Ўзбекистон Республикаси



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə14/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17


1 – ilova.

1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.

1. Antropogenezni harakatlantiruvchi biologik omillarni aniqlang. 1) irsiyat; 2) jamoa bо‘lib yashash; 3) о‘zgaruvchanlik; 4) nutq; 5) yashash uchun kurash; 6) tabiiy tanlanish.

A. 2, 3, 4, 5. B. 1, 3, 4, 6. D. 2, 4, 5, 6. E. 1, 3, 5, 6.

2. Har bir populyatsiyadagi odamlar bir - biridan о‘zaro farqlanishi ....ning natijasidir.

A. Shaxsiy о‘zgaruvchanlik. B. Modifikarsion о‘zgaruvchanlik.

D. Fenotipik о‘zgaruvchanlik. E. Irsiyat.

3. Negroid irq vakillari uchun xos belgilarni aniqlang. 1) sochi qora, jimgalak; 2) sochi tо‘g‘ri, qattiq. 3) sochi yumshoq, tо‘g‘ri; 4) lablari qalin; 5) yonoqlari bо‘rtib chiqqan. 6) lablari yupqa. A. 1, 6. B. 2, 5. D. 3, 6. E. 1, 4.

4. Mongloid irq vakillari uchun xos belgilarni aniqlang. 1) sochi qora, jimgalak; 2) sochi tо‘g‘ri, qattiq. 3) sochi yumshoq, tо‘g‘ri; 4) lablari qalin; 5) yonoqlari bо‘rtib chiqqan. 6) lablari yupqa. A. 1, 6. B. 2, 5. D. 3, 6. E. 1, 4.

5. Yevropoid irq vakillari uchun xos belgilarni aniqlang. 1) sochi qora, jimgalak; 2) sochi tо‘g‘ri, qattiq. 3) sochi yumshoq, tо‘g‘ri; 4) lablari qalin; 5) yonoqlari bо‘rtib chiqqan. 6) lablari yupqa. A. 1, 6. B. 2, 5. D. 3, 6. E. 1, 4.

6. Hozirgi zamon odamining dastlabki vatanini aniqlang.

1) Janubiy - sharqiy Osiyo; 2) Yevropa, Osiyo; 3) Janubiy Amerika, Afrika; 4) Shimoliy Afrika.

A. 1, 3. B. 2, 3. D. 1, 4. E. 2, 4.

7. Hozirgi zamon odamining dastlabki vatanida qanday irqlar paydo bо‘lgan?

1) janubiy -sharqiy; 2) shimoliy - sharqiy; 3) janubiy - sharqiy; 4) shimoliy - g‘arbiy.

A. 1, 2. B. 2, 3. D. 3, 4. E. 1,4.

8. Eng qadimgi odamlar qanday ataladi?

A. Paleoantroplar. B. Arxantroplar. D. Neoantroplar. A. Avstralopiteklar.

9. Qadimgi odamlar qanday ataladi?

A. Paleoantroplar. B. Arxantroplar. D. Neoantroplar. A. Avstralopiteklar.

10. Hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar qanday ataladi?

A. Paleoantroplar. B. Arxantroplar. D. Neoantroplar. A. Avstralopiteklar.



2 – topshiriq. Quyida insonga xos xususiyatlar keltirilgan. Berilgan xususiyatlar antropogenezni harakatlantiruvchi qaysi omillarga misol bо‘lishini aniqlang, kalssifikatsiya qiling va quyidagi jadvalga yozing.

1. Sharsiz reflekslar.

6. Mutatsiyalar.

11. Mehnat.

16. Kо‘rish, eshitish xususiyati.

21. Kasbiy kо‘nikmalari.

2. DivergensiY.

7. Irsiyat.

12. Sun’iy tanlash.

17. Jamoada faoliyati.

22. Shartli reflekslar.

3. Bilimlar.

8. Tik yurish.

13. Yashash uchun kurash.

18. Fikrlash qobiliyati.

23. Inson xarakteri.

4. Instinkt.

9. Nutq.

14. Mehnat tajribalari.

19. Kuzatuvchanlik.

24. Temperamenti.

5. Dunyoqarash.

10. Ong.

15. Ijtimoiy ahyot.

20. Xulq – atvori.

25. Tabiiy tanlanish.

Antropogenezni harakatlantiruvchi omillar

Xususiyatlarning raqami

Evolyusiyani harakatlantiruvchi omillar




Antropogenezni harakatlantiruvchi biologik omillar




Antropogenezni harakatlantiruvchi ijtimoiy omillar




О‘tmishda antropogenezni harakatlantiruvchi asosiy hal etuvchi omil




Zamonaviy odamni mukammallashtiruvchi ijtimoiy omil




Nasldan naslga berilmaydigan xususiyatlar






2 – ilova.

О‘quvchilar uchun mustaqil ishlar.



1-jadval

Ekologiya fanining bо‘limlari

О‘rganish obyekti va hal etiladigan muammolar

Autoyekologiya


Sinekologiya


Evolyusion ekologiya


Tarixiy ekologiya



2-jadval

Ekologiyaning metodlari

Mazkur metodlar yordamida hal etiladigan muammolar

Dala metodi


Ekologik tajribalar metodi


Matematik modellashtirish metodi



3 – ilova.
1 – topshiriq. Berilgan ekologik omillarni klasterda ifodalang.



Абиотик омиллар



Биотик омиллар

Антропоген омиллар






1. Tuproq omillari. 2. Bakteriyalar. 3. Iqlim omillari. 4. Insonning biogeotsenozga bevosita ta’siri. 5. Zamburug‘lar. 6. Topografik omillar. 7. О‘simliklar. 8. Insonning biogeotsenozga bilvosita ta’siri. 9. Fizik omillar. 10. Hayvonlar.

2 – topshiriq. Atamalarni ularning ta’riflari bilan jftlang.


1

Biotsenoz

A

Omilning organism hayoti uchun eng qulay darajasi.

2

Biom

B

Ekologik omilning eng yuqori darajasi.

3

Ekosfera.

D

Ayrim organizmlar, populyatsiyalaryashaydigan, ularning holatiga, rivojlanishiga, kо‘payishiga bevosita yoki bilvosita ta’sir kо‘rsatuvchi tirik va о‘lik tabiatning barcha sharoitlari

4

Ekologik omil




Biogeotsenozning biotik qismi.

5

Abiotik omil

F

Organizmlarning hayot faoliyatini susaytiruvchi omil.

6

Cheklovchi omil

H

Ekologik omilning eng quyi darajasi.

7

Optimal daraja




Quyosh bilan energiya almashinish holatida boigan Yerdagi hamma tirik organizmlar kompleksi.

8

Maksimum

J

Tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhitning tarkibiy qismi.

9

Minimum

K

Anorganik tabiat sharoitlari yig‘indisi.

10

Muhit

L

О‘ziga xos kо‘rinishga, о‘simliklar dunyosiga ega yirik regional yoki subkontinental biosistemalar.

Topshiriq javobi: 1 – E; 2 – L; 3 – G; 4 – J; 5 –K; 6 – F; 7 – A; 8 – B; 9 – H; 10 – D.



36-dars. Darsning mavzusi: Inson ekologiyasi.
Darsning talimiy maqsadi: О‘quvchilarni inson ekologiyasi fanining obyekti, Antropoekologik sistemalar va ularning inson salomatligiga ta’siri, inson ning ekologik tiplari, respublikamizda qabul qilingan “Sog‘lom avlod” dasturi tadbirlari, tabiatni muhofaza qilish yuzasidan davlat hujjatlari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: О‘quvchilarni inson ekologiyasi fanining obyekti, Antropoekologik sistemalarning inson salomatligiga ta’siri, insonning ekologik tiplari, respublikamizda qabul qilingan “Sog‘lom avlod” dasturi tadbirlari, tabiatni muhofaza qilish yuzasidan davlat hujjatlari bilan tanishtirish orqali о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik madaniyatini takomillashtirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: О‘quvchilarning tashqi muhitning insonga kо‘rsatgan ta’siri, respublikamizda qabul qilingan “Sog‘lom avlod” dasturi tadbirlari, tabiatni muhofaza qilish yuzasidan davlat hujjatlari haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, soglom turmush tarzi kо‘nikmalarini rivojlantirish.

Darsni jihozlash: Antropoekologik sistemalar, insonning adaptiv tiplari rasmlari.

Darsda foydalaniladigan texnologiya: Didaktik о‘yin texnologiyasi (konferensiya)

Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: Antropoekologiya fanining predmeti, vazifalari, muammolari, adaptiv tiplar: arktik, tropik, tog, sahro, yarim sahro, chо‘l adaptiv tiplari.

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism. О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi va borishi bilan tanishtirish.

II. О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash.(1 – ilova)

О‘qituvchi ushbu darsni о‘tishdan bir hafta oldin о‘quvchilarni 5ta guruhga ajratadi va ularni biologiya, ekologiya fanlari sohasida faoliyat kо‘rsatayotgan “olimlar” maqomini beradi.

III. Yangi mavzuni о‘rganish: О‘quvchilarning guruhi о‘qituvchining tavsiyasiga binoan о‘z mutaxassisliklariga tegishli bо‘lgan quyidagi mavzulardan biri bо‘yicha ma’ruza tayyorlaydi.

1. Antropoekologiya fanining predmeti, vazifalari, muammolari.

2. Odamning tabiatga kо‘rsatgan ta’siri.

3. Tashqi muhitning insonga kо‘rsatgan ta’siri.

4. Yer kurrasi aholisining ekologik ixtisoslashuvi.

5. Shahar va qishloq ekologik sistemalarining о‘ziga xos xususiyatlari.

6. Ekologik omillarning inson salomatligiga ta’siri. Atrof - muhit ifloslanishi bilan bog‘liq kasalliklar.

7. Inson ekologiyasi. Inson organizmi murakkab biologik sistema.

Har bir yо‘nalish bо‘yicha “olimlar” maqomini olgan о‘quvchilar о‘zlariga tegishli mavzu bо‘yicha kо‘rgazmali qurollar asosida qо‘shimcha materiallardan foydalangan holda ma’ruza qiladilar. Ma’ruzalar tugagach, о‘quvchilar о‘rtasida о‘quv bahsi va munozara о‘tkaziladi .

Yangi mavzu bо‘yicha о‘quvchilarning bilimini nazorat qilish va baholash. (2 – ilova)

IV. Darsni umumiy yakunlash. Uyga vazifa berish. Mustaqil ravishda 36-§ matnini о‘qing. Darslikning 259 – betidagi savollarga javob bering. Test topshiriqlaridan tо‘g‘ri javobni aniqlang.

Inson ekologiyasi” mavzusidagi didaktik о‘yin texnologiyasidan foydalanilgan konferensiya darsining texnologik xaritasi



TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

О‘QITUVCHINING FAOLIYATI

О‘QUV CHINING FAOLIYATI

I bosqich.

Tashkiliy qism

5-minut


О‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni

anglaydi. О‘quv topshi­rigi yuzasidan kо‘rsatmalarni anglaydi.



II bosqich.

О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash.

5-minut.


О‘tgan mavzu yuzasidan о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholaydi.(1 – ilova)


О‘tgan mavzu yuzasidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.(1 – ilova)


III bosqich.

Yangi mavzuni о‘rganish. 60-minut.




Bajariladigan о‘quv topshiriqlari va ularning didaktik maqsadi bilan tanishtiradi.
О‘quvchilardan “olimlar” guruhlarini va ularning mustaqil ishini tashkil etadi.

О‘quv materialini topshiriqlar yordamida mustaqil о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.


Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini tinglaydi.

Har bir ma’ruza yakunida о‘quvchilar bilan savol-javob, о‘quv bahsi о‘tkazadi


О‘z о‘quv faoliyatini tashkil etadi. “Olimlar” guruhiga berilgan topshiriqlarni bajaradi.

1-guruh. Antropoekologiya fanining predmeti, vazifalari, muammolari.

2-guruh. Odamning tabiatga kо‘rsatgan ta’siri.

3-guruh. Tashqi muhitning insonga kо‘rsatgan ta’siri.

4-guruh. Yer kurrasi aholi-sining ekologik ixtisos-lashuvi.

5-guruh.Shahar va qishloq ekologik sistemalarining о‘ziga xos xususiyatlari.

Har bir guruh о‘quv materiali yuzasidan ma’ruzalar tayyorlaydi.

О‘quvchilar bilan о‘tkaziladigan savol-javob, bahsda faol ishtirok etadi.



IV bosqich.

Erishilgan natijani tahlil qilish va yakun yasash. Uyga vazifa berish. 10-minut.



О‘quvchilar faoliyatini tahlil qiladi, о‘quvchilarga mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini beradi.

О‘z о‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.


1 – ilova.

1 – topshiriq. Test savollariga javob bering.

1. Eng yirik ekosistemani aniqlang.

A. Biogeotsenoz. B. Biosfera. D. Ekosfera. E. B va D.

2. Geografik zonallik natijasida hosil bо‘lgan biomlarga ..... misol bо‘ladi?

1) tundra; 2) tayga; 3) о‘simliklar dunyosi; 4) hayvonot dunyosi; 5) о‘rmon; 6) chо‘l; 7) dasht; 8) mikroorganizmlar; 9) tropik о‘rmonlar; 10) lishaynikalr.

A. 1,2,5,6,7,9. B. 1,2,3,4,5,8. D. 2,3,4,8,9,10. E. 3,4,6,8,7,10.

3.Oziq zanjirining uchinchi zvenosini nima tashkil etadi?

A. Avtotroflar. B. Geterotroflar. D. Redusentlar. E. Konsumentlar.

4. Biom nima?

A. Biologik jarayonlar jadalligining davriy takrorlanuvchi о‘zgarishi.

B. Tirik organizmlardagi fiziologik jarayonlar faolligining yorug‘ kun uzunligiga bog‘liqligi.

D. Tirik organimlarga ta’sir etuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismi.

E. Geografik zonallik asosida yaratilgan ekosistema.

5. Ekologik suksessiya deganda nimani tushunasiz?

A. Biotsenoz hosil bо‘lishi yoki bir biosenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni.

B. Biogeotsenozning hosil bо‘lib, keyin birdan yо‘qolib ketishi.

D. Biogeotsenoz hosil bо‘lishi yoki bir biogeosenozning ikkinchisi bilan almashinish jarayoni.

E. Bir-biri va atrof-muhit bilan о‘zaro munosabatda bо‘lgan organizmlarning populyatsiyalari yig‘indisi.

6. Muhit bilan dinamik muvozanatda bо‘lgan va shu munosabat orqali о‘z ehtiyojlarini qondiradigan odamlar jamoasiga nima deyiladi?

A. Sun’iy ekiosisitema. B. Tabiiy ekosistema.

D. Antropoekologik sistema. E. Kosmik ekosistema.

7.Oziq zanjirining birinchi zvenosini nima tashkil etadi?

A. Avtotroflar. B. Geterotroflar. D. Redusentlar. E. Konsumentlar.

8. Iste’mol qiluvchilar kim?

A. Produsentlar. B. Destruktorlar. D. Redusentlar. E. Konsumentlar.

9. Destruktorlar kim?

A. Redusentlar. B. Avtotroflar. D. Produsentlar. E. Konsumentlar.

10. Ekosisitema tushunchasini qaysi olim, nechanchi yilda fanga kiritgan?

A. G.De-Friz, 1898 yil. B. A.Tensli, 1935 yil.

D. E.Gekkel, 1866 yil. E. E.A. Lerua, 1927 yil.


Test javoblari:

1. E. 2. A. 3. D. 4. E. 5. D. 6. D. 7. A . 8. E. 9. A. 10. B.


2 – ilova.

1 – topshiriq. Jadvalni tо‘ldiring.



Adaptiv tip

Yashash muhiti

Morfologik moslanishlar

Fiziologik moslanishlar

Arktik adaptiv tip










Tropik adaptiv tip










Tog‘ adaptiv tipi










Sahro, chо‘l adaptiv tipi










2 - topshiriq. Yer shari aholisining ekologik ixtisoslashishi natijasida kelib chiqqan odamlarning adaptiv tiplari va bu tiplarning xususiyatlarini juftlab kоrsating.


Adaptiv tiplar




Arktik adaptiv tip




Tropik adaptiv tip




Tog‘ adaptiv tipi




Sahro, yarimsahro, chо‘l adaptiv tipi





1. Issiq va nam iqlim, oziq ratsionida hayvon oqsili nisbatan kam sharoitda shakllanadi.

2. Quyosh nurlanishi kuchli, issiq, quruq, о‘ta kontinental iqlim sharoitida shakllanadi.

3. Xarakterli belgilariga tananing suyak-muskul sistemasi yaxshi rivojlanganligi.

4. Oyoq va qо‘llarning uzunligi, kо‘krak qafasi torligi.

5.Energiya almashinuvining kuchliligi va termoregulyatsiyaning yaxshi rivojlanganligi ham xarakterlidir

6. Markaziy Osiyo aholisi orasida shu adaptiv tipiga mansub populyatsiyalar ham uchraydi.

7. Ekologik sharoitning xilma-xilligi ham bu tipning shakllanishiga ta’sir kо‘rsatadi.

8. Bu adaptiv tipga mansub aholi irqiy, etnik jihatdan xilma-xil guruhlarga kiradi.

9. Sovuq iqlim va kо‘proq hayvon mahsulotlari bilan oziqlanish sharoitida shakllanadi.

10. Hazm sistemasida о‘simliklar tarkibidagi vitaminni kam iste’mol qilishga moslanish xususiyati rivojlangan.

11. Ter bezlarining kо‘p bо‘lishi hisobiga terning kо‘p ajralishi kabi belgilar xarakterlidir.

12. Bu tipning shakllanishida asosiy ahamiyatga ega bо‘lgan ekologik omil — gipoksiya (havoning tarkibida kislorodning miqdori kamligi hodisasi) hisoblanadi.

13. Qanday irqqa kirishidan qafiy nazar moddalar almashinuvi jadal, kо‘krak qafasi keng, qonda eritrotsitlar kо‘p bо‘lishi kuzatiladi.

14. Xarakterli belgilari - tananing uzunchoq shakli, mushak massasining kam.

15. Qonda oqsil, yog‘larning kо‘p miqdorda bо‘lishi.

16.Bu tip uchun issiqlikning, kо‘p ajralishi, ter bezlarining yaxshi rivojlanishi, suvning kо‘piste’mol qilinishi xarakterlidir.

17. Markaziy Osiyo hududida yashovchi kо‘pchilik aholi shu adaptiv tipga kiradi.

18. Markaziy Osiyo aholisi orasida ushbu tipga mansubpopulyatsiyalar ham uchraydi.

Topshiriq javobi:

Adaptiv tiplar




Arktik adaptiv tip

3, 5, 9, 10, 15.

Tropik adaptiv tip

1, 4, 7, 8, 11, 14.

Tog‘ adaptiv tipi

12, 13, 18.

Sahro, yarimsahro, chо‘l adaptiv tipi

2, 6, 16, 17.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə