti, referati ko`riladi, test yoki savol-javob o`tkaziladi. Amaliy xarakterdagi topshiriqlar yechimi ko`rsatiladi va o`xshash misollar yordamida tekshiriladi.

Tavsiya etiladigan mustaqil ta`limning mavzulari
1.Yerda hayotning paydo bo`lishi haqidagi nazariyalar.

2 O`simliklar dunyosining yer yuzasida tarqalishi.

3.Hayvonot dunyosining yer yuzasida tarqalishi.

4.Biosfera va uning tarkibiy qismlari.

5. Inson faoliyatining biosferaga ta`siri.

6. Organik olamga atrof muxit ifloslanishining ta`siri.

7.Ekologik muammolar va uni oldini olish chora tadbirlari.

8.Irsiyat va o`zgaruvchanlik haqida CH. Darvin.

9. Tabiiy va sun`iy tanlash

10.Nazariy biologiyaning zamonaviy muammolari.

11.Odam evolyusiyasidagi g`oyalar.

12.Biotexnologiya va gen injeneriya soxalarining xalq xo`jaligidagi

ahamiyati.
Dasturning information-uslubiy ta`minoti
Mazkur fanni о`qitish jarayonida ta`limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarni qо`llanilishi nazarda tutilgan.


  • ma`ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;

  • laboratoriya mashg`ulotlarida slaydlar, multimedia vositalaridan;

  • mashg`ulotlarda Internet tizimi yangiliklari, darsliklarning elektron versiyalari, lingofon qurilmalarini qо`llash nazarda tutiladi.


Didaktik vositalar
Jihozlar va uskunalar, moslamalar: elektron doska - Hitachi, LCD-monitor, elektron ko`rsatgich (ukazka).

video-audio uskunalar: video va audiomagnitofon, mikrofon, kolonkalar.

kompyuter va multimediali vositalar: kompyuter, Dell tipidagi proyektor, DVD-diskovod, Web-kamera, video-ko`z (glazok).
Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati
Asosiy adabiyotlar
1. To`ychiyev S., Toshmonov N., Fayzullayev “Sitologiya, embriologiya, gistologiya” T.: “TDPU” 2004. U-6576 (25 ta kirill alifbosida) o`quv qo`llanma.

2. Набиев У.А. «Развитие органического мира» Т.: «Фан ва технология» 2008 г.
Qo`shimcha adabiyotlar

1. To`ychiyev S., Toshmanov N., “Sitologiya, gistologiya, embriologiya”, TDPU. Toshkent, 2005 y.



Elektron ta`lim resurslari

1. www.urss.ru.

2. lib-online.ru.

3. www.pereplet.ru.



Yüklə 39,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə