*zbekiston respublikasi



Yüklə 1,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/48
tarix31.12.2021
ölçüsü1,26 Mb.
#81361
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Umumiy psixologiya (1)



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI 
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
E.G’OZIYEV 
 
 
 
UMUMIY PSIXOLOGIYA 
 
Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent - "Universitet" – 2002  


  
Mazkur  darslik  umumiy  psixologiya  faniga  bag’ishlangan  bo’lib, 
psixologiyaga kirish, shaxs va uning individual-tipologik xususiyatlari to’g’risidagi 
materiallarni  o’zida  mujassamlashtirgan.  Darslikning  o’tmishdoshlaridan  farqi 
shundaki,  unda  barcha  psixologik  kategoriyalar,  muammolar  yangicha 
metodologik  yondashuv  negiziga  suyangan  holda  talqin  qilinadi.  Uning  birinchi 
qismida  psixologiyaning  predmeti,  tadqiqot  metodlari,  printsiplari,  psixikaning 
evolyutsion taraqqiyoti, faoliyat va ongning psixologik tahlili umumlashtirilgan. 
Darslikning  ikkinchi  qismida  shaxs  to’g’risida  tushuncha,  uning  tuzilmasi, 
nazariyalari,  asosiy  metodlari,  shaxs  eshtiyojlari,  motivatsiyasi,  qiziqishi, 
emotsiyasi  (hissiyoti),  xarakteri,  irodasi,  qobiliyati,  temperamenti,  bilish 
jarayonlari  hamda  ularning  jahon  psixologiyasi  fanida  o’rganilishi  masalalari  o’z 
ifodasini topgan. 
Darslik  psixolog  mutaxassislarni  nazariy  va  amaliy  ma'lumotlar  bilan 
qurollantirish imkoniyatiga ega. Darslik psixolog mutaxassislarga, aspirantlarga va 
oliy maktab o’qituvchilariga mo’ljallangan. 
 
 
TAQRIZCHILAR:  T.N.Qori-Niyoziy  nomidagi  O’zbekiston  pedagogika 
fanlari  ilmiy  tadqiqot  instituti  bo’lim  boshlig’i,  psixologiya  fanlari  nomzodi, 
dotsent M.Sh.Rasulova  
Mirzo  Ulug’bek  nomidagi  O’zMU  ijtimoiy  psixologiya  kafedrasi  dotsenti 
R.Yu.Toshimov 
 
MAS’UL  MUHARRIR:  Mirzo  Ulug’bek  nomidagi  O’zMU  ijtimoiy 
psixologiya kafedrasi dotsenti M.M.Mamatov 
 
O’zMU  o’quv  metodik  Kengashining  2002  yil    Majlis  qarori  bilan  nashrga 
tavsiya etilgan. "Universitet" nashriyoti, 2002. 
  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


MUQADDIMA 
 
Yigirma  birinchi  asr  fan  va  texnikaning  yangi  bir  yuksalish  pallasiga 
kirganligi bilan, shuningdek, qarama-qarshi tizimlar barham topganligi bilan o’ziga 
xos  ahamiyat  kasb  etadi.  XXI  asr  jahon  sivilizatsiyaga  oltin  harflar  bilan  bitilgan 
son-sanoqsiz  zar  varaqlarga  ega  bo’lishi  bilan  birga  ekologiya  muammolarining 
yuzaga  chiqarganligi  tufayli  boshqa  asrlardan  keskin  ajralib  turadi.  Er  kurrasida 
farovonlik,  mo’l-ko’lchilik,  tinch,  osoyishta  hayot  bo’lishi  uchun  qit'alararo, 
millatlararo  hamkorlik  yo’lga  qo’yilishi,  ekologiyani  musaffolashtirish  uchun 
strategik  qurollar  va  texnologiyani  zararsizlantirish,  ona  zaminni  va  moviy 
osmonni avaylash lozim. Yer farzandi degan nuqtai nazar bilan jahondagi millat va 
elatlarni hamkorlikka undash orqali abadiylik qonuniyatini saqlab qolish mumkin, 
xolos. 
Ma'lumki,  jamiyat  va  tabiat  o’rtasidagi  munosabatlarni  tadqiqot  etishga 
mo’jallangan  fanlardan  bittasi  psixologiya  hisoblanadi.  Psixologik  bilimlarni 
ijtimoiy  hayotning  barcha  jabhalarida  tatbiq  etish  ko’lami  kengayib  borishi  uning 
mas'uliyati  va  nufuzi  ortayotganligidan  dalolat  beradi.  Xuddi  shu  bois  psixolog 
mutaxassislarga  nisbatan  ijtimoiy  buyurtmaning  ko’payishi  ularni  hozirgi  zamon 
talabiga  javob  beradigan  darajada  tayyorlashni  taqozo  qilmoqda.  Istiqlol  harofati 
tufayli  ilmiy  yondashuvlarga,  oldingi  metodologik  muammolarga  xolisona 
munosabatda bo’lish imkoniyati vujudga keldi.  
Mamlakatimiz 
prezidenti 
I.A.Karimov 
asarlarida, 
O’zbekiston 
Respublikasining  "Ta'lim  to’g’risidagi  qonun"  da,  "Kadrlar  tayyorlash  milliy 
dasturi"da,  "Milliy  g’oya  va  milliy  istiqlol  mafkurasi"  hujjatida  mutaxassislar 
oldiga  ulkan  talablar  va  mas'ul  vazifalar  yuklamoqda.  Ana  shu  vazifalarni 
amaliyotda o’z ifodasini toptirishda umumiy psixologiya fani muhim rol o’ynaydi. 
Mutaxassislar  tayyorlash  jarayonida  umumiy  psixologiya  fani  kasbiy  bilimlar, 
ko’nikmalar  va  malakalarni  shakllantirish  borasida  ustuvor  o’rin  egallaydi. 
Shuning uchun psixolog ixtisosligiga ushbu fan uch yil mobaynida o’qitiladi.  
Mazkur  qo’llanma  umumiy  psixologiya  dasturiga  asoslangan  holda 
yaratilgan  bo’lib,  talabalar  uchun  zarur  materiallar  izchil  ravishda,  muayyan 
tartibda joylashtirilgandir. Umumiy psixologiya o’quv qo’llanmasi 2 jilddan iborat 
bo’lib,  birinchi  kitobda  umumiy  psixologiyaga  kirish,  shaxs va  uning  individual-
tipologik  xususiyatlariga  bag’ishlangan  materiallar  jamlangan.  Ikkinchi  kitobda 
bilish  jarayonlari  yuzasidan  ma'lumotlar  umumlashtiriladi.  Nazariy  va  amaliy 
materiallar nisbati maqsadga muvofiq taqsimlangan bo’lib, nazariya bilan amaliyot 
birligi printsipiga to’la rioya qilingan.  
Qo’llanma  psixologiya  mutaxassisligining  bakalavriatura  bosqichi  uchun 
mo’jallangan. 
 
  
 
 
 
 


BIRINCHI BO’LIM 
PSIXOLOGIYAGA KIRISH 
 

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə