Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə1/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI




KASBIY PSIXOLOGIYA
fanidan
o‘quv uslubiy majmua
Bilim soxasi: 100000 – gumanitar

Ta’lim soxasi: 110000 – pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi: 5111000 – kasb ta’lim

yo‘nalishi uchun

Toshkent – 2015
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

A.Ubaydullaev, I. Raximova.




«KASBIY PSIXOLOGIYA»

FANIDAN TA’LIM TEXNOLOGIYASI

________________________________________________________________
TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR

________________________________________________________________

Toshkent-2015


O‘quv-uslubiy majmuada ma’ruza mashg‘ulotlari mavzulari va ular mazmunining qisqacha bayonlari, ma’ruzada ko‘tarilgan muhim masalalarni qamrab olgan amaliy mashg‘ulotlar mavzu va rejalarini, mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish borasidagi uslubiy ko‘rsatmalar va talabalarni o‘qitishda qo‘llash tavsiya etilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va o‘qitishning texnologiyalashtirish qoidalari, usul, vositalaridan foydalanishning ta’lim texnologiyasi keltirilgan.

Tuzuvchilar: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Umumiy psixologiya” kafedrasining psixologiya fanlari nomzodi, dotsent A. Ubaydullaev, o‘qituvchi I.Raximova


Taqrizchilar:

Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent - S.M.To‘ychieva

Psixologiya fanlari nomzodi, dotsent - S.Jalilova

Kirish
Ushbu uslubiy majmua, kasbiy psixologiya fanining erishgan yutuqlari, dolzarb muammolarini hisobga olgan xolda kasbiy faoliyatning psixologik mexanizmlarini, to‘g‘ri kasb tanlash malakalarini shakllantirishda, unga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlashda va bu boradagi muammolarni o‘rganishda uning metodlari hamda metodikalari yaqindan yordam beradi.

O‘z navbatida “kasbiy psixologiya” tushunchasi nimani anglatadi va u nimalarni o‘rganadi hamda uning nazariy va amaliy vazifalarining ahamiyati nimalardan iborat degan savol paydo bo‘ladi.

«Kasbiy psixologiya» o‘quv fani kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari va metodalarini, shaxs va uning xususiyatlari, kasb tanlash va ularning psixologik klassifikatsiyasi, kasbiy o‘z-o‘zini anglashni shakllantirish, hamda, shaxsning xissiy-irodaviy soxasi va kasbga moslashishni, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishda, shuningdek, mexnat jamoasi orasida shaxsning psixik holati va ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.

SHuningdek kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, kasbiy qobiliyatlarni shakllanganligini diagnostika qilish ya’ni, psixodiagnostik metodikalar yordamida shaxsning individual psixologik xususiyatlari, hissiy-irodaviy sifatlari, xarakter va temperament xususiyatlari, qobiliyat va layoqatlari, qiziqishlari va moyilliklari aniqlanadi va kasbga yo‘naltirishga doir malakalarini rivojlantiradi.

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqidagi tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirish, shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy va amaliy manbanin berish.

Fanning vazifalari :



  • talabalarni ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish;

  • kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslash;

  • kasblar psixoliagnostikasi haqida tushuncha berish;

  • shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalarini;



«Kasbiy psixologiya» fanining dolzarbligi va ahamiyati

Bolalar bog‘chasidagi bolalarning qobiliyat va layoqatlarini har tamonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogika jarayonining maxsuldorligi pedagogning o‘z tarbiyachilarini yaxshi bilishga, talim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‘llashga boqliq harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi sifatida shaxs aksentuatsiyasining turli ko‘rinishi sifatida tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik potopsixologiya va psixatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachiga qarovsizlik kabi muammolarni xal qilishga to‘g‘ri keladi.

O‘qituvchi talim va tarbiyadagi qiynchiliklar nima uchun va qanday qilib paydo bo‘lishini tushunish uchun, u avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarini psixologik-diagnostika metodlarini egallashi zarur. O‘qituvchining psixodiagnostik tadqiqot yoki doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalarni bolalar bilan ishlashda qanchalik to‘g‘ri foydalana olishi ham zarur hisoblanadi.

Tajribaga asoslangan fan sifatida 19-asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‘lchash g‘oyasi keng tarqaldi. Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi indiviual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‘langan.

Kasbiy psixologiya psixologik diagnoz qo‘yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‘rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyalari haqidagi xulosalaridan iboratdir.

Kasbiy psixologiya” fani bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida ta’limtexnologiyalarini ishlab chiqishning



konseptual asoslari

Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada bu yo‘nalishning o‘ziga xosligi talabaning individualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo‘ladi.

Shulardan kelib chiqqan holda “Kasbiy psixologiya” fanining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak:

Ta’limning shaxsga yo‘naltirilganligi. O‘z mohiyatiga ko‘ra bu yo‘nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda o‘quvchining intellektual rivojlanishi darajasiga yo‘naltirilib qolmay, uningning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi.

• Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o‘zaro aloqadorligi, yaxlitligi.

• Amaliy yondashuv. SHaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo‘naltirish; o‘quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo‘yadi.

• Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’ektlarning psixologik birligi va o‘zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.

• Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’ektlar munosabatida o‘qituvchi va o‘quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko‘zda tutadi.

• Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o‘quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo‘llash ta’minlanadi.

• Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o‘quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish.

Yuqoridagi konseptual yondashuv va “Kasbiy psixologiya” fanining tarkibi, mazmuni, o‘quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o‘qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.

• O‘qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o‘rgatuvchi o‘yinlar, “aqliy hujum”, insert, “Birgalikda o‘rganamiz”, pinbord, ma’ruza ( kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferensiya, aniq holatlarni echish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).

• O‘qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o‘zaro hamkorlikka asoslangan.

• O‘qitish vositalari: odatdagi o‘qitish vositalari ( darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari.

• O‘zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o‘qitishning diagnostikasi (tashxisi).

• Boshqarishning usuli va vositalari. O‘quv mashg‘ulotini texnologik karta ko‘rinishida rejalashtirish o‘quv mashg‘ulotining bosqichlarini belgilab, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘quvchi va o‘qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.

• Monitoring va baholash. O‘quv mashg‘uloti va butun kurs davomida o‘qitish natijalarini kuzatib borish, o‘quvchi faoliyatini har bir mashg‘ulot va yil davomida reyting asosida baholash.
Ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etishning

shakl va xususiyatlari:

1. Kirish ma’ruzasi .

Fan to‘g‘risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo‘nalishlar beradi.

Pedagogik vazifasi: o‘quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o‘rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo‘nalishini belgilash, tavsiya qilingan o‘quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash.

2. Ma’ruza axborot.

Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o‘quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.



3. SHarhlovchi ma’ruza .

Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o‘zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo‘limlarining konseptual asosini tashkil etadi.

Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o‘zaro aloqadorligini ochish.


4. Muammoli ma’ruza.

YAngi bilimlar qo‘yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o‘quvchining o‘qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashdi.

Pedagogik vazifasi: yangi o‘quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo‘yish va uni echimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai nazarlarini tahlil qilish.

5. Vizual ma’ruza

Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan.

Pedagogik vazifasi: yangi o‘quv ma’lumotlarini o‘qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish.

6. Ma’ruza konferensiya

Avvaldan qo‘yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o‘quv dasturi chegarasida o‘tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg‘ulot oxirida o‘qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma’ruzalarga yakun yasab, to‘ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi.



Pedagogik vazifasi: yangi o‘quv ma’lumotning mazmunini yoritish.

MA’RUZA MASHG‘ULOTLARINING TA’LIM

TEXNOLOGIYASI



1.1Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta


O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli kirish ma’ruza



Ma’ruza rejasi

  1. Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari, kasbiy psixologiyaning amaliy asoslari.




  1. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.




  1. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda kasbiy psixologiya fanining o‘ziga xosliklari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

Pedagogik vazifalar:

  1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, kasbiy psixologiyaning amaliy asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar berish;




  1. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi haqida aniq tasavvurlar shakllantirish;



  1. Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida ma’lumotlar berish;




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, kasbiy psixologiyaning amaliy asoslari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar;



  1. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi haqida aniq tasavvurlar ega bo‘lishadi;




  1. Kasbiy psixologiya fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risida ma’lumotlar etkaziladi;




Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Klaster” texnologiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya



1.2.“Kasb psixologiyasining predmeti” ma’ruzasining texnologik kartasi


Ish jarayonlari vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.

Kirish


(10 daqiqa)

1.1 Ma’ruzaning mavzusi, rejasini e’lon qiladi, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi va o‘quv faoliyat natijalarini tushuntiradi (1-ilova)

Tinglaydi, mavzu nomini yozib oladi

1.2 Mashg‘ulotni o‘tkazish shakli va baholash mezonlarini e’lon qiladi (2-ilova)

YOzib oladi

2-bosqich

Asosiy jarayon.

(60 daqiqa)


2.1 Mavzu rejasining birinchi punkti bo‘yicha ma’ruza qiladi (3-ilova). Ma’ruza bo‘yicha “3x4” usulidan foydalangan holda talabalarga quyidagi tushunchani taqdim etadi: “Kasbiy psixologiya-bu...” (4-ilova)

YOzadi, savollarga javob beradi.

2.2 Mavzu rejasining ikkinchi punkti fanning shakllanish tarixi bo‘yicha ma’ruza qiladi(5-ilova).

YOzadi, savollarga javob beradi.

2.3 “Klaster” texnologiyasi asosida mavzu yuzasidan boshqa fanlar bilan aloqasining mohiyati ochib beriladi (6-ilova).

2.4.“Klaster” texnologiyasi asosida fanning vazifalarni yoritish orqali talabalarning umumiy tasavvurlarini aniqlaydi.(7-ilova)

Mavzu yuzasidan “Kichik guruhlarda ishlash” orqali amalga oshirilishini e’lon qiladi. “FSMU” texnologiyasidan foydalangan holda guruhlarga topshiriqlar beradi (8-ilova). Guruhlarda ishlashga yordam beradi. Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi. Diqqatlarini kutiladigan natijaga jalb qiladi. Har bir guruh topshiriqlarini vatman-qog‘ozlarga tushirib, taqdimotini o‘tkazishga yordam beradi, bilimlarini umumlashtiradi, xulosalarga alohida e’tibor beradi. Topshiriqlarning bajarilishini qay darajada to‘g‘ri ekanligini diqqat bilan tinglaydi. Fikrlarini tinglab umumlashtiradi.


Savollarga javob beradilar, erkin bahs-munozara yuritadilar.
Guruhlarda ishlaydilar.







3-bosqich. YAkuniy bosqich

(10 daqiqa)



3.1 Mavzu bo‘yicha umumiy xulosa qilinadi.

Tinglaydilar




3.2 Talabalarning baholash mezonlari e’lon qilinadi

YOzib oladi

3.3 O‘zini o‘z nazorat qilish uchun savollar beradi (9-ilova)

Javob yozadi

3.4 Navbatdagi mashg‘ulotda ko‘riladigan mavzuni e’lon qiladi va “insert” usulida jadvalga mustaqil ta’limga tayyorgarlik ko‘rishlarini so‘raydi (10-ilova)

“Insert” usulida jadvalni to‘ldiradi.

1-ilova




1 Mavzu: Kasb psixologiyasining predmeti

Reja:


  1. Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari,

kasbiy psixologiyaning amaliy asoslari.

  1. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.

3. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari, shakllanish tarixi, boshqa fanlar bilan aloqadorligini shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: fanga ajratilgan umumiy soatlar, ularning auditoriya va auditoriyadan tashqari vaqtda taqsimlanishi, fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning borishi, shakl, metod va vositalari, nazoratlarni o‘tkazish vaqti va baholash mezonlari haqida aniq tasavvurlar shakllantiriladi; fanning ob’ekti, predmeti, maqsad va vazifalarini bilib oladilar; fanning asosiy kategoriyalarini o‘zlashtiradilar; fanning metodologik asoslariga doir tasavvurlar hosil qilinadi.


2-ilova
Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari




Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball










































































































3-ilova
Kasbiy psixologiyaning predmeti, maqsadi va vazifalari, kasbiy psixologiyaning amaliy asoslari


«Kasbiy psixologiya» o‘quv fani kasbga yo‘naltirishning tarkibiy qismlari, kasb psixologiyasining metodologik asoslari va metodalarini, shaxs va uning xususiyatlari, kasb tanlash va ularning psixologik klassifikatsiyasi, kasbiy o‘z-o‘zini anglashni shakllantirish, hamda, shaxsning xissiy-irodaviy soxasi va kasbga moslashishni, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishda, shuningdek, mexnat jamoasi orasida shaxsning psixik holati va ko‘nikmalarini shakllantirishda yordam beradi.

SHuningdek kasb tanlashdagi inqirozlar, kasbiy shakllanish jarayonida yuzaga keladigan turli qiyinchiliklar, kasbiy qobiliyatlarni shakllanganligini diagnostika qilish ya’ni, psixodiagnostik metodikalar yordamida shaxsning individual psixologik xususiyatlari, hissiy-irodaviy sifatlari, xarakter va temperament xususiyatlari, qobiliyat va layoqatlari, qiziqishlari va moyilliklari aniqlanadi va kasbga yo‘naltirishga doir malakalarini rivojlantiradi.

Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – talabalarga fan sohasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqidagi tushuncha, tasavvurlar zahirasini shakllantirish, shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy va amaliy manbanin berish.

Fanning vazifalari :



  • talabalarni ilmiy ma’lumotlar bilan tanishtirish;

  • kasb tanlash va shaxs xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni asoslash;

  • kasblar psixoliagnostikasi haqida tushuncha berish;

  • shaxs psixikasining rivojlanish bosqichlarida kasbiy rivojlanish masalalarini;



4-ilova


1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring


Fanning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.



Kasbiy psixologiya –bu .......



5-ilova
Kasb – hunar to‘g‘risida har xil munosabatlar hosil bo‘lishning asosiy sabablaridan biri bu- maktab o‘quvchilarida kasb tanlash jarayonida turli xil motivlarning namoyon bo‘lishidir. Motivlar o‘rtasidagi kurash ularning u yoki bu qarorga kelishlariga sabab bo‘ladi. Bizningcha, voqelikka ongli munosabatda bo‘lish ob’ektiv va qat’iy qarorni keltirib chiqaradi.

Kasb –kor (hunar) oldiga qo‘yiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish o‘ziga xos hususiyatga ega bo‘lib, umumiy hamda hususiy jabhalarni o‘zida aks ettiradi.

1.Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi. 2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati. 3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi. 4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi yoshlarda uning ijitmoiy mavqei (nufuzi), jamoaning o‘ziga xos xususiyatlri, vertikal va gorizontal bo‘yicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari. 5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va ko‘nikmalar ko‘lamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi). 6. pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgrlik muddatlari, tadbir-choralari umumiy tavsifi.


6-ilova


7-ilova


8-ilova


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə