Ўзбекистон Республикаси


B I O L O G I YA (80 soat) fanidan



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə2/17
tarix17.01.2018
ölçüsü1,51 Mb.
#20983
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

B I O L O G I YA

(80 soat)


fanidan

akademik litsey va kasb- hunar kollejlari uchun


о‘quv dasturi


Toshkent-2010


Ushbu dastur О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus hamda Xalq ta’limi vazirliklarining 2010 yil 1 iyuldagi 6/1 va 4/2-sonli qо‘shma Hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan va akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun biologiya fanidan uzviylashgan о‘quv dasturi sifatida uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etish uchun tavsiya etilgan.




Dasturni optimallashtirishda ishtirok etgan ishchi guruhi a’zolari:
A.T. G‘ofurov - Nizomiy nomidagi TDPU, biologiya fanlari doktori, professor.

J.O.Tolipova - Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari doktori.

D.R.Inogamova - P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji о‘qituvchisi,

pedagogika fanlar nomzodi.

M.A.Aslanova - О‘zMU qoshidagi S.Sirojiddinov nomidagi akdemik

litsey bosh о‘qituvchi.



Taqrizchilar:

S.S .Fayzullayev - Nizomiy nomidagi TDPU, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.

O.E.Eshonqulov - TPTI qoshidagi akademik litsey direktori,

biologiya fanlari doktori, professor.




Nashrga tayyorladi:


N. Chiniqulov –

Ta’lim standartlari va о‘quv adabiyotlarini takomillashtirish boshqarmasi boshlig‘ining о‘rinbosari.


Tushuntirish xati

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida о‘qitiladigan biologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablaridagi biologiya о‘quv kursining uzviy davomi hisoblanadi. U, ayniqsa, 9–sinfdagi biologiya о‘quv predmeti bilan mantiqan bog‘langan bо‘lib, yagona о‘quv kursini tashkil etadi. Agar mazkur sinfda о‘quvchilarga organik olamning turli tumanligi, sitologiya asoslari, hujayra va organizmlarda kechadigan hayotiy jarayonlar, kо‘payish, individual rivojlanish, irsiyat va о‘zgaruvchanlik, о‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar seleksiyasi haqida bilim berilsa, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarining о‘quv dasturiga genetik injeneriya va biotexnologiya evolyusion ta’limot, evolyusiya dalillari, hayotning kelib chiqishi, rivojlanishi, odamning paydo bо‘lishi, ekologiya asoslari, biosfera va uning evolyusiyasiga oid о‘quv materiallar kiritilgan. Qayd qilinganlarning hammasi о‘quvchilar ongida hayotning yer yuzida paydo bо‘lishi, rivojlanishi, organik olamning tuzilishi darajalari, ularning muhit bilan aloqasi, organizmlarning moslanishi, biologik sistemalarning bir butunligi, о‘z-о‘zini boshqarishi, organ tuzilishi bilan boshqaradigan funksiyasining о‘zaro bog‘liqligi, nazariya bilan amaliyotning bir-biri bilan munosabati haqida ilmiy tushunchalarni shakllantirishga imkon beradi.

Umumiy о‘rta ta’lim maktablaridan farqli ravishda akademik litsey, kasb – hunar kollejlarida о‘quvchilarning mustaqil bilim olishi, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish о‘qituvchining diqqat markazida bо‘lmog‘i kerak. Shu maqsadlarni kо‘zlab pedagogik jarayonda ma’ruza, seminar munozara, konferensiya, muammoli hamda va boshqa noan’anaviy darslardan, о‘qitishni faollashtiruvchi metodlardan keng foydalanish kerak. Dunyoqarash bilan bog‘liq, chunonchi hayotning yerda paydo bо‘lishi, odamning paydo bо‘lishi kabi mavzularga bag‘ishlangan darslar munozara shaklida о‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Bunda mazkur masala bо‘yicha mavjud bо‘lgan turlicha tasavvurlar, nazariyalar, qarashlar bayon etilishi ularning har birini ijobiy, salbiy jihatlari qayd etilishi, isbotlanishi lozim.

Shu bilan bir qatorda mavzular mazmuni bilan aloqador turli manbalar ustida mustaqil ishlash, Internet ma’lumotlaridan tabiiy obyektlardan keng foydalanish, ular ustida kuzatish, tajribalar olib borish, laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar о‘tkazishga ham alohida ahamiyat berish zarur.

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida biologiyani о‘qitish yagona о‘quv dasturi asosida tashkil etilsa ham u ikki yо‘nalishda amalga oshiriladi.

Akademik litseylarda о‘quvchilarni oliy о‘quv yurtlariga tayyorlash bosh maqsad bо‘lgani sababli, ularning biologiya fani asoslarini о‘rganishga bо‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun shu fanning turli sohalarida ishlaydigan ilmiy xodimlar bilan uchrashishlarini tashkil etish, ayrim mavzularni о‘tishga ularni jalb etish, ilmiy – tadqiqot institutlari, stansiyalarga ekskursiyalar uyushtirish yoshlarni kelgusida qanday soha bо‘yicha kasb egasi bо‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Kasb-hunar kollejlarida esa biologiyani о‘qitishni kо‘proq amaliy, ayniqsa, qishloq xо‘jalik, tibbiyot, о‘rmonchilik, baliqchilik, oziq –ovqat hamda xalq xо‘jaligining boshqa sohalari, tabiatni muhofaza qilish ishlari bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Shu maqsadlarni kо‘zlab shifoxonalar, jamoa, fermer, о‘rmonchilik, baliqchilik, parrandachilik xо‘jaliklariga ekskursiyalar о‘tkazish, tabiatni muhofaza qilish ishlariga talabalarni jalb etish diqqatiga sazavor.

Yuqoridagilardan tashqari о‘quvchilarning qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda ular bilan induvidual ishlash sinfdan tashqari mashg‘ulotlar olib borishi, adabiyotlar tavsiya etish, kechalar о‘tkazishni rejalashtirish lozim.

Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida biologiyani о‘qitish О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida» gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida olib boriladi.

Dasturning mazmuni (80 soat)

Kirish. 2 soat

Biologiya fanining maqsadi, vazifalari, ilmiy - tadqiqot usullari, muammolari. Biologiya fanining qishloq xо‘jalik, tibbiyot, sanoat, о‘rmonchilik, baliqchilik, tabiatni muhofaza qilishdagi ahamiyati.



Biologik nazariyalar va qonunlar. 8 soat

Hujayra nazariyasi. Aminokislotalar, oqsillar, nuklein kislotalarning hujayradagi roli. Oqsillar biosintezini mohiyati.

Asosiy genetik tushunchalar va qonuniyatlar. Genlarning о‘zaro va kо‘p tomonlama ta’siri. Belgilarning tо‘liq va tо‘liqsiz birikkan holda irsiylanishi haqidagi asosiy tushunchalarni umumlashtirish.

О‘zgaruvchanlik va uning xillari: kombinativ, rekombinativ, mutatsion, modifikatsion о‘zgaruvchanlik. Mutatsion nazariya va mutatsiya xillari: gen, xromosoma, genom mutatsiyalari. Mutatsiyalarning seleksiyadagi ahamiyati. Seleksiyada qо‘llaniladigan asosiy usullar.



Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: DNK modeli, о‘quv laboratoriya mikroskopi. Hо‘jayra tuzilishi tо‘g‘risidagi plakatlar. Biologiya о‘qituvchisining laboratiriya asbob-anjomlar tо‘plami. Genetikadan magnitli aplikatsiyalar tо‘plamlari, DNK molekulasining bо‘linish modeli. Genetikaga oid rasmlar, sxemalar, «Umumbiologik qonuniyatlar» bobiga tegishli plakatlar va proyeksion kо‘rgazmali-metodik qо‘llanmalar.
Genetik injeneriya va biotexnologiY. 10 soat

Genetik injeneriya haqida tushuncha. Genetik injenerining tadqiqot obyektlari: bakteriyalar, viruslar, bakteriofaglar, tuban zamburug‘lar, hujayralar.

Irsiyatning moddiy asoslarini о‘rganish tarixi. Transformatsiya, transduksiya hodisalari. Shtammlar, klonlar.

Kо‘chib yuruvchi genetik elementlar–transpozonlar, plazmidalar, restraksion endonukleazalar. Genetik injeneriya metodlari. Rekombinativ DNK olish. Genlarni klonlash. Hujayra va gen injeneriyasiga asoslanib о‘simlik irsiyatini о‘zgartirish. Hayvonlar irsiyatini hujayra injeneriyasi yо‘li bilan о‘zgartirish. Gibridomalar olish.

Biotexnologiya haqida tushuncha. Gen va hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiY. О‘zbekistonda genetik injeneriya va biotexnologiya sohasida qilinayotgan tadqiqotlar va olingan natijalar. Biotexnologiyaning kelajagi haqida.

Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: DNK modeli, Hujayra tuzilishi, biotexnologiya mavzulariga oid plakatlar, sxemalar va jadvallar. Transformatsiya, transduksiya, episomalarga oid rasmlar. Biotexnologiya va genetik injeneriya» bobiga oid proyeksion kо‘rgazmali metodik-qо‘llanmalar.



Evolyusion ta’limot. 18 soat

(shundan 4 soat laboratoriya mashg‘uloti, 2 soat ekskursiya)

Darvingacha bо‘lgan davrda tabiat haqidagi tasavvurlarning paydo bо‘lishi, О‘rta asrlarda Markaziy Osiyoda tabiyotshunos olim va mutafakkirlarning tabiat haqidagi fikrlari (Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar). Biologiya fani rivojlanishida uyg‘onish davri (Karl Linney), J.B.Lamarkning evolyusion qarashlari CH.Darvingacha bо‘lgan davrda tabiat fanlarining yutuqlari. CH.Darvinning tarjimai holi, «Bigl» kemasida dunyo bо‘ylab safari. Asosiy asarlari. CH.Darvinning Evolyusion nazariyasining qisqacha mazmuni. Madaniy о‘simliklar, xonakilashtirilgan hayvonlarning xilma xilligi, kelib chiqishi (g‘о‘za, qorakо‘l qо‘ylar va h.k). Sun’iy tanlash, uning shakllari. Tabiiy sharoitda hayvon va о‘simliklardagi о‘zgaruvchanlik. Organizmlar kо‘payishining geometrik progressi. Yashash uchun kurash, uning shakllari. Tabiiy tanlanish, uning shakllari, Divergensiya va konvergensiY. Sun’iy va tabiiy tanlanish о‘rtasidagi о‘xshashlik va farqlar. Hayvonlardagi moslanishlar. Uning xillari: himoya rangi, chalg‘ituvchi, ogohlantiruvchi rang, mimikriY. О‘simliklardagi moslanishlar: gulli о‘simliklarning hasharotlar va shamol orqali changlanishga moslanishlari. Meva va urug‘larning shamol, hayvonlar orqali tarqalishiga bо‘lgan moslanishlari. Moslanishning nisbiyligi.

Tur tushunchasi. Tur mezonlari. Turning paydo bо‘lish yо‘llari. MikroevolyusiY. Populyatsiya - evolyusiyaning boshlang‘ich birligi. Evolyusiyaning boshlang‘ich materiallari: mutatsion va kombinativ о‘zgaruvchanlik. Evolyusiyaning boshlang‘ich omillari: genlar dreyfi, populyatsiya tо‘lqini, alohidalanish, migratsiY. Evolyusiyaning sintetik nazariyasi va uning qoidalari.

Umumlashtiruvchi bahs darsi: CH.Darvin ilmiy biologiyaning asoschisi.



Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: О‘zgaruvchanlik, suniy va tabiiy tanlanish, organizmlarning turli–tumanligi, muhitga moslashganligiga oid jadvallar, mulyajlar, tulumlar (qarg‘a, kaptar, quyon), gerbariylar tо‘plami, tirik obyektlar, plakatlar va proyeksion kо‘rgazmali-metodik qо‘llanmalar , о‘quv filmlar .

Laboratoriya ishlari:

  1. Akademik litsey, kasb –hunar kolleji atrofida keng tarqalgan ikki xil tur yoki uning gerbariysi yoki kolleksiyasidan turning morfologik mezonini aniqlash.

  2. Dala shilliqurti, mart, Kolorado qо‘ng‘izining qattiq qanotidagi farqlarini kuzatish.

  3. G‘о‘za, pomidor, rediska misolida madaniy о‘simlik navlarini yaratishda sun’iy tanlanishning natijasini о‘rganish.

  4. Tirik obyektlar misolida qushlarning havo, baliqlarning suv, toshbaqalarning chо‘l muhitiga moslashganligini о‘rganish.

Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: “Qush patlari”, “Mollyuskalar chig‘anog‘i”, “Ipak qurti”, “Asalari”va boshqa “Hashoratlar” kolleksiyalari, gerbariylar tо‘plami, qarg‘a, kaptar, quyon tulumlari va turli hayvonlarning hо‘l preparatlari. Biologiya fani о‘qituvchisining namoyishli tajribalar о‘tkazish uchun asboblar tо‘plami va turli о‘lchamli lupalar. Biologiya о‘qituvchisining laboratiriya idish-anjomlari tо‘plami.
Ekskursiyalar:

    1. Sun’iy tanlash – hayvon zotlarini yaratish asosidir. (Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti yoki jamoa, fermer xо‘jaliklariga borish).

    2. Tabiatda turlarning turli tumanligi va organizmlarning muhitga moslashganligini aniqlash (park, botanika bog‘i, tо‘qay yoki dalaning birortasiga borish).

Organik olamning evolyusion dalillari

(6 soat)

Makroevolyusiya va uni о‘rganish metodlari. Evolyusiyani isbotlashda embriologiya va solishtirma anatomiya dalillari. Gomologik, analogik, rudement organlar va atavizm hodisasi. Biogenetik qonun. Ularning evolyusion ahamiyati. Evolyusiyaning palentologik va biogeografik fan dalillari. Yer yoshini aniqlash. Eralar, davrlar va ulardagi hayvon va о‘simliklarning о‘xshashligi, farqlari. Uning sabablari, ularning yoshini aniqlash (Yer soati). Turli qit’alarning paydo bо‘lish tarixi.



Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: Umurtqali hayvonlarning embrional rivojlanishi, gomologik, analogik va rudiment organlar, atavizm hodisasi, palentologiya bо‘yicha plakat va proyeksion kо‘rgazmali-metodik qо‘llanmalar, zoogeografik hududlarning xaritalari. Umurtqali hayvonlar va о‘simliklarning toshga aylangan qoldiqlari, izlari, skelet va boshqa organlar modellari. Organizmlarning hо‘l preparatlari, xayvonlarning tulumlari. “Parranda tuxumining tuzilishi” barelyef modeli. «Organik olamning evolyusion dalillari» bobiga oid plakatlar.
Organik olamning paydo bо‘lishi va rivojlanishi. 8 soat

(shundan ekskursiya uchun 2 soat yoki laboratoriya mashg‘uloti)
Yerda hayotning paydo bо‘lishi tо‘g‘risida, kreatsionizm, panspermiya, hayotning abadiyligi, biokimyoviy nazariyalar. Hayotning paydo bо‘lishida kimyoviy evolyusiya bosqichi. Bu sohada qilingan tajribalar tavsifi. Hayotning biologik evolyusiyasi. Yechilmagan muammolar. Organik olam evolyusiyasining asosiy yо‘nalishlari: aromorfoz idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiY. Biologik progress va biologik regress. Turli era va davrlarda о‘simlik va hayvonot olamining murakkablanishi va xilma xilligining ortishi. Markaziy Osiyo о‘simlik va hayvonlarning tarixiy rivojlanishi.

G‘о‘za evolyusiyasi. Odam faoliyatining organik olam rivojlanishiga kо‘rsatgan ijobiy va salbiy ta’siri. Tabiat muhofazasi.



Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: Yerda hayotning paydo bо‘lishi. Evolyusiyaning turli yо‘nalishlari. Organik olamning eralar, davrlar bо‘yicha rivojlanishiga oid plakatlar tо‘plami va proyeksion kо‘rgazmali metodik qо‘llanmalar, о‘quv filmlar, «Organik olamning paydo bо‘lishi va rivojlanishi» bobiga tegishli rasmlar.

Laboratoriya ishi: Sporali о‘simliklar, ochiq urug‘li va gulli о‘simliklar misolida о‘simliklarda, hashoratlarning qattiq, parda, tо‘g‘ri qanotli turkumlari misolida aromorfoz, idioadaptatsiyani aniqlash.



Jihozlar va о‘quv-kо‘rgazmali qurollar: Asalari, qishloq xо‘jalik zararkunanda hashoratlari kolleksiyasi, kimyoviy moddalar va о‘lchov idishlari tо‘plami, elektron tarozi, ochiq va yopiq urug‘li о‘simlik gullari modeli. Mavzuga oid plakatlar tо‘plami va proyeksion kо‘rgazmali-metodik qо‘llanmalar.

Ekskursiya: Yerda hayotning paydo bо‘lishi va rivojlanish tarixi. (Tabiat о‘lkashunoslik muzeyi eksponatlari bilan tanishish).



Odamning paydo bо‘lishi. 4 soat

Odam va hayvon gavda tuzilishidagi о‘xshashlik va farqlar. Rudiment va atavizm belgilari. Antropogenezni harakatlantiruvchi omillar. Odam evolyusiyasining asosiy yо‘nalishlari: boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar. Odamning paydo bо‘lishida biologik va ijtimoiy omillarning roli.

Odam irqlari, ularning kelib chiqishi va birligi. Irqchilik nazariyasining tanqidi. Odamning kelajakdagi rivojlanish.

Jihozlar va о‘quv-kо‘rgazmali qurollar: Antropogenezni rivojlanish bosqichlarini tasvirlovchi jadvallar, sxemalar va rasmlar, rudiment organlar, atavizm hodisasini tasvirlovchi maketlar va rasmlar. Odam va hayvonlarning suyak qoldiqlari, qadimgi odamlar tomonidan yasalgan toshlar, nayzalar mulyajlari.

Ekologiya asoslari. 16 soat

(shundan ekskursiya uchun 2 soat)

Ekologiya fanining vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi. Ekologiya fanining metodlari. Asosiy ekologik tushunchalar. Muhitning ekologik omillari. Ekologik omillarning organizmga kompleks ta’siri.

Abiotik omillar, iqlim omillari. Harorat, yorug‘lik, namlik, atmosfera. Tuproq va topografik omillar. Tabiatdagi mavsumiy о‘zgarishlar. Foto periodizm. Bioritmlar.

Biotik omillar. Simbioz, raqobat, yirtqichlik, parazitizm. Turlarni muhofaza qilish. О‘zbekiston va dunyo «Qizil kitob»lari.

Ekologik tizimlar. Biogeotsenozlar, ularning tarkibi, funksiyalari, boshqarilishi. Organizmlarning oziq orqali bog‘lanishlari. Oziq zanjirlari, trofik darajalar. Ekologik piramida. Sonlar biomassa, energiya piramidasi.

Tabiiy ekosistemalar. Tabiiy ekosistemalardan oqilona foydalanish. Sun’iy ekosistemalar. Agroekosistemalar, shahar ekosistemalari, kosmik ekosistemalar. Sun’iy ekosistemalardan oqilona foydalanish.

Inson ekologiyasi. Antropogen ekosistemalarning inson salomatligiga ta’siri. Odamlarning ekologik differensiyasi. Adaptiv tiplar. Inson populyatsiyalarida demografik о‘zgarishlar.

Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: Tirik tabiat burchagi, akvarium. О‘quv tajriba xо‘jaligida organizmlarning bir - biriga, shuningdek, abiotik omillarining о‘simlik va hayvonlarga kо‘rsatgan ta’siriga, oziq zanjiriga о‘simlik va hayvonlarga kо‘rsatgan ta’siriga, oziq zanjiriga oid sxemalar, jadvallar, tabiatda organizlar orasidagi о‘zaro aloqalarini ifodalanishiga oid kolleksiyalar, gerbariylar tо‘plami, chuchuk suv xavzasi, agroekosistema, tipik biogeotsenozlar modellari aplikatsiyalari, о‘quv filmlari, lupa, о‘quv laboratoriya mikroskopi, «Ekologiya asoslari» bobiga oid plakatlar va proyeksion kо‘rgazmali metodik qо‘llanmalar,.

Ekskursiyalar:


  1. Tabiiy ekosistema bilan tanishish (1 soat).

  2. Sun’iy ekosistema bilan tanishish (1 soat).

Biosfera va uning evolyusiyasi. 8 soat

Biosfera, tushunchalari, chegaralari. Yer qobiqlarida hayotning tarqalishi. Biosfera tarkibi, fuksiyalari. Biosferaning biomassasi: quruqlik yuzasi, tuproq biomassasi, okean biomassasi.

Biosferada moddalar va energiyaning aylanishi. Kimyoviy elementning biogen migratsiyasi. Uglerod, fosfor va azotning davriy aylanishi.

Biosfera evolyusiyasi. Biogenezning birinchi va ikkinchi bosqichlari. Noogenez. Noosfera.

Ilmiy – texnik revolyusiyaning biosfera evolyusiyasiga ta’siri. Biosfera resurslaridan oqilona foydalanish. Biosferani muhofaza qilish muammolari.

Jihozlar va о‘quv kо‘rgazmali qurollar: Biosfera chegaralari, tabiatda moddalar va energiya aylanishiga oid plakatlar va proyeksion kо‘rgazmali metodik qо‘llanmalar, о‘quv filmlari.
FAN MAVZULARI BО‘YICHA О‘QITISH REJASI TARKIBI






Bо‘lim va mavzularning nomi

Umumiy yuklama, soat

Darslar turi bо‘yicha soatlar taqsimoti

(auditoriya yuklamasi)


hammasi


jami

nazariy


laboratoriya ishi

seminar (ekskursiya)


*mustaqil ish

1

Kirish

2

2

2

-

-

-

2

Biologik nazariyalar va qonunlar

13

8

8

-

-

5

3

Genetik injeneriya va biotexnologiya

15

10

10

-

-

5

4

Evolyusion ta’limot

18

18

12

6




-

5

Organik olamning evolyusion dalillari

11

6

6

-

-

5

6

Organik olamning paydo bо‘lishi va rivojlanishi

13

8

6

2

-

5

7

Odamning paydo bо‘lishi

9

4

4

-

-

5

8

Ekologiya asoslari

21

16

14

-

2

5

9

Biosfera va uning evolyusiyasi

12

8

8

-

-

4




114

80

70

8

2

34


Bilimlarga qо‘yiladigan talablar:

Biologiya fanining ilmiy- tadqiqot metodlari, muammolari nazariy hamda amaliy ahamiyati. Genetik injeneriya haqida tushuncha, uning tadqiqot obyektlari. Transformatsiya, transduksiya hodisalari. Kо‘chib yuruvchi genetik elementlar. Genetik injeneriya metodlari. Genetik injeneriyaga asoslanib о‘simlik irsiyatni о‘zgartirish. Biotexnologiya haqida tushuncha. Gen va hujayra injeneriyasiga asoslangan biotexnologiY. Markaziy Osiyo tabiatshunos olimlarining tabiat va undagi voqea hodisalar haqidagi tasavvurlari. CH.Darvinning organik olamning evolyusiyasi tо‘g‘risidagi nazariyasining qisqacha mazmuni: irsiy о‘zgaruvchanlik, sun’iy tanlash, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, organizmlarning moslanishi uning xillari. Tur mezonlari, tur, populyatsiya tushunchasi, turlarning tabiatda paydo bо‘lishi. Evolyusion nazariyaning ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirishda qishloq xо‘jaligi tibbiyot tabiatini muhofaza qilishdagi ahamiyati.

MikroevolyusiY. Evolyusiyaning boshlang‘ich birligi materiali, hodisasi, faktorlari. MakroevolyusiY. Evolyusiyaning embrologik, solishtirma anatomik, paleontologik biogeografik, bioximik dalillari. Biologik progress va uning shakllari. Aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy degeneratsiY. Biologik regress.

Asosiy ekologik tushunchalar, abiotik va biotik faktorlar, fotoperiodizm, bioritmlar. Populyatsiya va turning ekologik ta’rifi. Biotsenoz: biogeotsenoz, agrotsenozlar. Biosfera, biosferada biomassaning tarqalishi. Moddalar va yenergiyaning davr aylanishi. Biosfera evolyusiyasining asosiy bosqichlari kabi bilimlarni bilishlari shart.


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə